Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 09.09.2015 yildagi 262-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015 — 2019-yillar davrida ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan kompleks holda yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va sizot suvlar sathini pasaytirish, Guliston shahrini arxitekturaviy-rejali qurishni tubdan yangilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi vazifalar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-sentabrdagi PQ-2401-son qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019-yillar davrida ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan kompleks holda yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va sizot suvlar sathini pasaytirish, Guliston shahrini arxitekturaviy-rejali qurishni tubdan yangilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish, shuningdek yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni kompleks rivojlantirish va jadal modernizatsiyalash, uy-joy fondini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish va yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sirdaryo viloyati va Guliston shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-sentabrdagi PQ-2401-son qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019-yillar davrida ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan kompleks holda yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va sizot suvlar sathini pasaytirish, Guliston shahrini arxitekturaviy-rejali qurishni tubdan yangilash chora-tadbirlari dasturining (keyingi o‘rinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2015 — 2019-yillar davrida suv ta’minoti, sanitariya, irrigatsiya, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti va telekommunikatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yo‘li bilan ijtimoiy va transport infratuzilmasini rivojlantirish, muhandislik-kommunal tarmoqlar va inshootlarni modernizatsiyalash bilan kompleks holda Guliston shahrini arxitekturaviy-rejali qurishni tubdan yangilash bo‘yicha kompleks tadbirlar (keyingi o‘rinlarda Kompleks tadbirlar deb ataladi) tasdiqlansin, ular quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston shahrining 1-ilovaga* muvofiq shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura ansambllari yaratish, 2-ilovaga* muvofiq mavjud shahar tashkil qiluvchi maydonlarni va obod xiyobonlarni rekonstruksiya qilish, yangilarini barpo etish, shu jumladan zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘li bilan Guliston shahrini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 3a-ilovalarga* muvofiq yo‘l-transport infratuzilmasi va aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4, 4a, 4b, 4v, 4g-ilovalarga* muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti va telekommunikatsiyalar tizimlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash hisobiga Guliston shahrining muhandislik-kommunal infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilovaga* muvofiq Guliston shahrining uy-joy fondini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 — 10-ilovalarga* muvofiq madaniyat, sport, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hisobiga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sirdaryo viloyati va Guliston shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari — Chora-tadbirlar dasturini va Kompleks tadbirlarni amalga oshirish doirasida jalb etilgan buyurtmachilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n kun muddatda — nazarda tutilgan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning hamda drenaj tizimini takomillashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va sizot suvlar sathini pasaytirish tadbirlarini birgalikda bajarishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha nazarda tutilgan ishlarning tasdiqlangan parametrlarga qat’iy muvofiq ravishda jadal bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan tadbirlarning paydo bo‘ladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni ko‘rgan holda bajarilishi monitoringini doimiy asosda amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hamda Davlat geologiya qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda irrigatsiya-drenaj obyektlaridan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan hududiy xizmatni belgilangan tartibda tashkil etsinlar, keyinchalik unga yuklangan quyidagi vazifalarni sifatli bajarish uchun uni yuqori malakali mutaxassislar, yangi zamonaviy texnika, shuningdek asbob-uskunalar bilan ta’minlasinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlari rejimini nazorat qilishning zamonaviy metodlaridan samarali foydalanish, shu jumladan sizot suvlar sathi monitoringining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, keyinchalik yer osti suvlari xaritalarini va ma’lumotlar bazalarini muntazam ravishda yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng avvalo, ta’mirlash va tiklash ishlarini kompleks amalga oshirish asosida Guliston shahrining meliorativ-irrigatsiya tizimi obyektlari va inshootlaridan ishonchli ravishda foydalanishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud bo‘lgan, shu jumladan shaharga tutash yuqori zonalardagi inshootlardan foydalanuvchi turdosh suv xo‘jaligi korxonalari bilan sizot suvlar sathini pasaytirish, keyinchalik ularni “Sho‘ro‘zak” va “Markaziy Mirzacho‘l kollektori” magistral drenaj kollektorlariga to‘liq oqizib yuborish bo‘yicha aniq hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sirdaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda eskirgan va avariya holatidagi turar joylarni, shu jumladan Guliston shahrining qayta barpo etilayotgan va kengaytirilayotgan ko‘chalaridagi qizil chiziqlar chegarasiga tushayotgan 11-ilovaga* muvofiq obyektlarni bosqichma-bosqich buzish tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chora-tadbirlar dasturi va Kompleks tadbirlarni so‘zsiz amalga oshirish maqsadida Sirdaryo viloyati hokimligining mahalliy budjeti parametrlarini shakllantirish va bajarish bo‘yicha 12-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 12-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh (Yusupov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatilgan manba hisobiga investitsiya loyihalarini uzluksiz va bir maromda moliyalashtirishni nazarda tutgan holda Sirdaryo viloyatining har yilgi mahalliy budjeti prognozini muvozanatli shakllantirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati tumanlari va shaharlari bo‘yicha joyiga borgan holda mahalliy budjetga soliqlar va majburiy to‘lovlarga doir muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rgan holda har haftalik qat’iy monitoring olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh har 15 kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-martdagi F-4421-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasiga mahalliy budjetning prognoz parametrlarini ta’minlash hamda soliqlar va majburiy to‘lovlar, jumladan muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘liq yig‘ishga doir ko‘rilayotgan mukammal chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sirdaryo viloyati va Guliston shahri hokimliklari buzilishi kerak bo‘lgan hududlarda fuqarolarni hisobga olish va ularni propiska qilish qoidalariga rioya etilishi choralarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili 2016-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga ushbu qarorda nazarda tutilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida bajarilgan, buyurtmachilarning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha loyihalar kiritilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi maqbul texnik xulosalar qo‘llanishini hamda bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifatini hisobga olgan holda Guliston shahrining tasdiqlangan bosh rejasiga muvofiq barpo etilayotgan obyektlarning joylashtirilishi, texnik shartlari va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish sifati yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.I. Zakirov, G‘.I. Ibragimov, A.I. Ikramov va B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 36-son, 480-modda; 2016-y., 14-son, 132-modda; 2017-y., 38-son, 1049-modda)