Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2015-2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tarkibiy qayta oʻzgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 4-martdagi PF-4707-son Farmonini izchil amalga oshirish, shuningdek yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, mineral-xomashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni faol jalb etish asosida Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada oshirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash, daromadlari va turmush darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada jadal rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari hisoblansin:
Surxondaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash, asosan yuqori qoʻshilgan qiymatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada barqaror koʻpaytirish va diversifikatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
yangi, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish;
oziq-ovqat sanoatining, shu jumladan meva-sabzavot, qandolatchilik va goʻsht-sut sanoatining yangi, zamonaviy qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarini tashkil etish, ularni istiqbolli rivojlantirish uchun zarur xomashyo bazasini kengaytirish;
zamonaviy, talab barqaror ravishda katta boʻlgan yengil sanoat tovarlari hamda boshqa nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari turlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni rivojlantirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish uchun xomashyo bazasini kengaytirish.
2. 2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi maʼqullansin, Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatida sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning asosiy maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Real iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha Surxondaryo viloyatining yangi sanoat korxonalari quvvatlarini tashkil etish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha manzilli dasturlar 2 — 5-ilovalarga* muvofiq.
2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan masʼuliyat Surxondaryo viloyati (T.N. Mamaraimov), aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, yirik korxonalar, tijorat banklari rahbarlari — masʼul bajaruvchilar zimmasiga yuklansin.
3. 2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh (Sh.M. Mirziyoyev):
vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari hamda yirik korxonalar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning va investitsiya loyihalarining belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan faoliyati muvofiqlashtirilishini va nazorat qilinishini;
tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda Dasturga zarurat boʻlganda tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
4. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK, “Oʻzbekyengilsanoat” DAK, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Oʻzfarmsanoat” DAK, “Oʻzeltexsanoat AK, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekenergo” DAK, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK Surxondaryo viloyati hokimligi hamda tegishli tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda investitsiya loyihalarining TIA tayyorlasinlar hamda obyektlarning 2 — 5-ilovalarda belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini taʼminlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-apreldagi 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 132-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Oʻztadbirkoreksport” AJ bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga ular ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etishda koʻmaklashsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, boshqa vakolatli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarining oʻz vaqtida berilishini hamda obyektlarni qurishga ruxsatnomalarning “bir oyna” tamoyili boʻyicha berilishini;
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan zarur darajada davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturini shakllantirishda unga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutsin.
8. Surxondaryo viloyati hokimligi:
oʻn kun muddatda Dastur parametrlari viloyatning barcha tumanlari va shaharlariga, shuningdek manfaatdor tashkilotlarga manzilli yetkazilishini taʼminlasin;
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-may,
142-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 288-modda; 2016-y., 9-son, 91-modda; 2016-y.,14-son,132-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda, 33-son, 863-modda)