Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 22.02.2016 yildagi PQ-2495-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2840-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni kompleks va mutanosib tarzda rivojlantirishni taʼminlash, mintaqalarning mavjud tabiiy-xomashyo, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish hamda aholining turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish, shuningdek mahalliy ijroiya hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha tizimli dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining boshqaruv apparati tuzilmasida, tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahrining iqtisodiyot bosh boshqarmalarini tugatib, hududni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shahar hokimliklarining boshqaruv apparati tuzilmasida tugatilayotgan tuman va shahar iqtisodiyot boʻlimlari negizida hududni kompleks rivojlantirish boʻlimlarini tashkil etish boʻyicha taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyatini yanada takomillashtirish va mustahkamlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalarining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli asosda tahlil qilib borish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash, uning asosida va mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, hududlarni kompleks taraqqiy ettirishning joriy va oʻrta muddatli dasturlarini ishlab chiqish, mintaqalar iqtisodiyotini chuqur tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqalarning sanoat potensialini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sanoat asosida yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar chiqarishni tashkil etish va shuning asosida eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni taʼminlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish obyektlari qurish va oʻz vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli tasdiqlangan dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini bajarishda koʻmaklashish, pudrat tashkilotlarini mutanosib tarzda rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish, mintaqaviy investitsiya dasturlarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha faol ish olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, uy-joy — kommunal xizmatlari koʻrsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitar tozalash tizimi bilan taʼminlash, aholi punktlarini obodonlashtirish boʻyicha dasturiy chora- tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va suvdan tejamli foydalanish usullarini joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi xomashyosini yanada chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini saqlash uchun muzlatish quvvatlarini tashkil etishni chuqur tahlil qilish va bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini, uning bandlik darajasi va tarkibini tizimli tahlil qilish, shuning asosida ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari yaratish hisobidan band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan taʼminlash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparatining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari 1 va 1a-ilovalariga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari xodimlarining cheklangan soni 2 va 2a-ilovalariga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning tabaqalashtirilgan razryadlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari esa, tegishli ravishda shahar va tuman hokimlariga bevosita boʻysunadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan lavozimlarga tayinlanadilar va ozod etiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va tuman hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari boshliqlari lavozimiga tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda tuman va shahar hokimlarining qarorlari bilan lavozimlarga tayinlanadilar va ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalarini kadrlar bilan toʻldirish va suhbat oʻtkazish Komissiyasi 4-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya (R. Azimov) viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda suhbat oʻtkazib, yigʻma boshqarmalarni malakali kadrlar bilan toʻldirsin, unda ularning kasbiy tayyorgarligi, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish masalalarini chuqur bilishi, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan oʻzgartirishni chuqurlashtirish va diversifikatsiyalash vazifalarini hal etishdagi tashabbuskorligiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻma boshqarmalar va boʻlimlar xodimlarining malakasini oshirish, shu jumladan ularni oʻquv kurslariga yuborish, respublikaning vazirlik va idoralarida, shuningdek yetakchi xorijiy oʻquv markazlarida stajirovkadan oʻtish tizimini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalarining Namunaviy nizomini, shuningdek, shtatlar jadvali va masʼul xodimlarning xizmat vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari bir hafta muddatda hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlarini joylashtirib, ularni zarur uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel va aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-yanvardagi 37-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., №1, 10-modda) 5-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qarorga muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2495-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PQ-2495-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-yanvardagi 37-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 7-bandining ikkinchi xatboshidagi “iqtisodiyot hududiy bosh boshqarmalari boshliqlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 5-ilovasida (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisidagi nizom):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “va uning hududiy organlari” soʻzlari hamda 22-bandidagi “va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 75-modda)