Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 23.03.2016 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2840-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PQ-2495-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari masʼul xodimlarining funksional vazifalarini belgilangan tartibda bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 82-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda Yigʻma boshqarma deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yigʻma boshqarma viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (keyingi oʻrinlarda hokimliklar deb ataladi) boshqaruv apparatlarining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda bevosita hokimga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yigʻma boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Hokimlik boshqaruv apparati toʻgʻrisidagi nizomga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yigʻma boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda hokim oʻrinbosarlari kotibiyatlari, hokimliklar guruhlari va axborot-tahlil xizmati, tumanlar va shaharlar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma boshqarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan oʻzaro hamkorligi bevosita hokimning rahbarligida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yigʻma boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Yigʻma boshqarmaning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli asosda tahlil qilib borish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash, uning asosida va mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, hududlarni kompleks taraqqiy ettirishning joriy va oʻrta muddatli dasturlarini ishlab chiqish, mintaqalar iqtisodiyotini chuqur tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalash;

tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqalarning sanoat potensialini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sanoat asosida yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;

hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni taʼminlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish obyektlari qurish va oʻz vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli tasdiqlangan dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini bajarishda koʻmaklashish, pudrat tashkilotlarini mutanosib tarzda rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish, mintaqaviy investitsiya dasturlarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha faol ish olib borish;

muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, uy-joy-kommunal xizmatlari koʻrsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitariya-tozalash tizimi bilan taʼminlash, aholi punktlarini obodonlashtirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;

qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va suvdan tejamli foydalanish usullarini joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi xomashyosini yanada chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini saqlash uchun muzlatish quvvatlarini tashkil etishni chuqur tahlil qilish va bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini, uning bandlik darajasi va tarkibini tizimli tahlil qilish, shuning asosida ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari yaratish hisobidan band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan taʼminlash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

6. Yigʻma boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni prognozlashtirish sohasida:

hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish darajasini tizimli tahlil qiladi;

mavjud nomutanosibliklarni, zaxiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash ishlarini olib boradi;

mamlakatni rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, hudud iqtisodiyotini yanada isloh qilish, barqaror va mutanosib rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

hududni kompleks rivojlantirish, shuningdek tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalash boʻyicha qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy darajasi, kompleks rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlar va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy parametrlari prognozlari bajarilishi boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

hududning eksport salohiyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, mahsulot eksporti turlari va hajmlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy koʻrsatkichlarining doimiy monitoringini amalga oshiradi;

b) sanoat va kapital qurilishni rivojlantirish sohasida:

sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshli turlarini, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni taʼminlaydigan industrial siyosatni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari va yoʻllarini kompleks, tizimli tahlil qiladi;

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulotlarning hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

hududiy investitsiya loyihalari amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va oʻz vaqtida ishga tushirish hamda ishlab turganlarini modernizatsiyalash ustidan doimiy monitoring olib boradi;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

mintaqaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etishni hisobga olgan holda takliflar tayyorlaydi;

investitsiya dasturlariga, sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun mahalliylashtiriladigan va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlar, shu jumladan ularni ilgʻor, resurslarni tejaydigan va energiya jihatidan samarali texnologiyalar asosida modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

energiyaning tiklanadigan manbalaridan, shu jumladan yoqilgʻining muqobil va past sortli turlaridan foydalangan holda energetika qurilmalarini sanoatda foydalanishga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

sanoatni rivojlantirishning holati, shu jumladan mahalliylashtirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida, shuningdek qurilish kompleksi va qurilish industriyasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yakunlari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

v) transport, muhandislik kommunikatsiyalari va kommunal sohani rivojlantirish sohasida:

transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek kommunal sohani rivojlantirish boʻyicha investitsiya dasturlari va Hukumat qarorlari bajarilishining doimiy monitoringini olib boradi va uni tahlil qiladi;

transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek kommunal sohani, shu jumladan suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti, sanitariya jihatidan tozalash va obodonlashtirishni rivojlantirish boʻyicha qisqa muddatli va oʻrtacha muddatli dasturlarga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;

transport xizmati koʻrsatishni rivojlantirish, koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek kommunal sohani rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi yakunlari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

g) qishloq xoʻjaligini rivojlantirish sohasida:

qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va suv isteʼmolini joriy etish uchun qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash ishlarini amalga oshiradi;

yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini saqlash boʻyicha sovutish quvvatlarini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

hududdagi yer va suv resurslarining qisqa muddatli va oʻrtacha muddatli balanslarini ishlab chiqadi;

paxtachilik, gʻallachilik, sholichilikni rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va qishloq xoʻjaligining boshqa asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirishning prognoz parametrlarini ishlab chiqadi;

d) ijtimoiy rivojlantirish, demografiya va aholi bandligi sohasida:

hudud aholisining demografik jarayonlarini va jins-yosh tarkibini, ularning bandligi darajasi va tarkibini, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini, aholi hayoti darajasini, shuningdek madaniy-maʼrifiy ishlar sohasidagi ishlarning holatini tizimli tahlil qiladi;

aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, aholining alohida toifalarini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilishni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mutaxassisliklar nomenklaturasini takomillashtirish va oʻzgartirish, shuningdek oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan real ehtiyojdan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini taʼminlash, demografik omillarni va hudud iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

aholining, ayniqsa yoshlarning dam olishini tashkil etish, sport-sogʻlomlashtirish xizmatlari koʻrsatish roʻyxatini kengaytirish va sifatini oshirish, madaniy dam olish muassasalari faoliyatini rivojlantirish, ehtiyojmand talabalarni ijtimoiy himoya qilishga yordam berish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan bevosita aloqalarni mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini, aholi bandligini taʼminlash dasturlarini amalga oshirish yakunlari boʻyicha, shuningdek demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayoti darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-maʼrifiy ishlarning holati va natijalari toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi.

III. Yigʻma boshqarmaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yigʻma boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimning oʻrinbosarlari kotibiyatlari, hokimliklarning tegishli guruhlari, tumanlar va shaharlar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek davlat boshqa tashkilotlarining axborot-tahlil va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, shuningdek boshqa tashkilotlardan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni sifatli tahlil qilish va monitoring olib borish uchun zarur boʻlgan axborot materiallarini soʻrab olish;

tumanlar va shaharlar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa tashkilotlarning axborot-tahlil va prognoz faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻma boshqarmaga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda tumanlar va shaharlar hokimliklari hududini kompleks rivojlantirish boʻyicha boʻlimlarga topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa tashkilotlarning rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-tahlil materiallarini tayyorlash va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, shuningdek ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini jalb etish;

shu jumladan dasturlar va balanslarni ishlab chiqish metodologiyasini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha respublika iqtisodiyot organlari, tarmoq idoralari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan axborotning taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari xodimlariga nisbatan intizomiy javobgarlikning tegishli choralarini koʻrish toʻgʻrisida hokimning koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yigʻma boshqarma quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari, shuningdek yigʻma boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bilan mustahkam oʻzaro bogʻliqlikda hududlarni rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlari ishlab chiqilishini belgilangan tartibda taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisidagi xolisona tahliliy axborotni keyinchalik soʻrov boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Iqtisodiyot vazirligiga yuborish uchun hokimlarga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha prognozlar va dasturlar bajarilishi toʻgʻrisida taqdim etiladigan tahliliy materiallarning oʻz vaqtidaligini, kompleksliligini va sifatini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yigʻma boshqarma faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yigʻma boshqarmaga Yigʻma boshqarma boshligʻi rahbarlik qiladi, u hokim tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yigʻma boshqarma boshligʻining bir nafar oʻrinbosari boʻladi, u ayni paytda yigʻma boʻlim boshligʻi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma boshqarma boshligʻi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini oʻrinbosar bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yigʻma boshqarmaning boʻlim boshliqlari va uning oʻrinbosarlari, shuningdek bosh va yetakchi mutaxassislar bevosita hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma boshqarma boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlgan, mutaxassisligi boʻyicha ish staji kamida 5 yil, boʻlim boshligʻi uchun — 4 yil, boʻlim boshligʻining oʻrinbosari uchun — 3 yil, bosh mutaxassis uchun — 2 yil va yetakchi mutaxassis uchun — 1 yil boʻlgan shaxs tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma boshqarma xodimlari oʻz faoliyatini hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yigʻma boshqarma boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Yigʻma boshqarma faoliyatini, shu jumladan oʻz oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va mutaxassislar ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va mutaxassislar lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi bilan kelishgan holda hokimning koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

13. Yigʻma boshqarma boshligʻining oʻrinbosari — yigʻma boʻlim boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻma boʻlimga, shu jumladan tegishli mutaxassislar ishlariga bevosita rahbarlik qiladi hamda yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, shuningdek ijro intizomining taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari bilan doimiy oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalari oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasi shakllantirilishini va yuritilishini, uning muntazam yangilab borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma boshqarma xodimlarini lavozimga tayinlash yoki lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni taqdirlash, shuningdek ularga intizomiy jazo berish toʻgʻrisida Yigʻma boshqarma boshligʻiga takliflar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, hududni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Yigʻma boshqarma boshligʻiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boʻlim boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim ishlarini ushbu Nizomda belgilangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim mutaxassislari oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi, shuningdek ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hokimlik tarkibiy boʻlinmalari bilan doimiy oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisida Yigʻma boshqarma boshligʻiga koʻrib chiqish uchun xolisona tahliliy maʼlumotlarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushayotgan hujjatlarni va xat-xabarlarni boʻlim xodimlari oʻrtasida taqsimlaydi;

hududni rivojlantirish boʻyicha qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarga kiritish uchun takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim faoliyati samaradorligini tahlil qiladi va baholaydi;

hisobotlar va axborotlarning belgilangan muddatlarga muvofiq oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;

oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni taqdirlash va boʻlim xodimlariga intizomiy jazo berish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim xodimlariga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushayotgan hujjatlarni va xat-xabarlarni boʻlim xodimlari oʻrtasida taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun boʻlim boshligʻiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotlar va axborotlarning belgilangan muddatlarga muvofiq oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish boʻyicha oʻqitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yigʻma boshqarmaning bosh (yetakchi) mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotlar va axborotlarning oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun boʻlim boshligʻiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan boʻlim faoliyatga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognoz koʻrsatkichlarning, shuningdek hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yigʻma boshqarma xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar, shuningdek uzoq muddat ishlaganligi uchun toʻlovlar hokimning qaroriga muvofiq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 82-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlarining (keyingi oʻrinlarda boʻlim deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boʻlim tumanlar va shaharlar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda hokimliklar deb ataladi) boshqaruv apparatlarining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda bevosita hokimga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Hokimlik boshqaruv apparati toʻgʻrisidagi Nizomga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar boʻlimning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli asosda tahlil qilib borish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash, uning asosida va mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, hududlarni kompleks taraqqiy ettirishning joriy va oʻrta muddatli dasturlarini ishlab chiqish, mintaqalar iqtisodiyotini chuqur tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqalarning sanoat potensialini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sanoat asosida yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni taʼminlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish obyektlari qurish va oʻz vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli tasdiqlangan dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini bajarishda koʻmaklashish, pudrat tashkilotlarini mutanosib tarzda rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish, mintaqaviy investitsiya dasturlarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha faol ish olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, uy-joy-kommunal xizmatlari koʻrsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitariya-tozalash tizimi bilan taʼminlash, aholi punktlarini obodonlashtirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va suvdan tejamli foydalanish usullarini joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi xomashyosini yanada chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini saqlash uchun muzlatish quvvatlarini tashkil etishni chuqur tahlil qilish va bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini, uning bandlik darajasi va tarkibini tizimli tahlil qilish, shuning asosida ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari yaratish hisobidan band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan taʼminlash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni prognozlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish darajasini tizimli tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud nomutanosibliklarni, zaxiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, hudud iqtisodiyotini yanada isloh qilish, barqaror va mutanosib rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni kompleks rivojlantirish, shuningdek tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalash boʻyicha qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy darajasi, kompleks rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlar va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy parametrlari prognozlari bajarilishi boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning eksport salohiyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, mahsulot eksporti turlari va hajmlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy koʻrsatkichlarining doimiy monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanoat va kapital qurilishni rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshli turlarini, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni taʼminlaydigan industrial siyosatni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari va yoʻllarini kompleks, tizimli tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulotlarning hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy investitsiya loyihalari amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va oʻz vaqtida ishga tushirish hamda ishlab turganlarini modernizatsiyalash ustidan doimiy monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etishni hisobga olgan holda takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturlariga, sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun mahalliylashtiriladigan va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlar, shu jumladan ularni ilgʻor, resurslarni tejaydigan va energiya jihatidan samarali texnologiyalar asosida modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyaning tiklanadigan manbalaridan, shu jumladan yoqilgʻining muqobil va past sortli turlaridan foydalangan holda energetika qurilmalarini sanoatda foydalanishga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatni rivojlantirishning holati, shu jumladan mahalliylashtirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida, shuningdek qurilish kompleksi va qurilish industriyasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yakunlari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) transport, muhandislik kommunikatsiyalari va kommunal sohani rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek kommunal sohani rivojlantirish boʻyicha investitsiya dasturlari va Hukumat qarorlari bajarilishining doimiy monitoringini olib boradi va uni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek kommunal sohani, shu jumladan suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti, sanitariya jihatidan tozalash va obodonlashtirishni rivojlantirish boʻyicha qisqa muddatli va oʻrtacha muddatli dasturlarga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport xizmati koʻrsatishni rivojlantirish, koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek kommunal sohani rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi yakunlari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qishloq xoʻjaligini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va suv isteʼmolini joriy etish uchun qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini saqlash boʻyicha sovutish quvvatlarini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi yer va suv resurslarining qisqa muddatli va oʻrtacha muddatli balanslarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtachilik, gʻallachilik, sholichilikni rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va qishloq xoʻjaligining boshqa asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirishning prognoz parametrlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ijtimoiy rivojlantirish, demografiya va aholi bandligi sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud aholisining demografik jarayonlarini va jins-yosh tarkibini, ularning bandligi darajasi va tarkibini, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini, aholi hayoti darajasini, shuningdek madaniy-maʼrifiy ishlar sohasidagi ishlarning holatini tizimli tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, aholining alohida toifalarini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilishni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mutaxassisliklar nomenklaturasini takomillashtirish va oʻzgartirish, shuningdek oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan real ehtiyojdan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini taʼminlash, demografik omillarni va hudud iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining, ayniqsa yoshlarning dam olishini tashkil etish, sport-sogʻlomlashtirish xizmatlari koʻrsatish roʻyxatini kengaytirish va sifatini oshirish, madaniy dam olish muassasalari faoliyatini rivojlantirish, ehtiyojmand talabalarni ijtimoiy himoya qilishga yordam berish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan bevosita aloqalarni mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini, aholi bandligini taʼminlash dasturlarini amalga oshirish yakunlari boʻyicha, shuningdek demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayoti darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-maʼrifiy ishlarning holati va natijalari toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Boʻlimning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boʻlim quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimliklar tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek davlat boshqa tashkilotlarining axborot-tahlil va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, shuningdek boshqa tashkilotlardan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni sifatli tahlil qilish va monitoring olib borish uchun zarur boʻlgan axborot materiallarini soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa tashkilotlarning axborot-tahlil va prognoz faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlimga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalariga topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa tashkilotlarning rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-tahlil materiallarini tayyorlash va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, shuningdek ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan axborotning taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari xodimlariga nisbatan tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisida hokimning koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boʻlim quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari, shuningdek boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bilan mustahkam oʻzaro bogʻliqlikda hududlarni rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrta muddatli dasturlarini ishlab chiqish tartibi, metodologiyasi, tamoyillari va muddatlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha prognozlar va dasturlar bajarilishi toʻgʻrisida koʻrib chiqish uchun hokimlarga, viloyatlar va Toshkent shahrining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalariga taqdim etiladigan tahliliy materiallarning oʻz vaqtidaligini, kompleksliligini va sifatini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Boʻlimga boʻlim boshligʻi rahbarlik qiladi, u hokim tomonidan, tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boʻlimning bosh va yetakchi mutaxassisi, shuningdek 1-toifali mutaxassisi (Toshkent shahri tumanlaridan tashqari) boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim boshligʻi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini bosh mutaxassis bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek 1-toifali mutaxassis bevosita hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim boshligʻi lavozimiga oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlgan, mutaxassisligi boʻyicha ish staji kamida 3 yil, bosh mutaxassis uchun — 2 yil va yetakchi mutaxassis uchun — 1 yil boʻlgan shaxs tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim xodimlari oʻz faoliyatini hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boʻlim boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq boʻlim faoliyatini va mutaxassislar ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim mutaxassislari oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi, shuningdek ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari bilan doimiy oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish darajasini tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklarni, ishlab chiqarishga jalb etilmagan zaxiralarni va mineral-xomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash ishlarini tizimli ravishda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kompleks rivojlantirishning qisqa muddatli va oʻrtacha muddatli dasturlariga kiritish, iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, mintaqalarning sanoat salohiyatini rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun takliflar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kompleks rivojlantirish tasdiqlangan dasturlarining, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy parametrlari prognozlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi va tizimli monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlimning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni hokimning koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim mutaxassislarini normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish boʻyicha oʻqitishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni shakllantirish va saqlashning, axborotlar maxfiyligi rejimining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotlar va axborotlarning belgilangan muddatlarga muvofiq oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq mutaxassislar lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi bilan kelishgan holda hokimning koʻrib chiqishiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim faoliyati samaradorligini tahlil qiladi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlimning oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlariga nisbatan intizomiy choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasiga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

13. Bosh mutaxassis:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy investitsiya dasturlarining, yangi ishlab chiqarishlarni qurish hamda oʻz vaqtida ishga tushirish va ishlayotganlarini modernizatsiyalashning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning iqtisodiyotini rivojlantirishning tasdiqlangan oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha ishlarni faollashtirishga koʻmaklashish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suv, sanitariya-tozalash tizimi bilan taʼminlash, aholi punktlarini obodonlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va boʻlim boshligʻiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning shakllantirilishini va tizimli bazasi yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarning va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun boʻlim boshligʻiga belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotlar va axborotlarning belgilangan muddatlarga muvofiq oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasiga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boʻlimning yetakchi (1-toifali) mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini maqbul tarzda joylashtirish boʻyicha takliflarni chuqur tahlil qilish va ishlab chiqish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirish, zamonaviy agrotexnologiyalar va suv isteʼmolini joriy etishga, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini saqlash boʻyicha sovutish quvvatlarini yaratishga doir takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz koʻrsatkichlari, shuningdek dasturlari bajarilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun boʻlim boshligʻiga belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotlar va axborotlarning tasdiqlangan muddatlarga muvofiq oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni rivojlantirishning qisqa muddatli va oʻrtacha muddatli dasturlariga kiritish uchun loyiha takliflarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasiga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boʻlim xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar, shuningdek uzoq muddat ishlaganligi uchun toʻlovlar hokimlarning qarorlariga muvofiq toʻlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 12-son, 112-modda; 2017-y., 13-son, 199-modda)