30.12.2010 yildagi 144-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda maʼqullansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi muhokamasiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) 2010-yil 7-8-maydagi Senatning ikkinchi yalpi majlisida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturidan (bundan buyon matnda Senat Harakat dasturi deb yuritiladi) kelib chiqadigan vazifalarni 2010-yildagi oʻz faoliyatining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat rahbari tomonidan parlament oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Senat Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2010-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2010-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasini, 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalarni, shuningdek “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvardagi 2009-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining nazorat faoliyati va tadbirlar rejasini tasdiqladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini hal etishda Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalariga ularning vakolatlarini amalga oshirishda amaliy va uslubiy yordam berish, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining, ular doimiy komissiyalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini samarali tashkil etishdagi masʼuliyatini oshirish zaruratini eʼtiborga olgan holda, Senat Kengashining 2010-yil 31-mart va 20-maydagi qarorlari bilan Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi roʻyobga chiqarilishini taʼminlash boʻyicha 2010-yil uchun ish rejasi tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning toʻrtinchi yalpi majlisida (2010-yil 3-4-dekabr) senatorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi maʼruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan Harakat dasturini qabul qilib, davlat rahbari tomonidan qoʻyilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish Senatdan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridan, har bir senatordan va barcha darajalardagi deputatlardan yuksak tashabbuskorlik va masʼuliyatni, qonun ijodkorligi faoliyatining samaradorligi va parlament nazoratining taʼsirchanligini oshirishni, oʻz faoliyatlarida umumdavlat va mintaqalar manfaatlarining uygʻunligini taʼminlashni talab qilishini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Harakat dasturida Senatning ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, davlat hokimiyati subyektlari oʻrtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini taʼminlash, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq tizimini isloh qilish, uni demokratlashtirish va liberallashtirish, qonun ustuvorligini, qonuniylikni taʼminlash, shaxsning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, huquqiy davlatni shakllantirish hamda jamiyatda huquqiy bilimlarni yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot sohasini isloh qilish hamda soʻz va axborot erkinligini taʼminlash, ommaviy axborot vositalari bilan davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni barcha choralar bilan mustahkamlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiq-oydinligi va oshkoraligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda amal qilib turgan huquqiy normalar demokratikligining eng muhim masalasi, xalq xohish-irodasini ifoda etishining, fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashishining asosiy shakli sifatida saylov erkinligini taʼminlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat tuzilmalari bilan ijtimoiy sheriklik prinsiplari asosida oʻzaro hamkorligini huquqiy va institutsiyaviy taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish instituti faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, vazifalarini kengaytirish hamda uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yaqindan hamkorlik qilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk huquqini himoya qilishni huquqiy taʼminlash, oilaviy, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik faoliyatining ishonchli kafolatlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Senat yalpi majlislarida 91 ta masala koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Qonunchilik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning amalda roʻyobga chiqarilishi demokratik, ijtimoiy-siyosiy, sud-huquq va sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, odamlar farovonligini oshirishning asosiy omili boʻlishini eʼtiborga olgan holda, qonunchilik faoliyatini amalga oshirish doirasida Senatning yalpi majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan va koʻrib chiqish uchun Senatga kelib tushgan 36 ta Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulardan 7 tasi moliya-iqtisodiyot sohasiga, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasiga (5), sud-huquq islohotlariga (15), ijtimoiy soha, sogʻliqni saqlash va madaniyat sohasiga (6), shuningdek mudofaa va xavfsizlik (1) hamda tashqi siyosat sohalariga (2) taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qonunlarning hayotga tatbiq qilinishi, shubhasiz, insonning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, yuridik va gumanitar huquqlarini barcha choralar bilan himoya qilish uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnik shart-sharoitlarni va barqaror universal mexanizmlarni yaratadi, bu esa Oʻzbekistonning demokratik huquqiy davlat hamda kuchli fuqarolik jamiyati qurish yoʻlidan ildam rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning ikkinchi yalpi majlisida (2010-yil 7-8-may) sud-huquq sohasini takomillashtirishga va sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlashga, fuqarolarning huquqlari sud tomonidan himoya qilinishining samaradorligini oshirishga qaratilgan qator qonunlar maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, senatorlar tomonidan sud ekspertizasi instituti bilan bogʻliq prinsipial masalalarni tartibga soluvchi va sud ekspertining mustaqilligini, uning xulosasi obyektivligini taʼminlaydigan demokratik tamoyillarga asoslangan umumiy normalarni oʻz ichiga oluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat boʻlgan “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan bir qator qonunlar, chunonchi oziq-ovqat mahsulotini inson organizmi uchun hayotiy muhim boʻlgan unsurlar – mikronutriyentlar bilan boyitish boʻyicha ishlarni amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullandi. Ushbu Qonun “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida ishlab chiqilgan boʻlib, aholining mikronutriyent yetishmasligi eng koʻp rivojlangan qatlamlari orasida tegishli profilaktika ishlarini oʻtkazish, shuningdek toʻgʻri ovqatlanish masalalari yuzasidan maʼrifiy ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va bu sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullandi. Unga muvofiq voyaga yetmaganlar tomonidan gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa koʻngil ochar (dam olish) joylarida tungi vaqtda voyaga yetmagan shaxsning ota-onasidan biri yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs kuzatuvisiz hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyganligi uchun mazkur muassasalar rahbarlari yoki boshqa masʼul shaxslarning maʼmuriy javobgarligi belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, zamonaviy talablar va standartlar asosida arxiv hujjatlarini butlash, hisobini yuritish, saqlash va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirgan, alohida qimmatli boʻlgan va mamlakatning milliy boyligi hisoblangan noyob hujjatlarning but saqlanishini taʼminlovchi “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning uchinchi yalpi majlisida (2010-yil 28-29-avgust) davlat qurilishi va boshqaruvi sohasini yanada takomillashtirishga, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq sohalaridagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga, shuningdek ijtimoiy masalalarni samarali hal qilishga qaratilgan qator qonunlar maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini eʼtiborga olgan holda, bu sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning, shuningdek ota-onalarning, vasiylik va homiylik organlarining voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun masʼuliyatini oshirishga, ota-onasi yoki boquvchilaridan mahrum boʻlgan voyaga yetmaganlarning mulkiy huquqlarini taʼminlashga, voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirishga qaratilgan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, insofsiz va yashirin reklamani amalga oshirish hollarini aniqlash va chek qoʻyish mexanizmlarini takomillashtirishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boʻyicha normativ-huquqiy chora-tadbirlarni mustahkamlashga, reklama materiallarini tarqatishda umum eʼtirof etilgan axloq va odob normalariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1781-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatorlar tomonidan Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasida jinoyat ishlari, shu jumladan ayblanuvchilarni ushlab berish va jinoiy taʼqib qilish, jinoyatlardan jabrlangan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish borasidagi hamkorlikning huquqiy mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiluvchi “Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning toʻrtinchi yalpi majlisida (2010-yil 3-4-dekabr) mamlakatimizda demokratik, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholi farovonligini oshirishning muhim omili boʻladigan qator qonunlar maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, soliq maʼmurchiligini takomillashtirishni, tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlashni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlaganlik uchun mansabdor shaxslarning, shuningdek xodimlar sonini yashirganlik uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarning maʼmuriy javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi “Soliq va budjet siyosatining 2011-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkilotlari (rieltorlar) oʻz zimmalariga oladigan majburiyatlarini bajarishlari ustidan tegishli nazorat mexanizmini va Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozori qatnashchilari va davlat manfaatlari muvozanatini taʼminlaydigan rieltorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish tizimini yaratish maqsadida senatorlar “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222-II-sonli qarorining 1-ilovasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini maʼqulladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga dafn etish va dafn ishining huquqiy asoslarini shakllantirish, dafn etishni amalga oshirish va dafn etish joylarini tashkil etish kafolatlarini belgilashga, shuningdek bu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Senat tomonidan Qonunchilik palatasi bilan birgalikda yuritiladigan vakolatlarning amalga oshirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga muvofiq Senatning yalpi majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2009-yilgi hisoboti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2009-yildagi faoliyati haqidagi hisoboti, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini tasdiqlash toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) lavozimiga S.Rashidova nomzodini maʼqullash toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish haqidagi, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrining chegarasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi, Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisidagi, Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi, Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi, Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumani hududlarini birlashtirish hamda Yangiyoʻl shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisidagi, Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisidagi, Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarini birlashtirish hamda Ohangaron shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisidagi, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatib, uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti koʻrib chiqilib, uni maʼqullash haqida qaror qabul qilindi. Mamlakatning asosiy moliyaviy hujjati makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashni, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi va kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishni hisobga olgan holda ishlab chiqilganligi hamda yalpi ichki mahsulotning yuqori surʼatlar bilan oʻsishiga erishishga, diversifikatsiyalangan va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishga, aholi farovonligi va turmush darajasini yanada oshirishga qaratilganligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan bandlik, aholi daromadlari, turmush darajasi va sifati oshishini taʼminlash, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklarining ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligi masalalarini hal qilish uchun javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrib chiqildi va tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarorining 3-ilovasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qarorni qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Senat Kengashi, Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “A.R. Tashmetovni “Nurli jol” gazetasining bosh muharriri lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi (2010-yil 25-maydagi 67-II/84-II/99-sonli) hamda “R. Anarbekovni “Nurli jol” gazetasi tahririyati” davlat korxonasining bosh muharriri lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi (2010-yil 25-maydagi 68-II/85-II/100-sonli) qoʻshma qarorlarni qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Senatning mutlaq vakolatlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning mutlaq vakolatlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari eshitildi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish asnosida mazkur qoʻmitaning ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirishga va mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash sohasidagi faoliyati tahlil qilindi. Mazkur hisobotni eshitish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradigan maxsus mutasaddi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida oʻz vakolatlaridan toʻla foydalanmayotganligi, tabiatdan foydalanishni boshqarishning iqtisodiy mexanizmini yanada takomillashtirish boʻyicha yetarli darajada samarali choralar koʻrmayotganligi, Angren, Fargʻona, Toshkent, Navoiy, Nukus, Chirchiq, Buxoro va Sariosiyo singari shaharlarda ifloslantiruvchi moddalarning ayrim ingrediyentlari boʻyicha ifloslanish darajasi sanitariya-gigiyena normalariga qadar pasaytirilishiga zarur eʼtibor qaratmayotganligi, ekologik toza va resurslarni tejaydigan texnologiyalar, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ishlarning samaradorlik darajasini oshirmaganligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda sanoat chiqindilarini qayta ishlash, ekoturizm sohalarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan aholi bandligini taʼminlash, ekologik toza va resurslarni tejaydigan texnologiyalar, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha ishlarni faollashtirish, tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish topshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasidagi faoliyati tahlil qilindi. Aholi bandligini taʼminlash haqidagi va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda ularning ijro etilishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi koʻrsatib oʻtildi. Shuningdek, 2009-yilda umumiy jinoyatchilik oʻsganligi, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish, tamagirlik, bezorilik, firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlar sonining koʻpayganligi jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirishga qaratilgan qatʼiy choralar koʻrishni talab qilayotganligi koʻrsatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha prokuratura organlariga 2009-yilda umumiy jinoyatchilik va ayrim turdagi jinoyatlarning oʻsishiga olib kelgan sabablar hamda sharoitlarni chuqur tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi, unda nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy sohani ogʻishmay rivojlantirishni va mamlakatda barqarorlikni taʼminlashga doir barcha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan tasdiqlangan 2010-yilda ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi bandligini taʼminlash dasturining tarmoqlar va mamlakat hududi boʻyicha ijrosi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilishini tashkil etish topshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqishda olib borilgan qatʼiy pul-kredit siyosati mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga imkon berganligi, 2009-yil yakunlari boʻyicha inflatsiya darajasi 7,4 foizni tashkil qilganligi, tijorat banklarining umumiy kapitali 2008-yildagiga nisbatan 1,4 barobar oʻsganligi, banklardagi depozitlar hajmi 2008-yildagiga nisbatan 1,5 barobar, aholi omonatlari 1,7 barobar koʻpayganligi, 2009-yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka berilayotgan kreditlarning umumiy hajmi 2008-yildagiga nisbatan 1,5 barobar oʻsganligi, mikrokreditlar hajmi esa 1,6 barobar koʻpayganligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Markaziy bankning kredit axborotini almashishni huquqiy taʼminlash sohasidagi ishini yanada takomillashtirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, iqtisodiy jihatdan nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishga va ularning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli bank investitsiyalari hamda kreditlari hajmlarini oʻstirish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish zarurligiga alohida eʼtiborini qaratish vazifasi topshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti muhokama qilinib, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan muayyan ishlar qilinganligi qayd etildi. Davlat organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga amal qilish borasidagi ishlarning ahvoli muntazam tahlil qilib borilayotganligi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarining huquqiy ekspertizasini taʼminlash boʻyicha ish olib borilayotganligi qayd etildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqni qoʻllash amaliyotining monitoringi jarayonida davlat organlari faoliyatidagi ayrim kamchilik va nuqsonlar aniqlangan. Xususan, oʻtgan yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi sababli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning 23 ta noqonuniy hujjati bekor qilingan va ijrodan chaqirib olingan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining faoliyati monitoring qilinganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarini tekshirish boʻyicha yillik reja-jadvallarini shakllantirish amaliyoti tegishli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi, soliq tekshiruvlariga oid materiallarni koʻrib chiqishda yagona yondashuv va amaliyot shakllantirilmaganligi, tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy sanksiyalar qoʻllash amaliyoti qonun hujjatlari talablariga javob bermayotganligi, bunda ularni sud tartibida qoʻllash buzilayotganligi, ayrim mintaqalarda qisqa muddatli tekshiruvlar soni keskin koʻpayganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq uchinchi yalpi majlisda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqida”gi Senat qarorlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy va Oliy cudining sudyaligiga sakkizta nomzod koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga muvofiq mamlakatimizning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va ozod qilishga doir sakkizta masala koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, yalpi majlislarda Senat majlislarining kun tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi, Senat rahbariyatini saylash toʻgʻrisidagi, Senat qoʻmitalarini va komissiyasini shakllantirish toʻgʻrisidagi, Senat Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “R.H. Qodirovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga yangi muddatga tayinlash toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Senat Kengashining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Senat Kengashining 12 ta majlisi oʻtkazilib, ularda 65 ta masala koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlislarida koʻrib chiqish uchun tavsiya qilinayotgan masalalar, Senat qoʻmitalarining 2010-yilga moʻljallangan nazorat faoliyati va tadbirlar rejalari tasdiqlandi, yalpi majlislarni tashkil etish va oʻtkazish, qoʻmitalar hamda Reglament va odob komissiyasining, Senatda doimiy asosda ishlaydigan senatorlarning tarkibini maʼqullash, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy vakillik hokimiyati organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasini tuzish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tasdiqlash bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati mahalliy vakillik hokimiyati organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Mahalliy vakillik hokimiyati organlari faoliyatini kuchaytirish boʻyicha 2010 – 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi roʻyobga chiqarilishini taʼminlash boʻyicha 2010-yil uchun ish rejasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan parlament eshituvlarini tayyorlash, tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari va senatorlarning parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha 2010-2011-yillarga moʻljallangan Dastur tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 4-dekabrdagi “2010-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 694-I-sonli Qarorini bajarishning borishi haqida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli Qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli Qarori ijro etilishining borishi toʻgʻrisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Yaponiya parlamenti” parlamentlararo guruhini tuzish toʻgʻrisidagi, “Oʻzbekiston — YI” parlament hamkorligi qoʻmitasidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi va Buyuk Britaniya parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2011-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2011-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2011-yilga moʻljallangan ish rejasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2011-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar tasdiqlandi. Shuningdek, Senat Harakat dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan Senatning 2011-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Kompleks harakat dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritiladigan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Senat Kengashi qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalarini saylash yoki ularni lavozimidan ozod qilish masalalarini koʻrib chiqish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqish tartibi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunavi� nizom ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Nazorat-tahlil faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qoʻmitalari tomonidan nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirishda asosiy eʼtibor qonunlarning toʻliq va sifatli ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash, shuningdek qonunlarni ijro etish chogʻida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqishga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning nazorat faoliyati va tadbirlari rejalarini amalga oshirish maqsadida toʻrtta parlament eshituvi, 31 ta qoʻmita majlisi (shu jumladan, qonunlar ijro etilishining borishini oʻrganish yuzasidan 20 ta sayyor majlis), beshta konferensiya, 13 ta seminar va 13 ta davra suhbati oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat faoliyatini amalga oshirish doirasida qoʻmitalar tomonidan qator majlislar oʻtkazildi. Xususan, 2010-yil 28-sentabrda Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Toshkent shahrida va Buxoro viloyatida ijro etilishi boʻyicha parlament eshituvi oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 15-iyunda Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi va Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining Qirgʻiziston janubidagi vaziyatni muhokama qilishga bagʻishlangan qoʻshma majlisi oʻtkazilib, unda Oʻzbekiston parlamentining aʼzolari yuz berayotgan voqealar ortida oʻzlari uchun qirgʻiz xalqining manfaatlari yot boʻlgan kuchlar turganligiga qatʼiy ishonch bildirdilar va Qirgʻizistonning tegishli tuzilmalarini voqealarning fojiali rivojini toʻxtatish, tartib oʻrnatish, hayotni normal izga qaytarish, gumanitar falokat zonasiga tushib qolganlarga yordam koʻrsatish uchun barcha shoshilinch va uzil-kesil choralarni koʻrishga chaqirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 6-avgustda Qashqadaryo viloyati hokimligida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Qashqadaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilishga bagʻishlangan qoʻshma majlisi oʻtkazildi, unda tadbir ishtirokchilari, yoʻllarda harakat xavfsizligi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi yoʻl-patrul xizmatlarining moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlashning ahvoli hozirgi talablarga javob bermasligini, avtomobil yoʻllari yoʻl-harakatini boshqarish vositalari, yoʻl belgilari, ajratish chiziqlari bilan yetarli darajada jihozlanmaganligi, transport vositalari haydovchilarini tayyorlash talabga javob bermasligi va shu kabilarni koʻrsatib oʻtdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Harakat dasturining 2.2.2-kichik bandiga muvofiq Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining xalq deputatlari Andijon va Xorazm viloyat Kengashlari tomonidan Senatning 2009-yil 4-dekabrdagi “2010-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi Qarorining, qishloqda uy-joy qurilishi va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishining borishi masalalarini oʻrganish va muhokama qilish boʻyicha majlislari 2010-yil 9-sentabrda Andijon viloyatida va 14-sentabrda Xorazm viloyatida oʻtkazilib, ularda xalq deputatlari Buloqboshi, Izboskan, Paxtaobod, Qoʻrgʻontepa va Boʻz tuman Kengashlari, xalq deputatlari Bogʻot va Xazorasp tuman Kengashlari, shuningdek viloyat va tumanlarning ushbu masalalar boʻyicha belgilangan choralar bajarilishi uchun javobgar boʻlgan tegishli boʻlinmalari faoliyati yetarli boʻlmaganligi va sustligi uchun tanqid ostiga olindi. Deputatlar oʻz mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal qilishda tashabbus koʻrsatmaganlar, ushbu masala boʻyicha mansabdor shaxslarning hisobotlari tinglanmagan, nazorat qilishning deputat soʻrovini yuborish kabi shaklidan amalda foydalanilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-noyabrda Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari hamda Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitalarining Fargʻona va Navoiy viloyatlarida joylardagi eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarni hal qilishda, demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish masalasini oʻrganish va muhokama qilishga bagʻishlangan parlament eshituvi oʻtkazildi. Majlisda qayd etilganidek, mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini va ahamiyatini oshirishga hamda fuqarolarning dolzarb sotsial-iqtisodiy muammolarini hal qilishga yoʻnaltirilgan 200 dan ortiq qonun hujjati qabul qilingan. Senatorlar Fargʻona va Navoiy viloyatlarida ayrim davlat hokimiyati organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar hamda boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikdagi faoliyatini mustahkamlash masalalariga yetarli eʼtibor berilmayotganligini, baʼzi nodavlat notijorat tashkilotlarning moddiy-texnik bazasi past darajada ekanligini, fuqarolik jamiyati instituti tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi ishlar sust olib borilayotganligini koʻrsatib oʻtdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-noyabrda Toshkent shahar hokimligida Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilishga bagʻishlangan qoʻshma majlisi oʻtkazilib, unda senatorlar tomonidan ayrim fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlari yetarli darajada amalga oshirilmayotganligi, oʻz vakolatlaridan chetga chiqish holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligi qayd etildi. Mazkur tadbir qatnashchilari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini hamda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qilish samaradorligini oshirish, mahallani manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimida mahallaning vazifalarini kengaytirish boʻyicha qator takliflarni ilgari surdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-mayda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi va Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy tashabbuslari hamda Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 3-avgustda Boʻstonliq tumanida Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi bilan birgalikda “Aholi bandligini taʼminlash muammolarini hal qilishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining roli” mavzuida seminar oʻtkazildi, unda tadbir ishtirokchilari aholi bandligini taʼminlash dasturlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni kuchaytirish uchun joylardagi deputatlar korpusining barcha imkoniyatlaridan foydalanish, ayniqsa aholining ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan muhtoj qatlamlari vakillari, kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan yoshlar uchun ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar ajratish boʻyicha tijorat banklarning faoliyatini yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 5-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslaridan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzuida davra suhbati oʻtkazilib, unda ishtirokchilar suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, irrigatsiya tizimlari va sugʻorish texnikasini, suvni hisoblash tizimini yanada takomillashtirish, biznesni suvni tejaydigan progressiv ishlab chiqarish texnologiyalarini, suv bilan taʼminlashning aylanma va takroriy-navbatli tizimlarini faol joriy etishga va suvni unumsiz yoʻqotishlarni qisqartirishga ragʻbatlantiruvchi samarali iqtisodiy mexanizmlarni amalga oshirish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish zarurligini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan tadbirlar natijalari boʻyicha qoʻmitalarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va davlat dasturlarining toʻliq va sifatli ijro etilishini taʼminlash hamda ularni ijro etishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, qonunlar normalari va davlat dasturlarining soʻzsiz bajarilishiga, mintaqalarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarining samaradorligini oshirishga, shuningdek turli sohalarda qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan tegishli qarorlari va tavsiyalari qabul qilindi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuborildi. Bundan tashqari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlarini Senat qoʻmitalari tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarga jalb etish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Harakat dasturining 1.1.4-kichik bandiga muvofiq Senat Raisining oʻrinbosari, Senat qoʻmitalarining raislari hamda Senatda doimiy asosda ishlaydigan senatorlar tomonidan mintaqalarga safarlar amalga oshirilib, Senatning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi yalpi majlislarida maʼqullangan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Senat qarorlarining hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sotsial-iqtisodiy va demokratik oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida muayyan ishlar olib borildi. Shuningdek, parlament faoliyati va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning borishi haqida axborot berish maqsadida senatorlar tomonidan muntazam ravishda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat aʼzolari tomonidan joylarda senator sifatida olib borayotgan faoliyatlari toʻgʻrisida Senatning tegishli qoʻmitasiga har oyda muntazam ravishda yozma axborot taqdim etish ishi yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvardagi 2009-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish boʻyicha Senat qoʻmitalarining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 28-aprelda Buxoro viloyati hokimligida Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi bilan birgalikda “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ona va bola sogʻligʻini saqlashga doir qismining Buxoro viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish boʻyicha qoʻshma majlisi oʻtkazilib, unda davolash-profilaktika muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻliq taʼminlash, tugʻish yoshidagi ayollar orasida kasalga chalinish hollarini kamaytirish, ona va bola sogʻligʻini saqlash uchun masʼul boʻlgan tegishli tibbiyot muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ona va bola sogʻligʻini saqlash sohasidagi qonun hujjatlari va davlat siyosatining mazmuni hamda ahamiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida tushuntirish ishini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 9-sentabrda Jizzax viloyati hokimligida Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bilan birgalikda qishloqda yosh oilalarga uy-joy qurish yoki sotib olishda koʻmaklashishga doir qonun hujjatlarining Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilishga bagʻishlangan qoʻshma majlis oʻtkazilib, unda xalq deputatlari Arnasoy va Yangiobod tuman Kengashlari yosh oilalarga uy-joy qurish uchun yer uchastkalari ajratib berish masalalariga yetarli eʼtibor bermayotganligi, yosh oilalarga yer uchastkalari ajratib berilishining ahvoli viloyat yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan yetarli darajada monitoring qilib borilmayotganligi, yosh oilalarga yer uchastkalarini auksion savdolarda ajratib berish boʻyicha auksion savdolarini tashkil etish bugungi kun talablariga javob bermayotganligi koʻrsatib oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 27-sentabrda Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkazilgan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti konsepsiyasi va yosh avlodning barkamol rivojlanishini taʼminlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli” mavzuidagi seminar-treningda deputatlar korpusi, barcha bosqichlardagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning eng muhim vazifasi davlatimiz rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan turib soʻzlagan nutqidagi qoidalar va xulosalarning mohiyatini keng jamoatchilik va eng avvalo yoshlar eʼtiboriga yetkazishdan iborat ekanligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 5-oktabrda Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi bilan xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining Surxondaryo viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni gʻayriqonuniy ravishda muomalaga kiritishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiyasi (Vena, 1988-yil 19-dekabr) qoidalarining ijro etilishi, yoshlar orasida giyohvandlikka barham berish toʻgʻrisidagi masalani oʻrganish va muhokama qilishga bagʻishlangan qoʻshma majlisi oʻtkazilib, unda mamlakatimizda, shu jumladan Surxondaryo viloyatida mazkur xalqaro konvensiyani milliy qonunchilikka kiritish borasida anchagina ishlar amalga oshirilganligi, bu esa giyohvand vositalarning gʻayriqonuniy aylanishi bilan bogʻliq jinoyatlar oʻsishini jilovlashning, mana shu ofatni keltirib chiqaradigan omillarga barham berishning taʼsirchan vositalarini yaratish imkonini berganligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilishga bagʻishlangan majlisi oʻtkazildi, unda koʻrsatib oʻtilganidek, 2010-yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarida mingdan ortiq moliyaviy huquqbuzarliklar aniqlangan. Majlis qatnashchilari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish tartibini belgilaydigan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini soʻzsiz bajarish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrishi, budjet buyurtmalarini va normativ standartlarni topshirish muddatlariga qatʼiy rioya etishi, shuningdek budjet mablagʻlaridan qonunga qatʼiy rioya qilgan holda foydalanilishi uchun taʼlim muassasalari rahbarlarining masʼuliyatini oshirishi zarurligini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Xalqaro parlamentlararo faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat tomonidan parlamentlararo aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish, parlamentlararo ish bilan tanishish va tajriba almashish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik qilishga alohida eʼtibor berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Harakat dasturining 6.3.1-kichik bandi boʻyicha Senatda xorijiy delegatsiyalar bilan 36 ta uchrashuv hamda diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan 33 ta uchrashuv tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda senatorlar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni xodimlari parlament faoliyati doirasida rasman chet elga chiqishdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Harakat dasturida Senat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari qatorida Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari bilan hamkorlik mexanizmini kuchaytirish belgilangan boʻlib, uni amalga oshirish jarayonida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmitalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari bilan ishlashda asosiy eʼtibor nazorat faoliyatini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamkorligini takomillashtirish hamda mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalari yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlar uchun ularning masʼuliyatini oshirish masalalariga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor vazifalarni amalga oshirish, mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga, ularning vakolatlarini amalga oshirishda amaliy va metodik yordam koʻrsatish maqsadida, Senat Kengashining 2010-yil 31-martdagi Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi tuzildi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) va Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi tasdiqlandi, shuningdek Senat Kengashining 2010-yil 20-maydagi Qarori bilan Komissiyaning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturining roʻyobga chiqarilishini taʼminlash boʻyicha 2010-yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mintaqalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari orasidan Komissiya faoliyatiga yordam beruvchi ishchi guruhlar tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda Komissiyaning majlislari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari rahbarlari uchun faoliyatni tashkil etish va belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlash masalalari boʻyicha seminarlar oʻtkazildi (Komissiya tomonidan ikkita komissiya yigʻilishi, uchta seminar va bitta davra suhbati oʻtkazildi). 2010-yil 27-fevraldan 13-martgacha boʻlgan davrda mamlakatning barcha mintaqalarida “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari faolligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari” mavzuida oʻquv seminarlari oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 1-iyunda Senatda Komissiya aʼzolari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tashkiliy-nazorat guruhlari rahbarlari ishtirokida Komissiyaning majlisi boʻlib oʻtdi, unda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini takomillashtirish, ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etishda va ularning Komissiya ish rejasini bajarish boʻyicha ish rejalarini tuzishda amaliy yordam koʻrsatish masalalari koʻrib chiqildi, shuningdek Andijon viloyati ishchi guruhining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini takomillashtirish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 29-iyulda Senatda Komissiyaning majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli Qarorini bajarishning borishi haqida”gi 709-I-sonli Qarorining ijro etilishi toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy vakillik hokimiyati organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi roʻyobga chiqarilishini taʼminlash boʻyicha 2010-yil uchun ish rejasi bajarilishining borishi haqidagi, Buxoro viloyati ishchi guruhining turli darajadagi vakillik hokimiyati organlarining hamkorligini taʼminlash boʻyicha faoliyati toʻgʻrisidagi masalalar muhokama etildi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining 2010-yilning birinchi yarmidagi faoliyati va Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya faoliyatiga yordam beruvchi ishchi guruhlar rahbarlarining ishi toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilning iyun va avgust oylarida Komissiya tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari depututlariga mahalliy hokimiyat vakillik organlari ishini tashkil etishda, asosiy vakolatlari va vazifalarini samarali amalga oshirishda yordam koʻrsatish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquq va majburiyatlarini tushuntirish, shuningdek ularning huquqiy bilimlari va malakalari darajasini oshirish maqsadida mintaqaviy seminar-treninglar tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 7-sentabrda Senatda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalari rahbarlari ishtirokida (Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan birgalikda) nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari, mahalliy hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tashkiliy-huquqiy va amaliy faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 24-noyabrda Komissiya hamda Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi bilan birgalikda oʻtkazilgan “Vakillik hokimiyati organlarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi, parlament ishida ochiq-oydinlik va oshkoralikni taʼminlash masalalari” mavzuidagi seminar-treningda senatorlarning, barcha darajalardagi deputatlar korpusining eng muhim vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli maʼruzasida bayon etilgan qoida va xulosalarni keng jamoatchilikka, mamlakatda yashaydigan har bir inson eʼtiboriga yetkazishdan iborat ekanligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat vakillik organlarining joriy yilning toʻqqiz oyida, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini bajarish borasidagi faoliyatini oʻrganish natijalariga koʻra qayd etish lozimki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini bajarish borasidagi faoliyatini kuchaytirish, deputatlar korpusining mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining tasdiqlangan dasturlarni roʻyobga chiqarish, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni takomillashtirish uchun masʼuliyatini oshirishdagi rolini kuchaytirish boʻyicha ishlar olib borilgan. Har oy va har chorakda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari va ularning doimiy komissiyalari majlislarida mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobotlarini, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirishdagi ishtirokiga doir hisobotlarini tinglash amaliyoti joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan xalq deputatlari Sirdaryo va Jizzax viloyatlari mahalliy Kengashlari faoliyatida Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirishda yoʻl qoʻyilgan qator xato va kamchiliklar aniqlandi. Ushbu viloyatlarning hokimiyat vakillik organlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inqirozga qarshi hududiy dasturlarni bajarish sohasidagi faoliyatini talab darajasida nazorat qilmayaptilar, aksariyat hollarda mintaqalarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash choralarini koʻrmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ishida ham qator yetishmovchiliklar aniqlandi. Xususan, mazkur viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini va ular doimiy komissiyalarining majlislarini tayyorlash chogʻida ishlarning ahvoli chuqur tahlil qilinmayotir, ayrim hollarda bunday majlislar nomiga oʻtkazilmoqda, qabul qilingan qarorlar yuzaki, rasmiyatchilik ruhida boʻlmoqda, inqirozga qarshi hududiy va tarmoq dasturlari bajarilishining borishi muntazam koʻrilmayapti va masʼul rahbarlarning ushbu masala boʻyicha hisobotlari oʻz vaqtida tinglanmayapti, deputatlar oʻz mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal etish borasida tashabbus koʻrsatmayaptilar, ishlarning ahvolini nazorat qilishning deputat soʻrovini yuborish kabi shaklidan deyarli foydalanilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tizimli monitoring qilish amaliyotini joriy etish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining ishi toʻgʻrisida axborot olish yuzasidan ish olib borilmoqda, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tashkiliy sessiyalarini tayyorlash va oʻtkazish ishi muvofiqlashtirilyapti, uslubiy tavsiyalar yordamida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari faoliyatini tashkil etishga yordam berilyapti, sohalar boʻyicha doimiy komissiyalarning maʼlumot bazalari shakllantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, senatorlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining qabul qilinayotgan qonunlar va tarmoqlarga oid davlat dasturlarini amalga oshirishdagi ishtirokini kuchaytirish maqsadida ularning ish rejalarini ishlab chiqishda amaliy yordam koʻrsatmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Senat faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning mohiyatini aholiga keng tushuntirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, davlatning ichki va tashqi siyosati, shuningdek qonun hujjatlari, davlat dasturlarining bajarilishi ahvolini oʻrganish masalalariga bagʻishlab Senat qoʻmitalari oʻtkazayotgan majlislar, konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlarni yoritish maqsadida senatorlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini faollashtirish yuzasidan anchagina ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil mobaynida Senatning faoliyati toʻgʻrisida, jumladan, yalpi majlislarda va Kengash majlislarida koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha, shuningdek qoʻmitalarda olib borilgan ishlar haqida ommaviy axborot vositalarida 9410 chiqish qilindi, jumladan respublika va mahalliy gazetalarda, jurnallarda 4194 material chop etildi, shulardan “Xalq soʻzi”da — 135 ta, “Narodnoye slovo”da — 134 ta, “Ovozi tojik”da — 70 ta, “Nurli jol”da — 69 ta, “Pravda Vostoka”da – 38 ta, “Uzbekistan Today”da — 38 ta, boshqa gazeta va jurnallarda — 54 ta. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mahalliy matbuot sahifalarida Senat va senatorlar faoliyatiga bagʻishlangan 3656 ta material chop etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu davrda televideniye orqali 2732 ta material efirga uzatildi, shu jumladan senatorlarning intervyulari, muloqotlari va matbuot xizmatining Senat faoliyati toʻgʻrisidagi rasmiy xabarlari. “Siyosat” studiyasi tomonidan “Parlament soati” rukni ostida 20 daqiqalik telekoʻrsatuv doimiy ravishda olib borilib, unda Senat, uning qoʻmitalari va senatorlarning faoliyati yoritib borilmoqda. Hisobot davrida 62 ta “Parlament soati” telekoʻrsatuvi va 19 ta “Tahlilnoma” telekoʻrsatuvi efirga chiqdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar mahalliy televideniyalari orqali 1247 ta material berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat faoliyatini yoritishga bagʻishlangan radioeshittirishlar soni koʻpaydi. Chunonchi, 2010-yil mobaynida mamlakatning radiokanallari orqali Senat faoliyati toʻgʻrisidagi jami 2484 ta axborot materiali efirga uzatildi, ulardan 1175 tasi “Oʻzbekiston”, “Mashʼal”, “Toshkent”, “Yoshlar” respublika radiodasturlar kanallari va boshqa kanallar orqali berilgan. 2010-yilning mart oyidan boshlab “Poytaxt” radiokanalining “Dolzarb intervyu” ruknida haftasiga 20 daqiqalik radioeshittirish berib borilmoqda. Bundan tashqari, 2010-yil mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shu jumladan shahar va tuman radiokanallarida Senat va senatorlar faoliyati toʻgʻrisida 1309 ta material berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning veb-sayti sahifalarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida senatorlar, Senatning tuzilishi va uning faoliyati huquqiy asoslari toʻgʻrisida axborot joylashtirilib, Senat yalpi majlislari, uning Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalari materiallari, shuningdek Senatning parlamentlararo aloqalari toʻgʻrisidagi axborot materiallari eʼlon qilinmoqda. Yil boshidan buyon Senat veb-sayti materiallari bilan qariyb 151 ming kishi tanishdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning yalpi majlislarida maʼqullangan qonunlar hamda koʻrilgan boshqa masalalarning mazmuni va mohiyati toʻgʻrisida, senatorlarning mintaqalarda saylovchilar bilan uchrashuvlar, ularning mahalliy Kengashlar deputatlari bilan hamkorligi, qonun ijodkorligini, nazorat-tahlil faoliyatini yaxshilash yoʻllari toʻgʻrisida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010-yil 27-yanvarda parlament ikkala palatasining qoʻshma majlislaridagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimiz” nomli hamda 2010-yil 12-noyabrdagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida senatorlar tomonidan (X. Alimova, A. Altiyev, S. Artikova, S. Baratova, E. Borisova, A. Burxanov, U. Ismailov, I. Karatayev, X. Karimov, P. Matkarimov, I. Mirzaaliyev, G. Muxamedov, M. Radjabova, X. Razzakov, A. Rambergenov, E. Roʻzmetov, N. Sadritdinov, K. Sanakulov, S. Safoyev, D. Sidikov, Sh. Sobirov, M. Toirov, Y. Tursunbayev, V. Tyan, A. Usmonov, A. Farmonov, S. Xamroyev, M. Xujamberdiyev, X. Shodiyeva va boshqalar) “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari sahifalarida “Soʻz — qoʻshma majlis qatnashchilariga”, “Slovo – uchastnikam sovmestnogo zasedaniya”, “Mushohada”, “Razmishleniye”, “Senator soʻz soʻraydi”, “Senator prosit slovo”, “Senator minbari”, “Tribuna senatora”, “Senator soati”, “Chas senatora”, “Qonun kuchga kirdi”, “Zakon vstupil v silu”, “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida”, “V mestnix Kengashax narodnix deputatov” ruknlari hamda “Uzbekistan Today” gazetasining “Parlament” doimiy rukni ostida maqola va intervyular chop etdilar, shuningdek respublika televideniye va radio kanallarida chiqishlar qildilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarni ijro etishning holati toʻgʻrisidagi axboroti, shuningdek “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida, “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Surxondaryo viloyatida, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning ona va bola sogʻligʻini saqlashga doir qismining Buxoro viloyatida, “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonunning Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan bajarilishi, “Yoʻl harakati havfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunning Qashqadaryo viloyatida ijro etilishi, shuningdek Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyasida (Chikago, AQSh, 1944-yil 7-dekabr) belgilangan aviayoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning xalqaro standartlarini joriy etish borasidagi qismi Oʻzbekiston Respublikasida bajarilishi va boshqalar batafsil yoritildi. Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining bajarilishi, Fargʻona va Navoiy viloyatlarida joylardagi eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarni hal qilishda, demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, Andijon viloyati hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi singari bir qancha masalalar har tomonlama yoritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va hokimliklarning mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal etish borasidagi faoliyatini jonlantirish, shuningdek Senat aʼzolarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini kuchaytirish masalalarini yoritishga alohida eʼtibor qaratildi. Ommaviy axborot vositalarida joriy yilning 27-fevralidan 13-martiga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini oʻqitish boʻyicha “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining faolligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari” mavzuida oʻtkazilgan oʻquv seminarlari keng yoritildi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida hokimiyat vakillik organlari ishining huquqiy asoslarini oʻrganish va ular faoliyatining samaradorligini oshirish borasidagi asosiy vazifalarni belgilash masalalari boʻyicha 2010-yil iyunda tashkil etilgan mintaqaviy seminar-treninglar ham yoritildi. “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa markaziy vaqtli nashrlarda “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida” rukni tashkil etilib, unda Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini bajarishning borishi va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi materiallar chop etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Senatga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining bajarilishini tizimli monitoring qilishni taʼminlash maqsadida Senat faoliyatida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan kelib tushgan 5330 ta murojaat, shuningdek Rossiya Federatsiyasi fuqarosidan kelib tushgan bitta xat koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni qayd etish lozimki, koʻrib chiqilgan murojaatlarning tahlili natijalari boʻyicha, eng koʻp murojaat Toshkent shahri aholisidan (971 ta xat yoki fuqarolardan kelib tushgan barcha murojaatlarning 18,22 foizi), Surxondaryo (732 ta xat yoki 13,73 foizi), Qashqadaryo (721 ta xat yoki 13,53 foizi), Toshkent (496 ta xat yoki 9,31 foizi) va Samarqand (447 ta xat yoki 8,39 foizi) viloyatlaridan kelib tushganini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarda mamlakat rahbariyatining islohotlarni chuqurlashtirish hamda shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish siyosati qoʻllab-quvvatlanayotganligi oʻz ifodasini topgan. Umuman olganda, fuqarolarning murojaatlari mavjud barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aks ettiradi. Oʻtgan davrda fuqarolar murojaatlarining tahlili shuni koʻrsatadiki, barcha murojaatlar qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash, ijtimoiy sohadagi (taʼlim, ijtimoiy taʼminot, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ishga joylashtirish, sogʻliqni saqlash va boshqalar) muammolar bilan bogʻliq masalalarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning asosiy koʻpchiligi koʻrib chiqish va aniq choralar koʻrish uchun tegishli hokimliklar, vazirliklar, idoralar, sudlar, prokuratura organlariga va boshqa vakolatli organlarga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatorlar tomonidan Senatda va joylarda fuqarolar qabuli oʻtkazildi. Shu jumladan doimiy asosda ishlovchi senatorlar tomonidan Senatda 449 ta fuqaro qabul qilindi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 541-modda)