29.10.2009 yildagi 1082-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 YILDA ISh OʻRINLARI TAShKIL ETISh VA AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi QAROR QILADI:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan 2010-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 950 mingta yangi ish oʻrni tashkil etish dasturi soʻzsiz bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saʼy-harakatlarini mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarini Inqirozga qarshi 2009 — 2012-yillar uchun moʻljallangan chora-tadbirlarga, Investitsiya dasturiga, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlariga, tarmoqlarni rivojlantirishning eng muhim maqsadli dasturlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hududiy dasturlariga muvofiq rivojlantirish boʻyicha 2010-yil uchun nazarda tutilgan tadbirlar taʼminlanishiga qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududlarda 2010-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturida taxmin qilingan koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlasinlar. Bunda ish oʻrinlari sonini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida koʻpaytirish, shuningdek yangi obyektlarni ishga tushirish, ishlab turgan ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, kasanachilikni, hunarmandlikni va xalq hunarmandchiligini tashkil etish, qurilish pudrat ishlarini kengaytirish, shu jumladan qishloq joylarda kengaytirish hisobiga koʻpaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrishga eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1082-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2009-yil 29-oktabrda qabul qilingan 1082–I-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-sentabrdagi 519-f sonli farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadi aholining bandligi, turmush darajasi va daromadlari oʻsishini taʼminlash, mehnat bozorida ish kuchiga boʻlgan talabni oshirish boʻyicha respublika hududlari va iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini oshirish masalalarini amaliy hal etish uchun masʼuliyatini kuchaytirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur 2009-yilda ish oʻrinlari tashkil etish ishlarining kutilayotgan yakunlarini, mehnat bozorining joriy holatini va 2010-yilda uni rivojlantirish prognozini baholash va tahlil qilish natijalariga, shuningdek Investitsiya dasturi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, tarmoqlarni rivojlantirishning eng muhim maqsadli dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarini rivojlantirish boʻyicha 2010-yilga moʻljallangan tadbirlarga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlashning tarmoqlar (bandlik yoʻnalishlari) va hududlar boʻyicha prognoz parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning prognoz parametrlari bajarilishini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. 2009-yilda Ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlash dasturining bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda Ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlash dasturining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq 932,6 mingta yoki 2008-yildagiga nisbatan 1,4 baravar koʻp yangi ish oʻrni tashkil etish nazarda tutilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida 2009-yilning yanvar — sentyabr oylari mobaynida 743,5 mingta yangi ish oʻrni tashkil etildi, shundan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62,6 mingta ish oʻrni — yirik ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarida, shu jumladan “Oʻzbekyengilsanoat” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (3,4 mingta), “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi (2,9 mingta), “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi (1,1 mingta), shuningdek yangidan ishga tushirilgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarida (13,0 mingta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311,1 mingta ish oʻrni — kichik biznes sohasida, shu jumladan 203,0 mingta ish oʻrni — xizmat koʻrsatish va servis sohasida, 50,4 mingta ish oʻrni — sanoatda, jumladan qishloq xoʻjaligi va goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash (9,0 mingta), qandolatchilik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (8,5 mingta), tikuv buyumlari, poyabzal, mebel ishlab chiqarish (7,4 mingta), mahalliy xomashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish (6,5 mingta) sohalarida, 57,7 mingta ish oʻrni — iqtisodiyotning boshqa sohalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77,9 mingta ish oʻrni — korxonalar (asosan tikuvchilik, ipakchilik, mebel, elektron sanoati korxonalari) bilan kooperatsiyaga asoslangan kasanachilikni rivojlantirish, 52,6 mingta ish oʻrni — xalq hunarmandchiligi va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, 26,0 mingta ish oʻrni — pudrat shartnomasi asosida uyda ish bajarish hisobiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil etilgan ish oʻrinlarining umumiy sonidan 213,3 mingta ish oʻrni Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish hisobiga tashkil etildi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34,5 mingta ish oʻrni — ixtisoslashtirilgan uy-joy qurish-taʼmirlash tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyatini kengaytirish hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,7 mingta ish oʻrni — aholi punktlarini obodonlashtirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun qoʻshimcha ajratilgan shtat birliklari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14,9 mingta ish oʻrni — oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14,1 mingta ish oʻrni — maqsadli davlat dasturlariga muvofiq avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar qurish hamda rekonstruksiya qilish hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6,8 mingta ish oʻrni — melioratsiya va irrigatsiya ishlarining, shu jumladan kollektor tarmoqlari hamda suv xoʻjaligi obyektlari qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining koʻlamlarini kengaytirish natijasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104,5 mingta ish oʻrni — “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturining qoʻshimcha tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik boʻyicha ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari, issiqxonalar, mahalliy xomashyodan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etish hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26,8 mingta ish oʻrni — vaqtincha faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq tijorat banklari balansiga berilgan yirik bankrot korxonalarda 4 mingta ish oʻrnini tiklash natijasida tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda koʻrilayotgan chora-tadbirlar Samarqand (73 mingta), Qashqadaryo (72 mingta), Fargʻona (71 mingta), Andijon (57 mingta), Namangan (52 mingta) va Xorazm (46 mingta) viloyatlari kabi ish oʻrniga ehtiyoj yuqori darajada boʻlgan hududlarda tashkil etilgan yangi ish oʻrinlarining sonini koʻpaytirishga koʻmaklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. 2010-yilda Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining asosiy yoʻnalishlari va prognoz parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning prognoz parametrlari vaqtincha ishlamayotgan fuqarolarni (ishsizlarni), mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni va iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlar natijasida boʻshab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyojni baholashdan, shuningdek mavjud ehtiyojni toʻliqroq qondirish uchun yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha barcha mavjud imkoniyatlar va zaxiralardan kelib chiqib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur loyihasida 2010-yilda 950,0 mingta yoki 2009-yilda kutilayotgan koʻrsatkichdan 18 mingta koʻp ish oʻrni tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar 2010-yilda Ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investitsiya dasturini, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish. Ushbu dasturlar hisobiga 56,3 mingta yangi ish oʻrinlari, shundan 25,1 mingta ish oʻrni — tarmoqlarning xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari tarkibiga kiruvchi korxonalarda, 31,2 mingta ish oʻrni — hududlarning investitsiya va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiq tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqlar boʻyicha eng koʻp yangi ish oʻrinlari metallurgiya, yengil sanoat, neft va gaz, kimyo, avtomobil sanoatining yirik korxonalarida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 476,6 mingta yangi ish oʻrni yaratilishini taʼminlaydigan kichik korxonalar, mikrofirmalar tashkil etish va yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish. Kichik biznesda yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining sezilarli qismi xizmat koʻrsatish va servis sohasida (282 mingta), sanoatda (52,9 mingta), pudrat-qurilish ishlarida, shu jumladan uy-joylarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish sohasida (43,6 mingta) tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kasanachilikni, eng avvalo korxonalar bilan kooperatsiyalashuv asosida mehnat shartnomalari boʻyicha kasanachilikni, xalq hunarmandchiligini, shuningdek oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish. Buning natijasida 208,0 ming nafar band boʻlmagan fuqaroni, asosan koʻp bolali ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalarini ish bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi. Shundan 62,5 mingta ish oʻrni yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika majmui, shuningdek qurilish, transport, aloqa va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining yirik va kichik korxonalari bilan kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etish hisobiga yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Usta — shogird” usulida kasanachilarni oʻqitish va tayyorlashni tashkil etish hamda ularni imtiyozli mikrokreditlar ajratish orqali qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan milliy hunarmandchilikning anʼanaviy markazlari hisoblangan tumanlar va shaharlarda tashkil etiladigan kasanachilik ish oʻrinlari sonini koʻpaytirishga alohida eʼtibor beriladi. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qoʻqon, Margʻilon shaharlari, shuningdek Shahrixon, Gʻijduvon, Chust, Urgut, Rishton kabi tumanlar ana shunday anʼanaviy milliy hunarmandchilik markazlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikka, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish va kengaytirish. Buning hisobiga 127,7 mingta ish oʻrni tashkil etiladi. Har bir fermer xoʻjaligida kamida 200 ta parranda yetishtirish, har bir tumanda kamida 2 ta ixtisoslashtirilgan parrandachilik xoʻjaligi, 5 ta yengil konstruksiyali issiqxona tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish. Bu avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, elektr, suv va gaz taʼminoti obyektlari qurish va taʼmirlash, telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish ishlarini bajarish hisobiga 61,3 mingta yangi ish oʻrni tashkil etish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vaqtincha faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar faoliyatini, shu jumladan tijorat banklari balansiga berilgan bankrot korxonalarning faoliyatini tiklash chora-tadbirlarini koʻrish. Bu 8,9 mingta ish oʻrni tashkil etish imkonini beradi, shuningdek 11,2 mingta ish oʻrni tashkil etish imkonini beradigan bozor infratuzilmasi obyektlarini hamma joyda rivojlantirishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar boʻyicha jami tashkil etiladigan ish oʻrinlaridan 240,1 mingtasi aholi zich joylashgan Fargʻona vodiysi viloyatlarida, 107,3 mingtasi — shimoliy hududlarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida), 81,2 mingtasi — Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, 165,9 mingtasi — poytaxt mintaqasida (Toshkent viloyati va Toshkent shahrida), 92,0 mingdan ortigʻi — Samarqand viloyatida, 113,3 mingtasi — Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek 86,4 mingtasi — Qashqadaryo viloyatida va 63,7 mingtasi — Surxondaryo viloyatida tashkil etiladi. Bunda mehnat bozoridagi vaziyat murakkab boʻlgan 30ta tumanda (shaharda) ish oʻrinlarini sezilarli darajada koʻpaytirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan yoʻnalishlar va prognoz parametrlar tumanlar, shaharlar boʻyicha ishlab chiqilgan, ularning moliyaviy xarajatlari va manbalari aniqlangan hamda ish oʻrinlari tashkil etishning tegishli hududiy dasturlari bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqlar boʻyicha sanoatda — 109,2 mingta ish oʻrni, qishloq xoʻjaligida — 127,7 mingta, qurilishda — 105 mingta, xizmat koʻrsatish va savdo sohasida — 328,7 mingta ish oʻrni tashkil etish moʻljallanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturiga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashning tarmoq dasturlariga, eng muhim maqsadli dasturlarga va boshqa dasturlarga muvofiq yangi ish oʻrinlari tashkil etishga doir tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishi jarayonida kapital qoʻyilmalarning umumiy hajmi 18 833,3 mlrd. soʻmni tashkil etadi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini tashkil etish va ishga tushirish, aholi punktlarini obodonlashtirish maqsadlari uchun — budjetdan 825 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlar dasturlarini amalga oshirish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun — korxonalar va aholining 8 993,7 mlrd. soʻm mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy investorlarning — 4 751,5 mlrd. soʻm mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining 2 120,1 mlrd. soʻm mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, inqirozga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish uchun — tijorat banklarining 2 134,9 mlrd. soʻm mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish va servis sohasida, ayniqsa, mehnat bozoridagi vaziyat murakkab boʻlgan chekka qishloq tumanlari va mintaqalarda kasanachilikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasining — 8,1 mlrd. soʻm mablagʻlari yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. 2010-yilda Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining prognoz parametrlari bajarilishini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etishning prognoz parametrlari bajarilishini taʼminlash maqsadida 2010-yilda Dasturning tumanlar, shaharlar, tarmoqlar va aniq obyektlar boʻyicha bajarilishi har oyda koʻrib chiqilgan holda qatʼiy monitoring olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur bajarilishi monitoringi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy va tarmoq dasturlarida nazarda tutilgan parametrlar bajarilishi yuzasidan — Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va ularning hududiy organlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari tashkil etishning tegishli hududiy parametrlari bajarilishi yuzasidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tarkibiga kiradigan tarmoqlar va korxonalar boʻyicha ish oʻrinlari tashkil etish dasturlari bajarilishi yuzasidan — vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmualar tasarrufidagi xoʻjalik boshqaruvi organlari va hududlar tomonidan ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish dasturlari bajarilishi yuzasidan — Vazirlar Mahkamasi majmualari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring va dasturlar bajarilishini har oyda koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha korxonalar, tarmoqlar, bandlik yoʻnalishlari, shuningdek ish oʻrinlari tashkil etishning belgilangan parametrlaridan orqada qolayotgan tumanlar va shaharlar aniqlanadi, ish oʻrinlari tashkil etishga doir tasdiqlangan topshiriqlarni taʼminlashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur parametrlari soʻzsiz bajarilishi va aholining ish bilan bandligi muammolari amalda hal etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, shaharlar va tumanlar hokimlariga, uyushmalar, kompaniyalar, korxonalar rahbarlariga yuklanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 10-son, 390-modda)