Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XUSUSIY TADBIRKORLIK, KIChIK VA oʻRTA BIZNESNI RIVOJLANTIRIShNI YaNADA RAGʻBATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yilning 1-yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga quyidagilar kiradi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat koʻrsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar;
quyidagi tarmoqlarning oʻrtacha yillik xodimlari soni:
yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati — 100 kishidan;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari — 50 kishidan;
fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohasi (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan sohalar — 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3305-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 120-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, kichik va oʻrta korxonalar odatda xomashyo va materiallarni dastlabki qayta ishlash, kichik hajmli, lekin koʻp mehnat talab qiladigan butlovchi mahsulotlar, jihoz va asbob-uskunalar, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati buyumlari ishlab chiqarish sohalarida, shuningdek, servis xizmati va aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida barpo etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Kichik va oʻrta biznes korxonalari oʻzlari tashkil etayotgan ishlab chiqarish uchun xorijiy texnologiyani olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin.
Qoʻrgʻonlar, qishloq va ovullarda yangidan barpo etilayotgan, ishlab chiqarish-texnika sohasiga moʻljallangan mahsulotlar, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, shuningdek, qurilish faoliyati bilan shugʻullanadigan, taʼmirlash, taʼmirlash-qurilish, maishiy va kommunal xizmat koʻrsatadigan xususiy korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 31-moddasining 18-bandi tadbiq etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur bandda koʻrsatilgan imtiyozlar faqat Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga aʼzo boʻlgan kichik va oʻrta biznes korxonalarigagina tegishlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining oʻz vazifasi va faoliyat yoʻnalishlarini kengaytirish haqidagi takliflari quyidagi hollarda qabul qilinsin:
kichik va oʻrta biznes korxonalarini rivojlantirish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb etish boʻyicha faoliyatni yoʻlga qoʻyish, sarmoya jalb etish jarayonining barcha bosqichlarida sarmoya loyihalarining, shu jumladan, jalb etilayotgan xorijiy kreditlar loyihalarining samaradorligi monitoringini oʻtkazish;
korxonaning katta-kichikligi, mulk shakli va soha boʻyicha kimga boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha tovar ishlab chiqaruvchilarga dastlabki hisob-kitob va hisobot, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, sarmoya jalb etish, mahsulotni eksport qilish, kadrlarga professional taʼlim berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarda koʻmaklashish;
kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi qarorlarining amalda bajarilishi borasidagi ishlarni yoʻlga qoʻyish;
“Biznes-fond”, “Madad” sugʻurta agentligi, “Tadbirkorbank” kichik va oʻrta biznes korxonalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirayotgan tadbirlarni muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, tijorat banklarining:
“Biznes-fond”, “Madad” sugʻurta agentligi, “Tadbirkorbank”ning Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga aʼzo boʻlib kirishi haqidagi;
mulk shaklidan qatʼi nazar, kichik va oʻrta biznes korxonalariga, tarmoq va hududiy xoʻjalik birlashmalari va ular tarkibiga kiradigan korxonalarga kredit berishni amalga oshirayotgan tijorat banklari Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatida shartnoma asosida, uning bilvosita aʼzosi sifatida ishtirok etishi haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy xoʻjalik birlashmalari, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, shuningdek, bozor infratuzilmasi tashkilotlarining Palataning markaziy va mintaqaviy kengashlari faoliyatida ularning aʼzosi sifatida ishtirok etishi haqidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining tashkiliy faoliyatini yaxshilash maqsadida fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlovchi Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uyushmasining uni Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga aylantirish, ayni vaqtda Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash fondini Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash fondi deb atash haqidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi dehqon va fermer xoʻjaliklarini shartnoma asosida oʻzining aʼzolari sifatida birlashtiradi, yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan mustaqil nodavlat tashkiloti hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini iqtisodiy mustaqillik va oʻz-oʻzini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiradi.
“Zamin” bankining Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi faoliyatida uning aʼzosi sifatida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Yevropa taʼmirlash va taraqqiyot bankining dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash uchun 20 mingdan 125 ming AQSh dollarigacha miqdordagi oʻrta muddatli mikro va kichik kreditlarga asoslangan kredit yoʻnalishi ajratish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik va oʻrta biznes korxonalari uchun, dehqon va fermer xoʻjaliklarini ham qoʻshgan holda, sarmoya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yigʻimlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy kredit yoʻnalishlari boʻyicha olingan kreditlarni toʻlash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas.
8. Belgilab qoʻyilsinki, budjetdan tashqari fondlarning kichik va oʻrta biznes korxonalariga kredit berish boʻyicha barcha operatsiyalari tijorat banklari, jumladan, “Tadbirkorbank” va “Zamin” banki orqali, budjetdan tashqari fondlar va tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan bosh bitimlar asosida kredit yoʻllari ochish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi oʻzining ixtisoslashgan tashqi savdo firmalari orqali kichik va oʻrta biznes korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishni tashkil etsin. Ularga xorijiy bozorlarning marketing tadqiqotini oʻtkazishda koʻmaklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining hududiy boʻlimlari, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, mahalliy soliq va statistika xizmatlari bilan birgalikda 1998-yil 1-iyuliga qadar barpo etilgan va ishlab turgan kichik va oʻrta biznesga mansub barcha korxonalarning sonini aniqlash maqsadida, ularning roʻyxatini inventarizatsiyadan oʻtkazsinlar;
xususiy kichik va oʻrta korxonalarning Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tegishli hududiy boʻlimlariga yoki Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga belgilangan tartibda aʼzo boʻlib kirishiga koʻmaklashish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasini barpo etilayotgan va tugatilayotgan kichik va oʻrta biznes korxonalari haqidagi axborot bilan har oyda taʼminlab tursinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida:
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida;
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida;
kichik va oʻrta korxonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilsin.
12. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni mazkur Farmon qoidalariga muvofiqlashtirish haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 9-aprel,
PF-1987-son