16.12.2014 yildagi 118/27-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Xalq Deputatlari Mirzachoʻl tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzachoʻl tuman mahalliy budjeti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II-sonli, Oliy Majlis Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjeti, siyosatning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-453-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Mirzachoʻl tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi daromadlari va xarajatlari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlaridan kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilga belgilangan asosiy mahalliy budjetini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasiga binoan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi daromadlar va xarajatlar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarining kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisidagi tuman hokimining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman mahalliy budjeti 2015-yil asosiy istiqbol koʻrsatkichlarining daromadlar qismi 12 mlrd 233,2 mln soʻm, xarajatlar qismi 26 mlrd 566,6 mln soʻm, maqsadli subvensiya miqdori 14 mlrd 333,4 mln soʻm qilib belgilanganligi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosari v.b B. Usmonov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi (Oʻ. Dostonov) va tuman moliya boʻlimi (S. Berdiqulov) birgalikda tuman mahalliy budjeti daromadlar qismini soliq turlari boʻyicha belgilangan rejalarini oshirib bajarishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (S. Berdiqulov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilni “Keksalarni eʼzozlash yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tuman mahalliy budjetining 2015-yil birinchi choragi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi yakunlariga muvofiq rejadan ortiqcha tushadigan daromadlar va mahalliy budjet xarajatlarini maqbullashtirish hisobidan tumanda keksalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishini bartaraf etish ustidan gʻaznachilik ijrosi tizimi vositasida qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi B. Usmanovga mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda budjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash, mintaqalarning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar koʻrish, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Mirzachoʻl ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, mahalliy soliqlar va yigʻimlarni belgilash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi M. BOBOBEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzachoʻl tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118/27-son