Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2024 27.05.2015 yildagi 137-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2024
Hujjat 09.01.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 26-yanvardagi 11-son qaroriga muvofiq, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizmlari va tartib-qoidalari samaradorligini oshirish, shuningdek ularga doir bitimlarni sodir etishda ommaviylik va ochiq-oshkoralikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoʻjalik boshqaruvi organlariga — aksiyadorlik kompaniyalariga zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va oxirgi ikki yil mobaynida quvvatlardan past darajada foydalanayotgan hamda respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlmagan, ulardagi davlat ulushi ularning ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalar aniqlangan taqdirda, ushbu korxonalarning aksiyalari paketlarini (ulushlarini) xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish masalasi boʻyicha tegishli boshqaruv organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar (tavsiyalar) kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi, keyinchalik ushbu xoʻjalik boshqaruvi organlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-maydagi 137-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati boʻyicha xususiylashtirish tartibida sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning amal qilishi respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) sotishga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning davlat paketi (ulush) — ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalardagi (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb ataladi) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi timsolida mulk huquqi asosida davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar (ulush);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi 421-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 14-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tender komissiyasi — davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy tanlov komissiyasi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari boshchilik qiladigan, tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi hududiy organlarining rahbarlari kiradigan tanlov komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — qonun hujjatlariga muvofiq sotuvchi bilan aksiyalarning davlat paketi (ulushi) oldi-sotdi shartnomasini tuzgan nodavlat yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov — tanlov hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aksiyalarning davlat paketi (ulushi) xaridorini aniqlash boʻyicha savdolar shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov shartlari — tanlovni oʻtkazish tartibi, oʻtkazish joyi, qoʻshimcha yuklama, investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar va ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar boʻyicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari — xaridor tomonidan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotib olishda pul bahosiga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda korxonaga investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha qabul qilinadigan majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy majburiyatlar — aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotib olishda pul bahosiga ega boʻlmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan xaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar — tanlov oʻtkazmasdan xaridorni aniqlash yuzasidan aksiyadorlar (ishtirokchilar), korxona yoki potensial investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar bilan olib boriladigan muzokaralar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aksiyalarning davlat paketini (ulushini) xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish (keyingi oʻrinlarda aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotish deb ataladi) ushbu Nizomga ilovaga binoan sxema boʻyicha xususiylashtirish dasturlari asosida sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolarda turgan, oldin qabul qilingan xususiylashtirish dasturlariga muvofiq sotilayotgan aksiyalarning davlat paketi (ulushi) ushbu aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotish muddati uzaytirilganda savdolardan olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning davlat paketi (ulushi) tanlov oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan quyidagi hollarda sotiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlangan shartlarda aksiyadorlar (ishtirokchilar) yoki korxona tomonidan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) imtiyozli sotib olish huquqidan foydalanilgan taqdirda. Bunda ikki va undan ortiq aksiyador (ishtirokchi) tomonidan takliflar taqdim etilganda aksiyalarning davlat paketi (ulushi) yaxlit (qismlarga boʻlinmagan) holda eng koʻp, biroq belgilangan shartlardan kam boʻlmagan investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni taklif etgan aksiyadorga (ishtirokchiga) sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar (ishtirokchilar) va korxonaning oʻzi tomonidan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotib olish rad etilgandan keyin yoxud ishchi organning yoki korxonaning xatiga belgilangan muddatlarda javob boʻlmaganda xorijiy investordan buyurtmanoma kelib tushgan taqdirda. Bunda xorijiy investorlar tomonidan ikki va undan ortiq takliflar taqdim etilganda aksiyalarning davlat paketi (ulushi) yaxlit (qismlarga boʻlinmagan) holda eng koʻp, biroq belgilangan shartlardan kam boʻlmagan investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni taklif etgan xorijiy investorga sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda aksiyalarning davlat paketini (ulushini) olish niyati boʻlgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining yoki uning hududiy organining aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotib olishga oldindan roziligini olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aksiyalarning davlat paketi (ulushi) oldi-sotdi shartnomasi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Bunda roʻyxatga olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning davlat paketi boʻyicha — shartnoma imzolangandan keyin ikki ish kunidan kechikmay Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi boʻyicha — Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xaridor investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni bajargunga qadar aksiyadorning (ishtirokchining) aksiyalarni (ulushlarni) tasarruf etish huquqidan tashqari barcha huquqlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Aksiyalarning davlat paketlari (ulushlari) roʻyxatini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasining hududiy organlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda — ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar boʻyicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda esa — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirmaydigan korxonalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 26-yanvardagi 11-son qarorining 3-bandiga muvofiq har yili korxonalarning rasmiylashtirilgan pasportlari olingandan keyin bir oy muddatda ularning faoliyati quyidagi mezonlarga muvofiqligini tahlil qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona oʻz faoliyatini sanoat va qurilish sohasida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona oxirgi ikki yil mobaynida zarar koʻrib ishlaydi yoxud oxirgi uch yil mobaynida past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foizdan ortiq davlat ulushi mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tamom boʻlgandan keyin korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam boʻlib chiqsa, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ushbu korxona ustav fondini (ustav kapitalini) uning sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirish yoxud uni tugatish tashabbusi bilan chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil natijalariga koʻra Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasining hududiy organlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda besh ish kuni mobaynida Davlat raqobat qoʻmitasiga aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) sotish toʻgʻrisida taklif kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasining hududiy organlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda kiritilgan takliflarning asoslanganligi va ishonchliligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat raqobat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish markazi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan birgalikda oʻn kun mobaynida ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdorini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻttiz kun mobaynida xususiylashtirish dasturi loyihasi shaklida aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish taklif etilayotgan korxonalar roʻyxatini shakllantiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xususiylashtirish dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra sotiladigan aksiyalarning davlat paketlari (ulushlari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) sotish boʻyicha tanlov shartlarini tayyorlash, shuningdek tanlovni oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tasdiqlangan xususiylashtirish dasturiga muvofiq besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan hududiy tanlov komissiyalariga oʻn besh kun muddatda kelishish uchun tanlov shartlarini taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov shartlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiya etiladigan faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni kiritish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaratiladigan ish oʻrinlari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnashchilarga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa majburiyatlar (zaruriyat boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori va ularning turlari, korxonaning tasdiqlangan biznes-rejasidan kelib chiqqan holda, tegishli asoslangan hisob-kitoblar va erishiladigan prognoz parametrlari mavjud boʻlgan taqdirda, korxonaning takliflari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududiy tanlov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan tanlov shartlari Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan belgilangan tartibda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi kelishilgan tanlov shartlarini tasdiqlash uchun Davlat tender komissiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tanlov shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan ular tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida ishchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi organ agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar soni ellik nafardan oshmasa va korxona ustavida aksiyadordan aksiyalarni sotib olishga boʻlgan imtiyozli huquq ustavda nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona (masʼuliyati cheklangan jamiyat) ustavida boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan imtiyozli sotib olish huquqiga muvofiq besh ish kuni mobaynida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki korxona orqali aksiyadorlar (ishtirokchilar) va korxonaning oʻzini (tilxat olgan holda yoxud pochta boʻyicha topshirilganligi haqidagi xabarnoma bilan buyurtma xat yuborgan holda) ushbu korxonaning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aksiyadorlar (ishtirokchilar)dan yoxud korxonadan ijobiy javob olingan taqdirda ishchi organ aksiyalarning davlat paketini (ulushini) olish niyati boʻlgan aksiyador (ishtirokchi) yoxud korxona bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazadi, ularning yakuni boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Korxona aksiyadorlari (ishtirokchilari) va korxonaning oʻzi aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotib olishni rad etgan yoxud ishchi organning yoki korxonaning xatiga korxona xabardor qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida javob boʻlmagan taqdirda, basharti korxona ustavida yoki korxona ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ishchi organ aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotish boʻyicha xorijiy investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida uch kun mobaynida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Eʼlon joylashtirilgandan keyin bir oy mobaynida xorijiy investordan buyurtmanoma kelib tushmagan taqdirda aksiyalarning davlat paketi (ulushi) tanlov asosida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) sotish boʻyicha tanlovga tayyorgarlik koʻrish, uni tashkil etish va oʻtkazish, tanlov natijalarini rasmiylashtirish, shartnomalarni tuzish, shuningdek tanlov toʻgʻrisidagi xabarnoma chop etilgan kundan boshlab olti oy davomida tanlov takliflari kelib tushmagan taqdirda tanlov shartlarini oʻzgartirish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sotilgan aksiyalarning davlat paketlari (ulushlari) narxini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov gʻolibini aniqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yakunlari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan keyin sotuvchi korxonaga buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq mol-mulkni xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida yozma talabnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talabnoma bilan xatlovdan oʻtkazish va tayyorlangan hujjatlarni sotuvchiga taqdim etish muddatlari belgilanadi. Bunda xatlovdan oʻtkazish aksiyalarning davlat paketi (ulushi) oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar yakunlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Aksiyalarning davlat paketi (ulushi)ning bozor qiymati oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan keyin oʻttiz kun mobaynida xaridor tomonidan taqdim etiladigan davlat aksiyalarning davlat paketi (ulushi) qiymatini baholash toʻgʻrisidagi baholovchi tashkilotning hisobotida belgilangan miqdorda sotuvchi tomonidan eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Korxona ijro etuvchi organining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Aksiyalarning davlat paketi (ulushi) oldi-sotdi shartnomasi tuzilgandan keyin oʻn kun muddatda xaridor va korxonaning ijro etuvchi organi quyidagi majburiy shartlarni nazarda tutgan holda xaridor tomonidan kiritiladigan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar sifatida kiritilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar sifatida kiritilgan xom ashyo va materiallardan, asbob-uskunalardan, ehtiyot qismlar va texnik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash uchun butlovchi qismlardan maqsadli foydalanish va ularning butligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi davomida korxonaning ijro etuvchi organi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorga investitsiyalash obyektiga (korxonaga) kirib-chiqish va uning toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorning talabi boʻyicha investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar bajarilganligini tasdiqlovchi tegishli buxgalteriya hujjatlarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi shartnomasiga va investitsiyalar kiritish rejasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishda xaridorga toʻsqinlik qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish davomida korxonaning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida sotuvchini xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Mulk huquqini tasdiqlovchi huquqni belgilovchi hujjatlarni berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlovda yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan sotilgan aksiyalarning davlat paketlari boʻyicha sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi roʻyxatga olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga aksiyalarning davlat paketlarini xaridorning “depo” hisob raqamiga aksiyalarning davlat paketlari oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar xaridor tomonidan bajarib boʻlingungacha boʻlgan muddatga ushbu aksiyalarning davlat paketlari qismini blokirovka qilgan holda oʻtkazish uchun topshiriq taqdim etadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tanlovda yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan sotilgan davlat ulushlari boʻyicha sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgungacha amalda boʻladigan “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qoʻygan holda sertifikat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan tartibda toʻliq hajmda bajarilgan deb eʼtirof etilgan taqdirda xaridor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar bajarilgan deb eʼtirof etilgan kundan boshlab besh ish kunidan kechikmay sotuvchi tomonidan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga ushbu aksiyalarning davlat paketlari qismi hisob raqamidan blokirovka olib tashlanishi toʻgʻrisidagi topshiriq taqdim etishi yoʻli bilan sotib olingan aksiyalarning davlat paketlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor tomonidan sertifikatining asl nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda unga sotuvchi tomonidan “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi qoʻyilishi yoʻli bilan sotib olingan davlat ulushlariga mulk huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Aksiyalarning davlat paketlari (ulushlari) oldi-sotdi shartnomasi shartlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda sotuvchi investorga ushbu shartnoma shartlari bajarilmaganligi toʻgʻrisida rasmiy taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning davlat paketlari (ulushlari) oldi-sotdi shartnomasi shartlari sotuvchining rasmiy taqdimnomasi olingandan keyin investor tomonidan bajarilmaganda aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) sotish toʻgʻrisidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Basharti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishning boshqacha shartlari nazarda tutilgan boʻlsa, ularni sotish aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdoridan qatʼi nazar, tegishli qarorlarda nazarda tutilgan shartlar hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotish doirasida kelib chiqadigan bahslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-maydagi 137-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitimlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda tuziladi, aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olishga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishga oid bitimlar bundan mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Belgilab qoʻyilsinki, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitimlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda tuziladi, aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olishga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishga oid bitimlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi boʻyicha fond birjalari va tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdo qilish tashkilotchilarining savdo tizimlaridan tashqarida ikkilamchi bozorda tuzilgan bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olishga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishga oid bitimlar bundan mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarorining 3-bandi oltinchi xatboshiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda) “past likvidli obyekt” soʻzlaridan keyin “shu jumladan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketi (ulushi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat aksiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizomning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aksiyalarini sudning qarori asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalardagi davlat aksiyalarini “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishda yuzaga keladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizomning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushini sudning qarori asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalardagi davlat ulushini “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishda yuzaga keladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 26-yanvardagi 11-son qarorining 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 1-son, 3-modda) toʻrtinchi xatboshiga “quvvatlardan past darajada foydalanayotgan” soʻzlaridan keyin “sanoat va qurilish sohasidagi” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 270-modda, 39-son, 507-modda; 2017-y., 1-son, 14-modda, 13-son, 207-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1013/2322-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)