Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2024 27.05.2015 yildagi 137-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 26-yanvardagi 11-son qaroriga muvofiq, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizmlari va tartib-qoidalari samaradorligini oshirish, shuningdek ularga doir bitimlarni sodir etishda ommaviylik va ochiq-oshkoralikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xo‘jalik boshqaruvi organlariga — aksiyadorlik kompaniyalariga zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va oxirgi ikki yil mobaynida quvvatlardan past darajada foydalanayotgan hamda respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan, ulardagi davlat ulushi ularning ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalar aniqlangan taqdirda, ushbu korxonalarning aksiyalari paketlarini (ulushlarini) xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish masalasi bo‘yicha tegishli boshqaruv organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar (tavsiyalar) kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi, keyinchalik ushbu xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-maydagi 137-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘yicha xususiylashtirish tartibida sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning amal qilishi respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) sotishga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning davlat paketi (ulush) — ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalardagi (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb ataladi) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi timsolida mulk huquqi asosida davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulush);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi 421-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 14-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tender komissiyasi — davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy tanlov komissiyasi — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari boshchilik qiladigan, tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi (tanlov komissiyasi raisining o‘rinbosari sifatida), Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi hududiy organlarining rahbarlari kiradigan tanlov komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — qonun hujjatlariga muvofiq sotuvchi bilan aksiyalarning davlat paketi (ulushi) oldi-sotdi shartnomasini tuzgan nodavlat yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov — tanlov hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aksiyalarning davlat paketi (ulushi) xaridorini aniqlash bo‘yicha savdolar shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov shartlari — tanlovni o‘tkazish tartibi, o‘tkazish joyi, qo‘shimcha yuklama, investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari — xaridor tomonidan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotib olishda pul bahosiga ega bo‘lgan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shakllarda korxonaga investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilinadigan majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy majburiyatlar — aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotib olishda pul bahosiga ega bo‘lmagan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shakllarda amalga oshiriladigan xaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar — tanlov o‘tkazmasdan xaridorni aniqlash yuzasidan aksiyadorlar (ishtirokchilar), korxona yoki potensial investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar bilan olib boriladigan muzokaralar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aksiyalarning davlat paketini (ulushini) xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish (keyingi o‘rinlarda aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotish deb ataladi) ushbu Nizomga ilovaga binoan sxema bo‘yicha, shuningdek erkin iqtisodiy zonalarning Ma’muriy kengashi qarorlari asosida xususiylashtirish dasturlari asosida sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolarda turgan, oldin qabul qilingan xususiylashtirish dasturlariga muvofiq sotilayotgan aksiyalarning davlat paketi (ulushi) ushbu aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotish muddati uzaytirilganda savdolardan olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning davlat paketi (ulushi) tanlov o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan quyidagi hollarda sotiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlangan shartlarda aksiyadorlar (ishtirokchilar) yoki korxona tomonidan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) imtiyozli sotib olish huquqidan foydalanilgan taqdirda. Bunda ikki va undan ortiq aksiyador (ishtirokchi) tomonidan takliflar taqdim etilganda aksiyalarning davlat paketi (ulushi) yaxlit (qismlarga bo‘linmagan) holda eng ko‘p, biroq belgilangan shartlardan kam bo‘lmagan investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni taklif etgan aksiyadorga (ishtirokchiga) sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar (ishtirokchilar) va korxonaning o‘zi tomonidan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotib olish rad etilgandan keyin yoxud ishchi organning yoki korxonaning xatiga belgilangan muddatlarda javob bo‘lmaganda xorijiy investordan buyurtmanoma kelib tushgan taqdirda. Bunda xorijiy investorlar tomonidan ikki va undan ortiq takliflar taqdim etilganda aksiyalarning davlat paketi (ulushi) yaxlit (qismlarga bo‘linmagan) holda eng ko‘p, biroq belgilangan shartlardan kam bo‘lmagan investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni taklif etgan xorijiy investorga sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda aksiyalarning davlat paketini (ulushini) olish niyati bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining yoki uning hududiy organining aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotib olishga oldindan roziligini olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aksiyalarning davlat paketi (ulushi) oldi-sotdi shartnomasi belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Bunda ro‘yxatga olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning davlat paketi bo‘yicha — shartnoma imzolangandan keyin ikki ish kunidan kechikmay Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi bo‘yicha — Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xaridor investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni bajargunga qadar aksiyadorning (ishtirokchining) aksiyalarni (ulushlarni) tasarruf etish huquqidan tashqari barcha huquqlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Aksiyalarning davlat paketlari (ulushlari) ro‘yxatini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasining hududiy organlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda — ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar bo‘yicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda esa — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirmaydigan korxonalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 26-yanvardagi 11-son qarorining 3-bandiga muvofiq har yili korxonalarning rasmiylashtirilgan pasportlari olingandan keyin bir oy muddatda ularning faoliyati quyidagi mezonlarga muvofiqligini tahlil qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona o‘z faoliyatini sanoat va qurilish sohasida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona oxirgi ikki yil mobaynida zarar ko‘rib ishlaydi yoxud oxirgi uch yil mobaynida past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foizdan ortiq davlat ulushi mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tamom bo‘lgandan keyin korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam bo‘lib chiqsa, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” va “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ushbu korxona ustav fondini (ustav kapitalini) uning sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirish yoxud uni tugatish tashabbusi bilan chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil natijalariga ko‘ra Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasining hududiy organlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda besh ish kuni mobaynida Davlat raqobat qo‘mitasiga aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) sotish to‘g‘risida taklif kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasining hududiy organlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda kiritilgan takliflarning asoslanganligi va ishonchliligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat raqobat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish markazi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan birgalikda o‘n kun mobaynida ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdorini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘ttiz kun mobaynida xususiylashtirish dasturi loyihasi shaklida aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish taklif etilayotgan korxonalar ro‘yxatini shakllantiradi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xususiylashtirish dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra sotiladigan aksiyalarning davlat paketlari (ulushlari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) sotish bo‘yicha tanlov shartlarini tayyorlash, shuningdek tanlovni o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tasdiqlangan xususiylashtirish dasturiga muvofiq besh kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan hududiy tanlov komissiyalariga o‘n besh kun muddatda kelishish uchun tanlov shartlarini taqdim etish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov shartlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiya etiladigan faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni kiritish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaratiladigan ish o‘rinlari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnashchilarga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa majburiyatlar (zaruriyat bo‘lganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori va ularning turlari, korxonaning tasdiqlangan biznes-rejasidan kelib chiqqan holda, tegishli asoslangan hisob-kitoblar va erishiladigan prognoz parametrlari mavjud bo‘lgan taqdirda, korxonaning takliflari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududiy tanlov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan tanlov shartlari Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan belgilangan tartibda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi kelishilgan tanlov shartlarini tasdiqlash uchun Davlat tender komissiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tanlov shartlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan ular tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida ishchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi organ agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar soni ellik nafardan oshmasa va korxona ustavida aksiyadordan aksiyalarni sotib olishga bo‘lgan imtiyozli huquq ustavda nazarda tutilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona (mas’uliyati cheklangan jamiyat) ustavida boshqa hollar nazarda tutilmagan bo‘lsa, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” va “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan imtiyozli sotib olish huquqiga muvofiq besh ish kuni mobaynida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki korxona orqali aksiyadorlar (ishtirokchilar) va korxonaning o‘zini (tilxat olgan holda yoxud pochta bo‘yicha topshirilganligi haqidagi xabarnoma bilan buyurtma xat yuborgan holda) ushbu korxonaning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotish niyati to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aksiyadorlar (ishtirokchilar)dan yoxud korxonadan ijobiy javob olingan taqdirda ishchi organ aksiyalarning davlat paketini (ulushini) olish niyati bo‘lgan aksiyador (ishtirokchi) yoxud korxona bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi, ularning yakuni bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Korxona aksiyadorlari (ishtirokchilari) va korxonaning o‘zi aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotib olishni rad etgan yoxud ishchi organning yoki korxonaning xatiga korxona xabardor qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida javob bo‘lmagan taqdirda, basharti korxona ustavida yoki korxona ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishchi organ aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida uch kun mobaynida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. E’lon joylashtirilgandan keyin bir oy mobaynida xorijiy investordan buyurtmanoma kelib tushmagan taqdirda aksiyalarning davlat paketi (ulushi) tanlov asosida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) sotish bo‘yicha tanlovga tayyorgarlik ko‘rish, uni tashkil etish va o‘tkazish, tanlov natijalarini rasmiylashtirish, shartnomalarni tuzish, shuningdek tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma chop etilgan kundan boshlab olti oy davomida tanlov takliflari kelib tushmagan taqdirda, tanlov shartlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomda hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qaror bilan tasdiqlangan davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda o‘zgartiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sotilgan aksiyalarning davlat paketlari (ulushlari) narxini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov g‘olibini aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingandan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yakunlari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan keyin sotuvchi korxonaga buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq mol-mulkni xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida yozma talabnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talabnoma bilan xatlovdan o‘tkazish va tayyorlangan hujjatlarni sotuvchiga taqdim etish muddatlari belgilanadi. Bunda xatlovdan o‘tkazish aksiyalarning davlat paketi (ulushi) oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar yakunlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Aksiyalarning davlat paketi (ulushi)ning bozor qiymati oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan keyin o‘ttiz kun mobaynida xaridor tomonidan taqdim etiladigan davlat aksiyalarning davlat paketi (ulushi) qiymatini baholash to‘g‘risidagi baholovchi tashkilotning hisobotida belgilangan miqdorda sotuvchi tomonidan e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Korxona ijro etuvchi organining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Aksiyalarning davlat paketi (ulushi) oldi-sotdi shartnomasi tuzilgandan keyin o‘n kun muddatda xaridor va korxonaning ijro etuvchi organi quyidagi majburiy shartlarni nazarda tutgan holda xaridor tomonidan kiritiladigan investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani tuzishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar sifatida kiritilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar sifatida kiritilgan xom ashyo va materiallardan, asbob-uskunalardan, ehtiyot qismlar va texnik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash uchun butlovchi qismlardan maqsadli foydalanish va ularning butligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani tuzishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi davomida korxonaning ijro etuvchi organi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorga investitsiyalash obyektiga (korxonaga) kirib-chiqish va uning to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorning talabi bo‘yicha investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar bajarilganligini tasdiqlovchi tegishli buxgalteriya hujjatlarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi shartnomasiga va investitsiyalar kiritish rejasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishda xaridorga to‘sqinlik qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish davomida korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida sotuvchini xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Mulk huquqini tasdiqlovchi huquqni belgilovchi hujjatlarni berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlovda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan sotilgan aksiyalarning davlat paketlari bo‘yicha sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi ro‘yxatga olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga aksiyalarning davlat paketlarini xaridorning “depo” hisob raqamiga aksiyalarning davlat paketlari oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar xaridor tomonidan bajarib bo‘lingungacha bo‘lgan muddatga ushbu aksiyalarning davlat paketlari qismini blokirovka qilgan holda o‘tkazish uchun topshiriq taqdim etadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tanlovda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan sotilgan davlat ulushlari bo‘yicha sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar to‘liq bajarilgungacha amalda bo‘ladigan “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qo‘ygan holda sertifikat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan tartibda to‘liq hajmda bajarilgan deb e’tirof etilgan taqdirda xaridor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari va ijtimoiy majburiyatlar bajarilgan deb e’tirof etilgan kundan boshlab besh ish kunidan kechikmay sotuvchi tomonidan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga ushbu aksiyalarning davlat paketlari qismi hisob raqamidan blokirovka olib tashlanishi to‘g‘risidagi topshiriq taqdim etishi yo‘li bilan sotib olingan aksiyalarning davlat paketlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor tomonidan sertifikatining asl nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda unga sotuvchi tomonidan “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi qo‘yilishi yo‘li bilan sotib olingan davlat ulushlariga mulk huquqiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Aksiyalarning davlat paketlari (ulushlari) oldi-sotdi shartnomasi shartlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda sotuvchi investorga ushbu shartnoma shartlari bajarilmaganligi to‘g‘risida rasmiy taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning davlat paketlari (ulushlari) oldi-sotdi shartnomasi shartlari sotuvchining rasmiy taqdimnomasi olingandan keyin investor tomonidan bajarilmaganda aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) sotish to‘g‘risidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Basharti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotishning boshqacha shartlari nazarda tutilgan bo‘lsa, ularni sotish aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdoridan qat’i nazar, tegishli qarorlarda nazarda tutilgan shartlar hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Aksiyalarning davlat paketini (ulushini) sotish doirasida kelib chiqadigan bahslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-maydagi 137-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi bo‘yicha ikkilamchi bozordagi bitimlar faqat qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda tuziladi, aksiyadorlarning talabiga ko‘ra aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olishga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotishga oid bitimlar bundan mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Belgilab qo‘yilsinki, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi bo‘yicha ikkilamchi bozordagi bitimlar faqat qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda tuziladi, aksiyadorlarning talabiga ko‘ra aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olishga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotishga oid bitimlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi bo‘yicha fond birjalari va tegishli litsenziyalarga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdo qilish tashkilotchilarining savdo tizimlaridan tashqarida ikkilamchi bozorda tuzilgan bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olishga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotishga oid bitimlar bundan mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarorining 3-bandi oltinchi xatboshiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda) “past likvidli obyekt” so‘zlaridan keyin “shu jumladan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketi (ulushi)” so‘zlari qo‘shilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat aksiyalarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizomning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aksiyalarini sudning qarori asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalardagi davlat aksiyalarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotishda yuzaga keladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizomning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushini sudning qarori asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalardagi davlat ulushini “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotishda yuzaga keladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1013/2322-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 21-son, 270-modda, 39-son, 507-modda; 2017-y., 1-son, 14-modda, 13-son, 207-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1013/2322-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)