Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.12.2018 26.01.2015 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.12.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-sonli “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashning tasdiqlangan tarmoq dasturlari, shuningdek mintaqalarning sanoat salohiyatini oshirishga doir hududiy dasturlar doirasida sanoatning barqaror yuqori o‘sish sur’atlari so‘nggi 5 yil mobaynida o‘rtacha 108,3 foiz bo‘lishi, uning tarkibini diversifikatsiyalash va tarmoqlarning ishlab chiqarilayotgan raqobatbardoshli mahsulotlari turlarini kengaytirish ta’minlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlar jarayonlarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosati, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga topshirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining rivojlantirilishi natijasida keyingi yillarda pudrat qurilish ishlari hajmi har yili o‘rtacha 10,0 foizdan ortiq sur’atlar bilan o‘smoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaratilgan va yangidan ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan yuqori darajada foydalanish hisobiga ulardan yanada samarali foydalanish, korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2015-yildan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, mikrofirmalardan tashqari sanoat va qurilish sohasidagi barcha korxonalar bo‘yicha ular faoliyatining asosiy ishlab chiqarish va moliyaviy parametrlarini aks ettiruvchi korxonalar pasportlarini (keyingi o‘rinlarda korxona pasporti deb ataladi) 1 va 2-ilovalarga* muvofiq namunaviy shakllarga binoan har yili rasmiylashtirish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning pasportini to‘ldirish metodologiyasini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarga pasportlarning namunaviy shakllarini va ularni to‘ldirish metodologiyasini yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tarkibiga kirmaydigan korxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilgi ma’lumotlar kiritilgan pasportlarning 2015-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda rasmiylashtirilishini hamda Internet tarmog‘i orqali, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda statistika organlariga taqdim etilishini, shuningdek o‘zlarining mavjud rasmiy veb-saytlarida ularning joylashtirilishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida yangidan tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha pasport rasmiylashtirilishini hamda ishlab turgan korxonalar bo‘yicha pasportlarning asosiy parametrlari yangilanishini, ularning davlat statistika organlariga taqdim etilishini va keyinchalik rasmiy veb-saytlarda joylashtirilishini har yili 1-aprelgacha ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda korxonalar rahbarlari zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar pasportlarining o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi, ulardagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning pasportlarida belgilangan ishlab chiqarish tavsifnomalariga muvofiq quvvatlardan yuqori darajada foydalanilishini va korxonalarning barqaror moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistika organlari amaldagi statistika hisoboti shakllari doirasida korxonalar pasportlaridagi asosiy parametrlarning dinamikasi to‘g‘risidagi davriy ma’lumotlarni shakllantiradilar, keyinchalik tahliliy ishlarni amalga oshirish uchun ularni 3-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha vakolatli davlat organlariga taqdim etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1, 2, 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar pasportlari bo‘yicha davriy statistika ma’lumotlari asosida Vazirlar Mahkamasi komplekslari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda, zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalarning quvvatlaridan to‘liq foydalanishni va ularning barqaror moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash yuzasidan har yili dasturlar — “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalardagi aksiyalarning (ulushlarning) davlat paketlari ushbu korxonalar aksiyadorlari (muassislari) bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida xususiy mulkdorlarga “nol” xarid qiymati bo‘yicha, ularning negizida ishlab chiqarish faoliyatini va ish o‘rinlarini tiklashga doir investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan sotiladi, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar bundan mustasno.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-maydagi 137-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 270-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalardagi aksiyalarning (ulushlarning) davlat paketlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 3-bandiga muvofiq har yili korxonalar pasportlari shakllantirilgandan keyin sanoat va qurilish sohasidagi ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalardagi aksiyalarning (ulushlarning) davlat paketlarini, ushbu korxonalar aksiyadorlari (muassislari) bilan kelishgan holda, xususiy mulkdorlarga “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalar negizida samarali ishlab chiqarishlar tashkil etish uchun zamonaviy menejment tajribasiga ega bo‘lgan potensial investorlarni jalb qilish yuzasidan tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 26-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 4-son, 41-modda, 21-son, 270-modda; 2016-y., 34-son, 405-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda)