Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2003 03.07.1992 yildagi 644-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 22-dekabrdagi 437-II-sonli “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Umumiy harbiy majburiyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatni mudofaa qilish davlatning eng muhim vazifalaridan biri boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarning vazifasidir. Oʻzbekiston Respublikasini tashqaridan boʻladigan qurolli tajovuzdan himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy harbiy majburiyatning mazmuni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini oʻz mamlakatlarini qurolli himoya qilish uchun majburiy harbiy tayyorgarlikdan oʻtkazishdan iborat boʻlib, respublika Qurolli Kuchlarini butlash va rezerv tayyorlashni taʼminlash maqsadlarida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, chaqiruv uchastkalarida qayd etishni, harbiy xizmatga chaqirishni, harbiy xizmatni (chaqiruv boʻyicha va ixtiyoriy ravishda) oʻtashni, zaxirada xizmat qilishni, harbiy roʻyxatdan oʻtish qoidalariga rioya etishni, umumiy harbiy taʼlim berishni (urush davrida) qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qonunni bajarish Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, davlat boshqaruvining markaziy idoralari, hokimliklar, jamoat birlashmalari, oʻquv yurtlari, muassasalar, korxonalar, jamoa xoʻjaliklari, kooperativlar hamda idoraviy boʻysunuvi, mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish shart-sharoitlaridan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy harbiy majburiyat Oʻzbekiston Respublikasining hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi ajnabiy shaxslar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston fuqarolaridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruv uchastkalarida qayd etilgunga qadar chaqiruvchiga boʻlgan tayyorgarlikni oʻtayotgan shaxslar — chaqiruv yoshiga yetmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilar hisobida turgan shaxslar — chaqiriluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxslar — harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning zaxirasi hisobida turgan shaxslar — harbiy xizmatga majburlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli sabablarga koʻra harbiy roʻyxatga olinmagan yoki bu roʻyxatdan chiqarib yuborilgan, shu jumladan isteʼfoga oʻtkazilgan shaxslar — harbiy xizmatga majbur boʻlmagan shaxslar deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Erkak fuqarolar, basharti, salomatliklari va yoshlari nuqtai nazaridan harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlsalar, harbiy xizmatga chaqirilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nohiya, shahar mudofaa ishlari idoralarining chaqirigʻiga binoan qayd hisobidan, tibbiy koʻrikdan oʻtish, harbiy ixtisosni oʻrganishga borishga yoʻllanma olish, harbiy xizmatga va oʻquv mashqlari yigʻiniga chaqiruv yoʻllanmasini olish uchun chaqiruv uchastkalariga kelishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruvga qadar tayyorgarlikdan oʻtishlari, harbiy xizmatni oʻtashlari va zaxirada xizmat qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy roʻyxatdan oʻtish qoidalariga rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tibbiy tayyorgarlikka ega yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan roʻyxatga koʻra harbiy ixtisosliklarga turdosh kasb egalari boʻlgan xotin-qizlar harbiy roʻyxatga olinishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular tibbiy koʻrikdan oʻtish va harbiy roʻyxat qoidalarini bajarish uchun nohiya, shahar mudofaa ishlari idoralarining chaqiruviga binoan hozir boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik vaqtida xotin-qizlar ixtiyoriy ravishda bitim boʻyicha harbiy xizmatga kirishlari mumkin. Harbiy roʻyxatda turgan yoki umumiy harbiy taʼlim olgan xotin-qizlar urush davrida harbiy xizmatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan chaqirilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Harbiy xizmat va zaxiradagi xizmat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy xizmat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarida umumiy harbiy majburiyatni bajarishlari hamda bitimga binoan xizmat qilishlari borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
askar, dengizchi, serjant va starshina, shuningdek praporshchik va michman lavozimlarida bitimga binoan harbiy xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar bitimga binoan oʻtaydigan praporshchik va michman, shuningdek askar va serjant lavozimlaridagi harbiy xizmat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy oʻquv yurtlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi harbiylashtirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining kursanti (tinglovchisi) sifatida oʻtiladigan harbiy xizmat;
(2-moddaning 1-bandi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofitserlar lavozimlarida oʻtaladigan harbiy xizmatdan iborat turlari joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tinchlik vaqtida zaxiradagi xizmat — oʻquv mashqlari yigʻinida qatnashishdan, urush vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, shuningdek Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Strategik Kuchlarining safarbar etilgani va yoyilganida harbiy xizmatga majburlardan harbiylar roʻyxatida qayd etilgan ixtisoslari boʻyicha talab qilinadigan bilim, koʻnikma va mahoratni saqlab qolish hamda takomillashtirishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining xalqiga va Prezidentiga sodiq ekanliklari toʻgʻrisida harbiy qasamyod qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar yigʻinga yoki safarbarlikka chaqirilgan vaqtda harbiy qasamyod qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Muqobil (mehnat) xizmat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmat Oʻzbekiston Respublikasining “Muqobil (mehnat) xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini va boshqa qoʻshinlarini harbiy xizmatchilar bilan butlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va boshqa qoʻshinlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy harbiy majburiyat asosida fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning bitimga binoan harbiy xizmatga kirishi orqali butlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va boshqa qoʻshinlarini urush vaqtida taqozo etiladigan shtatlar darajasigacha harbiy xizmatchilar bilan qoʻshimcha ravishda butlash ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlarning tarkibi hamda ularning harbiy unvonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibiga, praporshchiklar va michmanlar tarkibiga hamda ofitserlar tarkibiga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ofitserlar tarkibi — kichik, katta va oliy ofitserlar tarkibiga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qoʻshinlarida harbiy unvonlar — qoʻshinlar unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarda quyidagi unvonlar joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshinlar unvonlari‎ Kema tarkibidagi unvonlar‎
Oddiy askarlar tarkibi‎‎
oddiy askar‎ matros‎
Serjantlar va starshinalar tarkibi‎‎
kichik serjant‎ 2-darajadagi starshina‎
serjant‎ 1-darajadagi starshina‎
katta serjant‎ bosh starshina‎
starshina‎ kemaning bosh starshinasi‎
‎‎Praporshchiklar va michmanlar tarkibi
praporshchik‎ michman‎
katta praporshchik‎ katta michman‎
Kichik ofitserlar tarkibi
kichik leytenant‎ kichik leytenant‎
leytenant‎ leytenant‎
katta leytenant‎ katta leytenant‎
kapitan‎ kapitan-leytenant‎
Katta ofitserlar tarkibi
mayor‎ 3-darajadagi kapitan‎
podpolkovnik‎ 2-darajadagi kapitan‎
polkovnik‎ 1-darajadagi kapitan‎
Oliy ofitserlar tarkibi
general-mayor‎
general-leytenant‎
general-polkovnik‎
armiya generali‎
Oʻzbekiston Respublikasi Marshali‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira yoki isteʼfodagi fuqarolarning harbiy unvonlariga tegishincha “zaxiradagi” yoki “isteʼfodagi” degan soʻzlar qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy unvonlar “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan mahrum qilish ogʻir jinoyat uchun mahkum etilganlarida sudning qaroriga binoangina mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Askar, matros, serjant va starshina lavozimlarida (oddiy askar va matros unvoniga ega shaxslardan tashqari) muddatli xizmatni va bitimga binoan xizmatni oʻtayotgan praporshchiklar (michmanlar), harbiy xizmatchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizomiy Ustavida belgilangan tartibdagina harbiy unvondan mahrum etishlari yoki ularning harbiy unvonlari pasaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Harbiy unvonni tiklash “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Harbiy lavozimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar egallashi lozim boʻlgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi harbiy qismlarining, harbiy boshqaruv idoralari va muassasalarining, harbiy oʻquv yurtlarining shtatlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oliy rahbarlik lavozimlariga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan, boshqa lavozimlarga tayinlash esa Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy lavozimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy askarlar tarkibi lavozimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
serjantlar va starshinalar tarkibi lavozimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
praporshchiklar lavozimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofitserlar tarkibi lavozimlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy xizmatchilar oʻz roziligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida harbiy xizmatdan qoldirilgan, shuningdek ijtimoiy himoyalanish huquqlari saqlangan holda davlat-huquq va mudofaa yoʻnalishidagi vazifalarini bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga ishga yoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harbiy xizmatchilarni xizmatda yuqori lavozimga oʻtkazish “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechaklari va farqlovchi nishonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy xizmatga majburlar yigʻinlarda ishtirok etayotganda harbiy unvonni va qoʻshin turini farqlovchi nishonlari boʻlgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlar Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qaysi idoraga tegishli ekanligidan qatʼi nazar, ishchi va xizmatchilar uchun harbiy xizmatchilarning kiyim-kechagini va farqlovchi nishonlarini joriy etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega boʻlmagan holda fuqarolarning harbiy kiyimda yurishi, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechaklarini va farqlovchi nishonlarini tahqirlash yoki xoʻrlash Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq jazolanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. BOB. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Chaqirish yoshiga yetmaganlarni va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilar bilan tayyorgarlik ishlari olib boriladi, bu ish quyidagilarni qamrab oladi: oʻspirinlarni chaqirishga qadar tayyorgarlikdan oʻtkazish; chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisoslari boʻyicha tayyorlash; harbiy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishga tayyorlash; jismoniy jihatdan tayyorlash, davolash-sogʻlomlashtirish ishlari oʻtkazish; umumiy olgan taʼlimining saviyasini oshirish; davlat tilini oʻrgatish; vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligi ostida viloyatlar, nohiyalar, shaharlar, shaharlardagi nohiyalarning hokimliklari tomonidan amalga oshirilib, bu idoralar oʻspirinlarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarini pul bilan taʼminlaydilar, moddiy-texnika taʼminotini amalga oshiradilar, oʻquv-moddiy bazasini vujudga keltiradilar va oʻspirinlarni harbiy xizmatga tayyorlash uchun javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini amalga oshirilishini va bu ishning natijalarini nazorat qilib borish, chaqirishga qadar boʻlgan tayyorgarlikni dasturiy va uslubiy jihatdan taʼminlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek oʻquv yurtlarini tasarruf etuvchi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Chaqirishga qadar tayyorgarlik ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻspirinlarni chaqirishga qadar tayyorlash ishlari, shu jumladan ularni fuqarolar mudofaasiga tayyorlash ishlari majburiy fan boʻlib, umumiy taʼlim maktablarida (shu jumladan gimnaziyalar, litseylar va oʻrta umumtaʼlim oʻquv yurtlarining boshqa turlarida), hunar-texnika bilim yurtlarida bitirish yili arafasidagi sinflarda, kurslarda shtatdagi harbiy rahbarlar tomonidan oʻqitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqirishga qadar tayyorgarlik darajasi past boʻlgan oʻspirinlar chaqirishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi hokimliklari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda uyushtiriladigan mudofaa-sport-sogʻlomlashtirish lagerlarida chaqirishga qadar qoʻshimcha tayyorgarlikdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisoslari boʻyicha tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisoslari boʻyicha tayyorlash, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilari orasidan boʻlgan chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga kiritilgan sohaga oʻxshash ixtisoslar boʻyicha tayyorlash — bevosita ana shu bilim yurtlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlovchi va vaqtincha ishlamayotganlar jumlasidan, shuningdek hunar-texnika bilim yurtlarida harbiy roʻyxatga kiritilgan ixtisosga daxli boʻlmagan mutaxassislik boʻyicha taʼlim olayotgan oʻquvchilar orasidan boʻlgan chaqiriluvchilar tayyorlash — Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining oʻquv tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday taʼlimga 17 yoshga toʻlgan, salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan hamda oʻqishni bitirgach harbiy xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-texnika ixtisosliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarning soni, shuningdek ixtisosliklarning va dasturlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining maktablarida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisosliklari boʻyicha tayyorlashni pul bilan taʼminlash uning Markaziy Kengashi orqali respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Oliy oʻquv yurtlarida zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash oliy oʻquv yurtlarining talabalariga oliy oʻquv yurtlari aro harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlarida (harbiy kafedralar yoki sikllarda) taʼlim berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimida oʻqiyotgan, salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli talabalar (27 yoshgacha boʻlgan erkaklar) harbiy tayyorgarlik kursini, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining talaba xotin-qizlari — harbiy tibbiy tayyorgarlik kursini oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalarni harbiy tayyorgarlik kurslariga qabul qilish ixtiyoriy asoslarda (talabalarning shaxsiy arizalariga binoan) amalga oshirilishi mumkin. Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar harbiy tayyorgarlikni yuqori kurslarda oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy oʻquv yurtlari aro oʻquv markazlarida (harbiy kafedralar yoki sikllarda) harbiy tayyorgarlik kursini oʻtgan, taʼlim dasturini oʻzlashtirgan, belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan shaxslar kichik leytenant unvoni olganlaridan keyin zaxiradagi ofitserlar hisobiga kiritiladilar. Oliy oʻquv yurtlari aro oʻquv markazlarida taʼlim kursini muvaffaqiyatli tugallab, ofitser lavozimida harbiy xizmatni oʻtash istagini bildirgan erkak talabalar dastlabki ofitserlik unvoni olganlari va oliy oʻquv yurtini bitirganlaridan keyin qoʻshinlarga joʻnatilishlari mumkin. Bunda oliy oʻquv yurtida oʻqish davri harbiy xizmat muddatiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy oʻquv yurtlarining kichik kurslarida serjantlar tayyorlash dasturini oʻtgan yoki yuqori kurslarda harbiy taʼlim olishni davom ettirishni rad etgan, harbiy tayyorgarlik taʼlimi olish istagini bildirmagan talabalar (oliy oʻquv yurtini bitirgandan keyin) ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtashga jalb etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda oliy oʻquv yurtlarini tasarruf etuvchi vazirliklar (qoʻmitalar) zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy oʻquv yurtlariaro harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlarining (harbiy kafedralar yoki sikllarning) yoʻnalishlarini, zaxiradagi ofitserlar ixtisoslarining roʻyxatini Mudofaa vazirligi belgilaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tarkibida oliy oʻquv yurtlariaro oʻquv markazlari (harbiy kafedralar yoki sikllar) tashkil etilgan oliy oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa idoralari harbiy tayyorgarlikni alohida modda boʻyicha pul bilan taʼminlaydilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining koʻmagida zarur oʻquv-moddiy bazani yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, oʻquv yurtlariaro oʻquv markazlarining, harbiy kafedralar (sikllar)ning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimiga ushbu kelishgan holda, boshqa lavozimlarga esa — oliy oʻquv yurtlarining rektorlari bilan kelishgan holda ofitserlar tanlash va tayinlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy oʻquv yurtlariaro oʻquv markazlarining, harbiy kafedralarning (sikllarning) harbiy lavozimiga tayinlangan harbiy xizmatchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kadri sifatida qoladilar va haqiqiy harbiy xizmatdagilar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Harbiy oʻquv yurtiga kirishga va harbiy xizmatga tayyorlash tartibi. Jismoniy tayyorgarlik. Davolash-sogʻlomlashtirish ishlari. Umumtaʼlim tayyorgarlik saviyasini oshirish. Davlat tilini oʻrganish. Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy oʻquv yurtiga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda, umumtaʼlim oʻquv yurtlarida (gimnaziyalarda, litseylarda), Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining tashkilotlarida, harbiy oʻquv yurtlari qoshidagi tayyorlov kurslarida yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilarni jismoniy jihatdan tayyorlash jismoniy tarbiya dasturiga muvofiq xalq taʼlimi, jismoniy tarbiya va sport davlat boshqaruvi idoralari, sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi mudofaa-sport-sogʻlomlashtirish lagerlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻspirinlar oʻrtasida davolash-sogʻlomlashtirish ishlari sogʻliqni saqlash idoralari va muassasalari tomonidan ularning turar joylarida, ish yoki oʻqitish joylarida, davolash-oldini olish va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalarida tashkil etiladigan oʻsmirlar xonalari va poliklinikalarida uyushtiriladi hamda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 — 17 yoshdagi oʻspirinlar har yili chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga jalb etiladigan mutaxassis vrachlar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼlimni boshqarish davlat idoralari chaqirilish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilarning tarbiya, umumtaʼlim tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrishlari, davlat tilini yaxshi bilmaydigan yoki mutlaqo bilmaydigan oʻsmirlar bilan davlat tilini oʻrganish boʻyicha qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazishni uyushtirishlari va oʻtkazishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Harbiy xizmatga tayyorgarlikka jalb etiladigan fuqarolarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda hunar-texnika taʼlimining oʻquv tashkilotlarida, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining oʻquv tashkilotlarida harbiy-texnika ixtisosliklari boʻyicha tayyorgarlik koʻrishga jalb etilgan fuqarolarning ish oʻrni va egallagan lavozimi ularning yuqoridagi vazifalarni bajarishlarining butun davrida, shu jumladan oʻqish (yigʻin) oʻtkaziladigan joyga borish va orqaga qaytish davrida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chaqiriluvchilarning taʼlim olish (yigʻinlar) davrida ijaraga olgan uy-joylarga qilgan xarajatlari, oʻqish joyga borish va u erdan qaytishning (basharti, boshqa aholi punktiga borish bilan bogʻliq boʻlgan boʻlsa) yoʻlkira qiymati, shuningdek oʻrtacha oylik ish haqi asosiy ish joyida toʻlanadi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek kun kechirishning belgilangan eng kam miqdoridagi nafaqa hokimiyatlar tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy-texnik ixtisoslar boʻyicha chaqirishga qadar tayyorgarlikdan oʻtishga jalb etilgan fuqarolar mashgʻulotlarda qatnashishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB. FUQAROLARNI ChAQIRISh PUNKTLARIDA QAYD ETISh. HARBIY XIZMATGA ChAQIRISh VA QABUL QILISh (KIRISh)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish oʻspirinlarni roʻyxatga olish, ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini aniqlash, umumtaʼlim saviyasi, egallagan ixtisosi va jismoniy tayyorgarligini bilib olish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni qayd etish uchun nohiyalarda (shaharlarda) chaqiriq uchastkalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chaqiriq uchastkalarida har yili yanvar — mart oylarida shu yil 17 yoshga toʻladigan fuqarolar qayd etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd qilish qayd qilinadigan fuqarolarning turar joylaridagi nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralari tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriq uchastkalarida qayd qilinadigan fuqarolarni vrachlar, shu jumladan jarrohlar, terapevtlar, asab kasalliklari, ruhiy kasalliklar, koʻz kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaxassislari, zaruratga qarab boshqa ixtisosdagi vrachlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uy-joydan foydalanish tashkilotlari, uylardan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va muassasalar, uy egalari, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiruvchilarni dastlab roʻyxatga olish vazifasi yuklatilgan hokimiyatlar, korxonalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlarining kadrlar boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi belgilagan muddatlarda har yili tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralariga chaqiriq uchastkalarida qayd etilishi lozim boʻlgan oʻspirinlarning roʻyxatini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chaqiriq uchastkasida qayd etish uchun fuqarolar chaqiruv qogʻozida koʻrsatilgan muddatda mudofaa ishlari idoralariga kelib, zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish ishlarini oʻtkazish uchun nohiyalarda (shaharlarda) tegishli komissiyalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chaqiriq uchastkalarida qayd etilgan fuqarolar chaqiriluvchilar deb hisoblanadi. Ularga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi beriladi, huquq va majburiyatlari, harbiy roʻyxatga olish va harbiy xizmatga tayyorlash tartibi tushuntiriladi, qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy roʻyxatga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Chaqiruv yoshi. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tinchlik vaqtida salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan va chaqiruv kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmish yigitlar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yiliga ikki marta oʻtkaziladi.
(15-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori eʼlon qilinganidan keyin har bir chaqiriluvchi, shu jumladan vaqtincha roʻyxatda turgan chaqiriluvchi chaqiruv qogʻozida koʻrsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir boʻlishi shart. Muddatli harbiy xizmatni oʻtamagan va harbiy roʻyxatga kiritilmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy istiqomat joyidan vaqtincha boshqa joyga ketib qolgan va u erda harbiy roʻyxatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari idoralariga borishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xoʻjaliklari, kooperativlar va oʻquv yurtlarining rahbarlari xizmat safarida boʻlgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiriq uchastkasida oʻz vaqtida hozir boʻlishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 18 yoshga toʻlgan va 18 yoshdan katta chaqiriluvchilarning harbiy roʻyxatda turish joyini oʻzgartirishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilinguniga qadar yoʻl qoʻyiladi, qaror eʼlon qilinganidan keyin esa faqatgina ayrim hollarda, basharti chaqiriluvchi mudofaa ishlari idoralariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa joydagi ishga oʻtkazilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi istiqomat joyiga koʻchib oʻtganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv yurtiga qabul qilinganligi va taʼlim olishni davom ettirish uchun ketayotganligi yoki oʻquv yurtini tugatib, yoʻllanma boʻyicha ishga joʻnatilayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etganidan keyin harbiy roʻyxatda turish joyini oʻzgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning chaqiriq uchastkasiga shaxsan kelishiga imkon bermagan kasalligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin tugʻishganining vafot etgani yoki ogʻir betobligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroga bogʻliq boʻlmagan holda, uni koʻrsatilgan uchastkalarga va muddatlarda shaxsan yetib kelishiga toʻsqinlik qilgan tabiiy ofat va shunga oʻxshash boshqa vaziyatlar fuqaroning mudofaa ishlari idoralari belgilagan muddatlarda chaqiriq uchastkalariga yetib kelmaganligining uzrli sabablari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozir boʻlmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tinchlik vaqtida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 17 va 18-moddalariga muvofiq chaqiruvdan ozod etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilayotgan dastlabki surishtiruv yoki tergov daxldor boʻlgan shaxslar; jinoiy ishga daxldor boʻlgan shaxslar ish to sudda uzil-kesil qarab chiqilib, ayblov yoki oqlov xulosasi chiqarilgunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlmagan shaxslar muddatli xizmatga chaqirilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Chaqiruv komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga chaqiruvini oʻtkazish uchun nohiyalarda, shaharlarda, viloyatlarda, Qoraqalpogʻistan Respublikasida chaqiruv komissiyalari tuziladi. Chaqiruv komissiyalarining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻistan Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va nohiya hokimlari tomonidan viloyat, shahar va nohiya harbiy boshqaruv idoralarining muqarrar ishtirokida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori turuvchi chaqiruv komissiyalari zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruv muddatini kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod qilganlik qay darajada toʻgʻri ekanligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni harbiy kasb-korlarga tayinlashda ularning tajribasi, qobiliyati, qiziqishlari va shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olishi qay darajada asosli boʻlganligini nazorat qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining xatti-harakatlari ustidan qilgan shikoyatlarini qarab chiqish vazifalari yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlarni, shuningdek nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining tibbiy koʻrik natijalariga hamda qaroriga noroziligini bayon etgan shaxslarni harbiy qismlarga joʻnatishdan avval nazorat tarzida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy vrachlar komissiyalari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlarini koʻrib chiqish va bekor qilish huquqiga egalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyasining qarorlari ustidan davlat boshqaruvi idoralari va mansabdor shaxslarning fuqarolar huquqlarini kamsituvchi gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan tartibda xalq sudiga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy xizmatga chaqirilayotgan barcha fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mutaxassis vrachlarning tibbiy koʻrigidan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chaqiriluvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga, uning maʼnaviy va kasbiy xislatlarini oʻrganishga, shuningdek oila aʼzolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini oʻrganib chiqish natijalariga muvofiq nohiya (shahar) chaqiruv komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga yaroqliligi va qoʻshin turini belgilagan holda harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil xizmatga yaroqliligi va muqobil xizmatga chaqirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligiga koʻra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 17 va 18-moddalariga asosan muddatli xizmatga chaqirishni kechiktirish yoki chaqirishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligiga koʻra tinchlik vaqtida harbiy xizmatga yaroqsizligi, urush vaqtida cheklangan ravishda yaroqliligi va zaxiraga oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy roʻyxatdan chiqargan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish toʻgʻrisidagi qarorlardan birini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Chaqirish muddatini kechiktirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muddatli harbiy xizmatga chaqirish muddatini uzaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oilaviy sharoiti, salomatligining yomonlashganligi munosabati bilan oʻqishni davom ettirishlari uchun nohiya (shahar) chaqiruv komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi chaqiriluvchilarning chaqirish muddati oilaviy sharoitga koʻra uzaytiriladi, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chaqiriluvchining otasi va onasi yoki ulardan biri mehnatga qobiliyatsiz boʻlib ular bilan birga yoki ayrim holda istiqomat qilishdan qatʼi nazar, oʻzlarini boqishi shart boʻlgan boshqa mehnatga qobiliyatli oʻgʻli boʻlmasa. Ota-onalarning mehnatga qobiliyatsizligi amaldagi qonunlarga muvofiq aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli onasi yolgʻiz boʻlib, uning 16 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi boʻlsa-yu, istiqomat joyidan qatʼi nazar, amaldagi qonunlarga muvofiq onasiga moddiy yordam koʻrsatishi shart boʻlgan mehnatga qobiliyatli boshqa bolalari boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chaqiriluvchining bir farzandi boʻlib, uni yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) chaqiriluvchining ikki va undan ortiq farzandi boʻlsa, yoki xotini I yoinki II guruh nogironi boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onasining vafot etganligi, ularning uzoq muddat betobligi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra chaqiriluvchini kamida besh yil davomida oʻz qaramogʻida saqlayotgan shaxslar uning ota-onasiga teng shaxslar hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta umumiy taʼlim, hunar texnika bilim yurtlari, kunduzgi diniy oʻrta oʻquv yurtlarida tahsil koʻrayotgan chaqiriluvchilarning chaqirish muddati — toʻliq umumiy taʼlim olgunlariga qadar, lekin koʻpi bilan 21 yoshgacha, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan studentlarga hamda kunduzgi diniy oliy oʻquv yurtlarida tahsil koʻrayotgan fuqarolarga chaqirish muddati — oʻquv yurtini bitirgunlariga qadar taʼlim olishni davom ettirishlari maqsadida uzaytiriladi.
(17-moddaning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 882-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 266-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv yurtlaridan intizomsizligi, oʻqishda ulgurmasligi va oʻqishni xohlamasligi sababli haydab yuborilgan shaxslar chaqirilish muddatini uzaytirish huquqidan mahrum boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tabiiy ofat roʻy bergan joylardan koʻchirilgan chaqiriluvchilarning chaqirish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan koʻchirilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan 2 yilga kechiktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqini yoʻqotgan chaqiriluvchilar, shuningdek chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan yoki ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan chaqirilishdan ozod boʻlish asoslari boʻlmagan shaxslar va turli sabablarga koʻra muddatli xizmatga chaqirilmaganlar qoʻshinlarga joʻnatish kunigacha 27 yoshga toʻlgunga qadar navbatdagi chaqirish amalga oshirilayotganda chaqiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Muddatli harbiy xizmatga chaqirishdan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik vaqtida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlik vaqtida salomatligi yomonlashganligi uchun harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27 yoshga toʻlguniga qadar muddatli harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy idoralarning birida diniy rutbaga ega boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni oʻtash vaqtida halok boʻlgan yoki oʻlgan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Zaxiradagi ofitserlarni harbiy xizmatga chaqirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli xizmatni oʻtamagan 40 yoshgacha boʻlgan va (17-moddaga binoan) chaqirilish muddatini kechiktirish asoslariga ega boʻlmagan ofitserlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrugʻiga binoan tinchlik vaqtida 18 oy davomida ofitserlar tarkibiga kiruvchi lavozimlarda harbiy xizmatni oʻtash uchun chaqirilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik esa ofitser ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatni oʻtashi mumkin. Bunda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtida taʼlim olish davri va harbiy roʻyxatdagi ixtisoslikka mos keladigan uzluksiz ish staji harbiy xizmat muddatiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Bitimga binoan harbiy xizmatga (kirish) qabul qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etiladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy xizmatning talablariga javob beruvchi quyidagi fuqarolar, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruvga binoan kamida bir yil oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibida xizmatni oʻtagan hamda ixtisosi boʻyicha tegishli hunar boʻyicha tayyorgarlikka ega boʻlgan harbiy xizmatchilar bitimga binoan askarlik va serjantlik lavozimidagi harbiy xizmatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibidagi lavozimlarda xotin-qizlar bajaradigan harbiy xizmatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli xizmatni oʻtab boʻlgan oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega boʻlmagan harbiy xizmatga majburlar — 30 yoshga toʻlgunga qadar, shuningdek 19 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli, tegishli ixtisos tayyorgarligiga ega xotin-qizlar — praporshchiklar lavozimidagi harbiy xizmatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan fuqarolar, shu jumladan oʻqishga qabul qilingan yili 17 yoshga toʻlgan fuqarolar, shuningdek ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega boʻlmagan 18 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar — harbiy oʻquv yurtlarining kursantlari lavozimidagi harbiy xizmatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiradagi ofitserlar va ofitserlar tarkibiga kiruvchi unvonlar berilgan 40 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar — ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatga ixtiyoriy ravishda qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirilganligi yoki qabul qilinganligi munosabati bilan moddiy taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki qabul qilingan fuqarolarga ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ishdan boʻshaganlik nafaqalari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolar harbiy roʻyxatdan oʻtish, harbiy xizmatga chaqirilish yoki kirish bilan bogʻliq vazifalarni bajarishlari uchun ketadigan zarur vaqt davomida ishdan (oʻqishdan) ozod etilib, ularning doimiy ish (oʻqish) joyidagi oʻrtacha ish haqi (oʻqish puli) saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy oʻquv yurtlariga kirayotgan fuqarolar oʻquv yurtiga borish va u erdan qaytish, kirish imtihonlarini topshirish uchun ketadigan zarur vaqt davomida ishdan ozod etilib, doimiy ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mudofaa ishlari idoralari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruvga yuborilgan fuqarolarning tibbiy tekshiruvda boʻlgan butun davr uchun ish joyi va egallab turgan lavozimi, oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi, tekshiruv joyiga borish hamda u erdan qaytishga ketgan xarajatlarini ish (oʻqish) joyida qoplanadi. Fuqaro statsionar davolanishga yuborilganida unga ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoʻqotganlik nafaqasi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. BOB. HARBIY XIZMATNI OʻTASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Harbiy xizmatni oʻtash tartibi, harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi ushbu Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmatni bitimga binoan oʻtayotgan askarlar, dengizchilar, serjantlar va starshinalar uchun — 45 yoshgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibidagi lavozimlarda xizmat qilayotgan xotin-qiz harbiy xizmatchilar uchun, shuningdek praporshchiklar va michmanlar uchun — 45 yoshgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kichik ofitserlar uchun — 43 yoshgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) katta ofitserlar uchun — 45 yoshgacha, polkovniklar (I darajadagi kapitanlar) uchun — 50 yoshgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oliy ofitserlar uchun: general-mayor, general-leytenant harbiy unvonidagilarga — 55 yoshgacha, general polkovnik harbiy unvonidagilarga — 60 yoshgacha, armiya generallariga — 65 yoshgacha qilib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega boʻlgan ofitserlarning, shuningdek yuksak kasb mahoratiga, egallab turgan lavozimida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, salomatligiga koʻra harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli ofitserlarning xizmat muddati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri xizmatni bitimga binoan oʻtayotgan askarlar, dengizchilar, serjantlar va starshinalarning, shuningdek praporshchik va michman lavozimidagi harbiy xizmatchilarning, shu jumladan xotin-qiz harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasini besh yilgacha uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatda boʻlish yoshining chegarasiga yetgan harbiy xizmatchilar “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan tartibda zaxiraga boʻshatilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Harbiy xizmat muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) askar, serjant va starshinalar uchun: xizmatni chaqiruvga binoan oʻtayotganlarga — 18 oy (oliy maʼlumotli shaxslar uchun — 12 oy), birinchi bitimga binoan oʻtayotganlarga 3-yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) askar, serjant lavozimlaridagi xotin-qizlar uchun — birinchi bitimga binoan kamida 3 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) praporshchiklar uchun — birinchi bitimga binoan kamida 5 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) harbiy xizmatga zaxiradan chaqirilgan ofitserlar uchun 12 oy, harbiy xizmatga ixtiyoriy ravishda kelganlar uchun — kamida uch yil qilib belgilanadi. Ushbu moddada belgilangan harbiy xizmat muddati tugaganidan soʻng bu xizmat ofitserlarining istagiga koʻra davom ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chaqiriluvchilar va zaxiradan chaqirilgan ofitserlar uchun — harbiy qismga joʻnash maqsadida mudofaa ishlari idoralariga kelgan kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qiz harbiy xizmatchilar uchun — mudofaa ishlari idoralarining koʻrsatmasiga muvofiq xizmat joyiga joʻnab ketilgan kun;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga majbur boʻlgan chaqiriluvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy oʻquv yurtlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi harbiylashtirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan kun harbiy xizmatning boshlanishi hisoblanadi.
(24-moddaning 1-bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy qism komandirining buyrugʻiga binoan harbiy xizmatdan boʻshatilishi, isteʼfoga chiqishi munosabati bilan shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarilgan kun – harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatning tugashi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Harbiy oʻquv yurtlari kursantlari va tinglovchilarining harbiy xizmati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy oʻquv yurtlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi harbiylashtirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan fuqarolar kursantlarning va (tinglovchilarning) harbiy xizmatida boʻlib, basharti, ular ofitserlar tarkibiga kiruvchi unvonga ega boʻlmasalar — kursantlar deb, agar bunday unvonlarga ega boʻlsalar — tinglovchilar deb ataladilar.
(25-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy oʻquv yurtiga kirgunga qadar harbiy unvonga ega boʻlmagan fuqarolarga oʻqishga qabul qilinish chogʻida “oddiy askar” harbiy unvoni beriladi, harbiy oʻquv yurtiga kirgunga qadar berilgan boshqa harbiy unvonlar saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kursantlarning harbiy xizmatni oʻtashiga doir masalalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlanadigan “Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy oʻquv yurtlari toʻgʻrisida”gi Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari umumqoʻshin ustavlarida belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kursantlar amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar hamda vazifalarni bajaradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy oʻquv yurtlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi harbiylashtirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalaridan chiqarilgan kursantlar zaxiraga boʻshatiladilar yoki agar, muddatli harbiy xizmat muddatini oʻtamagan boʻlsalar, harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismlarga yuboriladilar.
(25-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Harbiy xizmatdan boʻshatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) basharti, harbiy xizmatchilar zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetmagan boʻlsalar, salomatliklariga koʻra urush yoki tinchlik vaqtida harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlsalar — zaxiraga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) basharti, harbiy xizmatchilar zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan boʻlsalar yoki harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan salomatligiga koʻra harbiy xizmatni oʻtashga yaroqsiz deb topilsalar — harbiylar roʻyxatidan chiqarilgan holda isteʼfoga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) basharti, harbiy xizmatchilar belgilangan yosh chegarasiga yetishlariga besh yil va undan kam muhlat qolsa-yu, uzoq yil xizmat qilganlik uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlsalar — yoshga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) harbiy-vrachlar komissiyasining harbiy xizmatga yaroqsizlikka doir qaroriga asosan salomatligining yomonlashganligi tufayli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) shtatlarning qisqartirilishi, xizmatda foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda tashkiliy tadbirlar munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xizmatga nomuvofiqligi tufayli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mahkum etilganligi munosabati bilan boʻshatiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB. ZAXIRADAGI XIZMAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Zaxiradagilar roʻyxatiga olish. Zaxira toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy xizmatdan boʻshatilgan, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirishdan ozod etilgan fuqarolar (salomatligining yomonlashganligi tufayli harbiy hisobidan chiqarilganlardan tashqari) zaxiradagilar roʻyxatiga olinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zaxira birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatda kamida 18 oy xizmat qilib, shu davr ichida harbiy ixtisoslar roʻyxatiga kiradigan mutaxassislikni egallagan harbiy xizmatga majburlar birinchi toifadagi zaxiraga kiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 oydan kam harbiy xizmat qilgan yoki harbiy xizmatga chaqirilmagan harbiy xizmatchilar ikkinchi toifadagi zaxiraga kiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi toifadagi zaxiraga kiradigan harbiy xizmatga majburlar oʻquv mashqlari yigʻinida harbiy ixtisoslar roʻyxatiga kiradigan mutaxassislikni yoki tegishli fuqarolik kasbini egallaganlari taqdirda birinchi toifa zaxiraga oʻtkaziladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiylar roʻyxatiga olingan xotin-qizlar ikkinchi toifadagi zaxirada boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zaxiraga oʻtkazilgan shaxslar vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtishga yuborilishlari mumkin. Bunda harbiy xizmatni oʻtamagan holda salomatligiga koʻra zaxiraga oʻtkazilgan harbiy xizmatchilar 27 yoshga toʻlgunga qadar harbiy xizmatga yaroqli deb topilsalar, chaqiruvchilarning roʻyxatiga qayta kiritilib, ular umumiy asoslarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Zaxirada boʻlish yoshining chegarasi. Zaxira darajalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab uch darajaga boʻlinadi. Uchinchi daraja zaxirada boʻlish yoshining chegarasi umuman zaxirada boʻlish yoshining chegarasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Askarlar, serjantlar va starshinalar, praporshchiklar va michmanlarning zaxirada boʻlish yoshining chegarasi quyidagichadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi darajadagilar uchun — 35 yoshgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi darajadagilar uchun — 45 yoshgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi darajadagilar uchun—50 yoshgacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslar zaxirada quyidagi eng yuqori yoshgacha boʻladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy unvonlar‎‏ Yosh chegarasi‎‎‎
1-darajadagi zaxira‎ 2-darajadagi zaxira‎ 3-darajadagi zaxira‎
Kichik ofitserlar‎ 45‎ 50‎ 55‎
Katta ofitserlar‎ 50‎ 55‎ 60‎
Oliy ofitserlar‎ 55‎ 60‎ 65‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harbiy xizmatga majbur xotin-qizlar, oʻzlariga berilgan harbiy unvondan qati nazar, uchinchi darajadagi zaxirada boʻladilar. Ularning zaxirada boʻlish yoshining chegarasi quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun — 50 yosh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa harbiy xizmatga majbur xotin-qizlar uchun — 40 yosh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Yigʻinlarda qatnashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy xizmatga majburlar zaxirada boʻlish vaqtida: oʻquv (sinov) mashqlariga va maxsus mashqlarga chaqiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat shart-sharoitlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari ushbu Qonun va “harbiy xizmatchilarning maqomi, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi qonun bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega boʻlmagan harbiy xizmatga majburlar zaxirada boʻlish vaqtlarida yigʻinlarga quyidagi muddatlarga chaqiriladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraja‎ Oʻquv mashqlari yigʻini muddatlari‎
birinchi daraja‎ har biri bir oy muddatli ikkita yigʻinga‎
ikkinchi daraja‎ har biri bir oy muddatli ikkita yigʻinga‎
uchinchi daraja‎ bir oy oʻquv mashqlari yigʻini‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiradagi ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslar zaxirada boʻlish vaqtlarida quyidagi muddatlarga oʻquv yigʻinlariga chaqirilishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraja‎ Oʻquv mashqlari yigʻini muddati‎
1 daraja‎ uch yil davomida — bir oygacha muddatga‎
2daraja‎ har biri bir oy muddatli ikki yigʻinga‎
3 daraja‎ bir marta bir oylik yigʻinga‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy majburlarning yigʻinlarini oʻtkazish muddati va vaqti ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harbiy xizmatga majburlar yigʻinlar oraligʻidagi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rejasiga binoan 10 kunlik muhlatga sinov yigʻiniga jalb etilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Zaxirada boʻlish vaqtida jami yigʻinlarning umumiy vaqti 4 oydan oshmasligi kerak. Bunda harbiy unvon olish uchun tayyorgarlik yigʻinida boʻlish vaqti ham zaxiradagi ofitserlarning yigʻinlarda ishtirok etishi umumiy muddatiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan harbiy xizmatga majburlar Oʻzbekiston Respublikasining tinch hayot faoliyatiga tahdid solishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatning oldini olish yoki uning oqibatlarini tugatish uchun 2 oygacha muddatga maxsus yigʻinlarga chaqirilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va miqdorlarda naqd pul bilan taʼminlanadilar. Yigʻinda boʻlishning butun davrida, shu jumladan yigʻin oʻtkaziladigan joyga borish va u erdan orqaga qaytish uchun ketadigan vaqt davomida ularning egallab turgan lavozimlari (ishlari) saqlab turiladi va ularga ish joyidan oʻrtacha ish haqi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uqtirib oʻtilgan shaxslar yigʻinga borish toʻgʻrisidagi chaqiriq qogʻozini olgan kundan boshlab to yigʻindan qaytgunga qadar ishdan boʻshatilishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot toʻliq tugatilgan hollar bundan mustasnodir. Bunday hollarda harbiy xizmatga majburlarga taalluqli ish haqi yoki boshqa moddiy toʻlovlar tugatilgan korxona, muassasa yoki tashkilot yoxud ularning huquqiy vorisi tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy sektorda ishlayotgan harbiy xizmatga majburlarni yigʻinlarga chaqirish tartibi, shuningdek ular yoʻqligida ishlab chiqarishga yetkazilgan zarar uchun tovon toʻlash yoʻl-yoʻriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, harbiy xizmatga majbur shaxs yigʻin vaqtida betob boʻlib qolsa va yigʻinlar tugaganidan keyin ham betob boʻlsa, uning ish joyi va lavozimi saqlanadi, yigʻin tugagan kundan boshlab esa — unga ish haqi oʻrniga amaldagi qonunlarga muvofiq mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoʻqotganlik nafaqasi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Oʻquv mashqlari yigʻinida ishtirok etiщdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha bronlab qoʻyilgan harbiy xizmatga majburlar oʻquv mashqlari yigʻinida qatnashishdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Zaxiradagi harbiy unvonlarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv mashqlari yigʻinida ishtirok etib, taʼlim dasturi boʻyicha sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan harbiy xizmatga majburlarga “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilanadigan tartibda zaxiradagi podpolkovnik unvonigacha (podpolkovnik unvoni ham shunga kiradi) navbatdagi harbiy unvonlar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Harbiy xizmatga majburlarni isteʼfodagilar hisobiga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan, shuningdek harbiy-vrachlar komissiyasi harbiy xizmatga yaroqsiz deb topgan harbiy xizmatga majburlar harbiy roʻyxatidan chiqarilib, isteʼfodagilar hisobiga oʻtkaziladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOB. HARBIY XIZMATGA MAJBURLAR VA ChAQIRILUVChILARNING HARBIY ROʻYXATGA KIRITILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Harbiy roʻyxatga kiritishning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy roʻyxatga kiritilishlari lozim. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga kiritish davlatning mavjud boʻlgan va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilarining hisobini olish va tahlil etish umumdavlat tizimi hisoblanadi. Hisobga olish tiziminiig amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat, nohiya va shahar hokimliklari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlarning va chaqiriluvchilarning barchasini harbiy roʻyxatga kiritish ishlari ularning turar joylarida oʻtkazilib, umumiy, maxsus, shaxsiy-sifat koʻrsatkichi va shaxsiy-boshlangʻich roʻyxatga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Umumiy va maxsus roʻyxat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy harbiy hisobda chaqiriluvchilar, shuningdek safarbar etish davrida va urush vaqtida xalq xoʻjaligi uchun bronlashtirib qoʻyilmagan harbiy xizmatga majburlar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbar etish davri va urush vaqtida xalq xoʻjaligi uchun bronlashtirib qoʻyiladigan harbiy majburlar harbiylarning maxsus roʻyxatida boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Shaxsiy-sifat koʻrsatkichi roʻyxati va shaxsiy-boshlangʻich roʻyxat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning shaxsiy-sifat koʻrsatkichi roʻyxatini yuritish nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralariga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari idoralari yoʻq boʻlgan qishloq joylarida, shaharlar va posyolkalarda harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarning shaxsiy-boshlangʻich roʻyxatini yuritish ishlari tegishli hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlovchi yoki taʼlim olayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni nomma-nom roʻyxatga olish qaysi idoraga boʻysunishi, mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish shart-sharoitlaridan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Harbiy roʻyxatga kiritish va undan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiruv boʻyicha xizmat qilib zaxiraga boʻshatilgan shaxslar harbiy roʻyxatda rasmiylashtirilish uchun turar joylarga qaytib kelganlaridan keyin 3 kunlik muddat ichida mudofaa ishlari tegishli idoralarida hozir boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turar joyi bir yarim oydan koʻproq muddatga oʻzgargani, uch oydan koʻproq muddatga xizmat safari, oʻqish, taʼtil yoki davolanishga borgani taqdirda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar turar joylaridagi harbiy roʻyxatdan chiqishlari, yangi turar joyga (doimiy yoki vaqtinchalik) kelganlaridan soʻng oʻn kunlik muddat ichida harbiy roʻyxatdan oʻtishlari lozim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush vaqtida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining ruxsatisiz doimiy istiqomat joyidan boshqa joyga ketishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandida uqtirib oʻtilgan hollarda harbiy roʻyxatdan chiqish va harbiy roʻyxatdan oʻtishni rasmiylashtirish uchun harbiy xizmatga majburlar uy-joydan foydalanish idorasiga harbiy biletlarini topshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joyiga kelgan yoki u erdan ketayotgan harbiy xizmatchilar harbiy roʻyxatdan oʻtish yoxud harbiy roʻyxatdan chiqishni rasmiylashtirish uchun harbiy roʻyxatga doir hujjatlari bilan tegishli hokimlikka shaxsan kelishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiradagi ofitserlar harbiy roʻyxatdan chiqish yoki harbiy roʻyxatdan oʻtishni rasmiylashtirish uchun nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga shaxsan kelishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida istiqomat qiluvchi zaxiradagi ofitserlarni harbiy roʻyxatga kiritish va harbiy roʻyxatdan chiqarishni rasmiylashtirish nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi belgilaydigan tartibda shaxsiy-boshlangʻich hisobni yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan tegishli hokimliklar amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi fuqarolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vrachlar komissiyasi tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan fuqarolar harbiy roʻyxatdan chiqarilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) harbiy xizmatga chaqirilgan yoki qabul etilgan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boshqa doimiy istiqomat joyiga joʻnab ketgan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) vafot etgan fuqarolar harbiy roʻyxatdan chiqarilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va harbiy xizmatga majburlarning harbiy roʻyxat qoidalariga rioya etish borasidagi vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsiy-boshlangʻich roʻyxat yuritish vazifasi yuklatilgan hokimliklar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlarining rahbarlari mudofaa ishlari idoralarining talabiga binoan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni chaqirilayotganliklardan voqif etishlari hamda ularning chaqiruv boʻyicha oʻz vaqtida hozir boʻlishlarini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki ishlar idoralari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy roʻyxatga doir hujjatlarda mudofaa ishlari idoralarining harbiy roʻyxatga olinganlik yoki undan chiqarilganlik toʻgʻrisidagi belgilari boʻlgan taqdirdagina harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni turar joylarida roʻyxatga olishlari yoki roʻyxatdan chiqarishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqirish yoshiga yetmaganlarni harbiy roʻyxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga (yigʻinlarga) chaqiruvini oʻtkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy roʻyxat qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda va harbiy roʻyxatning belgilangan qoidalarini buzuvchi harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarni aniqlashda mudofaa ishlari idoralariga yordam koʻrsatishlari va koʻmaklashishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy harbiy majburiyatni, shuningdek muqobil xizmatni oʻtashdan boʻyin tovlagan shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari idoralariga yetkazib kelishni tashkil etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish idoralari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini oʻzgartirganligi toʻgʻrisida, fuqarolik holatini qayd hujjatlariga ularning tugʻilgan kuni va joyiga oʻzgartirishlar kiritilganligi haqida, shuningdek, harbiy xizmatga majbur yoki chaqiriluvchilarning vafoti qayd etilgan hollar toʻgʻrisida yetti kunlik muddat ichida nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surishtiruv va dastlabki tergov idoralari surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan ishga daxldor boʻlgan chaqiriluvchilar toʻgʻrisida, sudlar esa sud qarab chiqayotgan jinoiy ishga daxldor boʻlgan chaqiriluvchilar toʻgʻrisida, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga daxldor boʻlgan qonuniy kuchga kirgan hukmlar toʻgʻrisida nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga yetti kunlik muddat ichida maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etilgan (shu jumladan shartli mahkum etilgan) harbiy xizmatga majburlarning harbiy biletlari va chaqiriluvchilarning guvohnomalari sudlar tomonidan tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vrachlardan iborat mehnat ekspert komissiyalari qaysi guruh nogironi ekanligidan qatʼi nazar, nogiron deb topilgan barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar toʻgʻrisida tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga yetti kunlik muddat ichida maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv oʻtkazilayotgan vaqtda davolash muassasalari davolash uchun qabul qilingan chaqiruv yoshidagi barcha fuqarolarni uch kunlik muddat ichida tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uy-joylardan foydalanish idoralarining rahbarlari va uy egalari tegishli mudofaa ishlari boʻlimi va harbiy roʻyxatni yuritish vazifasi yuklatilgan hokimlikning talabiga binoan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga doir uy daftarlari, turar joyda roʻyxatdan oʻtkazishga doir varaqalar, harbiylar roʻyxatiga doir va boshqa hujjatlarni taqdim etishlari, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari boʻlimlariga chaqiriltirilganliklaridan voqif etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oilaviy sharoitlari, sihat-salomatliklari, turar joylari, maʼlumotlari, ish joylari va lavozimlari oʻzgargani taqdirda harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilar oʻzlari harbiy roʻyxatda turgan joydagi idoraga yetti kunlik muddat ichida maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOB. SAFARBARLIK BOʻYIChA ChAQIRISh VA HARBIY XIZMATDAN BOʻShATISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Urush vaqtida safarbarlik boʻyicha harbiy xizmatga Chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qilinishi ehtimol tutilgan harbiy hujumning oldini olish va tajovuzga Qurolli zarba berish maqsadida umumiy va qisman safarbarlik eʼlon qilinganda zarur miqdordagi harbiy xizmatga majburlar zaxiradan harbiy xizmatga uch oygacha muddatga chaqiriladi. Bu muddat Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni urush vaqtida safarbarlik boʻyicha harbiy xizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Safarbarlik eʼlon qilinganida harbiy xizmatda va harbiy yigʻinlarda boʻlgan barcha fuqarolar maxsus farmoyish berilguniga qadar ushlab turiladilar, harbiy xizmatga majburlar esa harbiy xizmatga chaqiriladilar. Harbiy xizmatchilarning taʼtillari toʻxtatiladi, harbiy xizmatga majburlar oʻzlari harbiy roʻyxatga olingan joydagi nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga, harbiy xizmatchilar esa oʻzlari xizmat oʻtayotgan joyga kelishlari shart. Safarbarlik eʼlon qilinganida nohiya chaqiruv komissiyalarining chaqiruv yoshidagi fuqarolarni chaqirish muddatini kechiktirish va ularni chaqirishdan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorlari bekor qilinadi. Keyinchalik chaqiruv muddatini kechiktirish va chaqirishdan ozod etish faqatgina salomatligiga koʻra, maxsus roʻyxatda turganligiga qarab amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Urush vaqtida safarbarlik eʼlon qilinganida va undan keyingi chaqiriqlarda harbiy xizmatga 17 yoshdan to ushbu Qonunda belgilangan zaxirada boʻlish yoshidagi harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hamda harbiy roʻyxatda turmagan 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar (16 yoshgacha boʻlgan bolalari bor xotin-qizlar bundan mustasno) chaqirilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Urush vaqtida safarbarlik boʻyicha harbiy xizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar faqatgina mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Urush vaqtida safarbarlik boʻyicha harbiy xizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar munosabati bilan fuqarolarni moddiy jihatdan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Urush vaqtida safarbarlik boʻyicha va undan keyingi chaqiriqlar boʻyicha harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar bilan ish (xizmat) joyida toʻla hisob-kitob qilinadi, ularga amalda ishlagan vaqtlari uchun ish haqi, ishdan boʻshaganda beriladigan nafaqa va foydalanilmagan taʼtil uchun tovon toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush vaqtida safarbarlik va undan keyingi chaqiriqlar boʻyicha harbiy xizmatga chaqirilgan shaxslarning egallab turgan uy-joylari oʻz nomlarida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Urush vaqtida safarbarlik va undan keyingi chaqiriqlar boʻyicha harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning oilalarini davlat tomonidan taʼminlash (yordam koʻrsatish va pensiya) mavjud qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Safarbarlikdan boʻshatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Safarbarlikdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy xizmatdan safarbarlikdan soʻng boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarga davlat hisobidan toʻliq kiyim-kechak va poyabzal beriladi. Bunday harbiy xizmatchilarni turar joylarga yetkazib qoʻyish, yoʻlda oziq-ovqat bilan taʼminlash davlat hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Fuqaro umumiy harbiy taʼlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qoʻshinlari uchun urush vaqtida butlash uchun talab qilinadigan miqdordagi xizmatchilarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan barcha fuqarolar uchun majburiy umumiy harbiy taʼlim joriy etiladi. Bu taʼlimga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan — erkaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalari boʻlmagan yoki bolalari 8 yoshdan katta boʻlgan 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan — xotin-qizlar jalb etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning umumiy harbiy taʼlimi ishlab chiqarishdan yoki oʻqishdan ajralmagan holda ish, oʻqish yoki turar joylarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy harbiy taʼlimni tashkil etish va unga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda mahalliy hokimiyat idoralari zimmasiga yuklatiladi. Vazirliklar va idoralar, davlat boshqaruvining boshqa markaziy idoralari, hokimiyatlar, korxona, muassasa va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda zarur oʻquv-moddiy bazani yaratadilar, harbiy taʼlim rahbarlarining tanlovini va ularni tayyorlashni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumiy harbiy taʼlimni oʻtkazish tartibi va bu taʼlimdan ozod etiladigan shaxslar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII BOB. “UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TOʻGʻRISIDA”GI QONUNNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunni buzganlik uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish respublika har bir fuqarosining muqaddas burchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmatdan boʻyin tovlaganlari taqdirda amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunni buzishda aybdor boʻlgan davlat idoralari, korxonalar muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX BOB. YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyaviy va moddiy taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy taʼminlash amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli hokimiyatlar fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ularni harbiy xizmatga chaqirish, chaqirilganlarni harbiy qismlarga joʻnatish uchun mudofaa ishlari idoralarini qurilmalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yigʻin) punktlari, dori-darmonlar, asbob-uskunalar, tibbiyot va xoʻjalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan taʼminlashlari, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun mutaxassislarning harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar tayyorgarligi Vazirlar Mahkamasi respublika budjetdan ajratib beradigan mablagʻlar, shuningdek mahalliy boshqaruv idoralari budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan pul va moddiy-texnika bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Urush vaqtida safarbarlik oʻtkazish rejalarini toʻliq va sifatli bajarish uchun vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, oʻquv yurtlari, jamoa xoʻjaliklari, shoʻro xoʻjaliklari, kooperativlar tegishli hokimiyatlarning qaroriga binoan tinchlik vaqtida mudofaa ishlari boʻlimlari bilan birgalikda harbiy xizmatga majburlarni xabardor etish punktlari, xalq xoʻjaligi texnikasini toʻlash punktlarini tashkil etadilar, asosiy ish joyidagi vazifalardan ozod etmagan holda ana shu punktlarning shaxsiy tarkibini butlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chaqiruv yoshiga yetmaganlarni harbiy roʻyxatga olish va fuqarolarni harbiy xizmatga yoki yigʻinlarga chaqirish, fuqarolarni harbiy koʻrikdan va takroriy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek chaqirilganlarni harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash vazifalarini bajarishga jalb etilgan mudofaa ishlari idoralari huzuridagi chaqirish yoshiga yetmaganlarni chaqirish uchastkalarida qayd etish komissiyalari aʼzolarining, chaqiruv komissiyalari vrachlar komissiyalari aʼzolarining, vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining, yordamchi xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish joyi, lavozimi va oʻrtacha ish haqi yuqorida uqtirib oʻtilgan ishlar bajarilishining butun davrida saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uqtirib oʻtilgan komissiyalardagi ishga jalb etilgan tibbiyot xodimlarini saqlashga ketadigan xarajatlar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, yuqorida uqtirib oʻtilgan shaxslar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni doimiy istiqomat joylaridan tashqarida bajarsalar, ularning istiqomat joylaridan ish joylariga borish va orqaga qaytish, uy-joyni ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlari mudofaa ishlari idoralarining taqdimiga koʻra tegishli hokimiyatlar tomonidan qoplanadi, ularga xizmat safarlari uchun belgilangan meʼyorlar boʻyicha sutkalik haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisining, Davlat bojxona qoʻmitasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarga, Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlariga, Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlariga va boshqa harbiy tuzilmalarga chaqirish va ular safidan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6, 12-moddalarida nazarda tutilgan huquqlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisiga ham beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6 va 26-moddalarida nazarda tutilgan huquqlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, Favqulodda vaziyatlar vazirining va Milliy xavfsizlik xizmati raisining, Davlat bojxona qoʻmitasining raisining harbiy majburiyatlarni bajarish va harbiy xizmatni oʻtash tartibiga doir normativ hujjatlari ushbu Qonunning talablariga zid boʻlmasligi kerak”.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
644-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 401-modda; 1993-y., 6-son, 266-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda)