Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2003 03.07.1992 yildagi 646-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUQOBIL XIZMAT TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 437-II-sonli “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Muqobil xizmat tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmat — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻtaydigan davlat xizmatining alohida turidir. Bu xizmat fuqaroning korxonalardagi, muassasalardagi, xalq xoʻjaligi tashkilotlaridagi, yuqori malaka talab etilmaydigan (yordamchi) ishlarni yoki oʻz malakasiga mos ishlarni, shu jumladan falokat, fojia, tabiiy ofat va boshqa favqulodda holatlarning oqibatlarini bartaraf etishga oid ishlarni bajarish bilan bogʻliqdir. Muqobil xizmat fuqarolarni harbiy ishga oʻrgatishni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun zaxiradagi jangchilar tayyorlashni koʻzda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Muqobil xizmat toʻgʻrisidagi qonunlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmat toʻgʻrisidagi qonunlar ushbu Qonundan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtash tartibi ushbu Qonun bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va uni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar mehnat huquqlarini va vazifalarini amalga oshirish chogʻida yuzaga keluvchi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Muqobil xizmatni oʻtash huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, harbiy hisobda turadigan, muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan fuqarolari, basharti ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatga chaqirilayotgan shaxsdan tashqari 16 yoshga toʻlmagan toʻrt va undan ortiq bolali oiladan boʻlsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatni oʻtash davrida nogiron boʻlib qolgan ota-onasi yoki aka-uka (opa-singil)lari boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy taʼlimoti qurol ishlatishga va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yoʻl qoʻymaydigan roʻyxatdan oʻtgan diniy tashkilotlarning aʼzosi boʻlsalar, muqobil xizmatni oʻtash huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muqobil xizmatni oʻtash huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning oʻzga toifalarini ham belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan shaxslar muqobil xizmat xizmatchilari deb ataladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Muqobil xizmat muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmat muddati 24 oy, oliy maʼlumotli fuqarolar uchun esa 18 oydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Muqobil xizmat oʻtaladigan joy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari muqobil xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari, xalq xoʻjaligi tashkilotlarida oʻtaydilar. Muqobil xizmat oʻtaladigan vazirliklarning, idoralarning, shunday xizmat qoʻllanadigan sohalarning hamda bajariladigan ish turlarining roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruvchilar muqobil xizmatni oʻtashi mumkin boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Muqobil xizmat xizmatchilarini oʻqitish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmat xizmatchilari ishchi ixtisosini oʻrganishi uchun xalq taʼlimi tizimi, tarmoq vazirliklari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning oʻquv yurtlariga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmat xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan dasturlar asosida harbiy tayyorgarlik yigʻinlariga (mashgʻulotlariga) chaqiriladilar, shu yigʻinlar (mashgʻulotlar) vaqtida harbiy hisobdagi ixtisosni egallaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmat xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda harbiy qasamyod qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasi hisobiga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Muqobil xizmatga rahbarlikni amalga oshiruvchi idoralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida muqobil xizmatga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Muqobil xizmat boshqarmasi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahrida muqobil xizmat tuzilmalariga rahbarlikni mudofaa ishlari boʻyicha tegishli boshqarmalar huzuridagi muqobil xizmat boʻlimlari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim nohiyalarda (shaharlarda) mudofaa ishlari boʻyicha tegishli boʻlimlar qoshida muqobil xizmat boʻlinmalari (guruhlari) tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Vazirliklar, idoralar, konsernlarning majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasarruflaridagi korxonalarda, tashkilotlarda, muassasalarda muqobil xizmat xizmatchilaridan foydalanayotgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, ularni joylashtirish, oʻqitish-oʻrgatish uchun, ish joylarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik qoidalari talablarini bajarishlari, barcha turdagi tibbiy yordam, imtiyozlar, tovon puli, ustama haq va yordam puli, shu jumladan ish qobiliyatini vaqtincha yoʻqotganlik sababli yordam puli olishlari uchun kerakli sharoit yaratib berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Muqobil xizmat davlat idoralarining faoliyat koʻrsatishini taʼmin etishga moʻljallangan mablagʻ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarga ish haqining 80 foizi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolinayotgan pullar muqobil xizmat boshqaruv idoralarining hisobiga oʻtkaziladi. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ham muqobil xizmat idoralarining taʼminoti uchun hamda muqobil xizmat shaxsiy tarkibiga ishchi kasblarini oʻrgatish uchun muqobil xizmat idoralarining hisobiga tegishli shartnomalarda belgilangan hajmlarda pul oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Muqobil xizmatga chaqirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni muqobil xizmatga chaqirish muddatli xizmatga chaqirilayotganlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, bu ishni tashkil etish va oʻtkazish vazifasi esa nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalari va hokimiyatlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Korxona, muassasa va tashkilot maʼmuriyatining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, muassasa va tashkilotning maʼmuriyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muqobil xizmatni oʻtashdan bosh tortgan hollar toʻgʻrisida, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning tugatilishi, ish oʻrinlari va xodimlar miqdori qisqartirilishi haqida kamida ikki oy oldin muqobil xizmat boshqaruv idoralarini xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaroga, u halok boʻlgan hollarda esa, uning oilasiga, ishlab chiqarish falokati oqibatida, ular xizmat (mehnat) vazifasini bajarayotgan chogʻda mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik qoidalari talablarining bajarilishini taʼmin etmaganlik oqibatida uning salomatligiga yetkazilgan zarar uchun bir marta beriladigan nafaqa hamda tovon puli toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaro:

xizmat va ish joyidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy yordamning barcha turlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyida barcha nafaqalar, ustama haqlar va yordamlar, shu jumladan mehnat qobiliyatini vaqtincha yoʻqotganlik uchun nafaqalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatga chaqirilgunga qadar oʻzi ishlagan yoki oʻqigan korxonaga, muassasaga, tashkilotga avvalgi ishiga yoki avvalgisiga teng lavozimga, shuningdek oʻquv yurtiga qaytish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xizmat joyiga oʻtkazish, muqobil xizmatdan muddatidan avval boʻshashga oid masalalar boʻyicha, boshqa mazmundagi arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan muqobil xizmat boshqaruvi davlat idoralariga murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaro:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatni belgilangan joyda, muqobil xizmat tuzilmalari tarkibida oʻtashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda, harbiy nizomlarda belgilangan talablarni, shuningdek ish joyida amal qilib turgan ichki mehnat tartib-qoidalarini soʻzsiz bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy bilimlarni sabot bilan egallashi, ishlab chiqarish topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli qilib bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar halokat, falokat va tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb etilgan taqdirda, ular yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan hamda ana shu oqibatlarni bartaraf etish yuzasidan komissiya yoki shtablarning joylardagi rahbarlari belgilaydigan maxsus vazifalarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik va saylab qoʻyiladigan lavozimlarni egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus bilim yurtlariga oʻqishga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mansabdor shaxsning ruxsati boʻlmagani holda xizmat joyidan va ishdan ketib qolish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar uchun ijtimoiy kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar harbiy xizmatni bajarishga majbur fuqarolar uchun belgilangan tartibda harbiy tayyorgarlikni oʻtash, harbiy qasamyod qilish va harbiy hisobdagi ixtisosni egallashi uchun zarur boʻlgan vaqtga ishlardan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv komissiyalari tomonidan tibbiy tekshiruvdan oʻtish uchun dispanser, ambulatoriya va statsionarga yuboriladigan fuqarolar tibbiy muassasalarda boʻlgan davrlarida ularning ish joylari, egallab turgan vazifalari va oʻrtacha ish haqlari saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaro har yili 15 ish kuniga teng muddatga taʼtil olish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmat muddati umumiy stajga va maxsus mehnat stajiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatni oʻtash chogʻida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan fuqarolar hamda shu asnoda halok boʻlgan fuqarolarning oilalari, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq, muddatli xizmat harbiy xizmatchilari uchun belgilangan tarzda nafaqalar olishga va pensiya taʼminoti huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Muqobil xizmatni toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatning belgilangan muddatini ado etgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrugʻi bilan xizmatdan boʻshatiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro oilaviy sharoiti oʻzgarganligi munosabati bilan, basharti, bu hol unga amaldagi qonunlarga muvofiq xizmatni kechiktirish yoki xizmatdan ozod boʻlish huquqini bersa, muqobil xizmatdan muddatidan ilgari boʻshatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi davolash muassasalarining harbiy-shifokorlar komissiyalari tomonidan salomatligiga koʻra xizmatni davom ettirishga qodir emas deb topilgan hollarda ham muddatidan ilgari xizmatdan boʻshatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatdan muddatidan ilgari boʻshatish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Muqobil xizmat toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv komissiyalarining aʼzolari, muqobil xizmat boshqaruv idoralarining mansabdor shaxslari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari Qonunga xilof qarorlar chiqarganliklari hamda muqobil xizmat toʻgʻrisidagi qonunlarni oʻzgacha tarzda buzganliklari uchun amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatdagi xizmatchilar harbiy nizomlarda hamda Oʻzbekiston Respublikasida muqobil xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda belgilab berilgan muqobil xizmatni oʻtash, harbiy tayyorgarlik va xizmatdan boʻshash tartibini buzganlari taqdirda amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatdagi xizmatchilar bitimdagi majburiyatlarini buzganlarida, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga zarar yetkazganlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tarzda moddiy, intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmatdagi xizmatchilarga oid jinoiy ishlar prokuratura idoralari tomonidan tergov qilinadi va respublika sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Muqobil xizmat toʻgʻrisidagi qonunlarning ijrosini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil xizmat toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijrosini nazorat qilish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura idoralari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
646-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 11-son, 434-modda)