08.05.2015 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov toʻgʻrisida” va “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-son qarorini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 5-dekabrdagi 335-son qarorini bajarish yuzasidan hamda davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-maydagi 114-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida yer va yer osti boyliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining arxivlari, fondlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro zaxiralari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, davlat maqsadli fondlari mablagʻlari, xalqaro operatsiyalar va hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari bilan nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Pul belgilarini, qimmatli qogʻozlarni, ordenlarni va medallarni ishlab chiqarishni taʼminlovchi davlat korxonalari va obyektlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, obyektlari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek, sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk) (jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi davlat unitar korxonalari tasarrufida boʻlgan va davlat mulki hisoblangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda garov va ipoteka qoʻllaniladigan bino hamda inshootlar, shu jumladan boshqa mol-mulk bundan mustasno).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-maytdagi 371-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2019-y., 09/19/371/3080-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni koʻmish, uran va boshqa boʻlinuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qurol-yarogʻ va oʻq dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, portlovchi moddalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan oʻqotar qurollar va oʻq-dorilar, shuningdek tigʻ qurol (sovgʻa tarzidagi milliy pichoqlar bundan mustasno) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kuchli taʼsir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar boʻlgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi davlat korxonalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasining davlat zaxiralari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini oʻrnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari va obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Portlash xavfi boʻlgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari va obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, korxonalari va obyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar va obyektlar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361-harbiy qism, Elektromagnit moslashuv markazi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qabristonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha alohida muhim va toifalangan obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Muomaladan olib qoʻyilgan va oʻzgaga berilmaydigan ashyolar, shuningdek boshqa shaxsga berilishi qonunda man etilgan talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan ularga nisbatan garov va ipoteka qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan boshqa obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, ushbu Roʻyxatning 21-bandida koʻrsatilgan obyektlarga nisbatan garov va ipoteka qoʻllanilishiga, shuningdek bunday obyektlarga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan kafillik berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 233-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 04.05.2019-y., 09/19/371/3080-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)