03.05.2019 yildagi 371-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari roʻyxatining 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning mehnat bilan bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 29-yanvardagi PQ-4138-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-maydagi 114-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari roʻyxatining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, obyektlari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek, sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk) (jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi davlat unitar korxonalari tasarrufida boʻlgan va davlat mulki hisoblangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda garov va ipoteka qoʻllaniladigan bino hamda inshootlar, shu jumladan boshqa mol-mulk bundan mustasno)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2019-y., 09/19/371/3080-son)