Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 06.05.2015 yildagi PQ-2344-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini ragʻbatlantirish, shuningdek umum qabul qilingan xalqaro meʼyor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oʻzbekiston Banklar uyushmasi va mamlakatning tijorat banklari bilan birgalikda Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada oshirish, ularning resurs bazasini rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar ilovaga* muvofiq maʼqullansin, unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro meʼyor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qoʻyilayotgan meʼyoriy talablarni yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yoʻli bilan aholi va xoʻjalik subyektlarining boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga keng koʻlamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur oʻrganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda koʻrsatilayotgan bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul ijrochilar — Markaziy bank, tijorat banklari, vazirlik va idoralar Chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan qoʻyiladigan meʼyoriy talabalarni yanada takomillashtirishni, jumladan, kapitalning yetarliligi va likvidlilik koʻrsatkichi boʻyicha yangi talablarni nazarda tutgan yangi standartlar va tavsiyalar (Bazel-III standartlari) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida koʻrsatilgan bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining standart va tavsiyalarini (Bazel-III standartlari) 2015 — 2019-yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini, keyingi yillarda inflatsiya darajasi izchil pasayishini, shuningdek boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning barqarorligini hisobga olgan holda tijorat banklari jalb qilayotgan depozitlar foiz stavkalarini belgilash mexanizmini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-sonli qarori bilan tijorat banklariga kredit portfeli tarkibidagi uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashtirish ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha foyda soligʻini toʻlash yuzasidan berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha dasturiy taʼminot, bankomat va plastik kartochkalar orqali toʻlovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalar import boʻyicha olib kirilganida tijorat banklari va chakana toʻlov tizimlarining protsessing markazlari boj toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 2020-yilning 1-yanvariga qadar ozod etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2344-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 18-son, 217-modda; 2017-y., 6-son, 72-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)