Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 28.07.2009 yildagi PQ-1166-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYa LOYIHALARINI MOLIYALAShTIRIShGA YO‘NALTIRILADIGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLARI ULUShINI KO‘PAYTIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada rag‘batlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining tuzilmalari qayta tashkil etildi, eng yirik banklarda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha departamentlar (boshqarmalar) tuzildi, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish, moliyalash va amalga oshirilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi banklarning tarkibiy bo‘linmalari sezilarli ravishda o‘zgartirildi hamda ularning funksiyalari kengaytirildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha tijorat banklarida investitsiya faoliyati masalalariga mutasaddilik qiladigan banklar boshqaruvi raislarining o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-oktabrdagi R-3075-sonli farmoyishiga muvofiq o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha qonunchilik bazasini chuqur biladigan, investitsiya loyihalarini investitsiyaviy moliyalash, tanlab olish va ekspertiza qilish sohasida zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lgan rahbarlar tayinlandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar balansiga qabul qilingan bankrot-korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini moliyalash bo‘yicha tijorat banklarining faoliyati rivojlandi. Banklarning umumiy kredit portfeli tarkibida bir yildan ko‘proq muddatga berilgan kreditlar hajmi 70 foizdan ortiqroqni tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar investitsiya faoliyatini kengaytirish sohasida tijorat banklarining eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha bankning kredit hamda investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, buning asosida bankning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlari, ularning moliyaviy jihatdan o‘zini qoplashi va rentabelligini chuqur tahlil qilish asosida investitsiya loyihalarini puxta tanlab olish, kompleks baholash hamda sifatli ekspertiza qilishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini moliyalashga o‘z moliya mablag‘larini sarflash va ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy monitoring qilish, qo‘yilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik, garovlar va ta’minlashning boshqa turlari bozor qiymatini puxta baholashni hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning o‘z vaqtida hamda to‘liq qaytarilishini ta’minlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar bo‘linmalarini professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha bank mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sifatini tubdan yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2015-yilning 1-yanvarigacha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra tijorat banklari kredit portfeli tarkibida 1-ilovaga* muvofiq uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘i to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banklariga korxona va tashkilotlar — yirik investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda umuman loyihani moliyalash uchun beriladigan kreditning umumiy summasiga kiritgan holda, ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashga kreditlar berishni amaliyotga tatbiq qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiya loyihalarini moliyalash uchun Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan kreditlarni qayta moliyalovchi tijorat banklari boshqaruvi raislari zimmasiga loyihalar va qarz oluvchi korxonalarning moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ularni ajratilgan foizlarni hisobga olgan holda to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga o‘z vaqtida qaytarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlardan tijorat banklari maqsadga nomuvofiq foydalangan holatlar aniqlangan taqdirda maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan barcha pul miqdori jarima sanksiyalari qo‘llangan holda muddatidan avval to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston banklari uyushmasi va tijorat banklarining, banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash uchun tijorat banklari tomonidan 2-ilovaga* muvofiq 2009-2010-yillarda yuridik shaxslar o‘rtasida kamida 110 mlrd. so‘m hajmda joylashtiriladigan uzoq muddatli obligatsiyalar chiqarish borasidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qog‘ozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslar besh yil muddatga soliqqa tortishdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar 2009-yilning 1-sentabridan boshlab uch yil muddatga foyda solig‘i va lizing operatsiyalaridan tushadigan daromadlar bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklari tomonidan, jumladan, ishlab chiqarishni tashkil etish va yo‘lga qo‘yish hamda mahsulotlarni sotishda muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega boshqa investorlar ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi R-4010-son farmoyishining 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazuvchi, moliyalovchi va amalga oshirilishini monitoring qiluvchi banklarning tarkibiy bo‘linmalarini samarali ish olib borish uchun zarur kompyuter texnikasi va uskunalar bilan to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati masalalari uchun javobgar bank bo‘linmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash ishlarini doimiy ravishda olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati masalalari bilan shug‘ullanuvchi bank xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mintaqalarda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kurslar va amaliy seminarlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1166-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 343-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)