Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hokimining
Qarori
Tuman hududidagi yuridik, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini, hamda asbob-uskuna va jihozlarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hokimining 2016-yil 22-yanvardagi 27-q-sonli “Tumanda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi talablarini bajarish hamda viloyat hokimligi huzuridagi “Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish boʻyicha davlat bosh inspeksiyasi”ning 2015-yil 7-yanvardagi 1-a-sonli buyrugʻini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalari hamda asbob-uskuna va jihozlarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Davtexnazorat” inspeksiyasi tuman boʻlimi boshligʻi I. Salimovga:
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilgan traktor, tirkama, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl qurilish mashinalarini texnik pasportlari, nazorat texnik talonlari, davlat raqam belgilari haqiqatda mavjudligini koʻrib chiqish va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Mashinalar sonini, ularning holatini amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
Oʻtkaziladigan majburiy texnik koʻrik uchun tushadigan tushumlarni tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan undirish choralarini koʻrish yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Axmedov zimmasiga yuklatilsin.
5.Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 14-fevraldagi 45-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim O. ALIXODJAYEV
Qoʻshrabot t.,
2015-yil 11-mart,
212-Q-son
Tuman hokimining 2015-yil 11-martdagi 212-Q-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
tarkibi
| I. Salimov | — | “Davtexnazorat” inspeksiyasi tuman boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi |
|
Azolari | ||
| Sh. Tursunov | — | Qoʻshrabot tuman “Agrotexservis” MChJ raisi |
| S. Bekpoʻlotov | — | Mutaxassis, nafaqada |
Tuman hokimining 2015-yil 11-martdagi 212-Q-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tuman xoʻjaliklari va tashkilotlarida texnika koʻrigini oʻtkazish
jadvali
|
T/r |
Tashkilot va xoʻjaliklar nomi |
Sana |
Vaqti |
|
1. |
Tuman elektr tarmoqlari korxonasi |
23.03.2015 |
9-00 |
|
2. |
Qoʻshrabot tuman yoʻl xoʻjalik pudrat taʼmirlash korxonasi |
24.03.2015 |
9-00 |
|
3. |
Qoʻshrabot qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji |
25.03.2015 |
9-00 |
|
4. |
Zarmitan geologiya dala-qidiruv ekspeditsiyasi davlat korxonasi |
26.03.2015 |
9-00 |
|
5. |
Qoʻshrabot MTP DAJ |
27.03.2015 |
9-00 |
|
6. |
Zarmitan shirkat xoʻjaligi |
28.03.2015 |
9-00 |
|
7. |
Qoʻshrabot shirkat xoʻjaligi |
30.03.2015 |
9-00 |
|
8. |
Oqtepa MMTP |
31.03.2015 |
9-00 |
|
9. |
O. Qodirov nomli shirkat xoʻjaligi |
01.04.2015 |
9-00 |
|
10. |
Pangat davlat naslchilik xoʻjaligi |
02.04.2015 |
9-00 |
|
11. |
E.Jumanbulbul oʻgʻli nomli shirkat xoʻjaligi |
03.04.2015 |
9-00 |
|
12. |
Boshqa tashkilotlar |
4-11.04.2015 |
9-00 |