Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hokimining
Qarori
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini hamda asbob-uskuna va jihozlarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hokimining 2015-yil 11-martdagi 212-q-sonli “Tuman hududidagi yuridik, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini, hamda asbob-uskuna va jihozlarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) talablarini bajarish hamda viloyat hokimligi huzuridagi “Mashina va asbob-uskunalarini texnikaviy holatini nazorat qilish boʻyicha Davlat bosh inspeksiyasi”ning 2014-yil 14-yanvardagi 1-a-sonli buyrugʻini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalar hamda asbob-uskuna va jihozlari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi I. Salimovga:
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan traktorlar, tirkamalar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarining texnik pasportlarini, nazorat texnik talonlarini, davlat raqam belgilari haqiqatda mavjudligini koʻrib chiqish va aniqlangan kamchilik boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
mashinalar sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
oʻtkaziladigan majburiy texnik koʻrik uchun tushadigan tushumlarni tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan undirish choralarini koʻrish yuklatilsin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 20-fevraldagi 83-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingandan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim O.ALIXODJAYEV
Qoʻshrabot t.,
2014-yil 14-fevral,
45-q-son