Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
QarorI
Toshkent shahri boʻyicha 2015-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-453-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri boʻyicha 2015-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti hamda tuman hokimliklariga 2015-yil mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazilishi va ijro etilishini taʼminlash topshirilsin.
3. Axborot xizmati (X. Ermatov), “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akramov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M.Asamov) mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonov zimmasiga yuklansin.
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi R. USMANOV
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2014-yil 10-dekabrdagi 337/4-40-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toshkent shahri boʻyicha 2015-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar
stavkalari
| T/r | Soliqlar va yigʻimlar turlari | Soliqlar va yigʻimlar stavkasi |
| 1. | Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi | Sof foydadan 8 % |
| 2. |
Isteʼmol uchun soliq*: | |
| transport vositalari uchun benzin | 1litr uchun 290 soʻm/385 000 soʻm 1 tonna uchun** | |
| transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi | 1 litr uchun 290 soʻm/352 400 soʻm 1 tonna uchun** | |
| transport vositalari uchun suyuq gaz | 1 litr uchun 200 soʻm | |
| transport vositalari uchun siqilgan gaz | 1 kub.metr uchun 240 soʻm | |
| 3. |
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim***: | |
| alkogolli mahsulotlar, shuningdek umumovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish * | 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 1,5 barobari | |
| qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar | 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 barobari | |
| 4. | Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pullik xizmat koʻrsatish huquqi uchun yigʻim | Har oy uchun eng kam ish haqining 6 barobari |
* Koʻrsatib oʻtilgan stavkalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida yagona hisoblanadi.
** Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin va dizel yoqilgʻisi sotilishida, avtotransport vositalari uchun benzin, dizel va gaz yoqilgʻisiga hisoblanadigan soliq har bir litrdan, boshqa hollarda har bir tonna hisobidan amalga oshiriladi.
*** Yigʻim, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda Toshkent shahar hokimligi Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti hisob raqamiga oʻtkaziladi.