Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimining
qarori
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtqazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 1-2-son,) ijrosini taʼminlash hamda Ishtixon tuman ichki ishlar boʻlimining 2015-yil 28-yanvardagi 55/147-sonli xatini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili xam shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
3. Mazkur karorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvardan 31-avgustgacha oʻtkazilishi inobatga olinsin.
5. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga “JV MAN AUTO Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonaning texnik koʻrik oʻtkazish uchun zarur va sharoitlari mavjudligi toʻgʻrisidagi taklifiga asosan, ularga tegishli boʻlgan avtobus, oʻrindiqlar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari hamda ularning tirkamalarini qoʻshma korxonaning servis va dillerlik markazida, boshqa turdagi transport vositalarini “Samarqand Avtotexxizmat” OAJga qarashli tumandagi Agrotexservis MTPda texnik koʻrikdan oʻtkazilishi tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori 3-band talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari R. Xayitov zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Sh. NEGMATOV
Ishtixon sh.,
2015-yil 18-fevral,
243-q-son
Tuman hokimining 2015-yil 18-fevraldagi 243-q-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Ishtixon tumani hududida joylashgan Davlat, jamoa, shirkat va dehqon-fermer xoʻjaliklari, muassasalar, korxona va tashkilotlarga qarashli boʻlgan transport vositalarini 2015-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya
TARKIBI
| Voxidov A. | — | tuman IIB YXXB boshligʻi, harakat xavfsizligi komissiyasi raisi |
| Xayitov P. | — | tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, (komissiya kotibi) |
| Qurbonov Gʻ | — | tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi |
| Sanayev I. | — | tuman “Avtomotohavaskorlar” jamiyati raisi |
| Begaliyev J. | — | “Davtexnazorat” tuman boʻlimi inspektori |
| Usmonov T. | — | Ishtixon “Agrotexservis” MTP MChJ boshligʻi |
| Voxidov O. | — | “Oydin yoʻllar” MChJ raisi |
| Qoʻchkarov B. | — | “Baxrin” qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji muhandisi |
Tuman hokimining 2015-yil 18-fevraldagi 243-q-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Ishtixon tumani hududida joylashgan Davlat, jamoa, shirkat va dehqon-fermer xoʻjaliklari, muassasalar, korxona va tashkilotlarga qarashli boʻlgan transport vositalarini 2015-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| T/r | Tashkilot va xoʻjaliklar nomi | Transport vositalari soni | Texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqti | Texnik koʻriklar oʻtkazish joyi |
| 1. | Tuman moliya boʻlimi | 1 | 01.03.2015-yil | Tuman IXXB |
| 2. | Paxta bank Savdogar bank | 3 | 02.03.2015-yil | Tuman IXXB |
| 3. | “Vatanparvar” MKG tashkiloti | 7 | 03.03.2015-yil | Tuman IXXB |
| 4. | Tibbiyot va Pedagogika kollejlari | 2 | 04.03.2015-yil | Tuman IXXB |
| 5. | Metan paxta zavodi | 8 | 05.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 6. | Tuman IXPTFDK | 5 | 09.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 7. | Tuman “Qishloqxoʻjalikkimyo” | 8 | 10.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 8. | “Ishtixontrans” MChJ | 23 | 11.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 9. | Tuman K va SXB | 6 | 12.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 10. | Tuman veterinariya boʻlimi | 4 | 15.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 11. | Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi | 19 | 16.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 12. | Kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi | 4 | 17.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 13. | M-Roxat MMTP | 11 | 18.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 14. | “Ishtixon oydin yoʻllar” MChJ | 25 | 19.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 15. | “Sariq tepa texnikalari” MMTP | 6 | 22.03.2015-yil | Tashk. a/saroyi�a |
| 16. | “Nurli qaynar buloq” MMTP | 5 | 23.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 17. | “Mopar texnikasi” MMTP | 5 | 24.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 18. | “Minglar qoʻrgʻoni” MMTP | 5 | 25.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 19. | “A. Navoiy nomli” MMTP | 1 | 26.03.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 20. | “Ravot qoʻrgʻoni” MMTP | 2 | 01.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 21. | “Xalqobod” MMTP | 1 | 02.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 22. | “Okchuragosi” MMTP | 12 | 05.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 23. | Qaychili mexanizatori MMTP | 5 | 07.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 24. | Texnika sardori MMTP | 15� | 08.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 25. | Metan istiqlol MMTP | 3 | 12.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 26. | Beshlik javohiri MMTP | 3 | 13.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 27. | Boylar texnika MMTP | 8 | 14.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 28. | Baxrin qahramoni MMTP | 5 | 15.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 29. | Baxrin qishloq xoʻjaligi kolleji | 4 | 16.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 30. | Sh. Odilov nomli MMTP | 8 | 19.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 31. | DFX uyushmasi | 16 | 20.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 32. | Ishtixon MTP DAJ | 34 | 21.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 33. | Qurlisoy madatkori MMTP | 3 | 22.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 34. | Qurlisoy texnikalari MMTP | 5 | 23.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 35. | Xasan-Xusan uzumlari MMTP | 8 | 26.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 36. | Tuman “Matlubotsavdo” IChSK | 3 | 27.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 37. | Tuman tibbiy birlashmasi | 16 | 28.04.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 38. | Tuman DSENM | 3 | 04.05.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 39. | 7-MKK | 39 | 05.05.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 40. | Jonrohat mexanizatori MMTP | 2 | 06.05.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 41. | Zarband DFXU | 6 | 07.05.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 42. | Tuman Xalq banki | 1 | 11.05.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 43. | Tuman mahalla jamgʻarmasi | 1 | 12.05.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 44. | Tuman telekom aloqa tuguni | 1 | 14.05.2015-yil | Tashk. a/saroyida |
| 45. | Bittadan avtomashinasi bor tashkilotlar | 42 | 17.05.2015-yil | Tuman IXXB |
| 46. | Ishtixon temir-beton MChJ | 4 | 18.05.2015-yil | Tuman IXXB |
Izoh: transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi belgilangan kuni soat 900 dan 1200 gacha, 1400 dan 1700 gacha oʻtkaziladi.