15.12.2014 yildagi 129-29-4-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax shahrining mahalliy budjeti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 991-II-sonli, Oliy Majlis Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-453-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax shahar mahalliy budjetining 2014-yilgi daromadlari va xarajatlari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlaridan kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilga belgilangan mahalliy budjetini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga binoan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar mahalliy budjetining 2014-yilgi daromadlar va xarajatlar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarining kutilayotgan ijrosi va kiritilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi shahar hokimining hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shahar mahalliy budjeti 2015-yil asosiy koʻrsatkichlarining daromadlar qismi 26907,8 ming soʻm, xarajatlar qismi 65564,5 ming soʻm va maqsadli subvensiya miqdori 38656,7 ming soʻm qilib belgilanganligi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar hokimining oʻrinbosari (Gʻ. Xidirov), shahar Davlat soliq inspeksiyasi (B. Qulmatov) va moliya boʻlimi (A. Alisherov) birgalikda shahar mahalliy budjeti daromadlar qismining soliq turlari boʻyicha belgilangan rejalarini oshirib bajarishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar hokimligi moliya boʻlimi (A. Alisherov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilni “Keksalarni eʼzozlash yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan shahar mahalliy budjetining 2015-yil birinchi choragi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi yakunlariga muvofiq rejadan ortiqcha tushadigan daromadlar va mahalliy budjet xarajatlarini maqbullashtirish hisobidan shaharda keksalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishini bartaraf etish yuzasidan gʻaznachilik ijrosi vositasida qatʼiy nazorat qilinishini doimiy taʼminlash vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahar hokimining oʻrinbosari (Gʻ. Xidirov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda budjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar hokimligi moliya boʻlimi (A. Alisherov) shahar Kengashiga mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisida axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror “Jizzax ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda tegishli tartibda shahar hokimligining — www.new.jizzaxcity.uz rasmiy veb-saytda joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, mahalliy soliqlar va yigʻimlarni belgilash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi A. QOBILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129-29-4-son