28.12.2014 yildagi 142/30-04-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy budjeti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Zafarobod tumani mahalliy budjetining 2014-yilgi daromadlari va xarajatlari hajmlari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlaridan kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilga belgilangan mahalliy budjetini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasiga binoan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi daromadlar va xarajatlar hajmlari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarining kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisidagi tuman hokimining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman mahalliy budjeti 2015-yil asosiy koʻrsatkichlarining daromadlar qismi 11 mlrd. 284,5 mln. soʻm, xarajatlar hajmlari qismi 23 mlrd. 917,4 mln. soʻm, maqsadli subvensiya miqdori 12 mlrd. 632,9 mln. soʻm qilib belgilanganligi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosari S. Bolqiboyev, tuman davlat soliq inspeksiyasi (Oʻ. Turdiyev) va moliya boʻlimi (A. Nazarqosimov) birgalikda tuman mahalliy budjeti daromadlar qismini soliq turlari boʻyicha belgilangan rejalarini oshirib bajarishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (A. Nazarqosimov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilning “Keksalarni eʼzozlash yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tuman mahalliy budjetining 2015-yil birinchi choragi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi yakunlariga muvofiq rejadan ortiqcha tushadigan daromadlar hisobidan tuman aholisini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan zaruriy tuzatishlarni kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishini bartaraf etish yuzasidan gʻaznachilik ijrosi tizimi vositasida qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimi oʻrinbosari S. Bolqiboyev, tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar koʻrish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Zafar yoʻlidan” gazetasida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlarni belgilash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R. ERGAShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zafarobod sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142/30-04-son