Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimining
Qarori
2014-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, tumanda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibini, ishsiz deb eʼtiof etilgan fuqarolarning bunday ishlarda ishtirok etish shartlarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
1. Tumanda 2014-yilda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish ilovaga muvofiq korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklariga yuklatilsin.
2. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A.Bobojonov)ga ilovada keltirilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
3. Tegishlicha korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari:
tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq boʻlishini;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlanishini;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzsin va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, Qoʻshkoʻpir tuman hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foiz mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
4. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Bobojonov) bir hafta maboyinida ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan katʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan Qoʻshkoʻpir tuman hokimining “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2013-yil 24-apreldagi 894q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror “Hayot koʻzgusi” gazetasida eʼlon qilinsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Artiqov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim K. SABIROV
Qoʻshkoʻpir sh.,
2014-yil 26-avgust,
1905q-son
Tuman hokimining 2014-yil 26-avgustdagi 1905q-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Belgilangan muddatlarda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qiluvchi korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
|
Korxona va tashkilotlar nomi |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlari turi |
Jalb qilinadiganlar soni (kishi) |
Tashkil qilish davri |
Sarflanadigan xarajatlar | ||
|
ish beruvchi korxona mablagʻi hisobidan (%) |
ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻidan (%) | |||||
|
1. |
Asrorbek f/x |
Ariq zovurlani qazish |
5 |
1 oygacha |
75 |
25 |
|
2. |
Roʻzimboy Dilshod f/x |
mavsumiy vaqtinchilik ishlar |
5 |
1 oygacha |
75 |
25 |
|
3. |
Roʻzmat Rahmon f/x |
mavsumiy vaqtinchalik ishlar |
5 |
1 oygacha |
75 |
25 |
|
4. |
Islombek Goʻzal f/x |
mavsumiy vaqtinchalik ishlar |
6 |
1 oygacha |
75 |
25 |
|
5. |
Qoʻshkoʻpir Pilla MChJ |
Pilla saralovchi |
19 |
1 oygacha |
75 |
25 |
|
6. |
Roʻzimboy Dilshod f/x |
Chixanka olish, paxtani begona oʻtlardan tozalash |
18 |
Avgust sentyabr |
75 |
25 |
|
Jami: |
|
58 |
|
|
| |