Xorazm viloyati Shovot tumani hokimining
Qarori
2014-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, tumanda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibini, ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning bunday ishlarda ishtirok etish shartlarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
1. Tumanda 2014-yilda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish ilovaga muvofiq korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklariga yuklatilsin.
2. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Tojiyev)ga ilovada keltirilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
3. Tegishlicha korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari:
tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq boʻlishini;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlanishini;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzsin va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzishda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, Shovot tuman hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
4. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Tojiyev) bir hafta mobaynida qarorning ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
5. Tuman hokimining “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2013-yil 2-martdagi 191-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror “Shovot istiqboli” gazetasida eʼlon qilinsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Narbayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Q. QURYaZOV
Shovot t.,
2014-yil 31-mart,
405-son
Tuman hokimining 2014-yil 31-martdagi 405-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Belgilangan muddatlarda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qiluvchi korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
|
T/r |
Korxona, tashkilotlar nomi |
Ish turi |
Bajarish davri |
Kerakli ishchilar soni |
|
1. |
Shovot Podshipnik MChJ |
Obodonlashtirish ishlari |
iyul |
10 |
|
2. |
Obodonlashtirish boshqarmasi |
Obodonlashtirish ishlari |
may |
10 |
|
3. |
Agrosanoat kompleksi |
Har xil ish turi |
yil davomida |
64 |
|
Jami |
3 |
3 |
3 |
84 |
Mavsumiy ishlarda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qiluvchi fermer xoʻjaliklar
ROʻYXATI
| T/r | Fermer xoʻjaliklar nomi | Ishchi soni |
| 1. | Yoʻldosh Roʻzim Xasan f/x | 10 |
| 2. | Amonboy Toji f/x | 15 |
| 3. | Otobek Bobur Anorboyevlar f/x | 10 |
| 4. | Qoʻshimov Dushanboy f/x | 10 |
| 5. | Roʻzmetov Suxrob f/x | 10 |
| 6. | Anvarbek Norimon f/x | 9 |
| | Jami | 64 |
(“Shovot Istiqboli” gazetasi, 17.04.2014-y., 7-son)