Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021 28.02.2014 yildagi 211-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Shovot tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shovot tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (S. Abduraxmonov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIB YHXdan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorning 1-bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda YHXGga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatilishi tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 5-apreldagi 303-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2014-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror “Shovot istiqboli” gazetasida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v. v. b O. Xolboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Q. QURYaZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2014-yil 28-fevraldagi 211-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Qurbanov‎ —‎ tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, komissiya raisi‎

Komissiya aʼzolari:‎‎

T. Xolmirzayev‎ —‎ tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi ‎
B. Niyazmetov‎ —‎ tuman tibbiyot birlashmasi ‎
B. Roʻzmetov‎ —‎ “Yoʻldosh Otajon” kichik korxonasi xodimi‎
U. Bobojonov‎ —‎ “Agrosugʻurta” tuman boʻlimi xodimi‎
T. Sobirov‎ —‎ tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi‎
M. Yaxshimurodova‎ —‎ tuman DSENM boshligʻi‎
M. Abdalova‎ —‎ “Shovot istiqboli” gazetasi muharriri‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2014-yil 28-fevraldagi 211-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot tumanidagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikka jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Korxona va tashkilotlarning nomi

Avto moto transport soni

Manzili

Majburiy texnik koʻrik oʻtkaziladigan kun

Texnik koʻrik oʻtkaziladigan manzil

1.

Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar

124

Tuman hududida

1.03.14

15.03.14

Yoʻldosh Otajon k-k

2.

Xususiy firmalar

97

Tuman hududida

16.03.14

22.03.14

Yoʻldosh Otajon k-k

3.

Xususiy korxonalar

89

Tuman hududida

22.03.14

28.03.14

Yoʻldosh Otajon k-k

4.

Kichik korxonalar

78

Tuman hududida

1.04.14

6.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

5.

Fermer xoʻjaliklari

89

Tuman hududida

7.04.14

12.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

6.

Shovot tuman hokimligi

2

Turkiston, 47-uy

14.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

7.

Moliya boʻlimi

1

Turkiston, 68-uy

15.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

8.

Agrobank

2

Zamahshariy koʻcha

16.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

9.

Xalq banki

1

Manguberdi koʻcha

17.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

10.

Uzagrosugʻurta Shovot boʻlimi

1

J. Manguberdi koʻcha

18.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

11.

Shovot mehnat birja

1

J. Manguberdi 12 uy

21.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

12.

Urganch neft bazasi UK Shovot filiali

12

Temir yoʻl stansiyasi

22.04.14

22.11.14

Neft baza avtosaroyida

13.

Don mahsulotlari korxonasi

3

Madaniyat koʻcha

23.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

14.

MPK — 289 korxonasi

6

St.Shovot

24.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

15.

Shovot paxta tozalash MChJ

9

Zavodchilar koʻchasi

25.04.14

Paxta tozalash MChJ

16.

Shovot YXTPTFDK

9

Kumyap mahallasi

28.04.14

Yoʻldosh Otajon k-k

17.

Qishloqhoʻjalikkimyo Shovot filiali

9

St. Shovot

1.05.14

Yoʻldosh Otajon k-k

18.

Shovot Irrigatsiya qurilish MChJ

2

St. Shovot

2.05.14

Yoʻldosh Otajon k-k

19.

Bandlikka koʻmaklashuvchi markaz

1

St. Shovot

5.05.14

Yoʻldosh Otajon k-k

20.

Ray vet stansiya

3

Shirin pos

6.05.14

Yoʻldosh Otajon k-k

21.

Dilshod gʻisht

14

Kiyot qishlogʻi

7.05.14

Yoʻldosh Otajon k-k

22.

Shovotteks qoʻshma korxonasi

10

Chigʻatoy qalʼa qishlogʻi

8.05.14

Shovot teks garaji

23.

R. S. Vatanparvar

8

Zamahshariy koʻcha

9.05.14

Yoʻldosh Otajon k-k

24.

Obodonlashtirish boshqarmasi

4

Turkiston koʻchasi

12.05.14

Yoʻldosh Otajon k-k

25.

Shovot TMK, SES

14

K.Otoniyozov

13.05.14

Yoʻldosh Otajon k-k

26.

Xalq taʼlimi boʻlimi

2

Usta Sodiq 15 uy

14.05.14

Yoʻldosh Otajon k-k

27.

Kongli MMTP

2

Shu yerda

15.05.14

MMTP avtosaroyida

28.

Ishtimoyat MMTP

3

Shu yerda

16.05.14

MMTP avtosaroyida

29.

Monoq Boʻston MMTP

2

Shu yerda

19.05.14

MMTP avtosaroyida

30.

Shovot tuman IIB YoXB

4

Shu yerda

21.05.14

MMTP avtosaroyida

31.

K. Raximov muqobil MTP

2

Shovot qalʼa qishlogʻi

26.05.14

MMTP avtosaroyida

32.

Sohibkor muqobil MTP

4

Beshmergan qishlogʻi

27.05.14

MMTP avtosaroyida

33.

Alyonishka kop

4

Zamahshariy 12 uy

5.06.14

Yoʻldosh Otajon k-k

34.

Shovot GAZ korxonasi

4

Kiyot qishlogʻi

6.06.14

Yoʻldosh Otajon k-k

35.

Belomotorservis oʻquv IChK

6

Zamahshariy koʻcha

9.06.14

Yoʻldosh Otajon k-k

Jami avtotransportlar soni

622

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari har kuni Turkiston koʻchasi, 78-uyda joylashgan avtomobillarni taʼmirlash ustaxonasida, shanba va yakshanba kunlari “Yoʻldosh Otajon” yoʻlovchi tashuvchi uyushmasi avtosaroyida 9-00 dan 16-00 ga qadar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
(“Shovot Istiqboli” gazetasi, 16.03.2014-y., 5-son)