Xorazm viloyati Urganch tuman hokimining
Qarori
Tumanda aholi punktlarini sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-son, 2013-yil 10-yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-son qarorlariga asosan, joylarda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va joylashtirish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalash borasida oʻz vaqtida va sifatli xizmatlarni samarali tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Hududdagi aholining maishiy chiqindilarini tashib ketish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashni tashkil qilish hamda qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlarini koʻrsatish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (S. Shokirov) zimmasiga yuklatilsin.
2. Tuman Moliya boʻlimi va Obodonlashtirish boshqarmasi 1 oy muddat ichida, yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni olib ketish va qabul qilish xizmatlari uchun toʻlov miqdorlarini ishlab chiqsin.
3. Urganch tuman hokimining 2013-yil 1-fevraldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Urganch tumanida aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qaror “Urganch haqiqati” gazetasida eʼlon qilinsin.
5. Ushbu qarorni nazorat qilishni oʻz zimmada qoldiraman.
6. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2012-yil 18-dekabrdagi 1295-son, 2013-yil 29-apreldagi 609-son qarorlari bekor qilinsin.
Hokim Sh. RUSTAMOV
Urganch t.,
2014-yil 22-yanvar,
36-son
Tuman hokimining 2014-yil 22-yanvardagi 36-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
1. 1-ilovada:
4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va koʻmib tashlash”.
5-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha pulli sanitariya-tozalash xizmatlari koʻrsatish;
obodonlashtirish boshqarmasining axlatlarni yigʻish shoxobchalarini va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq saqlash va ulardan foydalanish”;
oʻn yettinchi xatboshi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Urganch tuman obodonlashtirish boshqarmasining
TUZILMASI