13.09.2014 yildagi 747-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-sonli, 2010-yil 28-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 239-son qarorlariga asosan, chiqindilarni fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirini oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish, tuman hududini ekologik hamda sanitariya holatini, tozaligini amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatdan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-sonli qaroriga asosan, tumanda qattiq maishiy chiqindilarni tashib olib ketish xizmatlari tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangibozor tumanida yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish uchun har oyga belgilangan toʻlov miqdorlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (I. Alimov), tuman aholisi, korxona va tashkilotlar bilan chiqindilarni olib ketish yuzasidan shartnomalarini tuzish hamda shartnoma asosida maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketish va ularni belgilangan tartibda joylashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi qishloq, shaharcha va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda maishiy chiqindilarni samarali va oʻz vaqtida olib chiqib ketishni tashkil etish hamda hududlar doirasida obodonlashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman obodonlashtirish boshqarmasiga aholidan chiqadigan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni oʻz vaqtida tashkil etish va xizmatlar uchun toʻlov hamda qarzdorliklarni oʻz vaqtida undirilishiga obodonlashtirish boshqarmasiga amaliy yordam berib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror “Yangibozor koʻzgusi” gazetasida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmada qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim O. MADRAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangibozor t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
747-son