Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021 25.02.2014 yildagi 52-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Xonobod shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Shahardagi transport vositalarini 2014-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 54-sonli, 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011-yil 4-yanvardagi 2-sonli buyrugʻiga va Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahardagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari navbatdagi 2014-yil majburiy texnik koʻrigidan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik koʻrikni sifatli va tartibli oʻtkazish boʻyicha ilovaga muvofiq komissiya tarkibi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar mudofaa ishlari boʻlimi (N. Avlayev)ga 2014-yil oylik maoshi saqlangan holda bitta xodim ajratish va shahar ichki ishlar boʻlimi ixtiyoriga yuborish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi xizmati guruhi (O. Xoliqov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigini 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigini 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahar ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakat xavfsizligi guruhi (O. Xoliqov)ga texnik koʻrikdan oʻtayotgan har bir transport vositasining yoritqich chiroqlari oynalariga avtomashina Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini takror yozilishini (grapirovka yoʻli bilan) taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xonobod shahar fuqarolarining shaxsiy foydalanishdagi avtomototransport vositalarini mavsumiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilishi shahar ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi binosi oldida tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shahar “Xonobod sadosi” gazetasi muharririyati (X. Moʻminova)ga texnik koʻrikni oʻtkazish qoidalari va ishlab chiqilgan jadvalini gazeta sahifalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2013-yil 27-iyundagi 99-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimligi qurilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi R. Soliyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonobod sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-q-son

Shahar hokimining 2014-yil 25-fevraldagi 52-q-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikni sifatli va tartibli oʻtkazish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

O. Xoliqov

—

Shahar ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, komissiya raisi

AʼZOLARI:

2.

R. Soliyev

—

Shahar hokimligi bosh mutaxassisi

3.

A. Maraximov

—

“Andijon GES” korxonasi garaj mudiri

4.

F. Qoraboyev

—

MKT “Vatanparvar” Xonobod shahar Kengashi raisi

5.

X. Komekov

—

4-son avtokorxona MChJning avtotransportlarni texnik holatini nazorat qilish xodimi

6.

T. Isroilov

—

Xonobod mudofaa ishlar boʻlimi katta texnigi

7.

O. Sharipov

—

Xonobod shahar DSI navbatchilik qismi inspektori