Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimining
qarori
Tumanda tozalash va tozalikni saqlash maqsadida chiqindi uchun narxlarning yangi tariflarini belgilash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda) 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) asosan tuman hududidagi qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlarini takomillashtirish hamda tuman hududida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
1. Kosonsoy tuman hududida qattiq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish boʻyicha 2014-yilning 4-aprelidan boshlab quyidagi tariflar belgilansin:
aholiga 1 kishiga 1 oyga 786 soʻm;
budjet tizimidagi tashkilot, muassasalarga 1 m3 qattiq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish uchun 17 313 soʻm;
xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarga 1 m3 qattiq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish uchun 19 044 soʻm.
2. Aholi punktlari hududidan chiqindi tashishning kunlik reja-jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (A. Turaxodjayev)ga:
bir oy muddatda tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan ixtiyoriylik asosida shartnomalar tuzish hamda koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovlarini undirish boʻyicha zarur choralar koʻrilishini taʼminlash;
aholi punktlari hududidan chiqindi tashishning kunlik reja-jadvali asosida amalga oshirish topshirilsin.
4. Tuman hududida joylashgan barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha tashkilot, korxona rahbarlari 15 kun muddat ichida aholi xonadonlaridan, tashkilot, korxona hududidan hosil boʻlgan qattiq maishiy chiqindilarni tasdiqlangan tariflar boʻyicha tashib chiqarish yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi bilan ixtiyoriylik asosida shartnoma tuzilishini, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilishini taʼminlasinlar.
5. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (S. Maxmudov), tuman hokimligining moliya boʻlimi (A. Abdullayev), tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya markazi (Sh. Raximov), tuman Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi (K. Abdulxayev) Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumandagi barcha MFYlar hamda tashkilot, korxonalar bilan qattiq va maishiy chiqindilarni tashib chiqarish boʻyicha shartnomalarni tuzishda, koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilishida amaliy yordam koʻrsatib borsinlar.
6. Barcha tijorat banklari rahbarlariga bank mijozlaridan qattiq maishiy chiqindi tashib chiqarish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishida amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
7. Tuman hokimligining moliya boʻlimi (A. Abdullayev) tuman mahalliy budjeti hisobidagi tashkilot va muassasalar 2014-yil xarajatlar smetasiga qattiq maishiy chiqindilarini tashib chiqarish boʻyicha belgilangan normativlar asosida zarur mablagʻlarni kiritish hamda ushbu mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim A. ABDULKARIMOV
Kosonsoy t.,
2014-yil 29-mart,
254-son
Tuman hokimining 2014-yil29-martdagi 254-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Kosonsoy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan aholi punktlari hududidan qattiq maishiy chiqindi tashishning kunlik
REJA-JADVALI
|
T/r |
Shaharcha va qishloq fuqarolar yigʻinlari nomi |
Hafta kunlari | |||||
|
dushanba |
seshanba |
chorshanba |
payshanba |
juma |
shanba | ||
|
1. |
Tergachi KFY Chindovul QFY |
|
|
|
|
|
|
|
2. |
Shirin QFY KosonQFY |
|
|
|
|
|
|
|
3. |
Kukumboy QFY Yoshlik QFY Korasuv QFY |
|
|
|
|
|
|