25.01.2014 yildagi 84-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga muvofiq transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanda transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 25-yanvardan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori 3-band talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari D. Alimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. ABDULKARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosonsoy sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2014-yil 25-yanvardagi 84-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda transport vositalarini texnik koʻrigini oʻtkazishni tashkil etuvchi komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Komissiya raisi:

X. Xamrayev

—

Kosonsoy tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, serjant

Komissiya kotibi:

A. Raximov

—

Tuman avtomotohavaskorlar jamiyati raisi

Komissiya aʼzolari:

A. Bekzamatov

—

“Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan viloyat hududiy boʻlimi sektor mudiri

Z. Umarov

—

Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boshligʻi

M. Mamatqulov

—

Tuman MTP aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi

X. Turdiyev

—

Tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi mexanigi

M. Dadajonov

—

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Kosonsoy tuman boʻlimi raisi

R. Xolmatov

—

“Istiqlol avtotrans” MChJ mexanigi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2014-yil 25-yanvardagi 84-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda transport vositalarini texnik koʻrigini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilot, korxona, xoʻjaliklar, muassasalar nomlari

Texnik koʻrikni
oʻtkazish kuni

Texnik koʻrik oʻtkaziladigan

joy

Koʻrikni oʻtkazish vaqti

Transport vositalari soni

1.

“MTP” DAJ

19.04.2014-yil

DAJda

9:00-16:00

12

2.

“Parrandachilik” hissadorlik jamiyati

20.04.2014-yil

Fabrikada

9:00-16:00

8

3.

Kosonsoy tuman veterinariya boʻlimi va “Qishloqxoʻjalikkimyo” XAJ tuman filiali

21.04.2014-yil

YHXB da

16:00-18:00

6

4.

“Paxta tolasi” AJ

22.04.2014-yil

YHXB da

9:00-16:00

3

5.

“Tergachi” MMTP

23.04.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-16:00

3

6.

“Buxoro” MMTP

24.04.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-16:00

3

7.

“Kosonsoy” MMTP

25.04.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-18:00

5

8.

“Ququmboy” MMTP

26.04.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-18:00

3

9.

“Xudoyberdiyev” MMTP

27.04.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-16:00

5

10.

Kosonsoy Davlat oʻrmon xoʻjaligi

28.04.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-16:00

6

11.

“Sanitar tozalov” MChJ

1.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

8

12.

“Sharq Yulduzi” MMTP

2.05.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-16:00

8

13.

“Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi tuman filiali

3.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

12

14.

“Chindovul” MMTP

4.05.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-16:00

7

15.

“Navoiy” MMTP

5.05.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-16:00

5

16.

“Sh.Rashidov” MMTP

7.05.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-16:00

9

17.

“Obodon” MMTP

8.05.2014-yil

MTP avtosaroyida

9:00-16:00

7

18.

“Suvoqova” korxonasi

9.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

2

19.

Tuman Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

10.05.2014-yil

Avtosaroyda

16:00-18:00

19

20.

Kosonsoy tumani pochta aloqa boʻlimi

11.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

3

21.

“Vodiygaztaʼminoti” UK tuman filiali

12.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

11

22.

Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

14.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

4

23.

“K.Moʻminov” MChJ

15.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

8

24.

Kosonsoy tuman avtomobil yoʻllar boʻlimi

16.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

7

25.

“Kosonsoy sihatgohi” MChJ

17.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

5

26.

“Faxriylar sihatgohi” MChJ

18.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

5

27.

Tuman Aloqa va kommunikatsiya bogʻlamasi

19.05.2014-yil

YXXB da

9:00-16:00

3

28.

Tuman Agrosugʻurta boʻlimi

21.05.2014-yil

YXXB da

9:00-16:00

2

29.

Kosonsoy tumanidagi markaziy shifoxona

22.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

15

30.

Podshoota-Chodak irrigatsiya tizimlari Kosonsoy tuman filiali

23.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

11

31.

Kosonsoy tuman 44-sonli maktab internati

24.05.2014-yil

YXXB da

9:00-16:00

3

32.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi

25.05.2014-yil

Avtosaroyda

9:00-16:00

6

33.

Kosonsoy tuman 45-sonli maktab internati

26.05.2014-yil

YXXB da

9:00-16:00

2

34.

Kosonsoy maishiy xizmat kolleji

28.05.2014-yil

YXXB da

9:00-16:00

3

35.

Kosonsoy tuman sanoat va transport kolleji

29.05.2014-yil

YXXB da

9:00-16:00

2

36.

Kosonsoy tuman tibbiyot kolleji

30.05.2014-yil

YXXB da

9:00-16:00

3

37.

“Kosonsoynoma” gazetasi tahririyati

31.05.2014-yil

YXXB da

9:00-16:00

1

38.

Tumandagi boshqa tashkilotlar

1-8.06.2014-yil

YXXB da

9:00-16:00

34

39.

Tumandagi fermer xoʻjaliklari

9-10.06.2014-yil

YXXB da

9:00-16:00

15