24.01.2014 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 20-noyabrdagi 744-II-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi CQ-401-II-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2013-yil 23-noyabrdagi XXX/III-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini hamda 2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 20-noyabrdagi 744-II-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi CQ-401-II-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2013-yil 23-noyabrdagi XXX/III-son “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi hududiy Dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi komissiya aʼzolarining roʻyxati 1-ilovaga, “2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi hududiy Dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi komissiyasi aʼzolarining asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman ishchi komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash” hududiy Dasturining prognoz parametrlari tumanda samarali bajarilishini taʼminlasin, bunda kichik biznesni rivojlantirish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni, kasanachilikni, oilaviy tadbirkorlikning barcha shakllarini, hunarmandchilikni rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarini kengaytirish, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini roʻyobga chiqarish hisobiga kichik korxonalar, mikrofirmalar tashkil etish va ularni kengaytirish hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash” hududiy dasturida belgilangan jami 5165 ta yangi ish oʻrinlarining reja-koʻrsatkichlari belgilangan muddatlarda bajarilishi ishchi guruh tomonidan qattiq nazoratga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Statistika boʻlimi: (O. Toirov)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2474, 2013-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son 345-modda) muvofiq, dasturda nazarda tutilgan tashkilotlarda tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishchi komissiya tomonidan hisobot oyi yakunlangandan soʻng, keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar tuman statistika boʻlimiga taqdim etsin va tuman statistika boʻlimi ishchi komissiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tegishli davlat statistika hisobotlarining koʻrsatkichlari bilan har bir tashkilot kesimida alohida taqqoslasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Nurullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va xolisligini taʼminlash maqsadida, har oyda bir marta, hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi sanasiga qadar ishchi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ishchi komissiyasining 3 nafar aʼzosi tomonidan ish oʻrinlari tashkil etilgan tashkilotda yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlarining haqqoniyligi yuzasidan monitoring olib borsin va ishchi komissiyaning qaroriga muvofiq har chorakda Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlarda tashkil etilgan ish oʻrinlarining kamida 25 foizini tanlov asosida oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bilan band boʻlmaganlarni, ayniqsa qishloq joylardagi ish bilan band boʻlmaganlarni, aholining ijtimoiy jihatdan kam taʼminlangan qatlamlarini, birinchi navbatda, koʻp bolali ayollarni, nogironlarni, taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirilishiga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman tijorat banklari boshqaruvchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash” hududiy Dasturiga kiritilgan korxona va tashkilotlar va shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga ajratilayotgan kreditlarni oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin va ushbu kredit mablagʻlarini maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻrnatilgan tartibda monitoring olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tumandagi barcha yuridik maqomga ega boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona va tashkilotlar rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash” hududiy Dasturiga muvofiq tuman hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalar oʻzlarida yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Ishchi komissiyasiga yozma ravishda maʼlumot taqdim etib borsin va Bandlikka koʻmaklashish markazining qishloq va shaharcha fuqarolar yigʻinlariga biriktirilgan turgʻun punkt inspektorlari tomonidan korxona va tashkilotlarda belgilangan tartibda oʻtkaziladigan monitoringga hech qanday qarshilik va toʻsqinliklarga yoʻl qoʻymasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi komissiyasiga taqdim etadigan yangi ish oʻrinlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatida tuman Statistika boʻlimiga topshiradigan statistik hisobotlarida koʻrsatilishini taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kasb-hunar kollejlari koordinatori (Oʻ. Noraliyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi mavjud kasb-hunar kollejlari bilan birgalikda kollej bitiruvchilarining egallagan kasbi boʻyicha korxona va tashkilotlar bilan tuzilgan uch tomonlama shartnomalarga muvofiq ishga joylashtirish choralarini koʻrsin va bu borada kollej rahbarlarini masʼuliyatini oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Qibray Sadosi” tuman roʻznomasi (A. Fozilov) ga mazkur qaror matnini roʻznoma saxifasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari J. Nosirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim N. MUXAMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qibray sh,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 24-yanvar.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2014-yil 24-yanvardagi 76-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi hududiy Dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi komissiya aʼzolarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ F.I.O‎ Lavozimi‎
1. J. Nosirov‎ Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari:‎
2.‎ M. Xodjayeva ‎ Xotin- qizlar qoʻmitasi raisi, hokim oʻrinbosari‎
3.‎ J. Zokirov ‎ Iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi‎
4.‎ T. Xalilov‎ Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyasi boshligʻi‎
5.‎ Sh. Nurullayev‎ Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori‎
6.‎ B. Abduraxmanov‎ Moliya boʻlimi boshligʻi ‎
7.‎ O. Toirov‎ Statistika boʻlimi boshligʻi‎
8.‎ (lavozimiga koʻra)‎ Tuman tijorat banklari boshqaruvchilari‎
9.‎ R. Tolipov ‎ "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi boshligʻi‎
10.‎ Oʻ. Noraliyev‎ Kasb-hunar kollejlar koordinatori‎
11.‎ X. Rixsitillayev‎ Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi‎
12.‎ U. Rahmatov ‎ Bosh meʼmor‎
13.‎ S. Sodiqov‎ Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi‎
14.‎ X. Azizov Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi qoshidagi Qibray tuman Axborot maslaxat markazi boshligʻi‎
15.‎ (lavozimiga koʻra)‎ Qishloq va shaharcha (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2014-yil 24-yanvardagi 76-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida” hududiy Dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi komissiyasi aʼzolarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Lavozimi‎ Vazifalari‎
1.‎ Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari: J. Nosirov‎ Har oyning oxirgi juma kuni ishchi komissiya yigʻilishini tashkil etish hamda oʻrnatilgan tartibda dasturga kiritilgan korxona va tashkilotlarda yangi ish oʻrinlarini tashkil etilishini taʼminlash va umumiy nazoratini olib borish.‎
2.‎ Xotin- qizlar qoʻmitasi raisi, hokim oʻrinbosari: M. Xodjayeva‎ Hududda tadbirkorlik bilan faoliyat yuritadigan ayollarni hamda mahallalarda ishlashni xohlovchi band boʻlmagan ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ishchi guruh komissiyasiga har oyda taqdim etib borilishini taʼminlash.‎
3.‎ Iqtisodiyot boʻlimi: J. Zokirov‎ Yirik korxona va tashkilotlarda hamda hududlarda sanoat, xizmat koʻrsatish va servis, savdo va umumiy ovqatlanish, transport, aloqa va boshqa sohalardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga tashkil etilgan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ishchi guruh muhokamasiga kiritish, shuningdek har oyning oxirgi juma kuni ishchi guruhi yigʻilishini tashkil etish hamda yangi ish oʻrinlarini belgilangan muddatlarida tashkil etmagan korxona va tashkilot rahbarlarini ishchi guruh yigʻilishi muhokamasida ishtirok etishini taʼminlash.‎
4.‎ Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyasi: T. Xalilov‎ Yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik korxona va mikrofirmalar hamda faoliyatini qayta tiklab faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar roʻyxati (elektron varianti) ni oyma-oy ishchi guruh organi, yaʼni Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etib borilishini taʼminlash. ‎
5.‎ Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi: Sh. Nurullayev Dasturda nazarda tutilgan korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va xolisligini taʼminlash maqsadida, har oyda bir marta, hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi sanasiga qadar ishchi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ishchi komissiyasining 3 nafar aʼzosi bilan birgalikda ish oʻrinlari tashkil etilgan tashkilotda yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlarining haqqoniyligi yuzasidan monitoring olib borish va ishchi komissiyaning qaroriga muvofiq har chorakda Dasturda nazarda tutilgan tashkilotlarda tashkil etilgan ish oʻrinlarining kamida 25 foizi tanlov asosida oʻrganish. Shuningdek, yangi ish oʻrinlari tashkil etish borasida korxona va tashkilotlardagi mavjud muammolarni ishchi komissiya muhokamasiga kiritish.
6.‎ Moliya boʻlimi: B. Abduraxmanov‎ Infratuzilma obyektlarini, shu jumladan budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga ishga tushiriladigan obyektlar hisobiga tashkil etilgan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ishchi guruh muhokamasiga kiritish va ishchi guruh organi yaʼni Bandlikka koʻmaklashish markaziga yozma maʼlumot taqdim etish.‎
7.‎ Statistika boʻlimi: O. Toirov‎ Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2474, 2013-yil 27-iyun) asosan dasturda nazarda tutilgan tashkilotlarda tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishchi komissiya tomonidan statistika boʻlimiga taqdim etgandan soʻng, statistika boʻlimi maʼlumotlarni tegishli davlat statistika hisobotlarining koʻrsatkichlari bilan har bir tashkilot kesimida alohida taqqoslash.‎
8.‎ Tuman tijorat banklari: (lavozimiga koʻra) ‎ Tuman tijorat banklari xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ajratilgan kredit mablagʻlari hisobiga yaratilgan yangi ish oʻrinlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har oyda ishchi komissiyaga axborot berib borish, shuningdek har oyda tuman ishchi guruh organi, yaʼni Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etilishini taʼminlash.‎
9.‎ "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi: R. Tolipov Mahallalar hududida joylashgan koʻp vaqtdan buyon foydalanilmayotgan binolar haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan fuqarolar bilan suhbatlashib, tuman komissiyasiga takliflar kiritish hamda hujjatsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar roʻyxatini har oyda ishchi guruhga taqdim etib borish.‎
10.‎ Kasb-hunar kollejlar koordinatori: Oʻ. Noraliyev‎ 2013-2014 oʻquv yillarida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini korxona, tashkilot va muassasalarga oʻrnatilgan tartibda ishga joylashishida yuzaga kelayotgan, hamda mavjud muammolarni ishchi guruh muhokamasiga kiritish.‎
11.‎ Davlat soliq inspeksiyasi: X. Rixsitillayev‎ Korxona va tashkilotlarda norasmiy band boʻlgan fuqarolarni rasmiy band qilish choralarini koʻrish hamda tuman Davlat soliq inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtgan Eksport-import operatsiyalari bilan shugʻullanuvchi shaxslar haqida maʼlumotlarni ishchi guruhi organi, yaʼni Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga har oyda taqdim etib borilishini taʼminlash.‎
12.‎ Bosh meʼmor: U. Rahmatov ‎ Tuman hududida yangi qurilayotgan va ishga tushadigan obyektlar haqidagi maʼlumotlarni har oyda ishchi komissiyaga taqdim etib borish.‎
13.‎ Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi: S. Sodiqov‎ Tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklarida ishchi xodimlarni belgilangan normativ asosida ishlayotganligi va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va ularni kengaytirish (issiqxonalar tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik) hisobiga tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni ishchi guruhga taqdim etib borish.‎
14.‎ Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi qoshidagi Qibray tuman Axborot maslahat markazi boshligʻi X. Azizov ‎ Yangi ochilgan korxonlarda yaratilgan yangi ish joylari toʻgʻri�idagi maʼlumotlarni har oyda ishchi guruhga taqdim etib borish. ‎
15.‎ Qishloq va shaxarcha (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislari (lavozimiga koʻra)‎ Maxallalarda milliy xunarmandchilik va pudrat asosida ish yuritayotgan fuqorolar roʻyxatini, maxalla xududida joylashgan koʻp vaqtdan buyon foydlanilmayotgan binolar xaqidagi maʼlumotlarni, shunindek xududda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan fuqarolarni aniqlab, tuman ishchi guruxiga takliflar kiritish hamda hududlardagi hujjatsiz tadbirkorlik faoliyatlari bilan shugʻullanayotgan fuqarolar roʻyxatini har oyda ishchi komissiyaga taqdim etib borish.‎