12.12.2013 yildagi SQ-401-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 20-noyabrdagi “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 744–II-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda Oʻzbekiston Respublikasida 983,6 mingta ish oʻrni tashkil etilishi boʻyicha amaliy choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuch-gʻayratni demografik omilni va mehnat bozoridagi vaziyatni, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olib qabul qilingan 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi roʻyobga chiqarilishini taʼminlashga qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi investitsiya dasturi, “2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi dastur, 2012 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturi, 2011 — 2013-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kuchaytirish dasturi, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirishning hududiy dasturlariga, mintaqaviy investitsiya dasturlariga muvofiq, 2014-yil uchun koʻzda tutilgan, ish oʻrinlari tashkil etishni oʻz ichiga olgan tadbirlarning ogʻishmay bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining prognoz parametrlari tegishli hududlarda samarali bajarilishini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirishga, uy mehnati, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirishga, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga alohida eʼtibor bergan holda taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan ish oʻrinlarining saqlanib qolinishi va barqaror amal qilishini, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilari egallagan mutaxassisliklariga muvofiq, ayollar, nogironlar hamda aholining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan boshqa toifalari ishga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (A. Xaitov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (B. Toʻrayev) bilan birgalikda yoʻnalishlar va hududlar kesimida yangi tashkil etilayotgan ish oʻrinlari koʻrsatkichlarining ishonchliligi ustidan nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishi ustidan tizimli monitoringni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlarni, birinchi navbatda yoshlarni, xotin-qizlarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha, jumladan ularni kasbiy qayta tayyorlash, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga, ayniqsa transport, yoʻl yoqasi va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishiga, qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joylar qurilishiga yuborish, shuningdek boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish yoʻli bilan amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G.Saidova) manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda investitsiya dasturlari, “2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi dastur, 2012 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturi, 2011 — 2013-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kuchaytirish dasturi, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari parametrlaridan kelib chiqib, ish oʻrinlari tashkil etilishining monitoringini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov) tijorat banklari bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, ayniqsa mehnat bozoridagi vaziyat keskin boʻlib turgan uzoq qishloq joylarda ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirish uchun, shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun beriladigan kredit resurslari koʻpaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (U. Salimov) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (A. Xaitov), manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari bitiruv kurslarining oʻquvchilarini aniq korxonalarga biriktirish boʻyicha kompleks choralarni roʻyobga chiqarsin, korxonalar (ish beruvchilar), kasb-hunar kollejlari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalarning samaradorligini hamda ularning shartlariga amalda rioya etilishini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ish oʻrinlari tashkil etishning tegishli hududiy parametrlari bajarilishiga doir qismini ijro etishning borishini muntazam ravishda oʻz sessiyalarida koʻrib chiqsinlar, tasdiqlangan parametrlardan orqada qolingan taqdirda ish oʻrinlari tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlarini soʻzsiz taʼminlashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha choralarni koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-401-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi SQ-401–II-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 18-yanvardagi majlisida ish oʻrinlari tashkil etish va mamlakat aholisi bandligini taʼminlashni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim ustuvor masalasi hamda xalqimizning yashash darajasi va sifati yuksalishining zarur sharti sifatida belgilab berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-iyuldagi majlisining 3-sonli bayonnomasiga (9-band) muvofiq tumanlar va shaharlar kesimida, mehnat bozori ehtiyojini hisobga olgan holda, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, mamlakatimiz hududlarini rivojlantirish dasturlariga mos ravishda ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur yangi obyektlarni ishga tushirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, qayta jihozlash va amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada toʻla foydalanish, kichik biznesni, asosan sanoatda, qurilishda, xizmatlar koʻrsatish va servis sohalarida jadal rivojlantirish, infratuzilma, kommunikatsiya va uy-joy qurilishi koʻlamini, uy mehnati shakllarining imkoniyatlarini kengaytirish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etish parametrlari investitsiya dasturi, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish, korxonalarni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, transport va kommunikatsiya qurilishi, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturlari hamda boshqalar bilan oʻzaro bogʻlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlarining bevosita ishtirokida ishlab chiqildi uning asosiy yoʻnalishlari, ustuvor jihatlari va ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash mexanizmlari ish beruvchilar va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashning maqsad va vazifalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 2013-yil yanvar — sentyabr oylarida ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash hududiy va tarmoqlar dasturlarining amalga oshirilishi natijalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 2014-yilda ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyojni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 2014-yilda barcha tuman va shaharlarda ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi bandligini taʼminlashning parametrlari va asosiy yoʻnalishlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) band boʻlmagan aholini va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Dastur bajarilishining monitoringi va ish oʻrinlari hisobga olinishini oʻz ichiga olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Dasturning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadi hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha salohiyatini ishga solish, demografik omillar va iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, bandlik va tadbirkorlikning samarali shakllarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish yoʻli bilan aholi bandligini taʼminlash boʻyicha kompleks va oʻzaro bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda mehnat bozorining ehtiyoji asosida hamda mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan barcha dasturiy hujjatlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda ish oʻrinlari tashkil etish jarayonlarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining ish oʻrinlari tashkil etish va ularning barqaror faoliyatini taʼminlash borasidagi salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorida tanglikning oldini olishning taʼsirchan vositasi sifatida, ayniqsa kichik biznesda, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikda bandlikni taʼminlashning samarali shakllarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz va band boʻlmagan aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarni ishga joylashtirish, kasbiy qayta tayyorlash va ijtimoiy himoya yoʻli bilan mehnat bozorida faol va aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur amalga oshirilishining mamlakat tuman va shaharlari, tarmoqlar va aniq korxonalar kesimida tizimli monitoringi va tahlili, zarur boʻlganda, 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etishning tasdiqlangan parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashning prognoz parametrlari va yoʻnalishlari quyidagilarga yoʻnaltirilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi dasturni, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va qayta jihozlash dasturlarini, 2011 — 2013-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kuchaytirish dasturiga muvofiq, investitsiya dasturlarini amalga oshirish bilan aholining, shu jumladan iqtisodiyotning zamonaviy industrial tarmoqlarida bandligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari tashkil etishda ayniqsa, eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznesga kredit va moddiy xomashyo resurslarini ajratish boʻyicha qabul qilingan qonun hujjatlari, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturlariga muvofiq oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga kichik biznesning rolini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlikning hududiy tarkibini takomillashtirish, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy va sanoatni rivojlantirish dasturlarini, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, qishloq joylarda shaxsiy uy-joylar qurish va qurilish-pudrat ishlari, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishlarini modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirish orqali mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini infratuzilma loyihalari va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishga, shu jumladan “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi dastur, obodonlashtirish va infratuzilma loyihalarini rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarini amalga oshirish doirasida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan ish oʻrinlarining saqlanib qolishini va barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, taʼlim muassasalarining, avvalo kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, shuningdek xotin-qizlar, nogironlar va boshqa ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi toifalarini ishga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga, aholi bandligini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan tegishli maqsadli dasturlar davlat siyosatining tamoyillariga va xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi yil va undan keyingi davrlarda dunyoda 600 mln ish oʻrni tashkil etilishi zarur, shundan 40 mln ga yaqin ish oʻrinlari birinchi marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotganlar uchun. Buning uchun mamlakatlarga quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida dunyo boʻyicha ishsizlar soni 27 mln kishiga koʻpayganligi munosabati bilan mehnatga boʻlgan ehtiyojning oshib borishini koʻzda tutgan holda mehnat bozorida faol siyosat olib borish, toʻgʻridan toʻgʻri ish oʻrinlarini tashkil etish va mavjudlarini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning bandligiga, ularni mehnat bozoriga moʻljallangan kasb-hunarga oʻqitish tizimini yanada takomillashtirishga koʻmaklashish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, keyingi 5 yilda dunyoda yoshlar oʻrtasida ishsizlik 4 mln kishiga yoki har yili oʻrtacha 800 ming kishiga koʻpaygani sababli ishlayotgan yoshlarning ijtimoiy himoyasini va mehnat kafolatlarini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining yuqorida qayd etilgan tavsiyalari Oʻzbekistonda aholi bandligini taʼminlash, mehnat bozorini boshqarish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlariga, 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining maqsad va vazifalariga mos keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. 2013-yil yanvar — sentyabr oylarida ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining amalga oshirilishi natijalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq 972,7 mingta ish oʻrni tashkil etish koʻzda tutilgan. Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida 776,2 mingta (shu davr prognoziga nisbatan 103,6%) yoki yillik parametrlarga nisbatan 79,8% ish oʻrni tashkil etildi. Bundan tashqari, Toshkent shahrida tasdiqlangan qoʻshimcha aholi bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar hisobiga 57,2 mingta ish oʻrni tashkil etilgan. Shunday qilib, hisobot davrida jami 833,4 mingta ish oʻrni tashkil etilgan. Qishloq joylarda 488,3 mingta ish oʻrni tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha muammolarning izchil yechimiga yoʻnaltirilgan tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilning yanvar — sentyabr oylarida iqtisodiyotda band boʻlganlar soni 2,5% ga oshdi va 12,5 mln kishiga yetdi. Bandlikning eng yuqori oʻsish surʼatlari qurilishda (103,3%), savdo va umumiy ovqatlanishda (103,1%), transport va aloqada (102,8%) qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi asosiy yoʻnalishlarda aniq tadbirlarning amalga oshirilishi tasdiqlangan prognoz parametrlarining bajarilishiga koʻmaklashadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, faol investitsiya siyosatini olib borish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va yangilash 64,6 mingta ish oʻrni tashkil etishga sharoit yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Oʻzbekyengilsanoat” kompaniyasida (4 073 ta ish oʻrni), “Oʻzbekenergo” (1 434 ta ish oʻrni), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” (1 010 ta ish oʻrni), “Oʻzbekneftgaz” (851 ta ish oʻrni), “Oʻzdonmahsulot” (795 ta ish oʻrni), “Oʻzavtosanoat” (834 ta ish oʻrni), “Oʻzeltexsanoat”(694 ta ish oʻrni) tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi dastur doirasida joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida amalga oshirilgan, mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha 167 ta loyihaning roʻyobga chiqarilishi, shu jumladan yengil sanoatda 19 ta yirik loyihaning, farmatsevtikada 15 ta, neftgaz sanoatida 11 ta, avtomobil va elektrotexnika sohalarining har birida 10 ta, paxta tozalash sanoatida 8 ta, charm-poyabzal va don mahsulotlari sanoatining har birida 6 tadan loyihalarning amalga oshirilganligi bunga imkon yaratdi. Xususan, “Toshkent viloyatida toʻqimachilik kompleksini tashkil etish”, “Story Max Invest” MChJ qoʻshma korxonasida “Gaz-beton ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Bekobodsement” OAJda quruq usulda sement ishlab chiqarishning yangi liniyasini qurgan holda mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiyalash”, “Muborak gazni qayta ishlash zavodida chiqib ketayotgan quvvatlarni qoplash” va boshqa shu kabi yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy isteʼmol mollari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish maqsadida ishlab chiqaruvchi korxonalarga texnologik uskunalar xarid qilish va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 2 116,6 mlrd soʻm miqdorida kreditlar ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada televizorlar, energiyani tejovchi lampalar, oʻsimlik moyi va sariyogʻ, sutli mahsulotlar, meva-sabzavot konservalari va boshqalarni ishlab chiqarish hajmi sezilarli oshdi. Yengil sanoat korxonalarida tikuv-trikotajning 36 ta yangi turi va 68 ta tayyor tikuv-trikotaj modeli chiqarildi, “Navoiy” erkin industrial iqtisodiy zona hududida avtomobil gaz ballonlari, oʻzgaruvchan armatura va polimer mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 2 ta yangi korxona ishga tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76 turdagi yangi mahalliylashtirilgan mahsulotni, shu jumladan paxta terish mashinalari, nasoslar, sintetik kompleks iplar, havo, moy va yoqilgʻi filtrlari, bolalar oʻyinchoqlari, yuvish vositalari, akkumulyator bloklari, yer usti transporti uchun xavfsiz oynalar, mikrotoʻlqinli pechlar va boshqalarni ishlab chiqarish oʻzlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlantirilishi, eng qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilishi jami 404,8 mingta ish oʻrni, shundan 314,2 mingtasi kichik korxonalarda va 90,6 mingtasi yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida tashkil etilishini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida tumanlarda mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan, koʻp mehnat talab qiluvchi korxonalarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi kichik korxonalar va mikrofirmalarda ish oʻrinlari tashkil etishga katta taʼsir koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznesni rivojlantirish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish boʻyicha tegishli choralarning amalga oshirilishi doirasida joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida tadbirkorlik subyektlariga yer maydonlari ajratish, ularni elektr tarmoqlariga ulash mexanizmlarini takomillashtirishga, tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va boshqa shu kabi masalalarga yoʻnaltirilgan qator qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada sanoat sohasidagi kichik korxonalarda (asosan tikuv va poyabzal mahsulotlari, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlashda) 57,8 mingta ish oʻrni, qurilishda (shu jumladan uy-joylarni qurish va taʼmirlash ishlarida) — 57,3 mingta ish oʻrni tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi daromadlari va xarid qobiliyatining oʻsishi natijasida kichik biznesda tashkil etilgan ish oʻrinlarining asosiy qismi xizmat koʻrsatish va servis sohasiga (199,1 mingdan ortiq yoki 63%) toʻgʻri keladi. Bunga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-apreldagi “2013 — 2016-yillarda qishloq joylarida xizmat koʻrsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1957-sonli qaroriga muvofiq qishloq joylarda aloqa va axborotlashtirish, kompyuter dasturlash (elektron taʼlimni hisobga olgan holda), moliyaviy (bank, sugʻurta, lizing), transport (logistika), qurilish (bino va inshootlar qurish va taʼmirlash), maishiy, qishloq xoʻjaligi xizmatlari, shuningdek savdo, umumiy ovqatlanish, avtomobil va texnikalarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish va boshqa xizmatlarning jadal rivojlantirilishi imkon yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir vaqtda, asosan savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1887-sonli qaroriga muvofiq mazkur soha uchun soliq toʻlovlarining belgilangan qiymatlari oʻrnatilishi 90,6 ming kishining bandligi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznesda ish oʻrinlari tashkil etish uchun joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida tijorat banklari tomonidan 5 607,5 mlrd soʻm kredit ajratildi yoki koʻzda tutilganga nisbatan 1,4 baravar koʻp. Bunda Toshkent shahri (1 983,6 mlrd soʻm) bilan bir qatorda, kreditlarning salmoqli qismi Andijon (369,7 mlrd soʻm), Samarqand (433,8 mlrd soʻm), Toshkent (385,4 mlrd soʻm), Fargʻona (385,1 mlrd soʻm) viloyatlarida ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, kichik korxonalarda tashkil etilgan 314,2 mingta ish oʻrnining aksariyat qismi Toshkent shahriga (22,6%), Toshkent (8,6%), Samarqand (8,5%), Andijon (8,1%), Fargʻona (7,1%) va Qashqadaryo (7,1%) viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchidan, uy mehnatining barcha shakllarini, avvalo, korxonalar bilan mehnat shartnomalari boʻyicha kooperatsiya asosida, shuningdek hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlik sohalarining rivojlantirilishi 181,8 ming kishining, asosan xotin-qizlarning va imkoniyati cheklangan shaxslarning ishga joylashishiga imkon yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida kasanachilar bilan ishlab chiqarish va mehnat munosabatlariga sanoat, qurilish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohalarining 5 mingdan ortiq korxonasi jalb etildi, ularda kasanachilar bilan mehnat shartnomalari asosida kooperatsiyada 45,0 ming kishining bandligi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida charm va sopoldan badiiy buyumlar yasash, qoʻlda gilam toʻqish, kulolchilik, yogʻoch, ganch oʻymakorligi va boshqa shu kabi hunarmandchilik faoliyati turlarining rivojlantirilishi hisobiga 136,8 ming kishi uy mehnatiga jalb etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarga, xususan, oilaviy biznes asosida amalga oshiriladigan xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga tijorat banklari tomonidan joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida 499,5 mlrd soʻmdan ortiq yoki koʻzda tutilgandan 15,6 % koʻp kreditlar ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy mehnati, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar band boʻlmagan xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar uchun ish oʻrinlariga ehtiyoj yuqori boʻlgan mintaqalarda — Namangan (23,3 mingta ish oʻrni), Fargʻona (21,1 mingta ish oʻrni), Andijon (19,2 mingta ish oʻrni), Qashqadaryo (19,2 mingta ish oʻrni), Buxoro (15,4 mingta ish oʻrni), Xorazm (15,1 mingta ish oʻrni) va Samarqand (12,8 mingta ish oʻrni) viloyatlarida ish oʻrinlari tashkil etish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchidan, qishloq xoʻjaligini va unga kiruvchi tarmoqlar hamda ishlab chiqarish komplekslarini modernizatsiyalash, fermer va dehqon xoʻjaliklarining rivojlantirilishi va kengaytirilishi 107,4 mingdan ortiq kishi bandligini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat boʻyicha joriy yil boshidan buyon chorvachilik xoʻjaliklarida 8 463 ta ish oʻrni (bunga tijorat banklarining 170,2 mlrd soʻmlik krediti ajratildi), parrandachilik xoʻjaliklarida 9 503 ta (58,5 mlrd soʻm ajratildi), baliqchilik xoʻjaliklarida 1 970 ta va asalarichilik xoʻjaliklarida 1 423 ta ish oʻrni (22 mlrd soʻm ajratildi) tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirish maqsadida 251,8 ming gektarga sabzavotlar, 82,4 ming gektarga kartoshka, 60 ming gektarga poliz ekinlari ekildi, 4,9 ming gektar maydonda yangi bogʻlar barpo etildi, 3,3 ming gektar intensiv bogʻlar va 4,8 ming gektar uzumzorlar yaratildi, shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarida 384 gektar maydonda 22,7 mingta issiqxona tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarning barchasi fermer va dehqon xoʻjaliklarida sabzavot-poliz mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlashni kengaytirish, boshqa tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish va xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish hisobiga 86 mingdan ortiq kishining bandligini taʼminlashga imkon berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchidan, transport va kommunikatsiya qurilishini, infratuzilma obyektlari izchil rivojlantirilishi 61,4 mingta ish oʻrni tashkil etishga sharoit yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda avtomobil yoʻllari va temir yoʻllarni, kommunal xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek yoʻl yoqasi infratuzilmasi va servisini rivojlantirish kabi ishlarning bajarilishi doirasida ishlab chiqarish infratuzilmasida 27,1 mingdan ortiq ish oʻrni tashkil etildi. Shu bilan birga, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlantirilishi 20,9 mingta ish oʻrni tashkil etish imkonini berdi, xususan, faqatgina ishga tushirilgan sogʻliqni saqlash obyektlarida (xususiy klinika, dorixona va shu kabilar) 2,2 mingdan ortiq ish oʻrni tashkil etildi. Bozor infratuzilmasi obyektlarida esa (sugʻurta va investitsiya kompaniyalari, tijorat banklari va boshqalarning filiallarida) 13,4 mingdan ortiq ish oʻrni tashkil etilishi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida 318 km avtomobil yoʻllarini, jumladan Toshkent — Oʻsh avtoyoʻlining Qoʻqon shahridan aylanib oʻtadigan 15 km qismini, Toshkent shahrini aylanib oʻtadigan yoʻlning 8 km yangi yoʻnalishini, Gʻuzor — Buxoro — Nukus — Beynov avtoyoʻlining 130 km qismini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining yakunlanishi infratuzilma obyektlarida ish oʻrinlari tashkil etishga imkon yaratdi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl boʻyi infratuzilmasi va servisining 25 ta obyektida qurilish-montaj ishlari boshlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21-dekabrdagi “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-1446-sonli qarorini amalga oshirish doirasida, joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK loyihalari boʻyicha 256,5 mln dollar kapital qoʻyilmalar oʻzlashtirildi, 182 km temir yoʻllarda taʼmirlash ishlari bajarildi. Maroqand — Qarshi va Qarshi — Termiz temir yoʻl qismlarini elektrlashtirish boʻyicha 31,5 mln dollarlik ishlar bajarildi. Angren — Pop yoʻnalishida yangi elektrlashtirilgan temir yoʻlni qurish ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida joriy yilning boshidan buyon 2 088,9 km, jumladan qishloq joylarda — 1 857,7 km suv quvurlari tarmogʻi ishga tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan 211 ta umumtaʼlim maktabi, 39 ta kasb-hunar kolleji, 4 285 oʻrinli tibbiyot muassasalari hamda 81 ta bolalar sporti obyektlari ishga tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltinchidan, toʻxtab qolgan korxonalarning, shu jumladan tijorat banklari balansiga qabul qilingan bankrot korxonalar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan balansga qabul qilingan 31 ta korxonada, “Asakabank”ning 3 ta korxonasida, “Oʻzsanoatqurilishbank”ning 4 ta korxonasida hamda “Ipoteka-bank”, “Turonbank”, “Agrobank” va “Kapitalbank” balansiga qabul qilingan 2 ta korxonada ishlab chiqarish faoliyatining tiklanishi 13,4 mingta ish oʻrnini tashkil etish imkonini berdi. Tijorat banklari balansidagi toʻxtab qolgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini modernizatsiyalash hamda tiklashga 246,4 mlrd soʻm hajmida investitsiya kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtab qolgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish hisobiga ish oʻrinlarini tiklash ishlari Toshkent shahrida (3 132 ta ish oʻrni), Sirdaryo (2 083 ta ish oʻrni ), Samarqand (1 066 ta ish oʻrni , Toshkent (1 051 ta ish oʻrni) va Namangan (957 ta ish oʻrni) viloyatlarida faol amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur bajarilishining monitoringi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan hamkorlikda 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining tizimli monitoringi tashkil etildi. Muntazam olib borilgan oylik monitoring mobaynida Dasturning bajarilishida xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻygan va ortda qolayotgan mintaqalar va tarmoqlar aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, joriy yilning birinchi choragida ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli, Andijon viloyatining Buloqboshi, Jizzax viloyatining Baxmal, Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon, Samarqand viloyatining Paxtachi, Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanlarida, ikkinchi chorakda esa Buxoro viloyatining Jondor, Navoiy viloyatining Xatirchi, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanlarida, joriy yilning 8 oyi yakunlari boʻyicha esa Samarqand viloyatining Payariq (90,2%), Surxondaryo viloyatining Sherobod (97,9%) tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida (91,9%) bajarilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bayonnomalarining topshiriqlariga muvofiq Dasturni bajarmagan tuman (shahar)larga amaliy yordam koʻrsatildi, ish oʻrinlarini koʻpaytirish zaxiralari safarbar etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-apreldagi 2-sonli bayonnomasi topshiriqlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda ish oʻrinlari tashkil etish tezkor koʻrsatkichlarining haqqoniyligi yuzasidan tanlov asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida oʻrganish oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan oʻrganish natijalariga koʻra 42 ta tuman va shaharda, xususan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida, Nukus, Qoʻngʻirot, Beruniy, Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa, Xoʻjayli tumanlarida, Andijon viloyatining Andijon shahrida, Andijon, Boʻz, Ulugʻnor, Shahrixon tumanlarida, Buxoro viloyatining Gʻijduvon, Jondor, Kogon, Shofirkon tumanlarida, Jizzax viloyatining Arnasoy, Paxtakor, Gʻallaorol, Zafarobod tumanlarida, Navoiy viloyatining Navoiy, Zarafshon shaharlarida, Xatirchi, Uchquduq tumanlarida, Namangan viloyatining Namangan shahrida, Mingbuloq, Namangan, Toʻraqoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida, Guliston, Sirdaryo, Sayxunobod tumanlarida, Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida, Buvayda, Dangʻara, Rishton, Fargʻona tumanlarida, Xorazm viloyatining Urganch shahrida, Urganch, Xonqa, Hazorasp tumanlarida tezkor maʼlumotlarning haqiqatda tashkil etilgan ish oʻrinlariga mos kelmasligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning masʼul xodimlari tomonidan ushbu tumanlar va shaharlarga amaliy uslubiy yordam koʻrsatildi, ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi hisobotlardan tashkil etilmagan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni chiqarib tashlash haqida, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ish oʻrinlari tashkil etish toʻgʻrisida tasdiqlanmagan maʼlumotlarni taqdim etishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish toʻgʻrisida xatlar yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning amalga oshirilishi mehnatga bandlikka talab darajasi yuqori boʻlgan mintaqalarda, jumladan Samarqand (74,1 ming), Fargʻona (72,8 ming), Qashqadaryo (70,4 ming), Toshkent (67,8 ming), Andijon (69,1 ming), Buxoro (59,7 ming), Namangan (59,2 ming), shuningdek Surxondaryo (52,4 ming), Xorazm (48,0 ming), Jizzax (34,8 ming), Navoiy (32,8 ming), Sirdaryo (32,2 ming) viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi (39,3 ming) va Toshkent shahrida (120,8 ming) ish oʻrinlari koʻpayishiga imkon yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar mamlakatda, Xalqaro mehnat tashkilotining uslubiyoti boʻyicha aniqlangan ishga joylashishga muhtojlar sonini va ishsizlikning maqbul keladigan (iqtisodiy faol aholi sonining 5% ga yaqini) darajasini saqlanishiga imkon berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Demografik omil va mehnat bozoridagi vaziyatni hisobga olgan holda 2014-yilda ish oʻrinlariga boʻladigan ehtiyoj
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyoj mehnat bozorida birinchi marotaba ishchi kuchini taklif etayotgan shaxslar (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari va boshqa taʼlim muassasalarining bitiruvchilari), shuningdek ish bilan taʼminlanishga muhtoj — band boʻlmagan aholi (ish va daromad manbaiga ega boʻlmaganlar, xorijdan qaytgan mehnat migrantlari, muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan ishlamayotgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlar va h.k.) hisobiga shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, 2014-yilda ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyoj parametrlari mehnat bozoridagi mavjud oʻzgarishlarni oʻrganish hamda ishchi kuchiga talab va taklif muvozanatiga taʼsir etuvchi mamlakatni demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish omillarining tahlili asosida aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda oʻrtacha yillik aholi soni 30,2 mln kishini tashkil etdi, 1991 — 2012-yillarda mamlakat aholisi 1,5 barobarga koʻpaydi. 2014-yilda mehnat bozoriga birinchi marotaba kirib keladigan shaxslar soni 570,7 mingdan ortiq kishini tashkil etishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda demografik omillarning mehnat bozoriga sezilarli va bevosita taʼsiri saqlanib qoladi. Demografik prognozlarga muvofiq 2014-yilda mehnat resurslarining oʻrtacha yillik soni 18,2 mln kishini, shundan band boʻlganlari 12,7 mln kishini, ularning oʻsishi tegishincha 2,2% va 2,5% ni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ishsizlikni maqbul keladigan (5%dan koʻp boʻlmagan darajada prognoz qilinmoqda) darajada saqlab qolish maqsadida mehnat bozorida ish oʻrinlariga ehtiyoj 1219,1 ming kishini tashkil etadi, shundan 570,7 ming kishi — taʼlim muassasalarining bitiruvchilari, 630,4 ming kishi — ishga joylashishga muhtoj — band boʻlmagan aholi (ishsizlar), 52 ming nafar qaytib kelgan mehnat migrantlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yoshlar (bitiruvchilar)ning mehnat bozoriga chiqishi va band boʻlmagan aholi hisobiga ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyoj sezilarli qismi Andijon (116,9 ming kishi yoki umumiy ehtiyojning 9,6%), Qashqadaryo (106,9 ming kishi, yoki 8,8%), Samarqand (132,3 ming kishi, yoki 0,8%), Fargʻona (128,6 ming kishi, yoki 10,5%) va Namangan (97,3 ming kishi, yoki 8,0%) viloyatlarida vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashning parametrlari hamda asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilgi Dasturning prognoz parametrlari bandlikni hududlar va yoʻnalishlar (tarmoqlar) kesimida aholining, ayniqsa, birinchi marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar, band boʻlmagan shaxslar, ishdan boʻshab qoladigan xodimlarning mehnatga bandligi ehtiyojlaridan, shuningdek sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini, xizmat koʻrsatish sohasi, kichik biznesning rivojlanishi munosabati bilan ishchi kuchiga boʻlgan talabning hisob-kitobidan kelib chiqib aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2014-yilda quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha mamlakatimizda jami 983,6 mingta ish oʻrni tashkil etilishi koʻzda tutilgan (1–15-ilovalar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangi yirik obyektlarni ishga tushirish, ishlayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish orqali 59,4 mingta ish oʻrni tashkil etish, shundan 25,2 mingtasi — xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasiga kiruvchi korxonalarda, 34,2 mingtasi — hududlar boʻysunuvidagi korxonalardadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan “2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi dasturning amalga oshirilishini davom ettirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi investitsiya dasturi, 2011 — 2013-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kuchaytirish dasturi, bundan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirishning hududiy dasturlari, mintaqaviy investitsiya dasturlarini amalga oshirish hisobiga taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat korxonalariga 2016-yil 1-yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan uskunalar, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyoz va preferensiyalarni hamda investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqishga imtiyozli kreditlar berilishi va boshqalar koʻrsatib oʻtilgan dasturlar doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga va tegishli ravishda, ish oʻrinlari tashkil etishni koʻpaytirishga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy, Toshkent va Jizzax viloyatlarida maxsus industrial zonalarning faoliyat yuritishi bu yoʻnalishda ish oʻrinlari tashkil etishning va oʻz navbatida, mavjud ishlab chiqarishlarda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va amaldagilarining hajmini oshirish bilan birga, tarmoqlararo aloqalar (transportda, qurilishda, ijtimoiy infratuzilmada) tizimida turdosh ish oʻrinlarini tashkil etishning muhim omili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” kompaniyasida (10602 ta ish oʻrni), “Oʻzkimyosanoat” (992 ta ish oʻrni), “Oʻzbekneftgaz” (729 ta ish oʻrni), “Oʻzbekturizm” (704 ta ish oʻrni), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” (611 ta ish oʻrni), “Oʻzavtosanoat” kompaniyalarida (473 ta ish oʻrni), “Oziq-ovqat sanoati korxonalari” (504 ta ish oʻrni) uyushmasi va boshqalarda mavjud korxonalarda hamda yangilari barpo etilishi hisobiga ish oʻrinlari tashkil etish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar kesimida ushbu yoʻnalishda ish oʻrinlarining salmoqli qismi Fargʻona (8,6 mingta), Toshkent (8,3 mingta), Qashqadaryo (5,9 mingta), Namangan (5,0 mingta) viloyatlarida va Toshkent shahrida (7,7 mingta) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kichik biznes korxonalarini, asosan sanoatda, qurilishda, xizmat koʻrsatish va servis sohalarida jadal rivojlantirish hisobiga 370 mingta ish oʻrinlari tashkil etish koʻzda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohada ish oʻrinlari tashkil etish barcha mintaqalarda, ayniqsa Qoraqalpogʻiston Respublikasida yetakchi oʻrin tutadi, chunonchi, bu mintaqada kichik korxona va mikrofirmalar ulushiga 2014-yilda tashkil etiladigan barcha ish oʻrinlarining 42%, shuningdek Surxondaryo viloyatiga 44%, Toshkent viloyatiga 41%, Andijon viloyatiga 40% viloyatlariga va Toshkent shahriga 65% toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–2022-sonli qaroriga muvofiq kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq toʻlovi belgilangan qiymatining nisbatan past darajada — sanoatda 5%, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun 10% gacha qilib belgilanishi, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarning koʻrilishi bu yoʻnalishda ish oʻrinlari tashkil etishning muhim ragʻbatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida) va respublika mintaqalarida uning hududiy filiallari tashkil etilib, 2019-yilning 1-yanvariga qadar, yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, barcha turdagi soliqlar, yigʻimlar, badallar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar toʻlashdan ozod etilishi belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 853 ta yengil sanoat korxonasining ishga tushirilishi va modernizatsiyalash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-apreldagi “Mahalliy isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va assortimentini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1961-sonli qarori, 2013-yil 17-apreldagi “2013 — 2016-yillarda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1957-sonli qarori va boshqalarni amalga oshirish ushbu yoʻnalishda ish oʻrinlari tashkil etishning asosiy omili boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni qoʻllab-quvvatlashning yuqori darajasini saqlab qolish rejalashtirilgan. Tijorat banklari tomonidan ushbu maqsadlarga 6,6 trln soʻmdan ortiq kredit ajratilishi prognoz qilinmoqda. Bunda, imtiyozli kredit mablagʻlari mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan olis qishloq tumanlarida ish oʻrinlari tashkil etish koʻzda tutilgan loyihalarni moliyalashtirishga ustuvor ravishda yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2014-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida 112,6 ming kishining bandligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarga, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini chakana savdo, dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari sotish bilan, oʻz mahsulotini ishlab chiqarish va sotish, maishiy xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan shaxslarga solinadigan soliqning belgilangan qiymatining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ–1887-sonli qaroriga muvofiq oʻrnatilishi haqiqiy moliyaviy-iqtisodiy vositalar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda ish oʻrinlari mehnat resurslari koʻp boʻlgan mintaqalarda (Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida 28,3 mingta), industrial rivojlangan viloyatlarda (Toshkent shahri va Toshkent viloyati, shuningdek Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida jami 42,9 mingta), mehnatga bandlikka ehtiyoj yuqori boʻlgan janubiy hududda (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 23,4 mingta), ekologik noqulay mintaqada (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 9,3 mingta) va aholi kam yashaydigan hududlarda (Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 8,7 mingta) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy mehnatining barcha shakllarini, avvalo, korxonalar bilan mehnat shartnomalari boʻyicha kooperatsiyada va oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi 221,3 ming nafar band boʻlmagan fuqarolarni, asosan xotin-qizlar, nogironlar va aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj boshqa toifalarini ishga joylashtirish imkoniyatini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu oʻrinda, iqtisodiyotning turli sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim shakli boʻlgan oilaviy biznesni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadigan zarur qonunchilik bazasini shakllantirishni, oilaviy biznes uchun huquqiy kafolatlarni kuchaytirishni, ish oʻrinlari tashkil qilishni taʼminlagan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhim ahamiyat kasb etadi. Qonun hujjatlarida kichik tadbirkorlik subyektlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar oilaviy korxonaga ham taalluqli ekanligi alohida eʼtiborga molik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlik sharoitida faoliyatni tashkil qilishning boshqa shaklida boʻlmagan oqilona, ixcham ish kuni va mehnat taqsimoti imkoniyati mavjud, bu esa ishlab chiqarishga, boshqa hollarda “band boʻlmaganlar” qatorida boʻlgan, yosh bolali ayollarni va aholining mehnat bozorida raqobatbardosh boʻla olmaydigan boshqa toifalarini qisman boʻlsa-da, ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sezilarli darajadagi uy mehnati ish oʻrinlari anʼanaviy milliy hunarmandchilik markazlari hisoblanuvchi mintaqalarda – Namangan (28,5 mingta), Fargʻona (27,3 mingta), Andijon (21,6 mingta), Buxoro (18,5 mingta), Samarqand (17,6 mingta) viloyatlarida, shu jumladan Namangan, Fargʻona, Qoʻqon, Margʻilon, Buxoro, Samarqand, Qarshi, shaharlarida, shuningdek Amudaryo, Toʻrtkoʻl, Kosonsoy, Uychi, Chortoq, Chust, Rishton, Asaka, Paxtaobod, Shahrixon, Vobkent, Gʻijduvon, Jondor, Urgut, Xovos, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Nurota, Qiziltepa, Xiva, Hazorasp va boshqa tumanlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi subyektlarini, ayniqsa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalarning rivojlantirilishi va kengaytirilishi, sabzavot-poliz ekinlarini saqlash, issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishga asosan Samarqand (19,8 mingta ish oʻrni), Xorazm (15,8 mingta ish oʻrni), Buxoro (13,5 mingta ish oʻrni), Qashqadaryo (10,4 mingta ish oʻrni , Sirdaryo (8,8 mingta ish oʻrni) viloyatlarida 138,1 mingdan ortiq kishi bandligini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga, tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish doirasida 2013–2014-yillarda sut-goʻsht va sabzavot-poliz mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha — 4 662 ta ish oʻrinli 271 ta korxona, 4 263 ta ish oʻrinli 926 ta chorvachilik xoʻjaligi, 4 491 ta ish oʻrinli 466 ta parrandachilik xoʻjaligi, 1 890 ta ish oʻrinli 439 ta baliqchilik xoʻjaligi, 1 839 ta ish oʻrinli 437 ta asalarichilik xoʻjaligi, shuningdek 352 ta yangi mevali bogʻ barpo etish, mahsulotlarni saqlash uchun 142 ta muzlatgich va 427 ta issiqxonaning tashkil etilishi 6 065 kishini ish bilan taʼminlash imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish hisobiga aholini, avvalo, qishloq aholisining bandligini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–4478-sonli Farmoniga muvofiq koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni maqbullashtirish, yagona yer soligʻi toʻlovi va fermer xoʻjaliklarini kreditlash boʻyicha imtiyozlar muhim rol oʻynaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish 67,1 mingta ish oʻrni tashkil etishga sharoit yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona milliy avtomobil transport tizimini yaratish, avtomobil yoʻllarini, shu jumladan Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilish, temir yoʻl uchastkalarini elektrlashtirish, bosh rejalarga muvofiq qishloq aholi punktlarini kompleks qurishni amalga oshirish, tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha zamonaviy shaxsiy uy-joylarni, muhandislik kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurishni kengaytirish, qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash va boshqa investitsiya loyihalari ushbu yoʻnalishda ish oʻrinlari tashkil etishda muhim oʻrin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vaqtinchalik faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalarning, shu jumladan tijorat banklari balansiga berilgan bankrot korxonalarning faoliyatini tiklash 15,1 mingta ish oʻrni tashkil etishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularning aksariyat qismi Jizzax (2 239 ta ish oʻrni), Sirdaryo (1 996 ta ish oʻrni), Samarqand (1 333 ish oʻrni), Toshkent (1 194 ish oʻrni), Namangan (1 149 ish oʻrni), Fargʻona (1 015 ish oʻrni) viloyatlariga va Toshkent shahriga (1 695 ish oʻrni) toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 7-bandlarida qayd etib oʻtilgan ish oʻrinlari tashkil etishning yoʻnalish va parametrlari ishlab chiqarishda yangi qurilish va mavjudlarini modernizatsiyalash, kichik biznesni, uy mehnatini, infratuzilmani, dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish hisobiga, shuningdek ishlamayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash hududlar (tuman va shaharlar) kesimida aniqlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 2014-yilda ish oʻrinlarining salmoqli qismi Samarqand (94,3 mingta), Fargʻona (92,7 ming), Qashqadaryo (88,9 mingta), Toshkent (87,0 ming), Andijon (79,6 ming), Namangan (75,2 ming), Buxoro (73,8 ming) viloyatlarida va Toshkent shahrida (91,0 ming), shuningdek mehnat bilan bandlikning ehtiyojidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasida (49,8 ming), Surxondaryo (66,1 ming), Xorazm (60,2 ming), Jizzax (44,0 ming), Navoiy (41,0 ming), Sirdaryo (40,1 ming) viloyatlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsizlik darajasi yuqori va daromad qidirib chet elga chiqayotgan fuqarolari koʻp boʻlgan, olisda joylashgan, togʻli, chegara oldi 32 ta tumanga alohida eʼtibor qaratiladi va ularda 2014-yilda 145 mingtadan kam boʻlmagan yoki barcha ish oʻrinlarining 15% miqdorida ish oʻrinlari tashkil etishga alohida eʼtibor qaratish koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan 2014-yilda har bir aniq korxona kesimida ish oʻrinlari tashkil etishning tarmoq dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilash, ish kuchiga taklif va talabning mavsumiy oʻzgarishlarini hisobga olgan holda ilgari tashkil etilgan ish oʻrinlarini saqlab qolish va barqaror faoliyat yuritishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil qilishning asosiy moliyaviy manbalari — iqtisodiyotning ayrim korxonalarini va iqtisodiyot tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari, muhim investitsiya loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari, chet el investitsiyalari, tijorat banklari kreditlari, korxonalar mablagʻlari, aholining yakka tartibdagi tadbirkorlikni tashkil qilish va yuritishga moʻljallangan mablagʻlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Band boʻlmagan aholini va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosi doirasida 2014-yilda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan mehnat bozorida xususan, ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari,muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar natijasida ish joyini yoʻqotgan fuqarolar, nogironlar, koʻp bolalilar, yakka-yolgʻizlar, odam savdosi jabrdiydalari va boshqalarga ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan faol choralarni amalga oshirish davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadda yangidan tashkil etiladigan, shuningdek boʻsh (vakant) va zaxira qilinadigan (kvotalangan) ish oʻrinlariga 345,3 ming kishini ishga joylashtirish hamda 300 mingdan kam boʻlmagan kishiga mehnat qonunchiligi, ixtiyoriy ishga joylashishlari uchun ish oʻrinlari tanlash bepul maslahatlar berish natijasida 650 mingga yaqin kishiga bandlikka koʻmaklashish koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, ish qidirishning modifikatsiya qilingan dasturlaridan foydalaniladi, vazirlikning www.mehnat.uz sayti va uning hududiy organlarining saytlaridan hamda Davlat interaktiv xizmatlarining yagona portali http://my.gov.uz orqali faol ish izlayotgan fuqarolarga ishga joylashishlarida koʻmaklashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, band boʻlmagan aholiga va ishsizlarga, birinchi navbatda, yoshlar, xotin-qizlar, imkoniyati cheklangan shaxslarga kasbga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladi. Ushbu maqsadda Toshkent shahridagi ishsizlarni kasbga oʻrgatish markazining ishsizlarni mashinasozlik ishlab chiqarishi, elektrotexnika, avtomobillarga xizmat koʻrsatish boʻyicha kasblarga oʻrgatish, shuningdek bazaviy kasb-hunar kollejlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlarini hisobga olgan holda ishsizlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatlari ishga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ishsiz fuqarolarni transport, yoʻl yoqasi va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishida, qishloq joylardagi namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishida tashkil qilinadigan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga faol jalb etish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda nogironlar, koʻp bolali onalar, farzandini yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan ota-onalar, odam savdosi jabrdiydalari, mehnat migrantlari va mehnat bozorida ish topishda qiynaladigan boshqa shaxslarni ishga joylashtirish uchun kamida 100 mingta ish oʻrni zaxira qilinadi (kvotalanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari bandlikka koʻmaklashishning taʼsirchan uslubi sanaladi. Bundan maqsad ish izlovchi fuqarolarni taklif qilinayotgan boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirish, shuningdek ularga mehnat bozori, xodimlarga ehtiyoj sezayotgan korxonalar, ishga joylashish imkoniyatlari, mavjud boʻsh ish oʻrinlari asosida qayta kasbga oʻqitish toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar berishdan iborat. 2014-yilda, barcha tumanlar va shaharlarni qamrab olgan holda, ish berish salohiyatiga ega ish beruvchilar, boʻsh ish oʻrinlariga ega korxona va tashkilotlar hamda band boʻlmagan fuqarolar ishtirokida 1 170 ta ish oʻrinlari yarmarkalari tashkil etish va oʻtkazish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda tuman va shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan amalga oshiriladigan yuqorida koʻrsatilgan chora-tadbirlar uchun, xususan, ishsizlarni ishga joylashtirish, oʻqitish va qayta tayyorlash, ularni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, shuningdek ishsizlik nafaqalari tayinlash va toʻlashni amalga oshiradigan markazlarni va ularning xodimlarini taʼminlash uchun 30,0 mlrd soʻm sarflash koʻzda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish doirasida taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda, Dasturni amalga oshirish doirasida tashkil etilayotgan ish oʻrinlariga, shuningdek mavjud boʻsh (vakant) va zaxira (kvotalangan) qilinadigan ish oʻrinlariga kasb-hunar kollejlarining 500 mingga yaqin bitiruvchisini ishga joylashtirish moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida har bir tuman va shahar kesimida maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirishda manfaatdor vazirliklar va idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, hokimliklar, korxonalar va tashkilotlar ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks chora-tadbirlar quyidagilarni koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar (ish beruvchilar), kasb-hunar kollejlari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalarning shartlariga rioya etilishining samaradorligini va haqqoniyligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga qabul qilayotgan kichik korxonalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-iyuldagi “Taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–4232-sonli Farmonida belgilangan imtiyozlardan toʻliq foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha viloyatlar markazlarida, yirik tumanlar va shaharlarda salohiyatli ish beruvchilar ishtirokida ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish bilan bir qatorda, ularga oʻzining tadbirkorlik ishini tashkil etish va yuritishi uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli mikrokreditlarni ajratish amaliyotini davom ettirish koʻzda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq aholi bandligini taʼminlashning quyidagi yangi imkoniyatlari safarbar etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tugatgan yoshlarni, oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida oʻqigan bitiruvchilarni, shuningdek odam savdosi jabrdiydalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining tashabbusi bilan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tugatgan yoshlarning, oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida oʻqigan bitiruvchilarning ishdan boʻshatilishi haqida mehnat organlariga xabar berish yoʻli bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Dastur bajarilishining monitoringi va ish oʻrinlarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etishning tasdiqlangan parametrlarining sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining elektron axborot tizimidan faol foydalangan holda, Dasturning mamlakatimiz tumanlari va shaharlari, tarmoqlar va aniq korxonalar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli va muntazam monitoring tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring Tashkil etilgan ish oʻrinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur bajarilishining borishi aniq davrda real vaqt rejimida tahlil etib boriladi. Ushbu mexanizm hisobot davri oxirigacha tasdiqlangan ish oʻrinlari tashkil etish parametrlaridan ortda qolish mavjud korxonalar, tarmoqlar, bandlik yoʻnalishlari, shuningdek tumanlar va shaharlarni aniqlash imkonini beradi va joriy hisobot davrida Dastur parametrlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil etilayotgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning shaffofligini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisida tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi nizomga, shuningdek ularning haqqoniyligini tanlab oʻrganishga muvofiq yoʻnalishlar va xududlar kesimida tashkil etilgan ish oʻrinlari koʻrsatkichlarining haqqoniyligi nazoratga olinadi, shuningdek ish oʻrinlarining tugatilishi va tugatilish sabablarini aniqlash boʻyicha statistik hisob-kitob tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun 2014-yilda yoʻnalishlar va hududlar kesimida tashkil etilayotgan ish oʻrinlari koʻrsatkichlarining xaqqoniyligini tanlab oʻrganishni hamkorlikda oʻtkazish reja-jadvali ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Oʻtkaziladigan tekshirishlar, shuningdek ish oʻrinlarining tugatilishi va tugatilish sabablarini aniqlash boʻyicha statistik hisob-kitobni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrilayotgan choralar natijalari maxsus yigʻilishlarda xududlarning masʼul rahbarlari ishtirokida muhokama etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda investitsiya, sanoat, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, infratuzilma, mahalliylashtirish va shu kabi dasturlar parametrlaridan kelib chiqib tashkil etilayotgan ish oʻrinlarining monitoringi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda ularning ishchi komissiyalari tomonidan muntazam ravishda, har oyda, tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar va jadvallar asosida ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturlari bajarilishining borishi muhokama etilib, tegishli choralar koʻrib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining tahlili va monitoringi asosida umumlashgan axborot har oyda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilib, unda mavjud ortda qolishlar, ularning sabablari koʻrsatiladi, shuningdek aniq takliflar ishlab chiqiladi, taqdim etilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus yigʻilishlarida masʼul vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, hokimliklar va yirik korxonalar rahbarlari ishtirokida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi monitoringi natijalari muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hayʼati majlislarida, vazirlik va uning hududiy boshqarmalarining maxsus yigʻilishlarida koʻrib boriladi, ularning natijalari yuzasidan barcha darajadagi hokimliklarga va iqtisodiyot tarmoqlarining xoʻjalik boshqaruvi organlariga Dastur amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar qabul qilish uchun takliflar taqdim etib boriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 12-son, 369-modda)