Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hokimining
qarori
Tumanda 2014-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hokimining 2015-yil 2-fevraldagi X-84/2-sonli “Tumanda 2015-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi;
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi;
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Tuman hokimining 2013-yil 27-fevraldagi X-111/2-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari I. Qarshiyev zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim R. MUXAMMADIYEV
Qamashi sh.,
2014-yil 27-yanvar.,
X-47/1-son
Tuman hokimining 2014-yil 27-yanvardagi X-47/1-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Qamashi tuman hududida 2014-yil transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
| J. Shodmonov |
— |
tuman IIB boshligʻi, komissiya raisi |
| S. Umarov |
— |
tuman IIB YHX guruhi boshligʻi |
| Sh. Suyunov |
— |
tuman YTXTPFK boshligʻi |
| B. Hayitov |
— |
tuman Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi |
| R. Navruzov |
— |
tuman “Vatanparvar” tashkiloti raisi |
| O. Umirzoqov |
— |
tuman Davtexnazorat inspeksiyasi boshligʻi |
Tuman hokimining 2014-yil 27-yanvardagi X-47/1-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qamashi tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| T/r | Avtoxoʻjalik va tashkilot nomi | Koʻrikdan oʻtadigan kun | Koʻrik oʻtadigan joyi | Transport vositasi soni |
| 1. | Xususiy korxonalar | 1.03.2013y | Saroyida | 132 |
| 2. | MChJlar | 4.03.2013y | Saroyida | 126 |
| 3. | Elektr tarmoqlari | 5.03.2013y | Saroyida | 12 |
| 4. | Kimyolashtirish k | 6.03.2013y | Saroyida | 22 |
| 5. | Kommunal xoʻjaligi, Fizioterapiya kasalxonasi va markaziy shifoxona | 7.03.2013y | Saroyida | 62 |
| 6. | Paxta zavodi va Yoʻl qurilish korxonasi | 8.03.2013y | Saroyida | 38 |
| 7. | Gazlashtirish va agrosanoat energiya | 12.03.2013y | Saroyida | 12 |
| 8. | 98 OXJ | 13.03.2013y | Saroyida | 93 |
| 9. | Agrobiznes va barcha kollejlar | 14.03.2013y | Saroyida | 42 |
| 10. | MTP va MMTPlar | 15.03.2013y | Saroyida | 75 |
| | Jami | | | 614 |