12.09.2003 yildagi 397-son
1. Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi, “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
3. Veterinariya maqsadlari uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning II, III va IV ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar qo‘llanishi mumkin.
14. Giyohvandlik vositalari va maxsus retseptura blankalari omborlarda (bazalarda) mazkur Tartibga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha raqamlangan va ip o‘tkazib tikilgan, veterinariya muassasasi rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan maxsus daftarlarda hisobga olinadi.
17. O‘ziga xizmat vazifalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari bo‘yicha bevosita ruxsati bo‘ladigan shaxslarni ishga qabul qilishda ushbu shaxslarni “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tanishtirish, shuningdek u bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga (kontraktga) mazkur Tartibga rioya etmaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qoidalar kiritilishi zarur.
20. Giyohvandlik vositalari mazkur Tartibga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va muassasa yoki yuqori tashkilot rahbarining imzosi hamda muhr bilan tasdiqlangan maxsus daftarda ashyoviy-miqdoriy hisobda turishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari talon-toroj qilingan va o‘g‘irlangan taqdirda mazkur Tartibga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha dorixona mudiri zudlik bilan bu to‘g‘rida ichki ishlar organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bu to‘g‘rida xabar beradigan, davlat veterinariya xizmati yuqori organiga xabar qilishi shart.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Veterinariya dorixonalari uchun (2-band) nazarda tutilgan giyohvandlik dorivor vositalarni hisobga olish va berish tartibi veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalari dorixonalariga ham joriy etiladi.
35. Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik firmalari va xo‘jaliklari bo‘limlari hamda korxonalarining davolovchi vrachlari va feldshyerlaridagi giyohvandlik vositalari mazkur Tartibga 8-ilovada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha ip bilan tikilgan, nomerlangan va veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, xo‘jalik yoki korxona veterinariya xizmati rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan holda maxsus daftarda ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
62. Giyohvandlik vositalari veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida mazkur Tartibga 10 va 11-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha, alohida, nomerlangan va ip o‘tkazib tikilgan daftarda tashkilot rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
78. O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan psixotrop moddalar nomerlangan, ip o‘tkazib tikilgan, rahbarning imzosi va muassasa yoki yuqori tashkilot muhri bilan tasdiqlangan (mazkur Tartibga 12-ilova) maxsus daftarda ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobda turishi kerak. Har oyning 1-kunida ularning ixtiyoridagi mavjud psixotrop moddalar belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkaziladi va balans tuziladi. Balansdagi ma’lumotlarda normadan ortiqcha sarflashlar yoki o‘tkazilgan xatlov natijasi bilan balans ma’lumotlarida nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, dorixona mudiri uch kun muddatda bu to‘g‘rida yuqori tashkilotga va ichki ishlar organlariga xabar beradi.
120. Ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishdagi har qanday operatsiyalar ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida qayd etilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)