Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2015 31.07.2000 yildagi 293-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GIYoHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI ORQALI OLIB KIRISh, OLIB ChIQISh VA TRANZIT TARZIDA O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatlari 2-5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2—5-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom 2000-yil 1-oktabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish ilgari berilgan sertifikatlarga muvofiq faqat 2001-yil 1-yanvargacha amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish)ga sertifikatlar va tranzit tarzida o‘tkazishga ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatlariga zarur o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni respublika hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar esa tasarrufidagi tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va boshqa yuridik shaxslar tomonidan mazkur tartibga rioya etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar o‘z normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 31-iyuldagi
293-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli konvensiyalarida nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda davlat nazorati chora-tadbirlari belgilangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish tartibini qonuniy aylanish doirasida boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish va olib chiqish faoliyatning tegishli turi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan, Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishuvga va Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasining tegishli ruxsatnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan sertifikatlar (1-6-ilovalar*) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—6 ilovalar berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sertifikat olish uchun arizachi Sog‘liqni saqlash vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) firma blankasida rasmiylashtirilgan sertifikat berish uchun ariza (7-ilova*), unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 7-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirish (olib chiqish)ni amalga oshiruvchi tashkilot, firmaning, shuningdek, yuk oluvchi mamlakatining nomi, yuridik manzili, litsenziyasining tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositasining yoki psixotrop moddaning xalqaro patentlanmagan nomi, agar shunday modda mavjud bo‘lsa, yoxud shu nomda chiqariladigan giyohvandlik vositasining yoki dori-darmonlik shakli va ularning miqdori ko‘rsatilgan holda psixotrop moddaning nomi, prekursor nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirish (olib chiqish)ning maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirish (olib chiqish) uchun foydalanish mo‘ljallanayotgan transport turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirish (olib chiqish) mo‘ljallanayotgan muddatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish (bir yoki bir nechta turkum bilan) tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida yoki vakolatli bankda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va bojxona organida hisobga qo‘yilgan kontrakt (shartnoma)ning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) prekursorlarni olib kirishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi Ekologik sertifikatsiya va xizmatlar markazining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) eksport qiluvchi (import qiluvchi — O‘zbekiston Respublikasi norezidenti)ning ta’sis hujjatlari nusxalari;
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) arizachining Sog‘liqni saqlash vazirligiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar amalda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilganligi va undan olib chiqilganligi to‘g‘risidagi hisobot taqdim etish haqidagi majburiyat xati (8-ilova*), unga yuk bojxona deklaratsiyasi va eksport qiluvchi mamlakatining (arizachi import qiluvchi bo‘lgan hollarda) vakolatli organi tomonidan beriladigan eksport uchun sertifikat (ruxsatnoma)ning nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 8-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan taqdirda Sog‘liqni saqlash vazirligiga import qiluvchi mamlakatning olib kirish uchun sertifikati (ruxsatnomasi)ni taqdim etish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sog‘liqni saqlash vazirligi sertifikat berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno;
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taqdim etilgan materiallar bo‘yicha sertifikat berish to‘g‘risidagi qaror to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar olingan kundan boshlab bir oygacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi. Belgilangan muddatda sertifikat berish rad etilgan hollarda rad etish sabablari ko‘rsatilgan asoslar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat berish yuzasidan arizani takroriy ko‘rib chiqishda sertifikat berishning ushbu sertifikatni berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Beriladigan sertifikatning amal qilish muddati bir yilgacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish va olib chiqish uchun kontraktlar faoliyatning tegishli turi belgilangan tartibda bojxona organida hisobga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari hisobga qo‘yish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning amalda olib kirilishi, olib chiqilishi va tranzit tarzida o‘tkazilishi haqida 9-ilovaga* muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 9-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit tarzida o‘tkazish Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 10-ilovaga* muvofiq shaklda beriladigan ruxsatnoma bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 10-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aylanishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan prekursorlar ro‘yxatida (IV ro‘yxat) 1—5, 7, 9, 11, 14—17, 19, 22, 25 tartib raqamlari bilan belgilangan prekursorlar tranziti maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranziti to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 34-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit tarzida o‘tadigan giyohvandlik vositalari uning tabiatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan har qanday jarayonlarning ta’siriga tushishi mumkin emas va uning o‘rami vakolatli idoralarning ruxsatisiz o‘zgartirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, arizaga (11-ilova*) asosan beriladigan ruxsatnoma (12-ilova*) bo‘yicha yopiq turdagi bojxona omboriga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 11, 12-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ochiq turdagi bojxona omborlariga va bo‘sh omborlarga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni bojxonada rasmiylashtirish chog‘ida bojxona idoralariga sertifikatlarning asli va notarial tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta orqali, shu jumladan xalqaro yo‘sinda yuborish import qiluvchi mamlakat va eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli idorasi tomonidan berilgan ruxsatnomaning nusxasi bilan kuzatilayotgan holatdan boshqa holatda taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni muruvvat yordami sifatida yuborish taqiqlanadi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Muruvvat yordami ko‘rsatish bo‘yicha respublika komissiyasining ruxsati bilan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning O‘zbekiston Respublikasining aniq subyektlariga yuborilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizomda belgilangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasida qonuniy aylanishi doirasida olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibi buzilganda ko‘rsatilgan vositalar va moddalarni olib kirish (chiqish) va tranzit tarzida o‘tkazishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 2-son, 25-modda; 2003-y., 14-son, 114-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda)