Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2020 11.07.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1048
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 11.07.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1048
Кучга кириш санаси
21.07.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 11-iyulda 1048-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 11-maydagi 119 va 34-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1048-3, 05.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyuldagi 315-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Bosh boshqarma boshliqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati boʻyicha departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi “Dori darmon” DAU, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash va ichki ishlar vazirlari, viloyatlardagi sogʻliqni saqlash va ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash va ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari 2001-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda tegishli xizmatlar tomonidan hisobot qabul qilgan holda ushbu Nizomning oʻrganilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sobiq SSSR IIVning 1973-yil 27-apreldagi 76-sonli buyrugʻi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tatbiq etilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 2-aprelda 690-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Dorixona muassasalarida giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlash, qoʻriqlash va yongʻindan xabar beruvchi texnika vositalari bilan jihozlashga doir namunaviy talabnomaning narkotik vositalarga oid qismlari amalda emas deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari D.A. Asadov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV

“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi 17-iyun 2001-yil 2-sonli qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega litsenziya talabgori — yuridik shaxslarning (keyinchalik “yuridik shaxslar” deb yuritiladi) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun moʻljallangan obyekt va binolarini texnik mustahkamligi hamda qoʻriqlash — yongʻinga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlashga doir texnik talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida foydalanish uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash holatlarida joriy qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt va binolar texnik mustahkamligi va qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanishiga qarab uch toifaga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Birinchi toifadagi hudud va bino obyektlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqaradigan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida giyohvand modda boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prekursorlarni saqlaydigan va sotadigan baza va omborxonalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ikkinchi toifadagi bino obyektlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixotrop vositalar va prekursorlarni, narkotik vositalarni tarqatish va ulgurji sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanuvchi yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorixona va dorixona davolash profilaktika muassasalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Uchinchi toifadagi obyektlarga laboratoriyalar, davolash-profilaktika muassasalarining boʻlimlari, tibbiyot punktlari, boshqa tibbiyot muassasalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Obyektning toifasi va saqlanuvchi moddaning xossalariga qarab obyekt va binolar hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni quyidagi saqlash tartiblari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni mazkur Nizomning III boʻlim qoidalariga muvofiq alohida jihozlangan xonalarda joylashgan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi. Shuningdek, ushbu saqlash tartibida birinchi toifali obyektlar hududlarining (saqlash joylari) texnik jihatdan mustahkamligiga mazkur Nizomning IV boʻlim qoidalariga muvofiq qoʻshimcha talablar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ikkinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar mazkur Nizomning V boʻlim qoidalariga muvofiq alohida jihozlangan xonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psixotrop moddalar esa metall shkaflarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Uchinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar mazkur Nizomning VI boʻlim qoidalariga muvofiq jihozlangan alohida xonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psixotrop moddalar esa metall shkaflarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Birinchi toifali obyektlarda prekursorlar kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalariga hamda xavflilik darajasiga bogʻliq holda mazkur Nizomning IV boʻlim qoidalariga muvofiq texnik jihatdan mustahkam obyektlar hududida (saqlash joylarida) saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yuridik shaxs boshligʻining shaxsiy javobgarligi asosida tegishli binolarda oʻrnatilgan qulflanib muhrlanadigan muzlatkichli kameralarda yoki muzlatkichlarda (bundan buyon matnda — muzlatkichlar deb yuritiladi) saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun obyekt va binolar mazkur Nizomning VII boʻlim qoidalariga muvofiq qoʻriqlash — yongʻin signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari saqlanadigan seyflar va metall shkaflar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam boʻlmagan, mustahkam ichki qulfga ega boʻlishi hamda polga yoki devorga (700 kg dan ogʻir boʻlgan seyflar bundan mustasno) biriktirilgan (kavsharlangan) boʻlishi kerak. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun moʻljallangan shkaflarning eshiklarini mustahkam boʻlishi uchun yopib turadigan ustki qism yoki burchakliklar bilan kuchaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan xonada seyflar va shkaflarning soni va raqamlari koʻrsatilgan roʻyxat boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seyflar va metall shkaflar yopiq holda boʻlishi kerak. Ish kuni yakunlangandan soʻng giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan seyf, metall shkaf va xonalar qulflanishi va muhrlanishi, kalitlar, muhr va tamgʻa esa — ularni saqlash uchun javobgar shaxsda boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash xonalari va seyflarining (metall shkaflarning) ikki toʻplam kaliti boʻlishi kerak: kalitlarning bir toʻplami yuridik shaxs rahbarining buyrugʻiga koʻra giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun javobgar shaxsda har doim boʻlishi kerak, ikkinchi toʻplami — muhrlangan qutichada yuridik shaxs rahbarida saqlanadi. Bu kalitlarni stollarda, boshqa joylarda qoldirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ichki ishlar organlari tomonidan binoning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarini berilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun yuridik shaxs hududiy ichki ishlar organiga obyektning (binoning) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasini olish uchun oʻzining nomi va joylashgan manzilini (pochta manzili) koʻrsatilgan ariza bilan yozma ravishda murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza berilgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda hududiy ichki ishlar organining nazorat-litsenziyalash xizmati va yongʻin nazorati vakillari hamda yuridik shaxs tomonidan belgilangan tartibda tayinlangan vakil ishtirokida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun moʻljallangan obyekt (bino) tekshiriladi va bu haqda tegishli tekshiruv dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻrsatilgan dalolatnoma asosida va ariza berilgan vaqtdan besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda hududiy ichki ishlar organi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt (bino) mazkur Nizomning talablariga toʻliq javob bergan taqdirda organ boshligʻi tomonidan mazkur Nizomga ilova etilgan shakl boʻyicha giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi imzolangan, gerbli muhr qoʻyilgan xulosasi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt (bino) mazkur Nizom talablariga javob bermagan taqdirda, yuridik shaxs nomiga rad qilishning aniq sabablari hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrsatgan holda xulosa berishni rad etish toʻgʻrisida yozma bildirish xati yuboriladi. Xulosa berish toʻgʻrisidagi rad javobi mantiqan toʻgʻri boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuridik shaxs tekshiruvda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng, hududiy ichki ishlar organiga obyektning (bino)giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa berilishi yuzasidan qayta ariza bilan murojaat etishga haqlidir. Takroriy ariza umumiy asoslarda qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha obyekt (bino) larning texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari berilgan yuridik shaxslarning reyestri olib boriladi. Reyestrda yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, yuridik va pochta manzili, yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi-sharifi va turar joyining manzili, binoning tekshirilgan muddati va xulosa berilgan vaqti koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yuridik shaxslar ichki ishlar organlarining qarori va xatti-harakatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlanadigan xonalarga boʻlgan texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ushbu boʻlim talablariga muvofiq jihozlangan alohida (yordamchi, xizmat va boshqa xonalardan ajratilgan) binolarga (xonalarda) oʻrnatilgan seyflar yoki metall shkaflar ichida saqlanadi. Bundan tashqari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni birinchi toifali obyektlarda saqlanishida tegishli obyekt hududlarini texnik jihozlanishi uchun mazkur Nizomning IV boʻlimi qoidalariga muvofiq qoʻshimcha talablar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda, ushbu binoda oʻrnatilgan muzlatkichlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yuridik shaxs boshligʻining shaxsiy javobgarligi asosida saqlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlash uchun moʻljallangan binolar (xonalar) quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Mustahkam devor, pishiq pol va shift toʻsiqlariga ega boʻlishi kerak. Devorlarning mustahkamligi jihatidan qalinligi 380 mm dan kam boʻlmagan gʻisht devor oʻlchamiga, pol va shift toʻsiqlari esa — 100 mm dan kam boʻlmagan temir-beton qalinligiga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan talablarga javob bermaydigan devor, shift toʻsiqlari va pollar butun maydoni boʻylab ichkari tomonidan diametri 10 mm dan kam boʻlmagan qalinlikdagi metall simdan tayyorlangan panjara yordamida mustahkamlanadi. Metall simlar har bir kesishgan joyda payvandlangan boʻlishi, bunda hosil boʻlgan katakchalar oʻlchami 150x150 mm dan katta boʻlmasligi kerak. Panjaralar devor yoki toʻsiq plitalari urilganda chiqarilgan joylarga diametri 12 mm dan kam boʻlmagan anker (uzun bolt) bilan 500x500 mm masofada payvandlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ankyerlarni devorga mustahkamlash imkoni boʻlmagan taqdirda 100x50x6 mm oʻlchamli metall tasmalardan tayyorlangan toʻsiq detallari temir-beton yoki beton sathlarga toʻrtta dyubel mixlari yordamida qoqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Xonalarga butun, kesakisiga yaxshi moslangan ikkitalik eshiklar oʻrnatilgan boʻlishi kerak, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) saqlash xonasining kirish (tashqi) eshigi yaxlit metall yoki ichi boʻsh boʻlmagan va qalinligi 40 mm dan kam boʻlmagan yogʻochdan tayyorlanadi. Eshik ikkala tomonidan 0,6 mm dan kam boʻlmagan qalinlikdagi metall tunuka bilan qoplanib, metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi kerak. Tashqi eshik kamida ikkita oʻyma qulfli boʻlishi va mastik muhr bilan muhrlanishi yoki plombalanishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eshik ichkari tomondan qoʻshimcha ravishda diametri 16 mm dan kichik boʻlmagan armaturadan yasalgan, katakchalar oʻlchami 150x150 mm dan katta boʻlmagan, har bir kesishish joyida payvand qilingan panjarali metall eshik bilan mustahkamlanadi. Ichki panjarali eshik ichki yoki osma qulf yordamida qulflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) eshik kesakisi metall profildan tayyorlanadi. Eshik kesakisi yogʻochdan yasalishiga ham ruxsat etiladi, bunda kesakilar 30x40 mm oʻlchamli, qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan metall burchaklar yordamida mustahkamlanishi, burchaklarining oʻzi diametri 10 — 12 mm, uzunligi 120x150 mm li armaturadan yasalgan mix yordamida devorga mahkamlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Deraza oʻrniga xonaning ichki tomonidan simining diametri 16 mmdan kam boʻlmagan va kataklarining oʻlchami 150x150 mm dan katta boʻlmagan metall panjara oʻrnatiladi. Panjara simlarining uchlari devorga 80 mm dan kam boʻlmagan chuqurlikda oʻrnatilib, beton yordamida qotiriladi. Mustahkamligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan panjaralardan qolishmaydigan dekorativ panjara yoki jalyuzilardan foydalanishga ham ruxsat etiladi. Birinchi qavatda joylashgan xonalarda deraza oʻrinlariga ichkari tarafdan metall yoki ikkala tomonidan metall plastinka bilan qoplangan hamda osma qulflar yordamida qulflanadigan yogʻochli deraza eshiklarni oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Xonalarida ventilatsiya tuynuklari va lyuklar mavjud boʻlgan hollarda ularga diametri 16 mm dan kam boʻlmagan, katakchalarining oʻlchami 100x100 mm dan katta boʻlmagan, ushbu sistemalar orqali xona ichiga kirishga toʻsqinlik qila oladigan metall panjaralar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Devordagi ventilatsiya qurilmalari oʻtishiga moʻljallangan teshiklarning diametri 200x200 mm dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Giyohvandlik vositalarini saqlash va qadoqlashga moʻljallangan omborxona bino va xonalarining devor, shift va ichki konstruksiyalarini pardozlashda oson tozalash va yuvish imkonini beradigan, chang va bugʻ yigʻmaydigan materiallardan foydalanilgan boʻlishi kerak. Devorning pol bilan tutashgan qismi aylanasimon shaklda ishlanadi. Bu xonalar havoni tortuvchi ventilatsiya qurilmasi bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan hududlarga (joylarga) qoʻyiladigan texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash hududlariga qoʻyiladigan talablar quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan hududlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan qurilish meʼyorlari va qoidalari (SNiP) hamda loyihalashning sanitariya meʼyorlari talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Hududlarning yuzasi tekis, yogʻingarchilik, qor-muz suvlari va sugʻoriladigan suvlar oqib ketadigan qiyaliklarga ega boʻlishi kerak. Hududlarda tozalikka rioya qilinishi shart. Kirish va oʻtish joylari qattiq qoplamaga ega boʻlishi, erkin harakatlanishda toʻsiqlar boʻlmasligi kerak. Yoʻllar, oʻtish joylari va yoʻlkalarni oʻz vaqtida taʼmirlash, qishda qordan tozalash, muz bilan qoplangan hollarda qum sepilishi talab etiladi. Kirish va oʻtish joylari kechqurun yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Hududlarda ishlab chiqarish natijasida hosil boʻladigan zararli chiqindilar yigʻilib qoladigan qazilgan chuqurliklar yoki oʻyilgan joylar boʻlmasligi kerak. Hududlarda joylashgan lyuk, ariq va quduqlar yopiq holda boʻlishi kerak. Vaqtincha ochib qoʻyilgan lyuk, quduq va ariqlar balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan, qorongʻi paytda koʻrinadigan chiroqli signalizatsiya oʻrnatilgan toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Quduqlarga, shuningdek muyulish burchaklarida kameralarga ega boʻlmagan yer osti muhandislik tizimlarida ularning joylashish sxemasini aniqlash imkonini beruvchi tashqi aniqlash belgilari oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Alohida joylashgan omborxonalar, shuningdek, saqlash omborxonalari va boshqa turli binolar hamda qurilmalar oraligʻidagi masofa oʻrnatilgan yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi masofalardan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Tegishli hududlarda joylashgan barcha bino va qurilmalar ichiga erkin kirish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi kerak. Binolar va yongʻinni oʻchiruvchi suv manbalariga oʻtish joylari va kirish yoʻllari, shuningdek, yongʻinga qarshi qoʻllaniladigan asboblar, uskunalar va rezervuarlar joylashtirilgan boʻlinmalar hududiga ham erkin kirish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zavod ichidagi metall yoʻllarning oʻtish joylari oʻt oʻchirishga moʻljallangan avtomobillar harakati uchun bemalol boʻlishi kerak. Oʻtish va binolar orasidagi joylardan avtomobillar turishiga, xom-ashyo, materiallar va tayyor mahsulotni saqlash maqsadlarida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Tegishli hududlarda materiallar, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va idishlarni saqlashga moʻljallangan maydonlarni tuzilishi yongʻin xavfsizligi organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Obyekt hududi devor bilan chegaralanib, binodan suv chiqib ketishi uchun qiyaliklar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Ish vaqtidan tashqari paytlarda saqlash joylari yopiq, muhrlangan boʻlishi, butun sutka davomida qoʻriqlanishi, tungi vaqtlarda esa kirish joylari yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Birinchi toifali obyektlarni saqlash joylarining qoʻriqlash xizmati oʻqotar qurol bilan qurollanadi. Qoʻriqlash xizmatining turi, qurol rusumi, postlar soni, texnik vositalar va ularning soni tashkilot rahbari tomonidan ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birinchi toifali obyektlarda saqlash joylarining texnik mustahkamligiga boʻlgan talablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Saqlash joylarining hududida devordan 3 m dan kam boʻlmagan kenglikdagi taʼqiqlangan zona boʻlishi kerak. Taʼqiqlangan zonaning chegaralari va undan foydalanish tartibi ichki ishlar organining nazorat-litsenziyalash xizmati vakili bilan kelishilgan holda yuridik shaxs maʼmuriyati tomonidan belgilanadi. Taʼqiqlangan zonaning chegaralarida toʻsiqlar va ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatiladi. Toʻsiqdan eng yaqin omborxonagacha boʻlgan masofa 3 m dan kam boʻlmasligi kerak. Togʻli hududlarda ushbu masofa ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda kamaytirilishi mumkin. Taʼqiqlangan zonaning chegaralari daraxt va butalar olib tashlanib, quruq oʻt, oʻtin, shox-shabba va boshqa oson alangalanuvchi buyumlardan tozalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash joylarining hududi devor bilan oʻraladi. Devor tikanli sim, gʻishtli, toshdan yoki metalldan tayyorlanadi. Devor balandligi 2 m dan kam boʻlmasligi kerak. Gʻishtli, toshdan yoki metalldan ishlangan devor ustiga 0,5 m dan kam boʻlmagan balandlikda metall asoslarga toʻrt qator tikanli sim tortilishi lozim. Devorda qulflanadigan darvoza va eshiklar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Prekursorlarni saqlash joylarining hududi balandligi 2,5 m dan kam boʻlmagan metall-betonli devor bilan oʻralib, devor ustidan balandligi 0,5 m dan kam boʻlmagan toʻrt qator tikanli simdan qiya soyabonli qilib yasalgan ustun oʻrnatiladi; ushbu devorning ichki tomonidan eni 3 m dan kam boʻlmagan nazorat chizigʻi oʻrnatiladi. Qoʻshimcha ravishda balandligi 2 m dan kam boʻlmagan ichki simli devor oʻrnatilib, uning ustidan ham balandligi 0,5 m dan kam boʻlmagan toʻrt qator tikanli simdan soyabonli yasalgan ustun oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Birinchi toifali obyektlarda prekursorlarning saqlanishi mazkur Nizomning 17-, 18-bandlari qoidalariga muvofiq texnik mustahkamlangan obyektlar hududida yongʻin xavfsizligi qoidalari, moddalarning oʻzaro mutanosibligi hamda oʻt oʻchiruvchi vositalarining bir xilligi belgilariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Prekursorlarning saqlash joylari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydonlar (ochiq va usti yopiq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervuar joylar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Muayyan tipdagi saqlash joylarida saqlanishi lozim boʻlgan prekursorlarning aniq tipi va turlari hamda ularni chegara sigʻimi amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Birinchi toifali obyektlarda prekursorlar saqlanadigan binolar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) prekursorlarni taralab (maxsus idishlar ichida) saqlash uchun moʻljallangan omborxonalar yonmaydigan materiallardan qurilishi kerak. Omborxona devorlari mustahkamligi jihatdan qalinligi 120 mm dan kam boʻlmagan gʻisht devor oʻlchamiga teng boʻlishi, pol va toʻsiqlar — qalinligi 80 mm dan kam boʻlmagan temir-beton plitadan boʻlishi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan devor va toʻsiqlar ichki tomondan diametri 12 mm dan kam boʻlmagan qalinlikdagi metall simdan yasalgan, katakchalar oʻlchami 150x150 mm dan katta boʻlmagan panjara yordamida mustahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Xonalarga eng kamida ikkita eshik oʻrnatiladi. Eshiklar kesakisiga yaxshilab moslangan boʻlishi kerak. Eshik kesakisi metalldan yasalishi zarur yoki kesakilar 30x40 mm oʻlchamli, qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan metall burchaklar yordamida mustahkamlanib, burchaklarning oʻzi diametri 10 — 12 mm, uzunligi 120x150 mm li armaturadan yasalgan mix yordamida devorga maqkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish (tashqi) eshigi yaxlit metall yoki ichi boʻsh boʻlmagan hamda qalinligi 40 mm dan kam boʻlmagan yogʻochdan tayyorlanadi. Eshik ikkala tomonidan metall tunuka bilan qoplanib, bunda metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi, kamida ikkita qulf, ulardan bittasi — oʻyma qulf oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi eshik ichkari tomondan qoʻshimcha ravishda diametri 16 mm dan kam boʻlmagan, katakchalar oʻlchami 150x150 mm dan koʻp boʻlmagan, har bir kesishish joyida payvand qilingan armaturadan yasalgan panjarali metall eshik yordamida mustahkamlanadi. Ichki panjarali eshik ichki yoki osma qulf bilan qulflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) saqlash xonasi derazalarining oʻrni diametri 12 mm dan kam boʻlmagan va katakchalarining oʻlchami 150x150 mm dan koʻp boʻlmagan metall panjaralar bilan mustahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Omborxona binosining eshiklari yopiq holda boʻlishi kerak. Ish vaqti tugaganidan soʻng eshiklar qulflanishi va muhrlanishi, kalitlar, muhr va tamgʻa moddiy javobgar shaxsda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Har bir omborxonaning koʻrinadigan joyiga 12.4.026-GOST boʻyicha “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari”, omborxonada saqlanayotgan materiallarni saqlashda xavfsizlik qoidalari hamda baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma osilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Yongʻin-xavfli moddalar saqlovchi omborxonalarning binosi quruq, yaxshi shamollatiladigan yoki ventilatsiyalanadigan, yongʻinga qarshi inventarlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Xom ashyo va tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborxonalarda umumiy almashinuvchan ventilatsiya, silos saqlovchi toʻkiluvchan moddalar saqlanadigan omborxonalarda esa aspiratsiya boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Xom ashyo va tayyor mahsulotlar saqlovchi maydonlar tik (toʻgʻridan toʻgʻri) tushuvchi quyosh nurlari taʼsiridan hamda atmosfera yogʻinlaridan himoyalangan boʻlishi,transport yuradigan qismidan kamida 15 sm balandlikda joylashishi, atmosfera va grunt suvlari yigʻilib qolmasligi hamda suyuqliklarning oqib tarqalmasligi uchun zarur boʻlgan moslama va tarnovlar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Kislotalar saqlovchi omborxonalar boshqa materiallarni saqlashga moʻljallangan omborxonalardan alohida joylashgan boʻlishi kerak. Kislotalarning yertoʻlalarda saqlanishiga ruxsat etilmaydi. Kislotalar saqlovchi omborxonaning ventilatsiyasi tabiiy boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Maxsus maydonlarda xomashyo va tayyor mahsulotlarni idishlar ichida saqlangan holatlarda ularning soni har bir guruhda 100 donadan koʻp boʻlmasligi, guruhlar orasidagi masofa 1 m dan kam boʻlmasligi kerak. Har bir guruhda maʼlum bir turdagi moddalar saqlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Xom ashyoning sutkalik zaxirasini saqlash uchun boʻlimlarda havoni tortib oladigan ventilatsiya uskunasi oʻrnatilgan omborcha ajratilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ikkinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan xonalarga qoʻyiladigan texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ikkinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar mazkur boʻlimning talablariga muvofiq jihozlangan alohida xonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psixotrop moddalar esa metall shkaflarda saqlanadi. Prekursorlarni seyf yoki metall shkaflardan tashqarida saqlanishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yuridik shaxs boshligʻining shaxsiy javobgarligi asosida binolarda oʻrnatilgan qulflanib muhrlanadigan sovutgich kameralarida yoki sovutgichlarda saqlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ish vaqtidan soʻng binolar yopiq, muhrlangan va qoʻriqlash uchun topshirilgan boʻlishi, tungi vaqtda kirish joylari yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan bino (xona) lar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Mustahkam tashqi devorlar, pol va shift toʻsiqlariga ega boʻlishi kerak. Ichki devorlar (toʻsiqlar) mustahkamligi boʻyicha qalinligi 80 mm dan kam boʻlmagan, oraligʻiga metall panjara oʻtqazilgan juft gipsobeton panelga yoki qalinligi 120 mm dan kam boʻlmagan gʻisht devor qalinligiga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Xonalarga ikkita eshik oʻrnatiladi. Eshiklar kesakisiga yaxshi moslangan boʻlishi kerak, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eshik kesakisi metall profildan tayyorlanadi. Avval qurilgan binolarda eshiklar kesakisini yogʻochdan yasalganligiga ham ruxsat etiladi, bunda kesakilar 30x40 mm oʻlchamli, qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan metall burchaklar yordamida mustahkamlanib, burchaklarning oʻzi diametri 10 — 12 mm, uzunligi 120x150 mm dan kam boʻlmagan armaturadan yasalgan mix yordamida devorga oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kirish (tashqi) eshigi yaxlit metall yoki ichi boʻsh boʻlmagan hamda qalinligi 40 mmdan kam boʻlmagan yogʻochdan tayyorlangan boʻlishi kerak. Eshik ikkala tomonidan metall tunuka bilan qoplanib, bunda metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi kerak. Tashqi eshikka kamida ikkita qulf (ulardan bittasi — oʻyma) oʻrnatiladi. Eshik mastik muhr bilan muhrlanadi yoki plombalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ichki panjarali metall eshik diametri 12 mm dan kam boʻlmagan, katakchalar oʻlchami 150x150 mm dan katta boʻlmagan, har bir kesishish joyida payvand qilingan armaturadan yasaladi. Ichki panjarali eshik ichki yoki osma qulf yordamida qulflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Deraza oʻrniga xonaning ichki tomonidan simining diametri 15 mm dan kam boʻlmagan metall panjara oʻrnatiladi. Panjara kataklarining oʻlchami 150x150 mm dan koʻp boʻlmagan holda ular har bir kesishish joylarida payvand qilinishi kerak. Panjara simining uchlari devorga 80 mm chuqurlikda oʻrnatilib, beton quyib qotiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustahkamligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan panjaralardan qolishmaydigan dekorativ panjara yoki jalyuzilardan foydalanishga ham ruxsat etiladi. Birinchi qavatda joylashgan xonalarda deraza oʻrinlariga ichkari tarafdan metall yoki ikkala tomonidan metall plastinka bilan qoplangan hamda osma qulflar yordamida qulflanadigan yogʻochli deraza eshiklarni oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalarida ventilatsiya tuynuklari va lyuklar mavjud boʻlgan hollarda ularga diametri 15 mm dan kam boʻlmagan, katakchalarining oʻlchami 100x100 mm dan katta boʻlmagan, ushbu sistemalar orqali xona ichiga kirishga toʻsqinlik qila oladigan metall panjaralar oʻrnatiladi. Devordagi ventilatsiya qurilmalari oʻtishiga moʻljallangan teshiklarning diametri 200x200 mm dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davolash-profilaktika muassasalarida navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan olingan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ularni saqlash uchun maxsus ajratilgan, devorga yoki polga mustahkamlangan seyf yoki metall shkaflarda saqlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maqsadlar uchun tashilganda (tez yordam mashinasida) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tibbiy qutilarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Uchinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan binolarga qoʻyiladigan texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Uchinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar mazkur boʻlimning talablariga muvofiq jihozlangan alohida xonalarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psixotrop moddalar metall shkafda saqlanadi. Prekursorlarni seyf yoki metall shkaflardan tashqarida saqlanishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yuridik shaxs boshligʻining shaxsiy javobgarligi asosida tegishli binoga oʻrnatilgan qulflanib muhrlanadigan sovutgich kameralarida yoki sovutgichlarda saqlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Uchinchi toifali obyektlarning xonalari mustahkam qurilgan binolarda joylashgan boʻlishi kerak. Ish vaqtidan soʻng binolar yopiq, muhrlangan va qoʻriqlash uchun topshirilgan, tungi vaqtda kirish joylari yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xona faqat bitta kirish joyiga ega boʻlib, binoning tashqi tomonidan baland tovushga (sirenaga) ega boʻlgan alohida signalizatsiya qurilmasi bilan taʼminlanishi, mazkur qurilma eng yaqin qoʻriqlash postiga (qorovulxonaga) chiqarilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Deraza oʻrni simining diametri 15 mm dan kam boʻlmagan, katakchalarining oʻlchami 150x150 mm dan katta boʻlmagan metall panjaralar bilan mustahkamlanadi. Panjara simining uchlari devorga 80 mm chuqurlikda oʻrnatilib, beton quyib qotiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustahkamligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan metall panjaralardan kam boʻlmagan dekorativ panjaralar yoki jalyuzilardan foydalanishga ham ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xona eshigi butun, eshik kesakisiga yaxshi moslangan, ichi boʻsh boʻlmagan, qalinligi kamida 40 mm li, ikkala tomonidan metall tunuka bilan qoplanib, bunda metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi kerak. Tashqi eshikka kamida ikkita qulf oʻrnatilishi, ulardan bittasi — oʻyma qulf boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Prekursorlar saqlanadigan xonalar tabiiy usulda shamollatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash xonalarini qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiya moslamalari bilan jihozlashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiya moslamalari (QYOTM) quyidagi maqsadlarda oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan zona chegaralarini begona kishilar tomonidan buzish holatlari yuz berganda ogohlantirish yoʻli bilan qoʻriqlashni kuchaytirish (qoʻriqlash signalizatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin sodir boʻlgan hollarda yongʻin oʻchogʻini tezda aniqlab, xabar berish (yongʻin signalizatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli holatlar roʻy bergan hollarda hududiy ichki ishlar organlarini tezda xabardor etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xavfni bildiruvchi signal yetib kelganda tashkilot qorovulining (qorovullik xizmatining) xatti-harakatlari hududiy ichki ishlar organi bilan kelishilgan holda yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlangan Yoʻriqnoma bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. QYOTM kompleksini loyihalashtirish, montaj qilish, taʼmirlash (sozlash) va texnik xizmat koʻrsatish ishlari faqatgina ushbu faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga ega boʻlgan maxsus tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. QYOTM ning texnik hujjatlari, uni oʻrnatish va ekspluatatsiya qilishga oid yozishmalar xizmat doirasida qoʻllashga moʻljallangan boʻlib, “XDFU” grifi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. QYOTM ni oʻrnatishda bajariladigan qurilish-montaj va ishga tushirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasining amalda boʻlgan qurilish meʼyorlari va qoidalari (SNiP) hamda boshqa meʼyoriy hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Birinchi toifali obyektlar mazkur Nizomning 39 — 41-bandlariga muvofiq ikkita — tashqi va ichki hududlarga (chegaralarga) ega boʻlgan qoʻriqlash tizimi, shuningdek, yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ikkinchi toifali obyektlar mazkur Nizomning 40-41-bandlariga muvofiq qoʻriqlash signalizatsiyamning ichki hududiga (chegarasi) ega boʻlgan qoʻriqlash tizimi hamda yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Uchinchi toifali obyektlar mazkur Nizomning 40-bandiga muvofiq qoʻriqlash signalizatsiyasining ichki hududiga (chegarasi) ega boʻlgan qoʻriqlash tizimi bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tashqi hududdagi himoyaning birinchi tizimi obyekt hududi atrofida yaxlit himoya zonasi koʻrinishida binoning tashqi devoridan 5 m dan kam boʻlmagan masofada yoki yer sathidan yuqorida joylashgan binolarda-yuqorida, yoki yer sathidan chuqurlikda joylashgan binolarda chuqurlik chetidan oʻrnatiladi. Bino atrofidagi himoya zonasi uzluksiz boʻlishi va unda harakatlanayotgan odamni aniqlanishini taʼminlashi kerak. Yaxlit zona oʻrniga himoyaning tashqi muhit chegarasidan 1,5 — 2 m kenglikdagi doira perimetrli himoya zonasini jihozlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi chegaradagi himoya zonasi odamlarni ilgʻaydigan radiotoʻlqin uskunalari bilan jihozlanadi, bunda obyekt atrofida yaxlit himoya zonasini yaratish uchun hajmli tipdagi xabar beruvchi uskunasidan yoki yopiq uzluksiz perimetr boʻyicha tor, chiziqli, tortilgan himoya zonasini yaratish uchun chegaradagi xabar beruvchi uskunasidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ichki chegaradagi himoya zonasida oʻrnatilgan ikkinchi himoya tizimi ruxsatsiz kirgan begona kishilarni aniqlash uchun xonaning deraza va eshigiga oʻrnatilgan qoʻriqlash qurilmasi datchiklari orqali qorovul postiga signal yuborilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yongʻin signalizatsiyasi xonaning ichiga yongʻin chiqishiga sabab boʻlgan (harorat koʻtarilishi, tutun hosil boʻlishi va boshqalar) hollarda yoki yongʻin boshlanganda xavfni bildiruvchi signal (xabar) berishni taʼminlash maqsadida oʻrnatiladi. Yongʻin signalizatsiyasi xona ichida yongʻin sodir boʻlgani yoki yongʻin sodir boʻlishiga sabab boʻlgan omillarni aniqlash haqida signal olish uchun qoʻllaniladigan tutun hosil boʻlishi, issiqlik, yorugʻlik va/yoki jamlangan (kombinatsiyali) xabar beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Qoʻriqlash va yongʻin signalizatsiya moslamalarining ogohlantiruvchi xabari butun sutka davomida ishlaydigan qorovulxonada joylashgan tovush, yorugʻlik yoki boshqa turdagi ogohlantiruvchi signal beruvchi koʻp kanalli (koʻp nurli) pultiga tushishi hamda ushbu pultdagi maxsus tabloda yongʻin sodir boʻlgan yoki yongʻin xavfi tugʻilgan joylari yorugʻlik indikatorlari orqali koʻrsatilishi kerak. Signalizatsiya kompleksi binoning tashqi tomonida joylashtirilgan baland tovush chiqaruvchi uskuna bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, I toifali obyektlarda qorovulxonadagi (qoʻriqlash xizmatidagi) qabul qiluvchi pultga yongʻin yoki qoidabuzarlik haqidagi xabar tushishi bilan bu xabar tezda simli yoki radioaloqa tizimi orqali hududiy ichki ishlar organiga yuborilishi lozim. Shu bilan birga, xavfni bildiruvchi signal sabablarini aniqlab, tezkor ravishda kerakli choralarni koʻrish va yolgʻon (sababsiz) chaqirilishini oldini olish maqsadida qorovul (qoʻriqlash xizmati) va ichki ishlar organi orasida ikki tomonlama aloqa tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qorovulxonaga va ichki ishlar organiga xavfni bildiruvchi signal sababini yetkazish paytida qoʻriqlash va yongʻin signalizatsiyasi avtomatik rejimda ishlashi kerak. QYOTM kompleksini elektr taʼminlash tarmogʻi kompleksning sutka davomida uzluksiz ishlashini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Signal va elektr taʼminoti kabellari tasodifiy yoki qasddan shikastlanishiga qarshi yuqori darajada himoyalangan boʻlishi kerak. Kabellar yer ostiga oʻrnatilishi, shuningdek kabellar elektr taʼminlash qurilmasidan datchiklarigacha boʻlgan masofada yer (devor) ichiga yopiq usulda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. QYOTM tizimiga ushbu tizimni loyihalash, montaj va oʻrnatish ishlarini amalga oshirgan maxsus tashkilot bilan kelishmasdan turib oʻzgartirishlar kiritish taʼqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. QYOTM ni ekspluatatsiya qilish va xizmat koʻrsatish uchun javobgar shaxslar yuridik shaxs buyrugʻiga asosan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablar toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

________________________________________________________________________________________________
‎(ichki ishlar organining nomi)

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha
‎obyekt (bino)ni texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi
‎XULOSA
‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
20___ y. “___”________________ ‎

‎‎___ -sonli

‎

____________________________(shahar, tuman nomi)

Ushbu bilan ______________________________________________________________________-ga tegishli boʻlgan,
‎(tashkilotning nomi)

__________________________________________________________________________manzil boʻyicha joylashgan
‎obyekt (bino)ning quyidagilarni ____________________________________________________________________
‎ ‎ ‎

(saqlashga ruxsat etiladigan moddalar kategoriyasi-giyohvandlik

_____________________________________________________________________ saqlash boʻyicha texnik talablarga

‎‎vositalari,psixotrop moddalar va prekursorlar — alohida koʻrsatib oʻtiladi)

‎ ‎ ‎
‎‎muvofiqligi tasdiqlanadi. ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Asos: 20___ y “____” ___________________-dagi tekshiruv dalolatnomasi.

‎ ‎ ‎

_______________________________________________________________ (organ boshligʻining unvoni, familiyasi, ismi-sharifi)

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

�‎______________________________________ (imzo)

m.oʻ.‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
________________________________________________________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha
‎obyekt (bino)ni texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi
‎ XULOSA KOREShOGI‎

20_____ y. “_____”_____________________‎ ‎‎________ -sonli‎‎ ‎____________________________________________
‎(shahar, tuman va ichki ishlar organi nomi)

Ushbu ___________________________________________________________________________-ga tegishli boʻlgan, (tashkilotning nomi)

__________________________________________________________________________manzil boʻyicha joylashgan obyekt (bino)ning quyidagilarni ____________________________________________________________________
‎ ‎ ‎

(saqlashga ruxsat etiladigan moddalar kategoriyasi-giyohvandlik

‎‎_____________________________________________________________________ saqlash boʻyicha texnik talablarga

vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar — alohida koʻrsatib oʻtiladi)‎‎

‎ ‎ ‎
‎‎muvofiqligi tasdiqlanadi. ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Asos: 20___ y “____” ____________________-dagi tekshiruv dalolatnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: xulosa koreshogi xulosa bergan ichki ishlar organida qoladi.