18.03.2014 yildagi Х-285/3-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 448-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 483-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 483-modda) hamda viloyat hokimining 2013-yil 19-noyabrdagi X-342/11-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qarshi tuman komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qarshi tuman komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflarni atroflicha oʻrganish, takliflar kiritgan organlarga tegishli xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflarni ularning geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan davlat ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarning tarixiy-madaniy meros, Oʻzbekiston xalqining maʼnaviy-etnik qadriyatlari bilan bogʻliq nomlarini asrash, ularni asossiz qayta nomlashning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarni Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari va mentalitetiga yot boʻlgan nomlar bilan nom berishga yoki qayta nomlashga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat martabasini suiisteʼmol qilish hollarini istisno qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorlar qabul qilishda xolislik va oshkoralik, shuningdek geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish tartib-qoidasi va muddatlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarni odamlarning ismlari bilan, shuningdek tarixiy voqealar sharafiga nomlash va qayta nomlash sohasida belgilangan cheklovlarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy aholining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlarini oʻrganish hamda hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasida geografik obyektlarga bir xil nomlar berilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beriladigan nomlarning geografik obyektlar nomlarining geografik obyekt joylashgan joydagi mavjud tizimiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlar nomlarining yanglishishlarga sabab boʻluvchi oʻxshashligini, ushbu nomlar mazmunlarining Oʻzbekiston xalqining tarixi, anʼanalari va madaniyatiga toʻgʻri kelmasligini nazarda tutgan holda, istisno qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiyalar rahbarlari zimmasiga geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari soʻzsiz bajarilishining taʼminlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 383-sonli “Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik obyektlarga nom berish ishlarini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizom 8-bandi “b” kichik bandining oʻn ikkinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 97-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazadi, geografik obyektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini amalga oshiradi. Geografik obyektlar nomlari davlat reyestrini yuritadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining 2012-yil 27-oktabrdagi X-782/10-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari N. Temirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim J. BOBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-285/3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2014-yil 18-martdagi X-285/3-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qarshi tumani komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qarshi tuman komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalarini koʻrib chiquvchi, shuningdek “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning tarkibi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari hamda xodimlaridan, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillaridan, shuningdek fan va madaniyat arboblaridan, ekspertlardan, mutaxassislardan hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslardan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarining shaxsiy tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli ravishda tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarning Oʻzbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bogʻliq nomlari asralishini taʼminlash, ularning asossiz qayta nomlanishini oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarning Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari hamda mentalitetiga yot boʻlgan nomlar bilan qayta nomlashda va ularga nom berishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat martabasini suiisteʼmol qilish hollarini istisno qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganishni tashkil etadi hamda tegishli xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toponimik va boshqa tadqiqotlar oʻtkazish, kartografik, arxivga oid, tarixiy va boshqa materiallarni atroflicha oʻrganish, geografik obyektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarni asossiz qayta nomlashning, ularga Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari va mentalitetiga yot boʻlgan nomlar berilishining oldini olish, ushbu sohada mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat martabasini suiisteʼmol qilish hollariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash jarayonining xolisona hamda oshkora boʻlishini taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida geografik obyektlarning nomlaridan foydalanish va ularni asrash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini samarali amalga oshirishga qaratilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya oʻz vakolati doirasida aholi punktlarini tarkibiy qismlarini (mahallalar, shox koʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlar) nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarning ijro etilishini taʼminlash uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlardan geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar mutaxassislarini, yetakchi olimlarni, fan va madaniyat arboblarini, shuningdek tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslarni geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganish uchun jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida har yili tegishli ravishda xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasiga axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Komissiyaning faoliyatini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiyaga uning raisi hisoblanadigan tuman hokimi boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalarni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolarining vazifalarini belgilaydi va ularga yuklangan vazifalarni bajarish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning ish rejalarini, tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish jadvallarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlislarining kun tartibini va chaqirilishini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning samarali ishlarini taʼminlash boʻyicha boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiyaning aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda ishtirok etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaga geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashning dolzarb masalalari boʻyicha takliflar kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya tomonidan muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha xulosalar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari komissiyadagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi masalalar boʻyicha komissiyaning majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlislarning oʻtkaziladigan vaqti va joyi, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini komissiya raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya qarorlarining bajarilishi monitoringini yuritadi va uning natijalarini komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni komissiyaning aʼzolariga hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya oʻz ishini oʻzi tasdiqlagan rejalar asosida tashkil qiladi va oʻz majlislarini zaruratga koʻra oʻtkazadi. Komissiya raisi tomonidan komissiya aʼzolarining navbatdan tashqari majlis oʻtkazish uchun sabablar va asoslar bayon etilishi lozim boʻlgan yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiyaning majlisini uning raisi olib boradi. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda majlisni komissiya aʼzolaridan biri boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda qonuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yigʻilmagan taqdirda komissiyaning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi. Yangi majlis oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiyaning majlisiga koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga qarab davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiyaning qarori majlisda qatnashayotgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning uzil-kesil qarorni qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan ekspertiza xulosasi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinadigan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiyaning raisi qarorlarini tezkor qabul qilish maqsadida komissiyaning qarorlarini uning aʼzolari bilan soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiyaning qarorlari komissiya majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya majlisining protokoliga uning barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, uni kotib imzolaydi, komissiyaning raisi tasdiqlaydi va u bir hafta muddatda komissiyaning aʼzolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya protokolining asl nusxasi va unga tegishli materiallar tegishli ravishda tuman hokimligining devonxona boʻlimida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya kotibi komissiya aʼzolari yordamida komissiya qarorlarining bajarilishini muntazam oʻrganib boradi, zarurat boʻlganda komissiya raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muntazam ravishda oʻz majlislarida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiyaning ish tartibi Reglament bilan belgilanadi. Reglament komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Komissiyaning atributlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya belgilangan namunadagi, oʻz nomi yozilgan blankalarga ega boʻladi va tegishli ravishda tuman hokimligining muhridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2014-yil 18-martdagi X-285/3-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qarshi tuman komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ J. Boboyev‎ —‎ Tuman hokimi, Tuman komissiyasi raisi‎
2.‎ N. Temirov‎ —‎‎ tuman hokimi oʻrinbosari, Tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari‎
3.‎ F. Farmonov‎ —‎‎ tuman hokimligi bosh mutaxassisi, Tuman komissiyasi kotibi‎
4.‎ R. Bozorov‎ —‎‎ tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi ‎
5.‎ F. Axmedov‎ —‎‎ xoʻjalik hisobidagi tuman yer tuzish va koʻchmas mulk xizmati davlat unitar korxonasi boshligʻi‎
6.‎ X. Turdiyev‎ —‎‎ tuman moliya boʻlimi boshligʻi‎
7.‎ N. Gʻaniyeva‎ —‎‎ tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi‎
8.‎ J. Gʻaniyev‎ —‎‎ Tuman arxitektura va qurilish boshqarmasi boshligʻi v. v. b.‎
9.‎ S. Nishonov‎ —‎‎ tuman statistika boʻlimi boshligʻi‎
10.‎ A. Axmedov‎ —‎‎ tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi‎
11.‎ M. Orziqulova‎ —‎‎ Maʼnaviyat targʻiboti m�rkazi tuman boʻlimi rahbari‎
12.‎ M. Turopov‎ —‎‎ “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi raisi‎
13.‎ E. Ergashev‎ —‎‎ Tarix va adabiyot yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotchi‎
14.‎ R. Ochilov‎ —‎‎ Xalqaro injenerlik akademiyasining muxbir aʼzosi, texnika fanlar nomzodi‎
15.‎ G. Turopova‎ —‎‎ tumandagi 10-ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali tarix fani oʻqituvchisi‎
16.‎ X. Aliqulov‎ —‎‎ Oliy toifali oʻqituvchi. Potron qishlogʻi fuqarosi, tarix yoʻnalishi boʻyicha tadqiqotchi‎
17.‎ Q. Majidov‎ —‎‎ “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi ‎
18.‎ B. Xolmurodov‎ —‎‎ Tuman bosh imom xatibi‎
19.‎ U. Xudoyqulov‎ —‎‎ Davlat arxivi direktori‎
20.‎ M. Muxammadiyev‎ —‎‎ Xoʻjalik hisobidagi arxiv direktori‎
21.‎ R. Akbarov‎ —‎‎ Oʻzbekiston musulmonlar idorasi viloyat boʻlimi axborot boʻlimi boshligʻi, tarix boʻyicha tadqiqotchi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki ular zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.