12.12.2013 yildagi SQ-399-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2013-yil 5-noyabrda taqdim etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining 2013-yil 14-noyabrdagi 770-II-sonli qarori bilan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjetini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining 2013-yil 14-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 770-II-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda Davlat budjetining parametrlari qabul qilinsin, shuningdek Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1 foiz miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini hisobga oladigan, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishga, makroiqtisodiy va moliyaviy-budjet barqarorligini taʼminlashga, ichki bozorni himoya qilishga, aholi daromadlarining va turmush farovonligining darajasini oshirishga hamda inflatsiya darajasini maqsadli prognoz koʻrsatkichlar doirasida saqlashga yoʻnaltirilgan taʼsirchan va samarali choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlar ildam rivojlanishini taʼminlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlarini tezlashtirishga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar dasturlari amalga oshirilishini, ishbilarmonlik muhiti hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini tubdan yaxshilashni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot va aholi daromadlariga tushayotgan soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini koʻpaytirish boʻyicha mamlakatda investitsiya muhiti yaxshilanishiga va ish oʻrinlarini tashkil etish hamda ichki talabni ragʻbatlantirishga yordam beradigan choralar amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sohaga davlat xarajatlarini oshirishga, shu jumladan taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xarajatlarini yanada koʻpaytirish yoʻli bilan aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha choralarni roʻyobga chiqarsin, shuning barobarida muhtoj oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning manzilliligini kuchaytirish yuzasidan choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarini jadal innovatsion rivojlantirish maqsadida davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida fanni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni bundan buyon ham amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining, uy-joy-kommunal xoʻjaligining rivojlanishini jadallashtirish hamda koʻlamlarini kengaytirish boʻyicha aholi turmushining sifatini yaxshilashga qaratilgan dasturlar amalga oshirilishini faollashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholisining uy-joy-maishiy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida qishloq joylarda xususiy uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirish, ayni vaqtda qurilish-montaj ishlarining, shuningdek barpo etilayotgan ijtimoiy va transport-kommunikatsiya infratuzilmasining sifatini oshirish boʻyicha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarning daromadlar bazasini oshirish va ularning yuqori turuvchi budjetlarga bogʻliqligini kamaytirish maqsadida budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish boʻyicha ishlarni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholashning tegishli mezonlarini ishlab chiqish, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish, budjet jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga budjetni rejalashtirish samaradorligini oshirishga eʼtiborni qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini 2014-yil 1-yanvar holatiga koʻra respublika budjetining zaruriy aylanma kassa naqd mablagʻlari hajmidan ortiqcha erkin qoldiqlari va boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobidan moliyalashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq-budjet qonunchiligining, shu jumladan yangi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining mohiyati, ahamiyati hamda mexanizmlarini barcha soliq toʻlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻini oluvchilar eʼtiboriga yetkazish boʻyicha muntazam ravishda seminarlar oʻtkazsin hamda boshqa turdagi tushuntirish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan parametrlari bajarilishini taʼminlasin, mintaqalarning soliq bazasini kengaytirish va iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin, budjet mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-399-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 12-son, 367-modda)