Jizzax viloyati Zomin tumani hokimining
Qarori
Tumanda 2014-yil davomida haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 225-modda, 2009-y., 52-son 553-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami 1999-y., 7-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizom ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy himoya qilish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, ishsizlar oʻrtasida boqimandalikning oldini olish, birinchi marotaba ish qidirayotgan hamda kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 22-moddasiga asosan 2014-yil davomida tumanda haq toʻlanadigan jamoat ishlari ilovada koʻrsatilgan korxona, muassasa va tashkilotlarda amalga oshirilishi tasdiqlansin.
2. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (Gʻ. Dushaboyev)ga ish qidirayotgan va ishsiz shaxslar tarkibi va sonini hisobga olgan xolda ishchi kuchiga boʻlgan talab va takliflarni tahlil qilish asosida aholini ish bilan taʼminlash mintaqaviy dasturining maxsus boʻlimiga kiritiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va tuman hokimligiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomning 23-bandiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar, va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar muassasalar va tashkilotlar boʻyicha-yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarning haq toʻlanadigan jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot uch kun muddatda markazga yozma ravishda xabar qilinsin.
5. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat boʻlimlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
6. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Gʻ. Dushaboyevga):
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Joʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. SAFAROV
Zomin t,
2014-yil 22-yanvar,
78-son
Tuman hokimining 2014-yil 22-yanvardagi 78-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari hamda mazkur ishlarni 2014-yil davomida amalga oshiradigan korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
|
T/r |
Korxona va tashkilot nomi |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlari turi |
|
1. |
Olish fermer xoʻjaligi |
Paxta maydonidan gʻoʻza poyani tozalash |
|
2. |
Pilla MChJ raisi A.Muxiddinov |
pilla yigʻish |
|
3. |
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi rahbari A.Yusupov |
Tuman hududidagi koʻcha, mahallalar va guzarlarni obodonlashtirish |
|
4. |
Pshagor dehqon bozori MChJ raisi B.Ergashev |
obodonlashtirish ishlari |
|
5. |
Tuman “Agrotexservis” MChJ rahbari U.Usmonqulov |
har xil taʼmirlash ishlari va texnik xizmat koʻrsatish |
|
6. |
Tumandagi Dashtobod Paxta tozalash hissadorlik jamiyati direktori R. Boymurodov |
paxtani qayta ishlash va xirmon uyush ishlari |