Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri hokimining
Qarori
Shaharda geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 448-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 483-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 483-modda) hamda viloyat hokimining 2013-yil 19-noyabrdagi X-342/11-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
3. Qarshi shahar komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarni taʼminlasin:
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflarni atroflicha oʻrganish va takliflar kiritgan organlarga tegishli xulosalar berish;
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflarni ularning geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan davlat ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil qilish;
geografik obyektlarning tarixiy-madaniy meros, Oʻzbekiston xalqining maʼnaviy-etnik qadriyatlari bilan bogʻliq nomlarini asrash, ularni asossiz qayta nomlashning oldini olish;
geografik obyektlarni Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari va mentalitetiga yot boʻlgan nomlar bilan nom berishga yoki qayta nomlashga yoʻl qoʻymaslik;
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat martabasini suiisteʼmol qilish hollarini istisno qilish;
qarorlar qabul qilishda xolislik va oshkoralik, shuningdek geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish tartib-qoidasi va muddatlariga rioya qilish;
geografik obyektlarni odamlarning ismlari bilan, shuningdek tarixiy voqealar sharafiga nomlash va qayta nomlash sohasida belgilangan cheklovlarga rioya qilish;
mahalliy aholining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlarini oʻrganish hamda hisobga olish;
bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasida geografik obyektlarga bir xil nomlar berilishiga yoʻl qoʻymaslik;
beriladigan nomlarning geografik obyektlar nomlarining geografik obyekt joylashgan joydagi mavjud tizimiga muvofiqligi;
geografik obyektlar nomlarining yanglishishlarga sabab boʻluvchi oʻxshashligini, ushbu nomlar mazmunlarining Oʻzbekiston xalqining tarixi, anʼanalari va madaniyatiga toʻgʻri kelmasligini nazarda tutgan holda, istisno qilish.
Hududiy komissiyalar rahbarlari zimmasiga geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari soʻzsiz bajarilishining taʼminlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklanganligi inobatga olinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 383-sonli “Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik obyektlarga nom berish ishlarini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanganligi;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizom 8-bandi “b” kichik bandining oʻn ikkinchi xatboshisi ( Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 97-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazadi, geografik obyektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini amalga oshiradi, Geografik obyektlar nomlari davlat reyestrini yuritadi”.
6. Shahar hokimining 2012-yil 29-oktabrdagi X-816/10-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. AChILOV
Qarshi sh.,
2014-yil 23-yanvar,
X-91/1-son
Shahar hokimining 2014-yil 23-yanvardagi X-91/1-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qarshi shahar komissiyasi toʻgʻrisidagi
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qarshi shahar komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalarini koʻrib chiquvchi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarining bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus organ hisoblanadi.
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Komissiyaning tarkibi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari hamda xodimlaridan, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillaridan, shuningdek fan va madaniyat arboblaridan, ekspertlardan, mutaxassislardan hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslardan shakllantiriladi.
Komissiya aʼzolarining shaxsiy tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli ravishda shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
II. Komissiyaning vazifalari va funksiyalari
3. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Geografik obyektlarning Oʻzbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bogʻliq nomlari asralishini taʼminlash, ularning asossiz qayta nomlanishini oldini olish;
geografik obyektlarning Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari hamda mentalitetiga yot boʻlgan nomlar bilan qayta nomlashda va ularga nom berishga yoʻl qoʻymaslik;
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat martabasini suiistemol qilish hollarini istisno qilish.
4. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganishni tashkil etadi hamda tegishli xulosalar beradi;
qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi;
toponimik va boshqa tadqiqotlar oʻtkazish, kartografik, arxivga oid, tarixiy va boshqa-boshqa materiallarni atroflicha oʻrganish, geografik obyektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
geografik obyektlarni asossiz qayta nomlashning, ularga Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari va mentalitetiga yot boʻlgan nomlar berilishining oldini olish, ushbu sohada mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, hizmat martabasini suiisteʼmol qilish hollariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash jarayonining holisona hamda oshkora boʻlishini taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida geografik obyektlarning nomlaridan foydalanish va ularni asrash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni qoidalarini samarali amalga oshirishga qaratilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Komissiya oʻz vakolati doirasida aholi punktlarini tarkibiy qismlarini (mahallalar, shox koʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlar) nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini tayinlaydi.
III. Komissiyaning huquqlari va javobgarligi
5. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarning ijro etilishini taʼminlash uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlardan geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
zarurat boʻlganda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar mutaxassislarini, yetakchi olimlarni, fan va madaniyat arboblarini, shuningdek tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslarni geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni atroflicha oʻrganish uchun jalb etish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xisobotlarini eshitish.
6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida har yili tegishli ravishda xalq deputatlari shahar Kengashiga xisobot beradi.
Komissiya har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasiga axborot taqdim etadi .
IV. Komissiyaning faoliyatini tashkil qilish
7. Komissiyaga uning raisi hisoblanadigan shahar hokimi boshchilik qiladi.
8. Komissiya raisi:
komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalarni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
komissiya aʼzolarining vazifalarini belgilaydi va ularga yuklangan vazifalarni bajarish ishlarini muvofiqlashtiradi;
komissiyaning ish rejalarini, tushgan xujjatlarni koʻrib chiqish jadvallarini tasdiqlaydi;
komissiya majlislarining kun tartibini va chaqirilishini belgilaydi;
komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
komissiyaning samarali ishlarini taʼminlash boʻyicha boshqa ishlarni amalga oshiradi.
9. Komissiyaning aʼzolari:
komissiya majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda ishtirok etadilar;
komissiyaga geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlashning dolzarb masalari boʻyicha takliflar kiritadilar;
komissiya tomonidan muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha xulosalar taqdim etadilar.
Komissiya aʼzolari komissiyadagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
10. Komissiya kotibi:
komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur xujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlaydi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha komissiyaning majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
majlislarning oʻtkaziladigan vaqti va joyi, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini komissiya raisi bilan kelishadi;
komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
komissiya qarorlarining bajarilishi monitoringini yuritadi va uning natijalarini komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim qiladi;
komissiyaning protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni komissiyaning aʼzolariga hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga joʻnatadi.
11. Komissiya oʻz ishini oʻzi tasdiqlagan rejalar asosida tashkil qiladi va oʻz majlislarini zaruratga koʻra oʻtkazadi. Komissiya raisi tomonidan komissiya aʼzolarining navbatdan tashqari majlis oʻtkazish uchun sabablar va asoslar bayon etilishi lozim boʻlgan yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
12. Komissiyaning majlisini uning raisi olib boradi. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda majlisni komissiya aʼzolaridan biri boshqaradi.
Komissiyaning majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda qonuniy hisoblanadi.
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yigʻilmagan taqdirda komissiyaning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi. Yangi majlis oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Komissiyaning majlisiga koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga qarab davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
V. Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
14. Komissiyaning qarori majlisda qatnashayotgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiyaning uzil-kesil qarorni qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan ekspertiza xulosasi inobatga olinadi.
Komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinadigan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
15. Komissiyaning raisi qarorlarini tezkor qabul qilish maqsadida komissiyaning qarorlarini uning aʼzolari bilan soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha tasdiqlashi mumkin.
16. Komissiyaning qarorlari komissiya majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya majlisining protokoliga uning barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, uni kotib imzolaydi, komissiyaning raisi tasdiqlaydi va u bir hafta muddatda komissiyaning aʼzolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi.
17. Komissiya protokolining asl nusxasi va unga tegishli materiallar tegishli ravishda shahar hokimligining devonxona boʻlimida saqlanadi.
18. Komissiya kotibi komissiya aʼzolari yordamida komissiya qarorlarining bajarilishini muntazam oʻrganib boradi, zarurat boʻlganda komissiya raisiga tegishli takliflar kiritadi.
19. Komissiya qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muntazam ravishda oʻz majlislarida koʻrib chiqadi.
20. Komissiyaning ish tartibi Reglament bilan belgilanadi. Reglament komissiya tomonidan qabul qilinadi.
21. Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
VI. Komissiyaning atributlari
22. Komissiya belgilangan namunadagi, oʻz nomi yozilgan blankalarga ega boʻladi va tegishli ravishda shahar hokimligining muhridan foydalanadi.
Shahar hokimining 2014-yil 23-yanvardagi X-91/1-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasining
Tarkibi
| 1. | A. Achilov | Shahar hokimi, shahar komissiyasi raisi |
| 2. | S. Boboyev |
Shahar hokimi oʻrinbosari, Shahar komissiyasi raisining oʻrinbosari |
| 3. | Sh. Xolmurodov |
Shahar hokimi oʻrinbosari, Shahar komissiyasi raisining oʻrinbosari |
| 4. | Gʻ. Xamrayev |
Shahar hokimligi Yer mulkkadastr xizmati boshligʻi, Shahar komissiyasi kotibi |
| 5. | X. Azimov |
Shahar hokimligi Yer mulkkadastr xizmati boʻlim boshligʻi |
| 6. | R. Boymurodov | Shahar yer tuzish kadastri xizmati |
| 7. | Gʻ. Axmedov | Shahar moliya boshqarmasi boshligʻi |
| 8. | L. Yoziyev | Qarshi davlat universiteti rektori v. b |
| 9. | N. Maxmudov |
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori |
| 10. | X. Bobomurodov | TATU Qarshi filiali direktori |
| 11. | N. Abdullayev |
Shahar madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi |
| 12. | O. Joʻrayev |
Shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi boshligʻi |
| 13. | S. Saxatov | Shahar statistika boʻlimi boshligʻi |
| 14. | E. S�farov |
Shahar tabiatni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi |
| 15. | Vakant | Maʼnaviyat targʻiboti markazi Shahar boʻlimi rahbari |
| 16. | N. Maxmatov |
“Mahalla” hayriya jamoat fondi Shahar boʻlimi raisi |
| 17. | J. Xalilov |
viloyat madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish davlat inspeksiyasi boshligʻi |
| 18. | P. Ravshanov | Qarshi davlat universiteti umumtaʼlim fanlari kafedrasi mudiri, professor |
| 19. | T. Nafasov | Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi professori |
| 20. | N. Shodmonov | Oʻzbek adabiyoti kafedrasi professori |
| 21. | O. Boʻriyev | Jahon tarixi kafedrasi mudiri, dotsent |
| 22. | I. Jonqobilov | Geografiya kafedrasi mudiri, dotsent |
| 23. | A. Mamatov | Geografiya kafedrasi dotsenti |
| 24. | Sh. Mirzayeva |
Shahar davlat arxiv ishi boshqarmasi boshligʻi |
| 25. | Z. Zoirov | Shahar hokimligi bosh mutaxassisi |
| 26. | Z. Qosimova | Nasaf gazetasi bosh muharriri |
| 27. | D. Mamadaliyeva | Nasaf teleradiokompaniyasi |
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki ular zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.