Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimining
Qarori
Tumanda 2014-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja-jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Tuman hokimining 2013-yil 28-fevraldagi X-166/02-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim v.b. Sh. XUSAINOV
Chiroqchi t.,
2014-yil 22-yanvar,
X-16/01-son
Tuman hokimining 2014-yil 22-yanvardagi X-16/01sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Chiroqchi tumani hududida 2014-yil transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
| 1. | B. Ruziyev |
tuman IIB yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, avtomototransport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanishni nazorat etish guruhi katta inspektori v.b, komissiya raisi |
|
Aʼzolari: | ||
| 2. | I. Boboyev |
tuman Tabiatni muxofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi |
| 3. | D. Eshonqulov |
tuman “Vatanparvar” tashkiloti raisi |
| 4. | A. Xujanov |
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boʻlinmasi xodimi |
| 5. | T. Toshev | tuman IIB YHXB jamoatchilik vakili |
| 6. | O.Xushmurodov | tuman “Agrosugʻurta” MChJ direktori |
Tuman hokimining 2014-yil 22-yanvardagi X-16/01-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Chiroqchi tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli transport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| T/r |
Avtoxoʻjalik va tashkilotlar nomi |
Joylashgan manzili | Koʻrikdan oʻtadigan kun | Vaqti | Koʻrik oʻtadigan joyi | Transport vositasi soni |
| 1. | Sogʻliqni saqlash boʻlimi | Chiroqchi | 4.03.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 28 |
| 2. | Koʻkdala markaziy shifoxonasi | Chiroqchi | 5.03.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 11 |
| 3. | Ayritom neft bazasi | Chiroqchi | 6.03.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 19 |
| 4. | Yuk avtoservis MChJ | Chiroqchi | 7-8.03.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 45 |
| 5. | 14-sonli maxsus internat maktabi | Chiroqchi | 9.03.14 | 8-00 13-00 | Oʻzining avtosaroyi | 2 |
| 6. | Temir-beton MChJ | Chiroqchi | 11.03.14 | 9-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 3 |
| 7. | Sahro trans servis MChJ | Chiroqchi | 12.03.14 | 8-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 8 |
| 8. | Avtomobilchi MChJ | Chiroqchi | 13-14.03.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 35 |
| 9. | Eski Anhor kanali | Chiroqchi | 17.03.14 | 8-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 8 |
| 10. | Janub Karvontrans MChJ | Chiroqchi | 18-19.03.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 60 |
| 11. | Tuman DSENM | Chiroqchi | 20.03.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 3 |
| 12. | Tuman AYB | Chiroqchi | 21.03.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 3 |
| 13. | Vatanparvar STK | Chiroqchi | 24.03.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 11 |
| 14. | Soliq inspeksiyasi | Chiroqchi | 25.03.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 15. | Transport kolleji | Chiroqchi | 26.03.14 | 8-00 13-00 | Oʻzining avtosaroyi | 18 |
| 16. | Qishloq xoʻjalik kolleji | Chiroqchi | 27.03.14 | 9-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 3 |
| 17. | Tuman hokimligi | Chiroqchi | 28.03.14 | 8-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 3 |
| 18. | Qishloqkimyo tuman filiali | Chiroqchi | 31.03.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 4 |
| 19. | Tuman MTP AJ | Chiroqchi | 1.04.14 | 8-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 4 |
| 20. | Moliya boʻlimi | Chiroqchi | 2.04.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 21. | Xalq Banki | Chiroqchi | 3.04.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 3 |
| 22. | Istiqlol Parrandachilik OXJ | Chiroqchi | 4.04.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 7 |
| 23. | Koʻkdala MTP DAJ | Chiroqchi | 7.04.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 2 |
| 24. | Koʻkdala elektr tarmoqlari korxonasi | Chiroqchi | 8.04.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 4 |
| 25. | Kolona Shoʻba korxonasi | Chiroqchi | 9.04.14 | 8-00 13-00 | Oʻzining avtosaroyi | 8 |
| 26. | Binokor-7 xususiy korxonasi | Chiroqchi | 10.04.14 | 9-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 4 |
| 27. | Karvon xususiy korxonasi | Chiroqchi | 11.04.14 | 8-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 4 |
| 28. | Olim oʻgʻli Jasur xususiy korxonasi | Chiroqchi | 14.04.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 2 |
| 29. | Paxtasanoattrans | Chiroqchi | 15.04.14 | 8-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 4 |
| 30. | Xalq taʼlimi boʻlimi | Chiroqchi | 16.04.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 31. | Farhod temir-beton xususiy korxonasi | Chiroqchi | 17.04.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 6 |
| 32. | Koʻkdala MTP DAJ | Chiroqchi | 18.04.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 2 |
| 33. | Tuman Elektr tarmoqlari | Chiroqchi | 21.04.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 5 |
| 34. | Obodonlashtirish boshqarmasi | Chiroqchi | 22.04.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 3 |
| 35. | Qishloqqurilish bank Koʻkdala filiali | Chiroqchi | 23.04.14 | 8-00 13-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 36. | Ezgu usul MChJ | Chiroqchi | 24.04.14 | 9-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 2 |
| 37. | Ravshanov Sharofiddin Murodovich f/x | Chiroqchi | 25.05.14 | 8-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 2 |
| 38. | Samo invest yogʻdusi i.ch.s.f firmasi | Chiroqchi | 28.05.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 2 |
| 39. | Kvars ishlab chiqarish korxonasi | Chiroqchi | 5.05.14 | 8-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 6 |
| 40. | Yomgo brek MChJ | Chiroqchi | 6.05.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 2 |
| 41. | Madat xususiy dorixonasi | Chiroqchi | 7.05.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 42. | Mash�al f/x | Chiroqchi | 8.05.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 43. | Jaxongir Toshkentboyevich firmasi | Chiroqchi | 9.05.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 44. | Abdiraxmonbobo xususiy asalli x. k. | Chiroqchi | 12.05.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 45. | Asil turon quruvchi x. k. | Chiroqchi | 13.05.14 | 8-00 13-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 46. | Qilich xususiy korxonasi | Chiroqchi | 14.05.14 | 9-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 47. | Shakarbuloq xususiy korxonasi | Chiroqchi | 15.05.14 | 8-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 48. | Oltin qanot MChJ | Chiroqchi | 16.05.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 49. | Jonqobil ota x.i.ch.s.f | Chiroqchi | 19.05.14 | 8-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 3 |
| 50. | Xayitqul MMTP | Chiroqchi | 20.05.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 3 |
| 51. | Sohibkor MMTP | Chiroqchi | 21.05.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 52. | S. Joʻrayev MMTP | Chiroqchi | 22.05.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 53. | Oʻzbekiston MMTP | Chiroqchi | 23.05.14 | 8-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 9 |
| 54. | H.Olimjon MMTP | Chiroqchi | 27.05.14 | 9-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 4 |
| 55. | Chorvador MMTP | Chiroqchi | 28.05.14 | 8-00 13-00 | Oʻzining avtosaroyi | 9 |
| 56. | Chiyal MMTP | Chiroqchi | 3.06.14 | 9-00 16-00 | Oʻzining avtosaroyi | 7 |
| 57. | Qumdaryo Oʻrmonchilik xoʻjaligi | Chiroqchi | 2.06.14 | 8-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 3 |
| 58. | Koʻkdala MMTP | Chiroqchi | 3.06.14 | 9-00 17-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
| 59. | Kalkama MMTP | Chiroqchi | 4.06.14 | 8-00 15-00 | Oʻzining avtosaroyi | 1 |
Eslatma: shaxsiy transport vositalari shanba va yakshanba kunlari tuman IIB AMTFKMIB jarima maydonchasida hamda xoʻjaliklar garajlarida davlat transportlari bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.