Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2018 04.08.2014 yildagi 215-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli investitsiya takliflarini kelishish mexanizmini hamda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar va idoralarga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga potensial xorijiy investorlar va kreditorlarni qidirib topishda ko‘maklashish yo‘li bilan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonining samaradorligini va tezkorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 1-oktabrdan boshlab tashabbuskorlar tomonidan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etishni nazarda tutuvchi investitsiya takliflari va loyihalar pasportlarini davlat boshqaruvi vakolatli organlarida kelishish elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi” tizimi orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsiya takliflari va loyihalar pasportlarini sifatli to‘ldirish, ularning to‘liqligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarori talablariga muvofiqligi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyiha tashabbuskorlarining hamda davlat boshqaruvi vakolatli organlarining xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etishni nazarda tutuvchi investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlarini Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimi orqali kelishish jarayoni doirasidagi o‘zaro hamkorligi sxemasi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Investitsiya takliflarini va istiqbolli loyihalar pasportlarini kiritish va ularni “Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi” tizimida kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Davlat investitsiya dasturi va hududiy investitsiya dasturlari tegishli ravishda tasdiqlangandan keyin 30 kun mobaynida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish talab qilinadigan investitsiya takliflari va loyihalar pasportlari ishlab chiqilishini va Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimiga kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda investitsiya takliflari va loyihalar pasportlari parametrlari yangilanishini, keyinchalik ularning Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimida davlat boshqaruvi vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda kelishilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tizimli asosda:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishtirokida Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimidan foydalanishning ustunliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarining olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarori talablarini so‘zsiz bajarish uchun Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimini, uni O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali bilan integratsiyalashtirgan holda elektron tarzda to‘ldirish mexanizmining amalda qo‘llanilishi, zarur darajada faoliyat ko‘rsatishi va takomillashtirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-avgustdagi 215-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tashabbuskorlarining hamda davlat boshqaruvi vakolatli organlarining xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etishni nazarda tutuvchi investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlarini Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimi orqali kelishish jarayoni doirasidagi o‘zaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Izoh: *XMT — xalqaro moliya tashkilotlari; XHMT — xorijiy Hukumat moliya tashkilotlari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 32-son, 403-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda)