24.07.2008 yildagi PQ-927-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY INVESTITSIYALAR VA KREDITLARNI JALB ETISH HAMDA O‘ZLASHTIRISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti hamda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya sarflashning potensial imkoniyatlari to‘g‘risida keng xabardor qilishni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini aniq-puxta muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish, muhokama etish va qabul qilishda, har yilgi Investitsiya dasturlarini, shuningdek tarmoqlar va mamlakat mintaqalarini rivojlantirishning o‘rta muddatli dasturlarini tayyorlashda yetakchi bo‘g‘in hisoblanadi, uning zimmasiga mazkur masalalarni hal etishda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonida loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish Sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, boshqa vazirliklar, idoralar, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini tuzish va ko‘rib chiqishda 2-ilovaga muvofiq Sxemaga qat’iy amal qilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi zimmasiga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish, potensial xorijiy investorlarni izlash, amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalar to‘g‘risida ularga zarur axborotlarni yetkazish, shuningdek xorijiy investorlar va kreditorlar bilan erishilgan ahdlashuvlarni rasmiylashtirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘maklashish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi yagona ma’lumotlar bazasiga kiritilgan investitsiya takliflarining amalga oshirilishi to‘g‘risida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bergan kafolatlar bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin va qarorlar qabul qilish uchun har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotlarni taqdim etib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi tarmoq Komplekslarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoqli jadvallarini ijro etish, loyihaoldi hujjatlarini o‘z vaqtida tayyorlash va ekspertiza qilish ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev) Investitsiya dasturiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini Rayosat majlislarida har oy muntazam ravishda ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-927-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o‘zlashtirish tartibi hamda ushbu jarayonda investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat investitsiya qo‘mitasi), Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamentlarining vakolatlari va ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskorlari — vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari — o‘z tasarrufiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishga taklif etilayotgan loyihalar bo‘yicha, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yirik korxonalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar — vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tasarrufiga kirmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan amalga oshirilishga taklif etilayotgan loyihalar bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya taklifi — tashabbuskor tomonidan mazkur Nizomning 1, 1a-ilovalaridagi shaklga muvofiq ishlab chiqilgan, xorijiy investitsiyalar va kreditlarini jalb qilishni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlar bazasi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat raqobat qo‘mitasi takliflari asosida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish uchun Davlat investitsiya qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli investitsiya takliflarining yagona axborot ma’lumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantirish dasturi — iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va respublika hududlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatga mo‘ljallangan, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalar, zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni, energoservis shartnomalariga muvofiq qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni o‘z ichiga olgan maqsadli dasturlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya dasturi) — Hukumat qarori bilan tasdiqlanadigan, Hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish orqali amalga oshiriladigan Investitsiya loyihalarining manzilli dasturlarini, shuningdek, xorijiy investorlar va kreditorlarni izlash va tanlash ishlari olib borilayotgan Ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda — yig‘ma ro‘yxat) o‘z ichiga olgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMII — O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish)ni amalga oshiruvchi xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XHMT — O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish)ni amalga oshiruvchi xorijiy hukumat moliya tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha oldi hujjatlar — loyihani amalga oshirish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi, uning samaradorligini baholovchi hujjat, shu jumladan dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash/hisob-kitob (DTIA/DTIH), texnik-iqtisodiy asoslash/hisob-kitob (TIA/TIH), tender va tanlov hujjatlari, XMII va XHMTning dastlabki baholash missiyasi (maslahatchilari) hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvchi ofisi — rahbari o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan XMIIning boshqaruvchisi etib tayinlangan hamda ushbu tashkilot bilan hamkorlik doirasida ishchi organ hisoblanadigan vazirlik yoki idora.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomning amal qilishi quyidagilar hisobiga moliyalashtirish uchun taklif qilinayotgan investitsiya loyihalariga tatbiq qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Hukumat tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida qaytarish sharti bilan jalb qilinadigan xorijiy qarz, kredit va boshqa mablag‘lar (keyingi o‘rinlarda — kreditlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasining kafolatisiz jalb qilinadigan xorijiy kreditlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va davlat organlarining asosiy funksiya va vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish jarayonida o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlash, investitsiya loyihalarini amalga oshirishni sifatli monitoring qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) loyiha tashabbuskorlari — vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyat organlari, yirik korxonalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarmoqlar va hududlardagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbus qilinayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha investitsiya takliflari va hujjatlarini o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlik uchun salohiyatli xorijiy investorlar va kreditorlarni izlash va jalb qilish, ular bilan loyihani amalga oshirish shartlarini muhokama qilish bo‘yicha muzokaralar tashkillashtirish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar va kreditorlarning loyihalari va takliflarini amalga oshirishning samarali va eng maqbul sxemalarini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar va kreditorlar bilan erishilgan kelishuvlarni rasmiylashtirish, imzolash va bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish hamda loyiha parametrlariga erishish, jalb etiladigan xorijiy investitsiya va kreditlardan maqsadli foydalanish, tashqi qarzlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida so‘ndirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya takliflari va loyihalarini Investitsiya dasturiga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga zarur hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish va o‘zlashtirish jarayonida idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishda yetakchi bo‘g‘in va mas’ul hisoblanadi, shunga muvofiq quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini bir maromda rivojlantirish, tabiiy, mineral-xomashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va mehnat salohiyatidan, shuningdek, tegishli infratuzilmadan samarali foydalanishni ta’minlashni hisobga olgan holda, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturini shakllantirishda vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat investitsiya qo‘mitasi keyinchalik xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish masalasini ishlab chiqishi uchun investitsiya takliflari ro‘yxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar va kreditorlar takliflarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMII va XHMT ishtirokida amalga oshirish taklif qilinadigan investitsiya takliflari portfelini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarining asosiy ko‘rsatkichlarini monitoring va tahlil qilish, ularning ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturining manzilli qismiga kiritilgan investitsiya loyihalarini monitoring qilish, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlash va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan investitsiya loyihalari bo‘yicha tashqi ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar ishga tushirilgandan so‘ng TIAda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasiga erishilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Davlat investitsiya qo‘mitasi quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli xorijiy investorlar va kreditorlarga amalga oshirilishi taklif etilayotgan investitsiya takliflari to‘g‘risidagi axborotlarni yetkazish va ularga qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini o‘z vaqtida ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar va kreditorlarning takliflarini umumlashtirish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish shartlarini muhokama qilish uchun salohiyatli xorijiy investorlar va kreditorlar bilan muzokaralar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish va o‘zlashtirish, erishilgan kelishuvlarni rasmiylashtirishda loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlariga ko‘maklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan hollarda xorijiy investor bilan Hukumat nomidan investitsiya shartnomasini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar o‘z vaqtida ijro etilishi va moliyalashtirish ochilishini, xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender va shartnoma hujjatlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda kelishilishini, uskuna va materiallar yetkazib berilishi hamda ishlar va xizmatlar bajarilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya muhitini tizimli tahlil qilish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan uni yaxshilash va iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning tegishli qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi nomidan kafolat berish va moliyaviy bitimlarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobiga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va birgalikda to‘liq moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar va kreditorlarning takliflarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy budjetlarda muvozanatni ta’minlashdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan tashqi qarzlarni ijtimoiy ahamiyatga ega investitsiya loyihalari bo‘yicha maqbul ravishda taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti va budjetdan tashqari davlat jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan so‘ndirish ko‘zda tutilgan davlat tashqi qarzlari bo‘yicha foizlar, komissiyalar va asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi nomidan qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan kafolat bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti va budjetdan tashqari davlat jamg‘armalari mablag‘lari hisobiga loyihalarning moliyalashtirilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida jalb qilinadigan mablag‘larning o‘zlashtirilishini monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — O‘TTJ) va investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar va kreditorlarning takliflarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolanadigan kredit shartnomalari asosida investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va investitsiyalarni loyiha korxonalarining ustav kapitaliga qayta moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan mablag‘lardan qat’iy maqsadli foydalanilishi hamda o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan tizimli monitoring olib borish va tekshirish, ularning natijalarini ko‘rib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qarorlar qabul qilish va zarur choralar ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni (qarzlar) jalb qilishni nazarda tutuvchi loyihalar tashabbuskorlariga mintaqalarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish doirasida tegishli investitsiya takliflarini tayyorlashda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlarga salohiyatli investorlar va kreditorlar bilan muzokaralar olib borishda hamda loyihalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli xorijiy investorlar va kreditorlarga investitsiya takliflari va loyihalarining taqdimotlarini Davlat investitsiya qo‘mitasi bilan birga tashkillashtirish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturi, rivojlantirish tarmoq dasturlari, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarining kiritiladigan loyihalarini har tomonlama tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish, ularni amalga oshirishning ehtimol tutilgan oqibatlarini kompleks baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi taqdimnomasiga binoan rivojlantirish tarmoq dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar va kreditorlarning takliflari bo‘yicha xulosalar tayyorlash, loyihalarni amalga oshirishning samarali va eng maqbul sxemalarini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari va vazirliklar, idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda loyiha oldi hujjatlarining o‘z vaqtda tayyorlanishi va ekspertiza qilinishi ustidan nazorat olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan investitsiya loyihalari bo‘yicha Hukumat qarorlari loyihalarini kompleks ekspertiza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ularning tashqi ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilinishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish, rivojlantirish tarmoq dasturlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish, shuningdek, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan, Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiritiladigan Investitsiya dasturlari, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlari loyihalarini har tomonlama tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan ularni amalga oshirishning ehtimol tutilgan oqibatlarini kompleks baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan hamkorlikda xorijiy investorlar va kreditorlarning takliflari, loyihalarni amalga oshirishning samarador va eng maqbul sxemalarini tanlab olish bo‘yicha xulosalarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari, shu jumladan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida tayyorlash hamda amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha boshqaruvchining ishchi organi—ofisi etib belgilangan Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda aniq investitsiya loyihalari bo‘yicha Hukumat qarorlari loyihalarining kompleks ekspertizasini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturi, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining borishini monitoring qilish natijalarini umumlashtirish va kompleks tahlil qilish, shular asosida tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy, birinchi navbatda — to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiyaviy iqlim, jumladan, investitsiyalashning asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek taklif etilayotgan investitsiya hajmlari to‘g‘risida ehtimol tutilayotgan investorlarni axborot bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar bilan investitsiyaviy shartnomalar tuzilishi va ularning shartlariga rioya qilinishi, moliyalashning o‘z vaqtida ochilishi hamda xorijiy investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda alohida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining TIA (TIR)larini, moliyalashtirish sxemalarini ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish masalalari bo‘yicha, shuningdek hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari hamda boshqa investorlar bilan hamkorlik qilish dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
(4-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1711-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “i1” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1711-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi rivojlantirish davlat dasturlari doirasida hamda davlat xaridlarini amalga oshirishdagi ishlab chiqiladigan loyiha oldi va loyiha hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Investitsiya takliflarini tashabbus qilish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik va idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari respublikaning tegishli tarmoq va hududlaridagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlab chiqiladigan rivojlantirish dasturlari tarkibiga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshirishga taklif etilayotgan investitsiya loyihalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda alohida bo‘lim sifatida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Rivojlantirish dasturlari Iqtisodiyot vazirligi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi tegishli dasturlar tasdiqlangandan keyin yoki tasdiqlangan rivojlantirish dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganidan so‘ng ikki hafta muddatda Davlat investitsiya qo‘mitasi tomonidan kelgusida xorijiy investorlar va kreditorlarni jalb qilish masalasini ishlab chiqish uchun investitsiya takliflari ro‘yxatini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilishni nazarda tutuvchi investitsiya takliflarini hamda qiymati 500 ming AQSH dollaridan ortiq investitsiya takliflarini Investitsiya dasturi loyihasining yig‘ma qismiga kiritadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat investitsiya qo‘mitasi axborot taqdim etilgandan so‘ng uch kun ichida ma’lumotlar bazasini quyidagi ro‘yxatlar asosida shakllantiradi va doimiy yangilab boradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi taqdim etadigan investitsiya takliflari ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qo‘mitasi taqdim etadigan, xususiylashtirish davlat dasturlariga kiritilgan va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni nazarda tutuvchi davlat aktivlari ro‘yxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiya dasturining yig‘ma qismi, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish dasturlariga kiritilmagan, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi investitsiya loyihalari bo‘yicha ushbu loyihalar tashabbuskori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga investitsiyaviy takliflar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi belgilangan muddatlarda ekspertiza o‘tkazganidan so‘ng investitsiya taklifi tashabbuskoriga muddatlarni ko‘rsatgan holda, loyihani amalga oshirish masalasini ishlab chiqishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Investitsiya dasturi va rivojlantirish dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlarni rivojlantirish dasturlariga — Iqtisodiyot vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan belgilangan tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni rivojlantirish dasturlariga — Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturining yig‘ma ro‘yxatiga — Iqtisodiyot vazirligi, Davlat investitsiya qo‘mitasining qo‘shma taqdimnomasiga binoan, Hukumat nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilishni nazarda tutuvchi loyihalar bo‘yicha hamda qiymati 500 ming AQSH dollaridan ortiq investitsiya takliflari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgach, Iqtisodiyot vazirligi investitsiya taklifini ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun Davlat investitsiya qo‘mitasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Loyiha oldi hujjatlarini tashabbuskor tomonidan tayyorlash qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, loyiha oldi hujjatlari salohiyatli investorlar tomonidan so‘ralgan taqdirda amalga oshiriladi, bu haqida Davlat investitsiya qo‘mitasi tashabbuskorni, Iqtisodiyot vazirligini, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlarga ekspertiza uchun kiritishning cheklangan muddatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Salohiyatli investorni tanlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat investitsiya qo‘mitasi sotilishi mo‘ljallanayotgan investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi axborotni salohiyatli xorijiy investorlar va kreditorlarga quyidagi yo‘llar orqali yetkazadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyaviy takliflarni Internet tarmog‘ida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya takliflarini xorijiy kompaniyalar va moliya tashkilotlariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijda tashkil etiladigan investitsiyaviy va biznes-forumlar, ko‘rgazmalar, davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalar davomida investitsiya takliflarining taqdimotini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tkaziladigan tadbirlar va muzokaralar davomida salohiyatli xorijiy investorlar orasida tarqatiladigan taqdimot materiallari va boshqa axborot nashrlarida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan investitsiya loyihalari haqida tegishli axborotlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Salohiyatli investorlar va kreditorlar tomonidan birorta aniq investitsiya loyihasiga qiziqish bildirilgan taqdirda Davlat investitsiya qo‘mitasi, jumladan quyidagilar orqali zarur ko‘makni beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning mavjud normativ-huquqiy bazasi, xorijiy investorlar va xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va preferensiyalar, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni ochish va faoliyatini olib borish tartibi va taomillari to‘g‘risida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tabiiy, mineral-xomashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va mehnat resurslari hamda tegishli infratuzilma mavjudligi to‘g‘risida axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskorlar bilan salohiyatli investorlar va kreditorlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarni tashkillashtirish, shu jumladan viza olish, uchrashuvlar jadvalini tayyorlash va kelishishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Salohiyatli investorlar va kreditorlar tashabbuskorlar, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari, Savdo-sanoat palatasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralarga bevosita murojaat qilgan taqdirda, kelgan murojaatlar Davlat investitsiya qo‘mitasiga umumlashtirish va tahlil qilish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat investitsiya qo‘mitasi salohiyatli investorlar va kreditorlardan kelib tushgan takliflarni bir hafta muddatda tashabbuskorga kelgusida ishlab chiqish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyunda 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning tegishli talablariga javob beradigan loyihalar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat investitsiya qo‘mitasi salohiyatli investorlar va kreditorlardan kelgan takliflarni loyiha tashabbuskori, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va O‘TTJga (O‘TTJ mablag‘lari hisobiga birgalikda moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha) yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat investitsiya qo‘mitasi va O‘TTJ o‘n kun muddatda loyiha tashabbuskoriga taklif etilayotgan salohiyatli investorlar va kreditorlar bilan loyihani kelgusida ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori aniq xorijiy investor va kreditor ishtirokida loyihani kelgusida amalga oshirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi o‘z taklifi va vazirliklar xulosasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamenti Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bilan kelishilgan holda kiritilgan hujjatlarga asosan Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga mutasaddilik qiluvchi Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qo‘shma xulosani tayyorlaydi.
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1711-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Olingan takliflar va xulosalar asosida loyiha tashabbuskori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturi, tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarining yig‘ma ro‘yxatiga kiritilgan loyihani amalga oshirishning tarmoq jadvalini ishlab chiqadi, uni Iqtisodiyot vazirligi va Davlat investitsiya qo‘mitasi bilan kelishib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihani amalga oshirishning tarmoq jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan tarmoq jadvaliga muvofiq loyiha oldi hujjatlarini kelgusida ishlab chiqish va loyihani amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish tasdiqlangan tarmoq jadvaliga qat’iy muvofiq ravishda loyiha tashabbuskori tomonidan ta’minlanadi. Loyiha oldi hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda kelgusida loyihaning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga muvofiq amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Xorijiy investorlar va kreditorlar bilan erishilgan kelishuvlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xorijiy investorlar va kreditorlar bilan erishilgan kelishuvlarni rasmiylashtirish quyidagilarni tuzish orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor va xorijiy investor o‘rtasidagi kelishuv bayonnomalari va memorandumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan xorijiy investorga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berishda qonunchilikda belgilangan tartibda investitsiya shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy banklar va moliya institutlari bilan tashqi qarzlarni jalb qilish to‘g‘risida bitimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etish va xorijiy investorlar tomonidan korxonalar ustav fondida (kapitalida)gi ulushni xarid qilish to‘g‘risida hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
memorandumlar va O‘zbekiston Respublikasining XMII va XHMTlar bilan hamkorlik amaliyotini hisobga olgan holda boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat investitsiya qo‘mitasi xorijiy investorlar va kreditorlar bilan erishilgan kelishuvlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Loyihani XMII va XHMTlar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish, ular bilan Hukumat nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida bitimlar tuzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyunda tasdiqlangan 110-sonli Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hukumatning tegishli qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan va O‘zbekiston Respublikasi kafolati beriladigan moliya bitimlarini rasmiylashtirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Loyihalarni Yig‘ma ro‘yxatdan Investitsiya dasturining manzilli qismiga o‘tkazish Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Iqtisodiyot vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda uning manzilli qismiga Hukumat nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini, shuningdek, belgilangan tartibda loyiha oldi hujjatlari ishlab chiqilgan va xorijiy investor va kreditorlar bilan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar tuzilgan, qiymati 500 ming AQSH dollaridan yuqori bo‘lgan investitsiya takliflarini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Loyiha tashabbuskorlari har oyda Davlat investitsiya qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligiga investitsiya loyihasining joriy holati, uni o‘z vaqtda amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mavjud masala va muammolar haqida to‘liq ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, investitsiya loyihalarining tasdiqlangan tarmoq jadvallariga muvofiq amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilingan, XMII va XHMT kreditlari va qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan hamda davlat budjeti, tashabbuskorlarga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari hisobidan birgalikda moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha har chorakda o‘zlashtirilgan qarz mablag‘lari summasi, hisoblangan foizlar va komissiyalar, hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlar bo‘yicha kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirish, komissiya va foizlarni to‘lashni ta’minlovchi to‘plangan mablag‘lar miqdori to‘g‘risida, shuningdek, XMII va XHMTlar oldida qabul qilingan boshqa majburiyatlarning bitimlarda ko‘rsatilgan muddatlarga muvofiq bajarilishi haqida Moliya vazirligiga axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat investitsiya qo‘mitasi investitsiyalarni tayyorlash va amalga oshirish davrida tasdiqlangan tarmoq jadvallariga muvofiq ma’lumotlar bazasiga kiritilgan investitsiya takliflarini amalga oshirilishning borishini, shu jumladan quyidagilarni monitoring qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha oldi hujjatlarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar va kreditorlar bilan erishilgan kelishuvlarning rasmiylashtirilishi va amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishning ochilishi hamda investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi, xorijiy investitsiya va kreditlarning o‘zlashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender va kontrakt hujjatlarining ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda kelishilishi, uskunalar (materiallar va xizmatlar)ning yetkazilishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi har oyda ma’lumotlar bazasiga kiritilgan investitsiyaviy takliflar amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlarining shakllantirilishini amalga oshirilishi monitoringi va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamentiga axborot berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan tarmoq jadvallaridan orqada qolish hollari yuz berganda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi kechikish sabablarini hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish takliflarini ko‘rsatgan holda axborot taqdim etadi. Investitsiya dasturlarining shakllantirilishini amalga oshirilishi monitoringi va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamenti Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda vujudga kelayotgan muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni qabul qiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xorijiy investor va kreditorlar bilan erishilgan kelishuvlar to‘g‘risidagi hujjatlar rasmiylashtirilgan so‘ng Davlat investitsiya qo‘mitasi mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilguniga qadar loyihani to‘liq monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Davlat investitsiya qo‘mitasi Investitsiya dasturining manzilli qismiga kiritilgan investitsiya loyihalar amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida Iqtisodiyot vazirligiga har oyda axborot kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashqi qarzlari bo‘yicha mablag‘lar o‘zlashtirilishining hisobini yuritadi hamda davlat budjeti mablag‘lari va budjetdan tashqari davlat jamg‘armalari hisobidan uzish nazarda tutilgan foizlar, komissiyalar va asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishini monitoring qilib boradi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan berilgan kafolatlar bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishini qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ta’minlaydi hamda Vazirlar Mahkamasiga har chorakda tegishli axborot kiritib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga davlatning tashqi qarzi hajmlari va geografiyasi to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotni taqdim etadi;
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1711-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashqi qarzlari bo‘yicha cheklangan parametrlar, davlat tashqi qarzlari tarkibini takomillashtirish va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi o‘zi ishtirokida moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari bo‘yicha quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan berilgan mablag‘larning qat’iy ravishda maqsadli va samarali ishlatilishi, shuningdek, o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan tizimli monitoring olib boradi va tekshiradi, natijalarini ko‘rib chiqadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha qarorlar va zarur choralar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan berilgan kredit to‘liq qaytarilguniga qadar investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z majburiyatlarini bajarishi qismida ular faoliyatini monitoring qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘TTJ har oyda Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va turizm masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentiga monitoring natijalarini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlar va hududlar korxonalarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlarining amalga oshirilishi, ularning natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturining manzilli qismiga kiritilgan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan loyihalarning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarning o‘z vaqtida ishga tushirilishi, TIAda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq investitsiya loyihalari bo‘yicha tashqi ishlab chiqarish infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlar korxonalarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida amalga oshirilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi ustidan monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va turizm masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentiga Investitsiya dasturining manzilli qismini amalga oshirishdagi muammoli masalalar, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar va zarur choralarni ko‘rsatgan holda, umumlashtirilgan monitoring natijalarini kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Har oyda zarur qarorlarni qabul qilish uchun tegishli Axborot-tahlil departamenti Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bilan birgalikda xorijiy investorlar va kreditorlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalari amalga oshirilishining borishini monitoring qilish umumlashma natijalarini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasining Prezidiumiga kiritadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1711-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 78-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya taklifining namunaviy shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Loyiha nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyiha tashabbuskori to‘g‘risida umumiy axborot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomlanishi va rekvizitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar (ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmatlar) qiymati va hajmi, eksport, tovar aylanmasi, boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bundan avval, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshirilgan loyihalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Negizida loyihani amalga oshirish rejalashtirilayotgan korxona haqida ma’lumot (mavjud bo‘lganda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona nomi va uning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy faoliyat turi, ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlar turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘nggi 3 yilgi asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar (asosiy mablag‘lar qiymati, ishlab chiqarilgan va eksport qilingan mahsulot hajmi, tovar aylanmasi, sof foyda va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy hudud va erkin ishlab chiqarish maydonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud muhandislik ta’minoti va infratuzilma vositalari haqida ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar salohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga energiyani tejash salohiyati va energetika resurslari hamda boshqa sarf-xarajatlarni iqtisod qilishni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga asosiy fondlarni yangilash va energetika obyektlari quvvatini oshirish salohiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyiha haqida ma’lumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Marketing:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish taklif etilayotgan mahsulot, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning prognoz hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozor va eksportda sotish imkoniyatini baholagan holda marketing tadqiqotlar natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda va mintaqada o‘xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat va narx ko‘rsatkichlari bo‘yicha mahsulot raqobatbardoshligini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Ishlab chiqarish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani narx, sifat va son bo‘yicha xomashyo va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rnatilishi mo‘ljallanayotgan texnologiya tavsifi va uning asosiy parametrlari (unumdorligi, hisoblangan qiymati, energetik va moddiy resurslar sarfi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur xodimlar, shu jumladan MTI va ishchilar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar yo‘nalishi — yangidan qurish, rekonstruksiya, texnik qayta jihozlash, shu jumladan, energiyani tejash va energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yoki boshqa yo‘nalish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlashga qo‘yiladigan talablar, davomiyligi, ish imkoniyati/quvvati (avtoyo‘l, temir yo‘l liniyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, isitish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning qurilish yoki rekonstruksiya qilish bilan birga taxminiy qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantirish dasturlariga muvofiq obyektni ishga tushirish mo‘ljallanayotgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor tomonidan taklif qilinayotgan loyihani moliyalashtirish sxemasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natija:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutilayotgan yillik tushum va sof foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga energetika resurslarini va boshqa sarf-xarajatlarni iqtisod qilishning kutilayotgan hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyiha bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya taklifining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_______________________________________________

(loyihaning nomlanishi va joylashuvi)

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

Loyiha parametrlari

Izoh

1.

Loyihaning umumiy qiymati, shu jumladan:

ming dollar

1.1.

milliy valyutada

mln so‘m

1.2.

xorijiy valyutada

ming dollar

2.

Xorijiy valyutadagi xarajatlar, jami

mln dollar

2.1.

shu jumladan uskunalar xarid qilish uchun

ming dollar

2.2.

qurilish-montaj ishlariga

ming dollar

3.

Milliy valyutadagi xarajatlar, jami

mln so‘m

3.1.

shu jumladan uskunalar xarid qilish

mln so‘m

3.2.

qurilish-montaj ishlari uchun

mln so‘m

4.

Moliyalashtirish manbalari:

4.1.

budjet mablag‘lari

mln so‘m

4.2.

xorijiy kreditlar, jami

ming dollar

-

shu jumladan Hukumat kafolati ostida

ming dollar

4.3.

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, jami

ming dollar

-

shu jumladan ustav fondiga qo‘shilgan ulush

ming dollar

4.4.

o‘z mablag‘lari

mln so‘m

4.5.

tijorat banklari kreditlari

mln so‘m

4.6.

boshqa manbalar (ko‘rsatilsin)

mln so‘m

5.

Ish bilan band bo‘lganlarning taxminiy soni

kishi

5.1.

shu jumladan yangidan yaratiladigan ish o‘rinlari

kishi

6.

Qurilishning davomiyligi, jami

oy

6.1.

ishlar boshlanishining taxminiy sanasi

oy, yil

6.2.

obyektni ishga tushirishning taxminiy sanasi

oy, yil

7.

Loyihaning qoplanish muddati, jami

yil

8.

Ishlab chiqaradigan mahsulotlar, xizmatlarning tabiiy ko‘rinishdagi yillik hajmi

tegishli birlikda

8.1.

shu jumladan eksportga

tegishli birlikda

9.

Xizmatlar, mahsulotlar sotishdan tushgan tushumning yillik hajmi

mln so‘m

-

shu jumladan eksportga

ming dollar

10.

Mahsulotlarni sotish mo‘ljallanayotgan bozorlar:

10.1.

ichki bozordagi ulush

%

10.2.

tashqi bozordagi ulush

%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonida loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Investitsiya dasturini shakllantirish bosqichida o‘zaro hamkorlik qilish

Loyiha tashabbuskorlari (vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy hokimiyat organlari)

1. Tarmoqlar va hududlar korxonalarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqish.

2. Tashabbus qilinadigan investitsiya loyihalari bo‘yicha investitsiya takliflari va zarur hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash.

3. Investitsiya loyihalarini Investitsiya dasturiga kiritish uchun zarur hujjatlarni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish.

Iqtisodiyot vazirligi

1. Investorlarning investitsiya takliflarini ko‘rib chiqish va Investitsiya dasturi ishlab chiqilishini tashkillashtirish.

2. XMII va XHMTlar ishtirokida amalga oshirilishi taklif etilayotgan investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish.

3. Davlat investitsiya qo‘mitasiga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni taqdim etish.

4. Investitsiya dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya qo‘mitasi

1. Xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.

2. Loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlariga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish va o‘zlashtirish, erishilgan kelishuvlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘maklashish va faoliyatini muvofiqlashtirish.

Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamentlari (ATD)

1. Investitsiya dasturi, rivojlantirish tarmoq dasturlari, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarining kiritiladigan loyihalarini har tomonlama tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish.

2. XMII va XHMTlar bilan xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish.

Vazirlar Mahkamasi

Investitsiya dasturi, tarmoq va mintaqalarni rivojlantirishning o‘rta muddatli dasturlari, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini tasdiqlash.

II. Investitsiya dasturini amalga oshirish bosqichida o‘zaro hamkorlik

Davlat investitsiya qo‘mitasi

1. Salohiyatli xorijiy investorlar va kreditorlarga amalga oshirilishi taklif etilayotgan investitsiya takliflari haqidagi ma’lumotlarni yetkazish.

2. Xorijiy investorlar va kreditorlarning takliflarini umumlashtirish va tahlil qilish, ularni tashabbuskorga, Iqtisodiyot vazirligiga, Moliya vazirligiga, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga yuborish.

3. Qonunchilikda belgilangan holatlarda xorijiy investor bilan Hukumat nomidan investitsiya shartnomalarini tuzish.

Loyiha tashabbuskorlari

1. Xorijiy investor va kreditorlar bilan erishilgan kelishuvlarni rasmiylashtirish va imzolash.

2. Loyihani amalga oshirishning tarmoq jadvalini ishlab chiqish, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat investitsiya qo‘mitasi bilan kelishish.

3. Loyihalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash, jalb qilinadigan investitsiyalar va kreditlarni maqsadli ishlatish, tashqi qarzlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida qaytarish.

Vazirlar Mahkamasi ATD

Loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash.

Moliya vazirligi

Hukumatning tegishli qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi nomidan moliyaviy bitimlarni rasmiylashtirish yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini berish.

Vazirlar Mahkamasi

Investitsiya loyihalarining DTIA/DTIH va TIA/TIHlarini tasdiqlash.

III. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan loyihalar amalga oshirilishini nazorat qilish

Iqtisodiyot vazirligi

Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishi, o‘z vaqtida ishga tushirilishi, amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha TIA ko‘rsatkichlariga va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasiga erishilishini monitoring qilib borish.

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida jalb qilinadigan mablag‘larni o‘zlashtirishning hisobini yuritish, O‘zbekiston Respublikasi nomidan berilgan kafolatlar bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishini monitoring qilish.

Davlat investitsiya qo‘mitasi

Xorijiy investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar o‘z vaqtida ijro etilishi va moliyalashtirish ochilishi, xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishini monitoring qilish.

Vazirlar Mahkamasi

Xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan, Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini har oyda Rayosat majlislarida ko‘rib chiqish.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 282-modda; 2009-y., 42-son, 449-modda; 2010-y., 1-2-son, 2-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 07/18/3482/0595-son; 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)