Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-oktabrdagi PF-3151-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 14-yanvar,
17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoʻl jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qaroriga 1-ilovada:
18-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo birlashmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga qarashli boʻlinmalar, “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga qarashli boʻlinmalar, “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovada:
II boʻlimdagi hamda “Bojlar, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni toʻlashdan valyuta tushumini taqsimlash” jadvalining 10-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boʻyicha” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi boʻyicha” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II boʻlimdagi “1170 AQSh dollari” soʻzlaridan oldin “yiliga” soʻzi qoʻshilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 28-avgustdagi 343-son qarori 1-bandining oltinchi va sakkizinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro klassdagi “Interkontinental-Toshkent” mehmonxona majmuini foydalanishga topshirish toʻgʻrisida” 1996-yil 23-sentabrdagi 334-son qarori 3-bandining birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kontraktlarni mustaqil ekspertiza qilish va import qilinadigan tovarlarni joʻnatishdan oldin nazoratdan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 3-dekabrdagi 534-son qarorida:
3-banddagi, 4-bandning uchinchi xatboshidagi va 5-bandning beshinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi, 12-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi hamda 13-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi va 1-ilova nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” hamda “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 12-maydagi 201-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda):
5-bandning birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Organning nomi” ustunidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari” ustunidan oʻttiz ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi va 7-bandning birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Germaniyaning “KFV” taraqqiyot banki tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan Orolboʻyi qishloq aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 8-iyundagi 243-son qarori 2-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini yaxshilash va uni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 6-iyuldagi 283-son qarori 8-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Indoneziya hukumatlararo komissiyasini tuzish toʻgʻrisida” 1998-yil 17-avgustdagi 351-son qarori 3-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Bolgariya hukumatlararo komissiyasini tuzish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-avgustdagi 363-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toʻlov balansining daromad qismi toʻliq va oʻz vaqtida toʻldirilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 6-oktabrdagi 424-son qarorida:
8-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 2, 6 va 7-bandlaridagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” hamda “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” hamda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnologiya hamkorligi boʻyicha Oʻzbekiston-Gretsiya qoʻshma qoʻmitasini tuzish toʻgʻrisida” 1999-yil 13-yanvardagi 15-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksidagi Savdo markazidan foydalanish masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 29-yanvardagi 42-son qarorida:
1 va 5-bandlardagi, 2-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshidagi “Innovatsiya” soʻzi “Oʻzinterimpeks” soʻzi bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” va “Innovatsiya” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasiga” soʻzlari “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 1999-yil 4-maydagi 214-son qarori 6-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Moliyaviy Protokol doirasidagi qarz mablagʻlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 17-iyundagi 305-son qarori 8-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, idoralar va boshqa respublika organlari xodimlarining chet el safarlariga borishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 9-sentabrdagi 417-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “bir hafta” hamda “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari tegishli ravishda “uch kun” hamda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisida nizom”ga ilovadagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 20-son qarori bilan maʼqullangan “Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish milliy dasturi” 3-boʻlimi 3.1-bandining sakkizinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fermerlarni, xususiy tadbirkorlarni hamda kichik va oʻrta biznes boshqa subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 11-modda; 2001-y., 6-son, 34-modda) 4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2000-yil 24-martdagi 102-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 14-modda):
2-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilova 1-bandining oltinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Avstriya Qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismini tuzish toʻgʻrisida” 2000-yil 8-iyundagi 219-son qaroridagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-iyundagi 245-son qarorida:
4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
1-ilova 19-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining markazlashtirilgan eksportni amalga oshiruvchi boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-iyuldagi 257-son qaroriga 1-ilovadagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” va “Innovatsiya” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi” va “Oʻzinterimpeks” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 8-iyuldagi 260-son qaroriga ilovaning 8-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalari” soʻzlari “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yoki “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston—Yaponiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-yanvardagi 31-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda sil kasalligiga qarshi kurashish va ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish uchun Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan grantlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 7-fevraldagi 70-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda suv taqchilligi oqibatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 8-iyundagi 249-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Chexiya Hukumatlararo qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 3-sentabrdagi 357-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 18-sentabrdagi 377-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 54-modda):
2-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
qarorga ilovada:
2-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan, “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalari” soʻzlari esa “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda mazkur Nizomda “tashqi savdo kompaniyalari” deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2—6, 9-bandlardagi, 23-bandning ikkinchi xatboshidagi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga koʻrsatmalar Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
3, 5, 8—16, 20-bandlardagi, 22-bandning birinchi xatboshidagi, 23-bandning birinchi xatboshidagi, 24-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshidagi, 25-bandning birinchi xatboshidagi, 27-banddagi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalariga koʻrsatmalar tashqi savdo kompaniyalariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2005-yilgacha boʻlgan davrda mahalliy xomashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar roʻyxatini aniqlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 22-noyabrdagi 456-son qarorining 2-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 26-martdagi 147-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining respublika eksport imkoniyatlarini rivojlantirish Bosh boshqarmasini tashkil qilish va uning faoliyati toʻgʻrisida” 1994-yil 5-martdagi 117-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 11-modda; 2003-y., 15-16-son, 132-modda; 17-18-son, 159-modda; 2005-y., 8-9-son, 69-modda; 32-33-son, 246-modda; 32-33-son, 247-modda; 34-36-son, 264-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)