O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 2014-yil 1-yanvardan joriy etilganligi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-iyul,
PF-4631-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 16-iyundagi PF-871-sonli Farmoni 3-bandining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida “respublika va mahalliy budjetlarning mablag‘lari” so‘zlari “tuman va shahar budjetlarining mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga to‘lovlar tushishini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-sonli Farmonida:
a) nomlanishidagi “respublika budjeti va mahalliy budjetlarga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari jamg‘armalarga” so‘zlari “maqsadli davlat jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PF-5112-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli Farmonining 2-bandidagi “respublika hamda mahalliy budjetlarning, shuningdek qo‘shma budjetda hisobga olinadigan budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan moliyalanadigan muassasalarning” so‘zlari “budjet tashkilotlari va budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan tegishli ravishda moliyalashtiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilarning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-sonli Farmoni 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari jamg‘armalarga” so‘zlari “maqsadli davlat jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli Farmoni 5-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar” so‘zlari “Davlat budjeti hamda maqsadli davlat jamg‘armalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-sonli Farmonining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilar Jamg‘armani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar;
Hukumatning xorijiy valyutadagi aktivlarining bir qismi;
davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish chog‘ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bo‘sh qoldiq mablag‘larini joylashtirishdan keladigan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli Farmonining 7-bandidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmonida:
a) 2-bandidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
b) 1-ilovasi II bo‘limining 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari jamg‘armalarga” so‘zlari “maqsadli davlat jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli qarorining 3 va 4-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, 2006-yilning 1-yanvaridan boshlab har bir tibbiyot muassasasida Tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etiladi. Quyidagilar har bir tibbiyot muassasasi uchun mazkur Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
tibbiyot tashkilotlari uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan qismi;
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keladigan daromadlar;
hisobot choragining oxirgi ish kunida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno;
tibbiyot tashkilotining balansida bo‘lib, ijaraga berilgan mol- mulklar uchun olingan mablag‘larning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar;
xayriya ishlaridan tushgan mablag‘lar.
4. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga:
vaqtincha ishga layoqatsizlik nafaqasini to‘lash va mavjud kreditorlik qarzlarini uzishga;
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora- tadbirlariga;
budjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora- tadbirlariga sarflanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning budjet tashkilotlariga ko‘rsatgan xayriya ishlaridan tushgan barcha mablag‘lar, agar xayr-ehson qiluvchilar tomonidan boshqa shartlar qo‘yilmagan bo‘lsa, budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish uchun har bir tibbiyot muassasasida tegishli muassasa rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi tashkiloti vakillarining ishtirokida maxsus komissiyalar tuziladi”.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-sonli qarori 9-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 16-maydagi PQ-350-sonli qarorida:
a) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, quyidagilar har oyda Jamg‘arma hisobiga o‘tkazib turiladi:
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar;
davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar;
Jamg‘armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar”;
b) 4-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi”.
v) 2-ilovasida:
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar;
davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish chog‘ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar;
Jamg‘armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar”;
20-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamg‘armaning mablag‘lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi”;
“d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish”;
“j” kichik bandidagi “Hukumat qarorlari bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“k” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“k) Jamg‘arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga”.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tuman va shahar markaziy kasalxonalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarini Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida tibbiy uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 19-iyuldagi PQ-421-sonli qarori 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “mablag‘lar” so‘zi “budjet mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-sentabrdagi PF-4847-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-sonli qarorining 2-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi ijrosi va” so‘zlari “budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan yagona g‘aznachilik hisob raqamida bo‘lgan Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish”;
v) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari budjetlarining mablag‘lari hisobidan tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish”;
g) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash”.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-martdagi PQ-609-sonli qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
b) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “bosh boshqaruvchisi” so‘zlari “boshqaruvchisi” so‘zi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori 29-ilovasining 5-bandidagi “ta’lim muassasalari” so‘zlari “umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy- joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-sonli qarorida:
a) 5-bandida:
uchinchi xatboshidagi “tijorat banklari” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “mahalliy budjetlar” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandidagi “Ta’lim” so‘zlari “umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona va Zarafshon vodiylarida suv resurslarini boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 10-avgustdagi PQ-1172-sonli qarorida:
a) 1-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “ajratiladigan mablag‘lardan” so‘zlari “ajratiladigan budjet mablag‘laridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ummon Sultonligi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-sentabrdagi PQ-1197-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “ta’lim muassasalari” so‘zlari “umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-sonli qarorining 10-bandidagi “jamg‘armalari hamda budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-sonli qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “jamg‘armalari va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Navoiy va Buxoro viloyatlari tuman markazlarini tutashtirgan holda hududlararo Damxo‘ja suv quvurini modernizatsiya qilish. Termiz shahrining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 16-apreldagi PQ-1324-sonli qarori 11-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini ko‘p transhli moliyalashtirish Dasturini amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 3-maydagi PQ-1331-sonli qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi va Respublika yo‘l jamg‘armasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qo‘qon va Andijon shaharlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini hamda Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va Rishton tuman markazining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 30-iyuldagi PQ-1378-sonli qarori 10-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi va Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5070-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 448-modda)
49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent shahar kanalizatsiya tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 16-dekabrdagi PQ-1443-sonli qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “jumladan, budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5070-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 448-modda)
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarorida:
a) 1-ilovaning 2, 4, 5, 6, 8, 9 va 11-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 11-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 iil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxiralari sport maktabini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1608-sonli qarorida:
a) 5-bandining to‘rtinchi xatboshida “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
b) 12-bandining ikkinchi xatboshidagi “mablag‘lar” so‘zi “budjet mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tolimarjon IESida 500 kV quvvatli OTQga ega bo‘lgan Tolimarjon IES — “So‘g‘diyona” PS 500 kV yuqori voltli liniya qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1609-sonli qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon bankini rivojlantirish xalqaro assotsiatsiyasi bilan moliyaviy hamkorlikda “Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 7-sentabrdagi PQ-1614-sonli qarorida:
a) 9-bandida “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
b) 10-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
56. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti ishtirokida yuqori texnologiyalar markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 26-oktabrdagi PQ-1631-sonli qarorida:
a) 10-bandidagi “mablag‘lar” so‘zi “budjet mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11 -bandida:
ikkinchi xatboshidagi “va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(56-bandining “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PF-4993-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi hamda Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi ishtirokida “G‘uzor-Chim-Ko‘kdala” 4R87 avtoyo‘lini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-dekabrdagi PQ-1671-sonli qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
61. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Maroqand-Qarshi temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 5-yanvardagi PQ-1676-sonli qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PF-5159-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan )
63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Andijon shahrining kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, Jizzax va Xorazm viloyatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi punktlarida suv ta’minotini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 15-fevraldagi PQ-1707-sonli qarorida:
a) 10-bandidagi “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
b) 11-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining zayomidan foydalangan holda “Qarshi-Termiz temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1712-sonli qarori 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand avtomobil zavodida avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 4-apreldagi PQ-1736-sonli qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
66. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan “Toshkent-O‘sh” A-373 avtomobil yo‘li uchastkasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 12-iyundagi PQ-1773-sonli qarori 6-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
67. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda “Sog‘liqni saqlash. “Surxondaryoda mintaqaviy tibbiyot markazini rekonstruksiya qilish” komponenti” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 24-iyuldagi PQ-1792-sonli qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
68. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Elektr energiyasidan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV iste’molchilarining elektr energiyadan foydalanishini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi PQ-1795-sonli qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
69. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 17-sentabrdagi PQ-1821-sonli qarorida:
a) 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 7-bandining uchinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
70. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 24-sentabrdagi PQ-1822-sonli qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “mablag‘” so‘zi “budjet mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
71. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “budjet jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar” so‘zlari “Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
72. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, Xorazm viloyatini obodonlashtirish va aholisini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 6-dekabrdagi PQ-1874-sonli qarorining 2-ilovasida:
a) I bo‘limining “Moliyalashtirish manbalari” ustunida:
1.1-kichik bo‘limining 5-7-bandlaridagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1.2-kichik bo‘limining 1-8,9-bandlaridagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1.4-kichik bo‘limining 1-13-bandlaridagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) yakuniy qismidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
73. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2016-yil Rio-De-Janeyro (Braziliya) shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi to‘g‘risida” 2013-yil 25-fevraldagi PQ-1923-sonli qarorining 1-ilovasi 29, 41 va 47-bandlarining “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
74. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 15-apreldagi PQ-1954-sonli qarorining 10-bandidagi “oliy ta’lim muassasalari” so‘zlari “oliy o‘quv yurtlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
75. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Elektr energiyasidan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida 0,4 kV iste’molchilarining elektr energiyadan foydalanishini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 20-maydagi PQ-1969-sonli qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
76. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fosforit xomashyosi ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-maydagi PQ-1975-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
77. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Pungan — Namangan” yo‘nalishining 0-75 km uchastkasida “Farg‘ona aylanma yo‘li” 4R112 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 7-iyundagi PQ-1981-sonli qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
78. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishini tashkil qilish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 18-iyundagi PQ-1985-sonli qarori 12-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “Respublika yo‘l jamg‘armasiga va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
79. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) ishtirokida “Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2001- sonli qarorida:
a) 8-bandining birinchi xatboshida “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
b) 9-bandining birinchi xatboshida “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
80. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-sonli qarori 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
81. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-sentabrdagi PQ-2045-sonli qarorining 9-bandida “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
82. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 10-oktabrdagi PQ-2050-sonli qarorining 10-bandida “zarur mablag‘lar” so‘zlari “zarur budjet mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
83. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2014-yilgi Dasturi to‘g‘risida” 2013-yil 15-noyabrdagi PQ-2068-sonli qarorida:
a) 6-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning izohidagi 2-bandida “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 29-son, 356-modda; 2016-y., 39-son, 458-modda; 2017-y., 5-son, 60-modda, 12-son, 182-modda, 13-son, 198-modda, 23-son, 447-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)