03.05.2010 yildagi PQ-1331-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini ko‘p transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston milliy avtomagistralini yanada rekonstruksiya qilish hamda qurish va buning negizida mamlakatimizning barcha mintaqalari o‘rtasidagi ishonchli transport aloqasini va avtomobil transportida xalqaro tranzit yuk tashish samaradorligini ta’minlaydigan va xalqaro talablar hamda standartlarga javob beradigan respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlari Kengashi 2010-yilning 20-aprelida umumiy miqdori 600,0 mln. AQSH dollari, shu jumladan, sakkiz yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, to‘lash muddati 32 yil bo‘lgan Osiyo taraqqiyot fondi (OTF)ning imtiyozli mablag‘laridan Dasturning birinchi transh summasi 74,81 mln. maxsus qarz olish huquqlari (ekvivalenti 115,0 mln. AQSH dollari) miqdoridagi “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini ko‘p transhli moliyalashtirish Dasturini ma’qulladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida mazkur loyihani moliyalashtirish uch transh — qarzlar orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur transhlarining ikkinchi va uchinchi qarzlari OTBning oddiy kapital resurslaridan 240,0 mln. AQSH dollari va OTFning imtiyozli mablag‘laridan ekvivalenti 245,0 mln. AQSH dollari miqdorida, Dasturning ikkinchi va uchinchi transhlari bo‘yicha davriy moliyalashga talabnomalarning tayyorlanishi va OTBga taqdim etilishiga hamda ularning OTB rahbariyati tomonidan ma’qullanishiga qarab berilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining ulushi ekvivalenti 139,0 mln. AQSH dollari, shu jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari berish orqali 108,4 mln. AQSH dollari miqdorini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davri 5 yil muddatga (2010 — 2015-yillar) belgilangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish doirasida 2009-yil 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi qoshida Dasturni boshqarish guruhi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga Dastur transhlari bo‘yicha qarzlar O‘zbekiston Respublikasi bilan OTB o‘rtasidagi qarz bitimlari asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda loyihaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining loyihani bajarishga qo‘shadigan ulushini moliyalashtirish Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihani amalga oshirish doirasida tender savdolarini o‘tkazish chog‘ida sifat jihatidan xorijiy analoglardan qolishmaydigan mahalliy tovarlar va xizmatlardan mumkin qadar ko‘proq foydalanishni nazarda tutuvchi kompaniyalar (korxonalar, tashkilotlar)ga afzallik beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ikkinchi transhining qarzi bo‘yicha foizlar va komissiyalarni investitsiya davrida to‘lash ikkinchi transh qarzi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan 1, 1a, 1b va 1v ilovalariga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan OTB qarzlarini qoplash, ular bo‘yicha foizlar va komissiyalarni to‘lash jadvallari 2, 2a va 2b-ilovalariga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasi bo‘yicha OTB qarzlarini taqsimlash va qoplash sxemasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi nomidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OTB bilan qarz bitimlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi bilan Dastur doirasida qarzlarni qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Transyo‘lqurilish” kompaniyasi davlat unitar korxonasi bilan Dastur ikkinchi transhi qarzining bir qismini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan OTB o‘rtasidagi qarz bitimlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bilan “Transyo‘lqurilish” kompaniyasi davlat unitar korxonasi o‘rtasida Dastur ikkinchi transhi qarzining bir qismini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengash (R.S. Azimov) mazkur loyihaning bajarilishini muntazam ko‘rib chiqib, zarur hollarda uning samarali amalga oshirilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika yo‘l jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari zimmasiga A-380 avtomobil yo‘lining tegishli uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish qismida loyihani amalga oshirish mas’uliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga qurilish ishlarini o‘tkazish davomida A-380 avtomobil yo‘li uchastkalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash mas’uliyati yuklansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi zimmasiga loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi belgilangan tartibda o‘tkazilishini va qurilish ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatilishini belgilangan tartibda ta’minlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilda loyihani amalga oshirishga qo‘shadigan ulushi joriy yilga tasdiqlangan limitlar doirasida Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yildan boshlab har yili, Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozlarini shakllantirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qo‘shadigan ulushini moliyalashtirishga, birinchi transh qarzini hamda ikkinchi va uchinchi transhlar qarzlarining tegishli qismlarini qoplashga, shuningdek ular bo‘yicha foizlar va komissiyalarni to‘lashga zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank va Respublika yo‘l jamg‘armasi bilan birgalikda “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan valyuta mablag‘laridan oqilona foydalanish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin va bunda bajarilayotgan ishlar va xizmatlarning hajmlari kengaytirilishini, tovarlar milliy valyutaga xarid qilinishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Dastur doirasida OTB qarzi mablag‘lari hisobidan xarid qilinayotgan tovarlar, ishlar, xizmatlar va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘idan, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu imtiyozlar berilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qo‘shadigan ulushi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu imtiyozlar mazkur loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarga, shuningdek transport vositalariga nisbatan joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Respublika yo‘l jamg‘armasining buyurtmanomalariga ko‘ra ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Respublika yo‘l jamg‘armasining buyurtmanomalariga ko‘ra ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi hamda muddati uzaytirilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin va ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1331-son