03.01.2014 yildagi 105/21-4-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzrabot tumanining 2013-yil mahalliy budjet ijrosi va 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi SQ-399-II-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi SQ-399-II-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti, budjet taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdori belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muzrabot tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi asosiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muzrabot tuman hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni yanada liberallashtirish yuzasidan iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlashni, aholining daromadlar darajasini va turmush farovonligini oshirishga, ijtimoiy dasturlar ustuvor tarzda moliyalashtirilishini va budjet mablagʻlari iqtisod qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot va aholi zimmasidagi mahalliy soliq yukini izchillik bilan kamaytirish borasidagi ishlarni davom ettirsin, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishchanlik faolligini oshirishga, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini, eng avvalo, olingan daromadlarni tasarruf etish masalalaridagi mustaqilligini kengaytirishga koʻmaklashadigan chora-tadbirlar qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sohaga qilinadigan davlat xarajatlarining, shu jumladan taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlanishi xarajatlarini yanada kuchaytirish yoʻli bilan aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha choralarni roʻyobga chiqarishni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyotda yangi yuqori texnologik korxonalar va ishlab chiqarishlar ildam rivojlantirilishini taʼminlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgartirishlar dasturlarini amalga oshirishni, ishbilarmonlik muhitini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini tubdan yaxshilashni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlarning maqsadli, manzilli va samarali foydalanishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini takomillashtirish boʻyicha davlat xaridlari jarayonini tartibga soladigan, davlat xaridlarini joylashtirishda oshkoralikni, ochiq-oydinlikni taʼminlashga hamda raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan vazifalarning ijrosini soʻzsiz taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq-budjet qonunchiligining mohiyatini, ahamiyatini hamda mexanizmlarini barcha soliq toʻlovchilar va budjetdan mablagʻ oluvchilar eʼtiboriga yetkazish yuzasidan seminarlar hamda boshqa turdagi tushuntirish ishlarini muntazam ravishda olib borishni tashkillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2014-yil uchun Muzrabot tumani boʻyicha soliqlar va daromadlar tushumlarining istiqbol koʻrsatkichlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi budjetga toʻlovlar toʻliq undirilishini, tuman moliya boʻlimi xarajatlarning mahalliy budjetlardan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasinlar va budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish ustidan qatʼiy va taʼsirchan nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining “Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” boʻyicha doimiy komissiyasi raisi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi A. XOʻJAMQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzrabot t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105/21-4-son