28.12.2013 yildagi 181/24-4-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi SQ-399-II-sonli qarorining ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Majlisi Senatining ushbu qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti, budjet taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdori belgilanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo viloyatining 2014-yil mahalliy budjeti 2014-yilgi daromadlari 581 650,0 mln soʻm, xarajatlari 1 224 990,0 mln soʻm va respublika budjetidan olinadigan maqsadli subvensiyalar 618 393,5 mln soʻm hamda respublika budjetidan mahalliy budjetga oʻtkazilib beriladigan daromad 24 946,4 mln soʻm miqdorida 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni yanada liberallashtirish yuzasidan iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlashni, aholining daromadlar darajasini va turmush farovonligini oshirishga, ijtimoiy dasturlar ustuvor tarzda moliyalashtirilishini va budjet mablagʻlari iqtisod qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot va aholi zimmasidagi mahalliy soliq yukini izchillik bilan kamaytirish borasidagi ishlarni davom ettirsin, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishchanlik faolligini oshirishga, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini, eng avvalo, olingan daromadlarni tasarruf etish masalalaridagi mustaqilligini kengaytirishga koʻmaklashadigan chora-tadbirlar qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sohaga qilinadigan davlat xarajatlarining, shu jumladan taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlanishi xarajatlarini yanada kuchaytirish yoʻli bilan aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha choralarni roʻyobga chiqarishni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyotda yangi yuqori texnologiyali korxonalar va ishlab chiqarishlar ildam rivojlantirilishini taʼminlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgartirishlar dasturlarini amalga oshirishni, ishbilarmonlik muhitini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini tubdan yaxshilashni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlarning maqsadli, manzilli va samarali foydalanishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini takomillashtirish boʻyicha davlat xaridlari jarayonini tartibga soladigan, davlat xaridlarini joylashtirishda oshkoralikni, ochiq-oydinlikni taʼminlashga hamda raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan vazifalarning ijrosini soʻzsiz taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq-budjet qonunchiligining mohiyatini, ahamiyatini hamda mexanizmlarini barcha soliq toʻlovchilar va budjetdan mablagʻ oluvchilar eʼtiboriga yetkazish yuzasidan seminarlar hamda boshqa turdagi tushuntirish ishlarini muntazam ravishda olib borishni tashkillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar va tumanlar hokimliklari budjetga toʻlovlar toʻliq undirilishini, xarajatlarning mahalliy budjetlardan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasinlar va budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish ustidan qatʼiy va taʼsirchan nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I. Yoqubov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi A. ARTIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181/24-4-son