26.03.2014 yildagi 240-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati Chortoq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda tozalash va tozalikni saqlash maqsadida chiqindi uchun narxlarning yangi tariflarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekistoi Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda) 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) asosan tuman hududidagi qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlarini takomillashtirish hamda tuman hududida sanitariya holatni yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chortoq tuman hududida qattiq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish boʻyicha 2014-yilning 10-martidan boshlab quyidagi tariflar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga 1 kishiga 1 oyga 700 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tizimidagi tashkilot, muassasalarga 1 m3 qattiq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish uchun 17805 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarga 1 mZ qattiq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish uchun 19586 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi punktlari hududidan chiqindi tashishning kunlik reja-jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chortoq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (S. Mirzabayev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari va mulkchilik shaklidan qati nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan ihtiyoriylik asosida shartnomalar tuzish hamda koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovlarini undirish boʻyicha zarur choralar koʻrilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari hududidan chiqindi tashishning kunlik reja-jadvali asosida amalga oshirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hududida joylashgan barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va mulkchilik shaklidan qati nazar barcha tashkilot, korxona rahbarlari 15 kun muddat ichida aholi xonadonlaridan, tashkilot, korxona hududidan hosil boʻlgan qattiq maishiy chiqindilarni tasdiqlangan tariflar boʻyicha tashib chiqarish yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi bilan ihtiyoriylik asosida shartnoma tuzilishini, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman davlat soliq inspeksiyasi (U. Nosirov), tuman hokimligining moliya boʻlimi (I. Sattarov), tuman davlat sanitariya-epidemiologiya markazi (E. Poʻlatov), tuman Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi (R. Yodgoraliyev) Chortoq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumandagi barcha MFYlar hamda tashkilot, korxonalar bilan qattiq va maishiy chiqindilarni tashib chiqarish boʻyicha shartnomalarni tuzishda, koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilishida amaliy yordam koʻrsatib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Barcha tijorat banklar rahbarlariga bank mijozlaridan qattiq maishiy chiqindi tashib chiqarish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishida amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligining moliya boʻlimi (I. Sattarov) tuman mahalliy budjeti hisobidagi tashkilot va muassasalar 2014-yil xarajatlar smetasiga qattiq maishiy chiqindilarini tashib chiqarish boʻyicha belgilangan normativlar asosida zarur mablagʻlarni kiritish hamda ushbu mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. BOYXANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chortoq t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240-son